Maroqanda - Samarqand ning bosib olinishi.
Miloddan avvalgi 329-yilda Iskandar qo`shinlari Oks — Amudaryodan o`ta boshladi. Pishqirib oqayotgan daryo ularning sollarini surib ketardi, gupsarlarni bir-biriga ulab turgan qayishlar uzilardi. Somon to`ldirilgan gupsarlar suvga botib ketardi. Hurkib ketgan otlar tizginlarini uzib, o`zlarini suvga otishar va qirg`oq tomon suzib ketishardi.
Iskandar qo`shinlarining bir qismi g`arq bo`ladi. Olti kun deganda ular kechuvdan o`tib bo`ladilar. Yana So`g`diyonaga yetguncha ancha tog`-u toshdan oshish kerak edi. Ular yo`1 yurib, Navtaka (Nautaka) viloyatiga yetadilar. U Qashqadaryo vodiysining sharqida joylashgan edi. Iskandar Navtakadagi qo`rg`onlarni egallab, Maroqandaga shoshiladi. Bu vaqtda shahar yetmish stadiy uzunlikdagi mustahkam devor bilan o’ralgan edi. Shahar arki Yana bir mustahkam devor Bilan o’ralgan edi.Shunga qaramay yunon-lar shaharni egalladilar va uni ayovsiz talon-toroj qildilar. Tevarak-atrofdagi qishloqlarni ham talab, keyin yoqib yubor-dilar.
U qo`shinlarining bir qismini qoldirib, o`zi asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg`oqlari sari ketadi. Iskandar u yerdagi Kurushkat (Kiropolis) shahrini egallamoqchi edi. Rivoyatga ko`ra, bu shaharga qadimgi fors shohi Kir II asos solgan.
Rim olimi Kurtsiy Rufning ma'lumot berishicha, Iskandar armiyasi Marokandani uncha qiynalmasdan va kam talofat bilan ishg'ol etgan va «shaharda o'zlarining garnizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», so'ngra esa shimoli-sharqqa qarab harakatlanganlar.
O'shanda Iskandar Zul-qarnayn So'g'diyonada yana yettita shaharni bosib oldi. Shundan keyin u Tanais daryosi boylanga qarab qo shin tortdi. Tanaisni mahalliy xalq Yaksart deb atardi. Uning boshlanishi Tyanshan tog'larida bo'lib, Gurgon dengiziga kelib quyilar edi. Tanais bo'ylaridagi mahalliy xalq oziq-ovqat va yem-xashak qidirib yurgan makedoniyaliklarni tutib o'ldirdilar.
Shu yerda Iskandar Zulqarnayn huzuriga saklarning elchilari kelishdi. Iskandar ham ular bilan sulh tuzish uchun o'z elchilarini yuborgan edi. Aslida esa Iskandar Zul-qarnaynning elchilari skiflar mamlakatining umumiy ahvoli, skiflarning turmush tarzi, din-e'tiqodi, fe'l-atvori, askarlarining umumiy soni va qanday qurollanganliklarini bilib kelishi kerak edi. Iskandar Zulqarnayn o'sha Tanais bo'yida Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Iskandariya) degan katta bir shahar qurdirdi. Shahar hozirgi Tojikistonning Xo'jand shahri yaqinida joylashgandi. Bu shahar Iskandar uchun skiflarga qarshi urush olib borishda tayanch bo'lib xizmat qilishi kerak edi. Lekin Iskandarning skiflar ustiga qilmoqchi bo'lgan yurishi amalga oshmay qoldi. So'g'diyonada katta qo'zg'olon ko'tarilganligi va ularga ergashib baqtriyaliklar ham qo'zg'olon ko'targanliklari haqida bir-biridan tashvishli xabarlar kela boshladi. Shu payt Iskandar Zulqarnayn endi Aleksandriya Esxataga kelib tushgandi. Shahar juda katta bo'lib, 60 stadiy uzunlikdagi devor bilan o'ralgandi. Skiflar tez-tez katta shaharning ro'parasiga kelib, uni qattiq o'qqa tutar edilar. Shu payt Baqtriya ham Iskandar Zulqarnaynning tasar-rufidan chiqib, o'z mustaqilligini qo'lga kiritib oldi. Iskandar esa ikki o't orasida: bir tomondan mustaqilligini qo'lga kiritib olgan Baqtriya bilan qo'zg'olon ko'targan So'g'di-yona, ikkinchi tarafdan yunon askarlariga tez-tez hujum qilib, ularga katta talafotlar yetkazib turgan saklar orasida qolgandi. Yarador bo'lib qolgan, sogiig'i borgan sari yomonlashib borayotgan Iskandar Zulqarnayn buning oqibatidan qo'rqardi. Ushbu bosqinchilarga qarshi iste'dodli harbiy rahbar, so'g'dlik Spitamen boshchiligida baqt-riyaliklar, sak va massagetlar qo'shilib qo'zg'olon ko'tar-dilar.
Dostları ilə paylaş: |