Tor, qiyshiq ko‘chaning o‘ksiz oqshomi Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga o‘tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi. Uni har kuni kechqurun past bo‘yli, burushiq yuzli bir chol kelib, yoqib ketar edi.
«Fanorchi ota» hikoyasida tasvirlangandek hodisa Sizning hayotingizda ham bo‘lganmi?
Hikoyadagi «mahalla bolalari ila fanor orasida anglashilmas dushmanlik uyg‘ondi» degan gapni izohlashga harakat qiling. Bu «dushmanlik»ning sababi nima bo‘lishi mumkin?
Nima deb o‘ylaysiz: Qosim cho‘loqning xarakteri bilan uning ayni shunday laqab olishi o‘rtasida biror bog‘liqlik yo‘qmikin?
Mahallangizda, qarindosh-urug‘laringiz orasida Fanorchi otaga o‘xshash mo‘ysafidlar bormi?
MUSTAHKAMLASH
Matndagi xato ma’lumotlarni aniqlang. Mashg`ulot daftaringizga to`g`irlab yozing.
Taniqli o‘zbek adibi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Avval maktabda, keyin pedagogika texnikumida o‘qigan. 1925—1932-yillarda O‘rta Osiyo davlat dorilfununi (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning ijtimoiy fanlar fakultetida ta’lim olgan Oybek o‘qishni bitirib, shu dorilfununda rahbarlik qilgan.
She’rlar yozish bilan ijodini boshlagan Oybekning dastlabki to‘plami «Tuyg‘ular» nomi bilan 1927-yilda chop etildi. Shundan so‘ng shoir yirik she’riy janr hisoblangan romanchilikka qo‘l uradi. Birin-ketin «Dilbar - davr qizi», «O‘ch», «Baxtigul va Sog‘indiq» singari turli mavzudagi o‘nlab hikoyalari e’lon qilinadi.