Alisher navoiy h ayrat ul-abror



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə3/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Oltidan birinchlsi - maqsud, ya’ni Haqning mavjudligini bilmakdur. Hamma narsa qoyim - mavjud, faqat Allohgina abadiydir. Barcha jahon ahliga uning zoti, ismlarning paydo bo‘lishi, jahon sifati nihondur.
Barchani nobud qiluvchi ham, barcha o‘tib ketib mavjud bo‘lg‘uvchi ham o‘zidir. Ikki jahon mulki unga bo‘ysunadi, o‘zga jahon ham unikidir.
Oltidan ikkinchisi - farishtalar. Yaxshi bilib olginki, ular barcha falak ziyoratchilaridir, ular nafsning barcha chirkinliklaridan pokdirlar. Barchasining javharlari poku ozod, tuprog‘u suvu yemu o‘tdin xoli. Barchalari yaratilganlaridan beri dam olishni bilmay xizmat qilishadi. Jannat qushlaridek shavqnok, qilayotgan ishlaridan zavqqa to‘ladilar.
Faqat bir qulgina ular ichida bu zavqni topolmaydi, uning bo‘ynida zanjir. U halqada uchta harf oshkor yozib qo‘yi!gan, har birining domonasi halqavor, har birining halqasi o‘zaro tutashib la’ndagi yozuvda bulfuzul o‘qi!adi. •
Uchinchisi - osmon kitoblari, barchasini hech shubhasiz tangri so‘zlari deb bilgaysan. Kitob einas, har biri chuqur bir daryo, har so‘zi esa shu bahrning go‘zal durdonasidir. Dengiz emas, balki har biri ajoyib bir kon, boshdan-oyoq la’l
5 '
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
ila gavharga makondir. Agar uchtasi uch nurli sham’ bo‘lsa, lekin biri Sharq quyoshidir. Uchovi ham tug‘ilgan bo‘lsa-da. bunisi yetti ota-boboning ishini qilg‘uvchidir. Balki bo‘lsa ham, sabki masoniy, ya’ni fotiha surasi shu kitobda yangraydi. Uning boshidagi har bir surasi zarhallangan, tartib koshiy bilan pishirilgan, har bir sahifasi gulshanga, jadvali atrofidagi chiziqlar ravshan zulollarga o‘xshaydi. Bog4 dema, balki falak, shunday bir falakki, satrlari har tarafga saf-saf bo‘lib tizilgan. Uning sahifalari atrofidagi o‘nta doiracha martabada har qaysisi bir lojuvard falakka o‘xshaydi. Har juzvi varaqlaridagi so‘zlar asli haqiqat, balkim barchasi haqdir.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin