Turkmanistondagi “Bozor Amanov” davlat bolalar kutubxonasi



Yüklə 40,5 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü40,5 Kb.
#205176
  1   2   3   4   5
Bronze Age in Central Asia

Turkmaniston

Turkmanistondagi “Bozor Amanov” davlat bolalar kutubxonasi

Bozor Amanov” Davlat bolalar kutubxonasi ushbu mamlakatdagi eng yirik bolalar kutubxonasidir.


“Bozor Amanov” Davlat bolalar kutubxonasi ushbu mamlakatdagi eng yirik bolalar kutubxona bo'lib, 1935-yilda tashkil etilgan.
1983 yilda kutubxonaga Turkmaniston xalq artisti va dramaturgi Bozor Amanov nomi berildi.
Bu kutubxona davlat bolalar adabiyoti fondi hisoblanadi.
Kutubxona faoliyatining asosiy maqsadi bolalarni turkman xalqining ma’naviy merosi, tarixiy kelib chiqishi, an’ana va urf-odatlari bilan tanishtirish, yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.
Kutubxonada turli yoshdagi bolalar uchun turli madaniy-ommaviy tadbirlar ham o‘tkaziladi.
Bolalar kutubxonasida an'anaviy o'yinlar, drama, rasm, musiqa to’garaklari mavjud.
Bu yerda bolalar o‘z imkoniyatlariga ko‘ra badiiy ta’lim olishlari, ko‘zi ojizlar esa elektron ko‘rinishda ertak tinglashlari, mumkin.
Kutubxona barcha turdagi texnik jihozlar va internet-infratuzilma bilan ta’minlangan.
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyotidan boshlangan. Oʻrta Osiyo xalklarining mushtarak asari boʻlmish „Kitobi dadam Qurqut“ oʻgʻuz elati hayotini tasvirlaydi. „Shohsanamgʻarib“, „Sayot va Hamro“, „Goʻroʻgʻli“, „Layli va Majnun“, „Yusuf va Zulayho“ kabi dostonlarning turkman variantlari keng tarqalgan. 18-asrda turkman shoirlari nazm tilini xalq tiliga yaqinlashtirdilar. Mahtumquli adabiyetda yangi yoʻnalishni boshlab berdi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Durdi Shoir, Saidiy, Ziloliy, Misqinqilich, Andalib, Shaydoiy, Ozodiy, Gʻoyibiy, Kamina turkman adabiyoti rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 19-asrda yashab ijod etgan turkman shoirlari ijodida lirika yetakchi janr boʻldi. Asl muhabbatni madh etuvchi „Zuhro va Tohir“ dostonining muallifi Mullanafas turkman adabiyotidagi lirika janrining yorqin namoyandasidir.
20-asr 20-yillarida badiiy nasrchilik rivojlana boshladi. Shoir va yozuvchilardan Yoqub Nosirli, B. Kerboboyev, N. Sarixonov, A. Durdiyev, X. Deryayev, dramaturglardan A. Karliyev, B. Omonov va boshqa adiblar hikoya, qissa, roman va pyesalarida xalq hayoti, quvonch va tashvishlarini haqqoniy tasvirlashga intildilar. 1934-yil T. yozuvchilar uyushmasi tashkil etildi. 1928-yildan yozuvchilarning oylik adabiybadiiy jurnali nashr etila boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillari turkman adiblari bosqinchilarga qarshi xalq nafratini ifodalovchi nazmiy va nasriy asarlar yaratdilar. Jumladan, Yo. Nosirlining „Leytenantning oʻlimi“, P. Nurberdiyevning „Vatanparvar chol“ dostonlari, K,. Seytliyevning sheʼrlari, D. Xoldurdining „Oqxalatli qiz“ dostoni va boshqa asarlarda urush va turkman xalqining front orqasidagi fidoiyligi oʻz aksini topgan. Urushdan keyingi turkman adabiyotida tinchlik uchun kurash, odamlar oʻrtasidagi munosabat asosiy mavzu boʻldi. 50-yillarda A. Otajonov, M. Saidov, K. Qurbonnapasov, A. Xaydov va boshqa adabiyotga kirib keldilar. 60—70-yillardan yirik nasriy asarlar adabiyetda yetakchi oʻrin egalladi. Qilich Quliyevning „Qora karvon“, Beki Seytoqovning „Birodarlar“, X. Deryayevning „Qismat“ romanlari va boshqa yaratiddi. B. Kerboboyev, X. Ismoilov, M. Garriyev, K. Tangriquliyev, A. Boymurodovlar bolalar adabiyetiga qiziqarli asarlari bilan hissa koʻshdilar.
20-asrning 2yarmida yirik nasriy asarlar adabiyetda yetakchi oʻrin egalladi. B. Xudoynazarov, A. Kurbonov, O. Okmamedov, Ya. Mametyev, T. Jumageldiyev va boshqa adiblarning romanlari bosilib chikdi. A. Murodov, U. Abdullayev, J. Allakov, R.Rajabovlar adabiyotshunoslik va adabiy tanqid sohasida barakali ijod qildilar. Boshqa xalqlar adiblari, jumladan, oʻzbek yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini turkman tiliga tarjima qilishga katta ahamiyat berib kelindi.

Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin