Asr oshgan asarlar


sifatida o ‘tayotgan, boshqa qalamkash birodarlari shu tantanadan sarxush



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161
Navoiy romani. Oybek

sifatida o ‘tayotgan, boshqa qalamkash birodarlari shu tantanadan sarxush
b o ‘lib, teatr va konsert zallarini, restoranlami obod qilib yurgan kezlarda
Oybek m ehm onxonadan chiqmay, shu asam i yozgan.
Keyinchalik «Navoiy» dostoni qo'lingizdagi roman uchun xamirtu-
rush b o ‘lib xizmat qildi.
1941-vilda nishonlanishi mo'ljallangan N avoiyning 500 yillik yubileyi
urush tufayli yetti yilga kechiktirildi. 1948-yilda bu qutlug' sana o ‘zbek
xalqining milliy bayrami sifatida tarixda birinchi marta nishonlanganida,
yubileyning katta; zalvorli yuki Oybekning zimmasiga tushdi. U ulug‘
salafiga bo'lgan hurmat va muhabbatini yana bir karra go'zal bir shaklda
ifoda qildi.
50-yillaming o'rtalariga kelib, mustabid Stalinning vafotidan keyin
sovet jamiyatida yangi hayot shabadalari esa boshladi. Bu hali istiqlol
shabadasi emas, balki kommunistlar bunyod etgan jamiyatda turib ham
erkin yashash, erkin ijod etish m um kin degan umidning, orzuning muat-
tar shabadalari edi. Shu shabadadan xushnud bo'lgan Oybek yana XV
asrga qanot qoqib uchdi. Yana tarixiy asarlami titishga kirishdi. U o'zida-
gi ana shu zavqbaxsh va latif holatni bir ruboiysida tasvirlab, bunday yozdi:
Tarix so ‘qmoqlari izimdan cho ‘tir,
H ar bir xok shivirlar: «Bir lahza o ‘tir!.. »
«Qushlar tili» p i r i — yurakda tilak,
Izlaymen m arvarid— qo'lim da elak.
Oybekning 60-yillarda, qo'lda elak bilan, tarix so'qm oqlari bo'ylab qil­
gan «kezindi»larining samarasi sifatida «Bola Alisher» («Alishem ing bolali-
gi») qissasi hamda «Guli va Navoiy» dostoni maydonga keldi. 30—40-yil-
larda yozilgan maqolalardan tarkib topgan «Navoiy gulshani» va «Alisher
Navoi» (rus tilida, A. I. D eych bilan hamkorlikda) kitoblari chop etildi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin