Alisher navoiy h ayrat ul-abror


Kim saga yolg'onchi dcbon qolsa ot



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə22/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Kim saga yolg'onchi dcbon qolsa ot,
Bu ot ila chorlasalar olzu yot.
Sidq xitobi yana yonmas anga,
Chin desa ham, xalq inonmas anga.
Kimki chini cl aro yolg'ondurur,
Yolg‘oni chinliqqa nc imkonidurur?
Necha zarurat aro qolg‘on chog‘i,
Chin demas ersang, dema yolg‘on dog‘i.
YoIg‘onchi Durroj haqida hikoya
Bir o‘rmonda yovuz bir ona sher yashardi. U vahshatda osmon yo‘lbarsidan qo‘rqmas edi. Bola ko‘rganida zavqqa to‘lib xursand bo‘lar, ammo ko‘pincha ulami chumolilar talab tashlashar, shu tufayli sher o‘z farzandini og‘zida ko‘tarib olib yurardi.
0‘sha o‘rmonda bir qirg‘ovul ham yashab, hainisha g‘azabkor sherdan qo‘rqib hayot kechirardi. Sher dam-badam bolasini tishlaganicha o‘rmonda har yonga qadam qo‘yar ekan, nogahon durroj yotgan yerga borib qolsa, u pirr etib sherni seskantirib yuborar, shunda u bilmasdan tishini qattiqroq siqib bolasiga azob berardi. 0‘z jigarining motam tutgandek boMardi. Ko‘ngli bu ishdan ozor chekib, durroj bilan do‘stlik chorasini izlay boshladi. Unga dediki: “Senda mening zarracha qasdim yo‘q, bu so‘zlarimga ishonch bilan qara. Mendan vahm qilmay, do‘stimu sirdoshim bo‘lgin. Xursandchilik chogiarimda esa shodligimga sherik bo‘lgin. Men ham sening ovozingni eshitib xursand bo‘lay. Shart shuki, senga biron hayvondan zarar yetsa, ovchining to‘riga tushib qolsang, yordam uchun darhol qo‘limni cho‘zay, dushmanni bir panjam bilan yo‘q qilay. Va’damga sodiq bo‘lib seni dushman tuzog‘idan xalos aylay!”
Sher ko‘p tushuntirib, o‘z muddaosini bayon qilgach, durroj ham u bilan yurakdan ahdlashdi. Shundan keyin ikkovlarining o‘rtalarida mehr-muhabbat paydo bo‘lib, ko‘rganlarning havasi keladigan darajaga yetishdi. Sher qayerda orom olib yotgan bo‘lsa, atrofida durroj qo‘rqmay parvoz etar, xuddi
36 '

Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
snlton boshida humoy aylanib uchib turgandek, sher boshi atrofida parvozda bo‘lardi. Sher uning sayrashini eshitar ekan, ba’zan yolg‘ondan yordam so‘raganini eshitib qolib, unga: “Yolg‘ondan meni yordamga chaqirma, yaxshi bo‘lmaydi, to‘g‘ri so‘z oldida yolg‘on yomon qiliq sanaladi”, deb nasihat qilardi. Ammo hech qaysi hayvondan qo‘rqmaydigan bo‘lib qolgan durroj yolg'onchiligini yo‘q etmay, hazillashgani- hazillashgan edi.
Bir kuni bir ovchi uni ushlash maqsadida o‘z to‘rini yoydi. Durroj donalarni yeb, suv tomon yurgan ham ediki, ovchi to‘rini tortdi. Qush ovozi boricha o‘zining tuzoqqa tushib qolganidan sherni “Dod! Meni tutib olishdi!” deb ogohlantirsa ham, sher uning so‘zlarini har doimgidek aldamchiligi, hazili deb o‘yladi. U durrojning bunday hazillarini, yolg‘onchiIigini ko‘p eshitib aldangan edi. Shuning uchun bu safargi chin so‘zlarini ham oldingi qiliqlaridan biri deb bildi-da, yordamga kelmadi. Oqibatda yolg‘onchi qush ovchi qo‘lida halok bo‘ldi.
Har kishikim biron so‘zni bexosdan yolg‘on so‘zlab yuborsa ham, xalq uni rost deb biladi.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin