Amaliy mashg’ulot №1 Aktiv va passiv elektron komponentlardan tashkil topgan ketma-ket va parallel zanjirlarni xisoblash


Rezistorlarni ketma-ket, parallel va aralash ulash usullari



Yüklə 61,26 Kb.
səhifə2/4
tarix24.02.2022
ölçüsü61,26 Kb.
#53055
1   2   3   4
Rezistorlarni ketma-ket, parallel va aralash ulash usullari. Ketma-ket ulangan rezistorlar qatorining ekvivalent qarshiligi har bir rezistor qarshiliklarning algebraik yig‘indisiga teng:

r = r 1+ r 2+... + Rn (1.8)

Parallel ulash deb rezistorlarning shunday ulanishiga aytiladiki, bunda elektr zanjirining ikki tuguni orasida bir nechta rezistorlar ulangan bo‘ladi. Bu zanjir qismining ekvivalent o‘tkazuvchanligi barcha parallel shoxobchalar o‘tkazuvchanliklari yig‘indisiga teng bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi:



G = Gl + G2 +... + Gn, (1.9)

yoki


, (1.10)

Har bir shoxobchadagi qarshiliklar o‘zaro teng bo‘lsa, ya’ni R1 = R = … = Rn bo‘lib, n ta shoxobcha parallel ulaganda umumiy qarshilik:



R = Rn / n (1.11)

Ikkita R1 va R2 rezistorlar parallel ulanganda ulaming ekvivalent qarshiligi:

R = R1 * R2 / R 1+ R2 (1.12)

Rezistorlarni aralash ulash deganda rezistorlar yoki zanjir qismlari ketma-ket va parallel ulanishlardan iborat bo‘ladi.

O‘tkazgich qarshiligining haroratga bog‘liqligi:

R2=R1[1+α(θ2- θ1)] (1.13)

bu yerda R1 θ1 haroratdagi o‘tkazgichning qarshiligi, (Ω);

R2 - θ2 haroratdagi o‘tkazgichning qarshiligi, (Ω);

α - qarshilikning harorat koeffitsienti bo‘lib, son jihatdan o‘tkazgichni 10C haroratga qizdirishda qarshilikning nisbiy o‘zgarishiga teng.


Elektr tokining energiyasi va quvvati

Zanjirning bir qismida, t vaqt davomida Q zaryadni ko‘chirishga sarflangan ish (energiya W):



A = W = U • Q, yoki A = W = U *I* t (1.14)

tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda A bajarilgan ish Joul birligida o‘lchanadi (J).

E.Yu.K e bilan elektr energiya manbasining bajargan ishi:

A = E • Q yoki A = E • I • t (1.15)

Yuklama iste’mol quvvati:



p = a / t = U • I = R • I2 = u2/r (1.16)

tenglama bilan ifodalanadi va bu yerda p - quvvat (W) birlikda o‘lchanadi.

Manba yoki generatorda ishlab chiqariladigan quvvat:

Pg = E*I (1.17)

Energiyaning saqlanish qonuni bo‘yicha generatorning quvvati iste’molchilar quvvatlarining algebraik yig‘indisiga teng bo‘lib, uni elektr zanjirlaridagi quvvatlar balansi deyiladi va quyidagicha ifodalanadi:



pg =⅀Pi, E* I = ⅀I2Ri (1.18)



Yüklə 61,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin