Mavzu: Aleksandr Makedonskiyning Òrta Osiyoga yurishlari
Bajardi: O`razboyev Raxmatjon
Reja:
1. Aleksandr Makedonskiy tarixi.
2. Makedoniyalik Iskandarning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari. Baqtriya,Sug’d va Ustrushona bosqini.
3. Markaziy Osiyo xalqlarining Yunon-makedonlar bosqinchilariga qarshi kurashi.
Eramizdan avalgi 334-yilda Iskandar Zulqarnayn Osiyoga yurish boshladi. U Kichik Osiyo, Suriya, Finikiya, Misr va Eronni zabt etib, 329 yilning bahorida Hindikush togʻini kesib oʻtib Oʻrta Osiyoga hujum qildi. Baqtriya va Soʻgʻdiyona hukmdori Bess (u podsho maqomini va Artakserks nomini olgan) Zulqarnaynga qarshi turish befoyda ekanini anglaydi. Iskandar Zulqarnayn Baqtriya qalʼalarini birin-ketin bosib olar ekan, Maroqandda oʻz garnizonini qoldirib, Sirdaryo tomonga — saklar yeriga yuradi. Ammo yoʻlda u mahalliy aholi tomonidan misli koʻrilmagan qarshilikka duch keladi. Ikki tomon kuchlarining oʻzaro toʻqnashuvlarining birida Iskandar Zulqarnayn ogʻir yarador boʻladi. Yunonlar taʼbiri bilan aytganda „daryo boʻyida yashovchi varvarlar“ Zulqarnayn garnizoniga katta talofot yetkazadi. Ayni shu vaqtning oʻzida Spitamen boshchiligida soʻgʻdlar ham Iskandar qoʻshinlariga qarshi bosh koʻtaradi. Soʻgʻdlarga baqtriyaliklar ham kelib qoʻshiladi. Spitamen Iskandarga qarshi keskin kurashdi va uning garnizonini Maroqandda toʻxtatib qoʻydi. Makedoniya garnizoni Sirdaryo boʻyida zudlik bilan qalʼa bunyod etishga kirishadi. Bu qalʼa Olis Aleksandriya nomini olgan. Iskandar Zulqarnayn saklar bilan sulh tuzishga erishadi. Keyin esa asosiy kuchini Spitamenga qarshi tashlaydi. Ammo 329-328 yillar davomida yunon-makedon qoʻshinlari tomonidan Soʻgʻd hududida amalga oshirilgan beshafqat aksiyalar Iskandar Zulqarnayn kutgan natijani bermaydi. Ikki yillik samarasiz va omadsiz harakatlardan keyin u oʻz taktikasini oʻzgartiradi. Ayni xususda Kursiy Ruf shunday yozadi: „Iskandar oʻziga boʻysinishga qarshilik koʻrsatganlarga turli shahar va yerlarni tortiq etdi“. Shu usul bilan Iskandar Zulqarnayn mahalliy zodagonlarni oʻziga qaratishga muvaffaq boʻldi va ularning koʻmagida baqtriya va soʻgʻdiylardan tarkib topgan harbiy kontingent tuzdi. 328 yilning kuzida Iskandar bilan Spitamen oʻrtasida hal qiluvchi jang boʻldi. Spitamen bu jangni boy beradi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, jangni boy bergan Spitamen oʻz ittifoqchilari tomonidan qatl etilgan.
Hisor togʻlaridagi Xoriyon va Oksariat qalʼalarini oʻziga boʻysindirgan Iskandar Oksariatning qizi Raxsxonaga (Roksana, Ruxshona)ga uylanadi va shu tariqa mahalliy elitaga qarindosh boʻladi. Iskandar oʻz tomoniga oʻtgan soʻgʻdiylardan birini (ayrim maʼlumotlarga koʻra uning ismi Oropiy boʻlgan) Soʻgʻd podshosi etib tayinlaydi. Mahalliy aholi Iskandarga Yadjuj va Madjuj qabilasidan shikoyat qilib kelishadi, ular odamlarni talab qishloqlarni vayron etishi va nohaq qon toʻkishlarini eshitgan Iskandar bu badbaxt qavmni togʻni orasiga qamab ustidan temir va misni eritib quyadi va togʻni orasini yopib tashlaydi (Alisher Navoiy bu haqida „Saddi Iskandariy“ asarida eslab oʻtgan Shu tariqa uning Oʻrta Osiyo ustidan hukmronligi oʻrnatiladi. 327 yilning yozida esa u Hindikush togʻi orqali Hindiston sari yurishini boshlaydi.Hind larning ustidan zafar quchadi va 33 yoshida yer yuzini oʻz hukmiga boʻyin sundiradi.
Aleksandr Makedonskiy Granik (334 y.), Iss (333 y.) va Gavgamela (331 y.) janglarida Doro III qo‘shinlarini yeng-gan. Aleksandr Makedonskiy Eronning markaziy shaharlari — Bobil, Suza, Persepol, Ekbata-na hamda Misrni egallagan. Aleksandr Makedonskiy 329 y. Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. So‘ng , Aleksandr Makedonskiy Samarqand (Marokanda) ni egallab, Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan.Usrushonadagi yettita shahar-qal’a Aleksandr Makedonskiyga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bularning ichida eng kattasi — Kiro-pol bo‘lib, Kir II uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi.
Aleksandr Makedonskiy mahalliy xalqning ja-soratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchi-309lariga asir olingan kishilarni bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketma-gunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan.Aleksandr Makedonskiy Sug‘diyonada Spitamen qo‘zg‘olon ko‘tarib, Marokandani qamal qilgani (q. Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor bo‘lgach, qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon qo‘shin tortgan (q. Tanais daryosi bo‘yidagi jang). Mazkur qo‘shin tor-mor keltirilgach, Aleksandr Makedonskiy shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 ming-dan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bog‘-rog‘larni payhon etadi.Aleksandr Makedonskiy mil. av. 329—328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiy-lar podshosi Farasman 1500 jangchi-si bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi.
Aleksandr Makedonskiy 328—327 y. boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylash-gan qal’alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, ularni mag‘lub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (q. So‘g‘d qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar). Mil. av. 327 y. yozida Aleksandr Makedonskiy so‘g‘dlik Oropiyni So‘g‘diyona hokimi etib tayinlab, o‘zi Hindistonga yurish qiladi-da, Gidasp daryosi (Hind d. irmog‘i) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qo‘shini ustidan za-far qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Makedonskiy Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurish-ni davom ettirmoqchi bo‘ladi. Biroq sa-far va kasallik azobidan holdan toygan qo‘shinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch keladi. Shu bois Aleksandr Makedonskiy Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmog‘i) bo‘yidan ortga qaytishga majbur bo‘ladi.Aleksandr Makedonskiy o‘z davlatining poytaxti qilib Bobil shahrini tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik ko‘rish asnosida bezgak kasaliga yo‘liqib, vafot etgan.
Filipp II Makedonskiy vafotidan keyin (eramizdan avvalgi 336-yil) uning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr taxt vorisi bo‘lib qoldi. Sharq xalqlari orasida u Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur. Taxtga hech kim da'vo qilmayotganligiga ishonch hosil qilgach, eramizdan avvalgi 334-yilda u Kichik Osiyoga bostirib kiradi. Aleksandr boshdanoq Fors imperiyasini zabt etishni niyat qilganmidi-yo‘qmi, ma'lum bo‘lmasada, keyinchalik bu ish uning maqsadiga aylangandi.
Uning armiyasining asosiy qismini 12 ming makedoniyalik va 12 ming yunonlar tashkil qilardi. Aleksandrga sadoqatli qo‘shinlar yaxshi mashq qildirilgandi. Qo‘rquv bilmas sarkarda bo‘lgan Aleksandr qo`shinni jangga o‘zi boshlab borardi. Ko‘p bora unga o‘lim xavf solgandi.
Fors shohi Daryovush III unga nisbatan tajribasiz lashkarboshi edi. Forslar harbiy yurishlarga katta karvonni va hatto shoh xonadonidagi ayollarni ham olib yurishardi. Daroparda (chodir), mol-mulk va boshqa zeb-ziynat buyumlari tez harakat qilishga xalal berardi.
Makedoniyaliklar armiysi esa, aksincha, a'lo darajada mashq ko‘rgan va doim jangga hozir edi. Makedoniyaliklar qo‘shinining dahshatli falangalari (saflari) dushman askarlari qatorini yorib o‘tishga mo‘ljallangandi. Dushman hujum qilgan holatlarda esa ular mudofaaga ham o‘tishi mumkin edi. Falanganing old qatorlaridagi askarlar sarissalar olib yurishar, ularning ortidan kelayotganlarni esa otiladigan snaryadlarni qaytarish uchun qalqon ko‘tarib yurishardi.
Aleksandr Granika yonida zafar quchgach, Kichik Osiyoning g’arbiga qarab yurishni davom ettirdi hamda Milet singari shaharlar qarshiligini sindirib, ularni egallaydi. U Iss (Suriyaning shimolida) ustiga yurishdan ilgari Onado‘lida qishlaydi. Shu yerda u forslarning katta armiyasini tor-mor keltiradi. Tir shahrini ko‘p oy qamal qilgach, Aleksandr uni egallaydi hamda janubga, Misr tomon yurishni davom ettiradi.
