Alisher navoiy h ayrat ul-abror


Kim chu uyhtgiisi jon anga



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə6/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Kim chu uyhtgiisi jon anga,
Hamroli o‘1ur yo‘qsa imon anga.
Agar jahon ahlining barchasi shu dard bilan izlirob cheksa. mening so‘zlarim xatomi, axir?!”
Shu so‘zlarni aylib tugalgach, pirning og‘zi xomusli boMdi.

Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Ikkinchi maqolal
ISLOM BOB I D A
Alloh taolo bu olam xalqlarini najot - qutulish ahli va halok ahli - halok bo‘luvchilar qilib yaratdi, pirlarini butlarga ibodat qiluvchilar, boshqalarini isloin jamoati qilib yaratdi. Kolirlar malomat-obiVsizlikka yo‘l topdi, isloin guruhi esa salomatlik-omonlik, tinchlik, sog‘lomlik sari yo‘1 topdi. Bir- biriga vayl uyi - oh-voh chekish manzili tayinlanib, islom guruhiga Dorus salom (Bog‘dod shahri) shunday manzil qilib tayinlandi.
Kishvari islom chegaralangan bo‘lib, bir necha din ahli aralash yashaydilar. Boshdan-oyoq barcha musulmon emas, musulmon bo‘lganlar buni yolg‘on demaslar.
Islomning o‘z shartlari bo‘lib, oddiy odamlarning ko‘pchiligi ulami bilavermaydilar. “Man salimul muslimin - men solim musulmonman” degan kishilargina yuzi, qo‘l-oyog‘i, tili bilan ojizlik ko‘rsatgan kishilar shular jumlasidandir.
Musulmonlik shartlarini tangri taborak besh turli qilinishdir. Ularning barchasi muborakdir.
Awalo, “La ilaha illolloh” kalimasi mohiyatini angla, so‘ng Muhammadni bil, uni tanishingni aytib qabul qilgil.
Ikkinchisi namozni ado etmoqdir. Lekin uni bajarishda ba’zi qiyinchiliklar ham bor. Awalo, tahorat qilmoq, tahorat qanday qilinishini bilmakdir. 0‘ylamakim, suvga kirib ul suv bilan bir a’zongni yuvgaysen. Bu xil tahoratni har bir ochko‘z, ta’magir ham qila oladi. Yana boshqacha bir nafis tahorat ham bo‘lib, uni bajarganda, awalo safo chashmasidan xursandlik bilan xotiring taxtastni poklaysan. Tanni e’tibor bilan yuvib, shu tarzda jonni toza qilasan. Jonni shunday tahorat ichiga solib, tan yuzida nuqtacha qaro qoldirmay, ko‘zdan yoshingni ariqdek oqizib, balki ko'ngildan boshqa barcha o‘y-fikrlarni chiqarib tashlab, o‘zlik uyini o‘zingga harom qilib, tangri sari yo‘l olgandek o‘ng oyoqni oldin tashlab uy ichiga qadam tashlaysan. Uy egasi bilan ikki kishi bo‘lib namoz o‘qimoq - yaxshiroq. Sajdada titrab qo‘yib yerga bosh,
9 ’
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
quyosh kabi yuzni sarg‘aytirib, vojibi farzini bajo qilasan, sunnat adosini ado qilasan.
Shu xil namoz qilsang pok yuz bilan quyosh kabi ycrga kirasan, tong chog‘i boshdin-oyoq nurga to‘lib uyg‘onasan.
Uchinchisi o‘zingga berilgan hamma narsadan zakotni ado qilishdir. Bu yerda ham ikki turli farqli tomon bor. Biri ko‘plashib, biri yakka holda berishdir. Alohidaligi shuki, rasul shar’ini qabul qilsang, zakot beruvchi esa sohib nisob, ya’ni zakotni ado eta oluvchi bo‘lsa, qirq diramdan birini hisoblab beradi. Ixtiyoridagi oltinlariyu do‘konlari, xizmatkorlar (xodimlar), tuyoqli hayvonlar, matou mollaridan shariat bo‘yicha to'lanadi. Don-dunlar miqdori ham belgilab qo‘yilgan.
TVrtinchisi ro‘zadir. Uni tutgil^ lekin foydasi haqida og‘iz ochmay qo‘ya qol. Ro‘za haqida ba’zi munozaralar ham bor. Chunki Haq ro‘zani “As-savmu li!” deb ta’kidlagan. Alloh tutiladigan ro‘za miqdorini ham belgilab qo‘ygan. Xudo taolo “12 oyning har biridan ro‘za tutasen” deb amr qilsa, ne aylarding. Shuncha kun tutsang ham sazovor bo‘lardi, lekin jafosini sen tortarding.
Ro‘zada ham uch e’tiborli jihat bordir. Sahargacha Alloh o‘z ruxsorini G‘arbga burgunga qadar ko‘rsatadi. Aqlini ishlatmagan ro‘zador lekin ikkinchisiga e’tibor beradi: a’zolaringga xalal yetmasligi va shar’ xilofiga yo‘l qo‘yilmasligi zarur. Har bir a’zo o‘z vazifasini bajarmagi, ya’ni bormasligi, ko‘nnasligi, tutinasligi, aytmasligi, eshitmasligi zarur.
Beshinchisi qiblaga qadam tashlab, baytul haram tomon soyir bo‘lmoqdir. Bunday saodatga yetgan odam sahroni ikki safar kesib o‘tib, sog‘lig‘i imkon bersa, yo‘llar tinch bo‘lsa, yoniga bir do‘stini olib, farzligini his qilgani holda farz adosi uchun yo‘l oladi.
Ikkinchi bir narsa ham borki, kambaglal xialq ham do‘sti xotiriga tushib, do‘st yodi xotiriga shavqu talab o‘tini solsa- yu, foil kabi yo‘lga tushsa, ishq o‘tidan telbalangan el kabi ehroinini beliga bog‘lab, ming yogloch yo‘l yursa, ne anga markab kerak bo‘ladi-yu, ne do‘st, ne karvon kerak bo‘ladi.

Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin