Jizpi energetika va radioelektronika fakultetuti 431-22 rqvaT guruh talabasi Suyunov Bunyod



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/6
tarix10.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#87317
  1   2   3   4   5   6
JizPI Energetika va radioelektronika fakultetuti

JizPI Energetika va radioelektronika fakultetuti 431-22 RQvaT guruh talabasi Suyunov Bunyod

Mavzu:Atom massa.Modda miqdori va massa

REJA: 1:Atom tuzulishi

2:Atom massasi

3:Massa haqida umumiy tushuncha


Fanda uzoq muddat davomida atom bo’linmas zarracha deb tushunib kelingan, ya‘ni atomda boshqa elementar zarrachalar yo’k deyiladi. Undan tashqari atomlar o’zgarmas, ya‘ni bir atom boshqa atomga aylanmaydi deyilar edi. Ammo XIX asrning oxirlariga kelib atom murakkab tuzilishga egaligi va bir atom boshqa atomga aylanishi mumkinligi isbot qilindi. Atomning murakkabligini tasdiqlovchi dastlabki tajriba ma‘lumotlari 1879 yilda, siyraklashtirilgan gazlarda elektr zaryadi hosil bo’lishi xodisasini tekshirish natijasida olindi. Agar elektrodlar qovsharlangan shisha nayda havo surib olinsa va unga yuqori kuchlanishli tok ulansa, katoddan nur tarala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlari deyiladi.
Elektronlar hamma elementlardan ajralishi, metallarda elektr oqimini tashkil qilishi, alangada mavjudligi, ko’pgina moddalar qizdirilganda chiqishi, rentgen nurlanishida chiqishi isbotlangan. Bu yerdan shunday xulosa chiqadiki, elektronlar atomlar tarkibiga kiradi. U manfiy zaryadga ega. Atom esa elektrneytral zarrachadir. Bundan shunday xulosa chiqadiki, atomda yana musbat zaryadlangan zarracha ham bo’lishi kerak. Shunday qilib atom bu murakkab zarracha bo’lib, unda yanada kichik zarrachalar mavjuddir. Atomning murakkab zarrachaligini isbotlashda radioaktivlik xodisasi juda qo’l kelgan.
Atom markazida atom yadrosi joylashgan, atomning qolgan hamma hajmini elektronlar egallaydi. Yardo ichida elektronlar yoʻq (bu 1930-yillar boshida aniq boʻldi); yadro musbat zaryadlangan protonlar va zaryadga ega boʻlmagan neytronlardan iborat. Atomdagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng; bu mazkur kimyoviy elementning atom raqami (uning davriy sistemadagi tartib raqami) dir. Elektron massasi proton yoki neytron massasidan tahminan 2000 marta kichik, shuning uchun atomning hamma massasi yadroga toʻplangan. Turli elektronlar yadro bilan turli darajada bogʻlangan; ularning baʼzilarini atom nisbatan oson yoʻqotishi mumkin, bunda u musbat ionga aylanadi. Atom qoʻshimcha elektronlarga ega boʻlib, manfiy ionga aylanadi. Atomning birinchi miqdoriy nazariyasini 1913-yilda daniya fizigi Nils Bor ishlab chiqdi. Bu eng oddiy atom — vodorod atomining nazariyasi edi. Nils Bor Rezerford tajribalarining natijalaridan va oʻsha vaqtlarda maʼlum boʻlgan atomlar vodorodning spektri haqidagi maʼlumotlardan foydalandi. U vodorod atomini quyidagi koʻrinishda tasavvur qildi: proton (atom yadrosi) atrofida aylanma orbita boʻlib elektron harakatlanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin