Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi MUQADDIMA XI-XV asriar Sharq adabiyotida, xususan, forsiy va turkiy tillar adabiyotida 4 buyuk adabiy asar alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Bular daho ijodkor Nizomiy Ganjaviy va undan bir asr keyin dunyoga kelgan Xisrav Dehlaviy, XV asrda bitib lugallangan Jomiyning “Haft avrang” (“Sakkiz behisht”), Alisher Navoiy qalamiga mansub o‘zbek tilidagi “Xamsa” asarlari edi. Bu asarlar uch asrda yaratildi, binobarin, har qaysisi awalo o‘z davrining, qolaversa, kelajak asrlarning eng muhim ijtiinoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiyaviy muammolarini qamrab oladi va ularni hal qilishning o‘sha davrlar uchun eng maqbul jihatlarini ko‘rsatib beradi. “Xamsa”larda eng awalo, ijtimoiy-siyosiy masalalar qo‘yilgani uchun ham ularning barchasida adolatli davlat va xalqparvar hukmdor haqida batafsil to‘xtab o‘tiladi. Ayni vaqtda fuqarolarning davlat va shoh oldidagi burchlariga maxsus e’tibor beriladi. Garchi ommaga yaxshi ma’lum bo‘lsa ham, imon va islom asoslari tushuntiriladi. “Xamsa”larda bo‘lganidek, “Hayrat ul-abror” dostonida ham odamiylik, halollik, vafo, do‘stlik kabi masalalarga ham keng o‘rin berilgan. Shoir, xususan, mamlakat hukmdori - podshoh qanday insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlantirishi kerak, inamlakatda ilm-fan rivojiga qanday erishish mumkin kabi bir-biridan muhim ijtimoiy masalalar qo‘yiladi. Asarda insonparvarlik, axloq, vatanparvarlik kabi g‘oyalar ham g‘oyat keng ifodalangan.