Elam davlati – miloddan avvalgi 3-ming yillik – miloddan avvalgi VI asr o`rtasida Mesopotamiyadagi Frot va Dajla daryolarining quyi o`zani sharqida, Eron yassi tog`ligining janubiy qismida joylashgan qadimiy davlat.
Shummer manbalari Elam davlatini – baland ideogrammasi bilan, Akkad yozuvlarida esa – Elamtu shaklida qayd etgan. Bu atamalar milloddan avvalgi 3-ming yillikning birinchi yarmidan ma`lum. Elam atamasi genetik jihatdan qadamiy yahudiycha nom bilan bog`liq. Elam manbalarida o`z mamlakatlarini – Xatamti, qadamiy forslar esa – Uvadja, arablar esa - Hozi deb atashgan.
Elamning eng yirik viloyatlari – Baraxshi, Simashki, Anshan.
Elam davlatining shaharlari- Avan, Adamdun va Suza shaharlari. Suza shahri Elam davlarining poytaxti hisoblangan.
Shummer hujjatlarining guvohlik berishicha, miloddan avvalgi 3-ming yillikda Elam bilan Mesopotamiya shaharlari o`rtasida savdo aloqalari mavjud bo`lgan. Elamdan yog`och, kumush, mis va boshqalar, Elamga arpa, moy keltirilgan. Hunarmandchilik turli sohalarda ixtisoslashgan.
Elam davlati ilk quldorchilk davlati bo`lgan. Ibodatxona va davlat xo`jaliklarida, shuningdek, uy jamoalarida miloddan avvalgi 2-ming yillikdan boshlab qullar mehnatidan foydalanilgan. Shu davrga doir Elam hujjatlari jamoat tarixi bo`yicha muhim materiallarni beradi.
Miloddan avvalgi 7-asr o`rtalarida Ossuriya podshosi Ashshur Banapal Elamning bir qator shaharlarini vayron qilib Elamni Ossuriyaga bo`ysundirgan. Biroq 7-asrning oxiriga kelib Ossuriyaning o`zi barham topgan. Ichki siyosiy nizolardan tanazzulga yuz tutgan Elam davlati bo`lsa, milloddan avvalgi 6-asrning 1-yarmida Midiya, so`ngra Axomoniylar tomonidan bosib olingan.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!