Misrliklar avvalgi shafqatsiz fors hukmdorlaridan xalos bo‘lishni orzu qilgan holda, Aleksandrning qadamini muborakbod etadilar. So‘ng u Shimol va Sharqqa yurish qilib, Shimoliy Mesopotamiyada Gavgamela yonida o‘zining eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritadi. Daryovush Baqtriyaga qochib boradi va u yerda mahalliy aslzodalar tomonidan o‘ldiriladi.
Fors va Misr endi Aleksandr qo‘l ostida edi. Shunday bo‘lsada, unda jang qilish istagi kuchli edi. Biroq qo‘shinlar Shimoliy Eronning eng olis viloyatlariga yetgach, haddan tashqari holdan toygandi. Oqibatda Shimoliy Hindistonda qo‘shinlar olg‘a yurishni davom ettirishdan bosh tortadi.
Fors imperiyasining hukmdori bo‘lib qolgan Aleksandr endi yunonlar, forslar va makedoniyaliklarni birlashtirish harakatiga tushadi. U Baqtriya amaldorining qizi Roksana (Ravshanak) ka uylanadi, askarlarning ham fors ayollariga uylanishiga ko‘ndirishga harakat qiladi. Vaqti kelib u forsiy libos kiyib, o‘zini Sharq hukmdorlaridek tuta boshlaydi. Buni esa yunon va makedoniyalik jangchilar ma'qullashmaydi.
Aleksandr Arabistonga yurish boshlashni ko‘ngliga tugib qo‘yadi-yu, biroq eramizdan avvalgi 323-yilda Bobilda vafot etadi. Vafotidan so‘ng tug‘ilgan o‘g‘lini esa shuhratparast sarkardalari nobud qilishadi. Uning sobiq lashkar-boshilari, oralaridan birontasiga haddan tashqari ko‘p hokimiyat tegib qolishdan qo‘rqib,
Aleksandr imperiyasini o‘zaro taqsimlab oladilar. Bu odamlarni diadoxalar (aynan — vorislar) deyishardi. Ular hokimiyat talashib, bir-biri bilan kurash olib borganliklari uchun Yunoniston va Yaqin Sharqda urush olovi uzoq yillar tinmadi.
Tarix Fani kishilik jamiyati bosib o’tgan tarixiy yo’lni qonuniyatli bir jarayon tarzida atroflicha o’rganuvchi Fan sifatida ijtimoiy fanlar tizimida muhim o’rin tutadi va keng xalq ommasini, ayniqsa, yosh avlodni o’z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, «o’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi».
Iskandar Zulqarnayn boshchiligida yunonlarning yurtimiz sarxadlarini bosib o’tishi, ularga qarshi Spitamen rahbarligida ko’tarilgan qo’zg’olon ko’pgina manba va adabiyotlarda o’z aksini topgandir
O’rta Osiyo, shuningdek O’zbekistonning kadimgi va antik davrdagi tarixini o’rganishda kadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari xamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat kiladi.
Ulardan ayrim va muhimlariga qiskacha to’xtab o’tamiz.
Diodor (miloddan avvalgi 90—21-yillar). Yirik tarixchi olim; asli Sisiliyaga qarashli Argiriya shahridan. Diodor «Tarixiy kutubxona» nomli 40 kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlardan to milodning I asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Asarda Sharq; xalqlari, shuningdek, O’rta Osiyo va O’zbekistonning qadimiy xalklari (skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar va b.q.), O’rta Osiyo — Eron munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
Diodorning mazkur asari ko’p jihatlari bilan ko’chirma (kompilyativ) hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asar-laridan keng foydalangan. Bundan tashqari, ko’p hollarda bayon etilayotgan voqyealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga qaramay, Diodorning «Tarixiy kutubxona»si dalillarga boy va ilmiy ahamiyatga egadir.
«Tarixiy kutubxona» to’la holda bizning zamonimizgacha yetib kelmagan. Uning faqat 15 kitobi- qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya qiluvchi 1-5-kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari (miloddan avvalgi 500—449 yy.) dan to miloddan avvalgi 301 yilgacha bo’lgan tarixini o’z ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saklangan, xolos.
Asar 1774-1775 yillari I. Alekseyev tomonidan (olti qismda) va 1874—1875 yillari F. G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
Dostları ilə paylaş: |