Alisher navoiy h ayrat ul-abror


Navoiij, yana noz ahlig‘af Arzi niyoz ay In niyoz ahlig‘a



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə8/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Boqma, Navoiij, yana noz ahlig‘af Arzi niyoz ay In niyoz ahlig‘a.
Uchinchi maqolat SALOTIN BOBIDA
Alloh senga mehribonlik soyasini solib, Xilofot taxtini senga ro‘zi qildi - nasib etdi. Oldingda buyuklarni past aylab, olam zabardastlarini senga mag‘lub qildi. Xalqni oldingda ojiz etib, qadlarini oldingda buktirdi.
Lekin shuni bilgilkim, sen ham bir bandasan, hatto ko‘pragidan ojizroq harnsan. Ular tuprog4 bo‘lib, sen nuri pok emassan, sen ham, ular ham tuprog‘dan yaratilgansiz. Barcha tana a’zolarida hamma bilan tengsan. Lekin hunarda ham, kamolotda ham, yaxshi xuiqu yaxshi sozlashda ham, yurish-turishingu adl va insofda ham, shariat qonunlariga amal qilishda, Alloh yoMida taqvo va toatda ham sen to‘g‘ri yo‘ldan yurmay, ko‘pragi bu yo‘ldan yaxshiroq yuradi.
Senga tangri imtiyoz berib, saltanatning eng yuksak cho‘qqisiga chiqarib qo‘ydi, shaxsinga taxtni makon qilib, mamlakatda hukmingni yurgizib qo‘ydi. Raiyat go‘yoki gala- yu, sen shubon bonding. Bo‘Idi raiyat gala-yu, sen cho‘pon, ul shajaru musmiru - o‘sib turgan daraxtu go‘yo sen bir bog‘bon bonding. Qo‘yni cho‘pon oyu yil asramasa, u och bo‘rilarning yemishiga aylanadi. Dehqon bog‘ini tun-kun parvarish qilmasa, bog‘ning qurigan o‘tindan farqi qolmaydi. Bo‘rini galadan. uzoq tutib, bog‘ingga esa suv berib ma’mur (serob) qil. G‘am yesang, u gala foyda beradi, bog‘ gulu mevadan foydali hosil yetkazib beradi. Gala bo‘rilarga yeni bo‘lib tugab, daraxtlar esa qurib tamom bo‘lsa, senga ham foydayu hosili qolmaydi.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Alloh topshirgan ne’matlarining javobini so‘rasa, u kuni nima deb javob berasan? Aqling bo‘lsa, hozirdan ko‘zingni ochib, har bir ishingni o‘ylab qil!
Necha-necha kishilar sening hukmingga bo‘ysunadi. Zulm qilsang ham, bechora mazlum bo‘lib turaveradi, chidaydi, garchi martabayu pul-dunyosi bo‘Isa ham uning poyasi sendan ham ortiqroq. Qiyomat kuni Yaratgan zolimni ham, mazlumni ham so‘roq qiladi. U qomatini rost tutib tursa, sen sharmanda holatda boisang, u tik tursa, sen qomati egilgan bir darajada turasan, mazlum Haqning savollariga xanjari po‘latdek ochiq, dadil javob qilsa, sen uyatdan bosh ko‘tarolmay qolasan-ku! Har bir qilgan xatong hisob qilingach, har biriga yuz azob belgilanadi-ku!
Mazlumlar, sendan zulm ko‘rganlar gunohlaringni kechirishmasa, vataning muttasil do‘zax bo‘lib qoladi-ku!
Ey podshoh! Alloh qoiingni quwatli qildi-yu, lekin sen zulm yo‘lini tanlading. Zulming xaloyiqqa kam emas edi, endi sen uni o‘zingga ham qilayotirsan. Ey hushyor, zulm o‘zingga fisq (gunohdir), agar senga hush yor boisa, ulardan voz kech, chunki shodlik, xursandlikka berilib, ayshu ishrat yo‘liga kirishib ketding. Bazming bo‘layotgan qasrda jannat ziynatlari bilan ol-yashin pardalarining iplari el jonidan, la’liyu shingarfi - oltinrang bezaklari xalq qonidan. U yerdagi g‘ishtlarni machitlarni buzib keltirilgan, toshini xalq qabrlaridan yetkazilgan, shift o‘rtasidagi quyoshsimon yaltiroq kungira elning duru la’li bilan oltinrang qilib bezatilgan. Shunday manzilda shohlarga xos oliy ziyofat uyushtiriladi, ayshu ishrat uchun bor narsa muhayyo qilinadi. Bazmda may quyuvchilar tabassum bilan xilma-xil maylar tutadilar, ashulachi - hofizlar har sohadan doston to‘qiydilar. Tillar deyilishi mumkin bo‘lmagan so‘zlami so‘zlab, ko'zlar ko‘rishi mumkin boimagan narsalarni ko‘radilar.
Bazmdagi har bir qariyu har bir yigit maydan har biri quturgan it bo‘lib kechasi bilan shu xil sharmandalik davom etib, tong otishi bilan yana har biri bir zulmga inashg‘ul bo‘ladi. Har kuni shu xildagi yaramaslik tungacha davom etadi, har kecha shu g‘aflat tun bo‘yi davom etadi.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin