Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn


Alkogol oilada noxush holat ko‘rsatkichi sifatida



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Alkogol oilada noxush holat ko‘rsatkichi sifatida 
Bolalarni ma’naviy tarbiyalash va rivojlantirishning muhim shartlari oilaviy 
munosabatlarning ma’naviy-emotsional tomonlari hisoblanadi. Boshqa oilalarga nisbatan bolalar 
ko‘proq spirtli ichimlik iste’mol qilishni boshlaydigan oilalarning bir necha turlari mavjud: 
1. 
Janjalkash oilalar, bunda oilaviy munosabatlar dushmanlik, raqiblik, yakkalanish, 
oila a’zolari orasida keskinlik ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Oila a’zolari bir-birlarini yomon 
xususiyatlarini ko‘rsatib ayblaydilar va bir-birilariga yomon niyatda bo‘ladilar. Qandaydir bir 
yon bosishga erishish uchun bolalar spirtli ichimliklar iste’mol qila boshlaydilar. 
2. 
Alkogol o‘zini namoyon qilish vositasi sifatida. O‘smirlar ichkilikbozliklarining 
sabablaridan biri – bu kattalarga o‘xshashni istashdir. Spirtli ichimlik ichishni bunday o‘smirlar 
mardlik va dovyuraklik, mustaqillikdan belgi deb hisoblaydilar. Ma’naviy cheklanganligi
maktab jamoasida o‘zini namoyon eta bilmaslik bunday o‘smirlarni spitli ichimlik ichishga, 
ko‘chadagi o‘rtoqlari orasida o‘zini ko‘rsatishga majbur etadi. 
3. 
Alkolog reklama sifatida. Spirtli ichimliklarni ichishni kino, televidenie, 
reklamalarda ommalashtirish spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga o‘smirlarni qiziqtiradi. AQSH 
lik sotsiologlar spirtli ichimlik ichadigan kinoqahramonlar namunasi (ular asosan ijobiy rollarni 
o‘ynaydilar) o‘smirlarni ichkilikbozlikka jalb etishning eng ta’sirli usulidir. 
4. 
Alkogol vaqtni o‘tkazish vositasi sifatida. Maktabdan tashqari bolalar va 
o‘smirlar muassasalari sonining kengayib ketishi turli xil ta’lim xizmatlari uchun to‘lanadigan 
narxlarning qimmatligi (musiqa, raqs va boshqalarga o‘rgatish) ko‘pchilik o‘smirlarning bo‘sh 
vaqtlari ko‘p bo‘ladi. Foydali ish bilan shug‘ullanmaydigan o‘smirlar ko‘chalarda to‘dalarga 
qo‘shilib odatda spirtli ichimliklari icha boshlaydilar. 
5. 
Alkogol me’yordagidan psixik kamchiliklari o‘rnini to‘ldiruvchi vosita sifati. 
Bolalarda alkogolizmini rivojlanishiga ko‘pincha psixik sog‘lomligidan kamchiliklari yoki 
ijtmoiy moslashishiga xalaqit qiluvchi jismoniy sog‘lig‘idagi kamchiliklar sabab bo‘ladi. 
Nuqsonning paydo bo‘lishi sababidan qat’iy nazar (tug‘ma kamchilikmi, psixik kasallanishmi) 
bolada atrofdagilar bilan munosabatlar buziladi, o‘ziga noto‘g‘ri baho berish yuzaga keladi. 
Bunday hollarda alkogol bola shaxsidagi mavjud moslasha olmaslikni silliqlashga imkon 
beruvchi, o‘rnini to‘ldiruvchi omil hisoblanadi, uning tengdoshlari orasiga qiynalmasdan kirib 
borishini ta’minlaydi. 
6. 
Alkogol hayoliy haqiqat sifatida. Ba’zi bir o‘smirlar o‘zidagi mavjud keskinlikni 
yo‘qotish, yomon tashvishlardan ozod bo‘lish maqsadida spirtli ichimlik iste’mol qiladilar. 
Keskin vaziyatlar oilada yoki maktab jamoasida begonalashib qolishi sababli yuzaga kelishi 
mumkin. 
O‘smirda dunyodagi hamma hayotiy tashvishlarni spirtli ichimlik ichib hal qilish mumkin 
degan fikr paydo bo‘ladi. 


49 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin