Turkmanistondagi “Bozor Amanov” davlat bolalar kutubxonasi



Yüklə 40,5 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü40,5 Kb.
#205176
1   2   3   4   5
Bronze Age in Central Asia

Tabiati[tahrir 

Turkmaniston hududining aksariyati tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʻli)da joylashgan. Faqat janubida tepaliklar va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Kaspiy dengizining T.ga qarashli janubiy qirgʻoklari kam parchalangan, shimolida Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Turkman qoʻltiqlari, Krasnovodsk, Darja, Cheleken yarim orollari va kum tillari bor. Dengiz sohili past, qumli. T. janubida Kopetdogʻ togʻlari (eng baland joyi 2942 m — Rizo choʻqqisi), undan shimoli-gʻarbda Kichik Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) togʻlari joylashgan. Janubi-sharqdagi Bodxiz qirlari (eng baland joyi 1267 m) va Qorabel qirlari (eng baland joyi 984 m) oʻrtasidan Murgʻob daryosi oqib oʻtadi. Chekka janubi-sharqda Hisor tizmasining Koʻhitang tarmogʻi (bal. 3139 m — T.ning eng baland nuktasi) bor. T.ning gʻarbida Krasnovodsk platosi, shimoli-gʻarbida Ustyurt platosining janubiy chekkasi, undan janubida esa Orqa Oʻzboʻy burmali rayoni yotadi. Kaspiy boʻyi pasttekisligida Nebitdogʻ (39 m), Boyadogʻ (134 m), Qumdogʻ, Manjuqli (27 m) va boshqa qirlar koʻtarilib turadi. Kopetdogʻ tekisligidan shimoliy va shimoli-sharqda Qoraqum choʻli, Amudaryo va Tajan daryolari oraligʻida Janubi-Sharqiy Qorakum choʻli joylashgan. T.ning janubiy qismida tez-tez zilzila boʻlib turadi. Muhim qazilma boyliklari — neft va gaz; kumir, mirabalit, oltingugurt, kora va rangli metall, mis, alyuminiy, simob, molibden konlari aniklangan. Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil iqlim. Yozi issiq va quruq, qishi yumshoq, qor kam yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimoli-sharqda —5° dan Atrek daryosi atrofida 4° gacha, baʼzi yillarda Toshhovuz viloyatida absolyut minimal temperatura —32° gacha. Iyulda shimoliy sharqda 28°, janubida 32°, absolyut maksimal temperatura 49,9° gacha. T. hududining 80 %da doimiy oqar suv yoʻq; janubiy va sharqiy hududlardagina daryolar bor. Eng katta va sersuv dare — Amudaryo. Bu daryoning suvi Qoraqum kanali orqali Bahardengacha borgan —900 km. Koʻllarning aksariyati shoʻr. Chuchuk suvli Yasxan koʻli Nebitdog shahrini ichimlik suv bilan taʼminlaydi. Tuproqlari — Ustyurt, Krasnovodsk, Orka Unguz platolarida surqoʻngʻir, togʻ etaklari, togʻ yon bagʻirlarining quyi qismida, togʻ oldi tekisliklarida, togʻlarning quyi mintaqasida boʻz tuproq, yuqorirokda toʻq boʻz, togʻ tepalarida togʻqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Qoraqum choʻlining aksariyatini qum egallagan; pastqam joylarda taqir, shoʻrxok, daryo vodiylarida oʻtloqiboʻz va allyuvialoʻtloqi tuproklar bor. T. hududining taxminan 2 % sugʻoriladi. T.ning oʻsimlik va hayvonot dunyosi xilmaxil. Qumli choʻllarda oq va qora saksovul, qandim, cherkez, quyonsuyak, astragal kabi butalar, shoʻrxok yerlarda yulgʻun, sarisazan, shoxilak va boshqa, daryo vodiylaridagi toʻqaylarda bachki teraktol va jiydazorlar, Kopetdogʻ oldi choʻllarida va qirlarda shuvoq va har xil efemer oʻtlar, togʻlarning 1500 m dan yuqori qismida archa, Gʻarbiy Kopetdogʻ daralarida yovvoyi tok, olma, olcha, bodom, anor, yongʻoq, anjir, pista daraxtlari oʻsadi. Hayvonot dunyosi — choʻlda quyon, boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayran, togʻlarda qoplon, arxar, morxoʻr, Amudaryo vodiysida toʻngʻiz, kiyik, qirgʻovul va boshqa yashaydi. Daryo va suv omborlarida baliq koʻp. T. hududida Badxiz, Krasnovodsk, Repetek va boshqa qoʻriqxonalar bor. Aholisining aksariyati turkmanlar; shuningdek, rus, uzbek, qozoq, tatar, ukrain, armanlar ham yashaydi. Shahar aholisi 45 %. Rasmiy til — turkman tili. Dindorlari, asosan, sunniy musulmonlar. Yirik shaharlari: Ashxobod, Turkmanobod, Toshhovuz, Mari, Turkmanboshi.


Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin