Asr oshgan asarlar


qurol-aslahalarni ko‘paytirish



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   161
Navoiy romani. Oybek

qurol-aslahalarni ko‘paytirish,
Sulton Husayn kuchlari bilan qay mavzeda uchrashish
va hokazo masalalar aniqlandi. Bundan so‘ng kecha-
kunduz jahdu jadal bilan tayyorlik ishlari boshlanib
ketdi. Badiuzzamon urush ishlarida tajribasiz bo‘l-
ganidan, shoshib qolgan edi. Uning iltimosi bilan
433


Zulnun Arg‘unbek va uning o‘g‘li Shoh Shujobek
Qandahordan yetib kelib, ishni o ‘z qo‘llariga oldilar.
Zulnun Arg‘un umrida ko‘p janglar ko‘rgan, yoshi
ulug‘ligiga qaramay, bahodirona siymoni saqlagan,
sodda, dag‘al, o‘z so‘zli bir chol edi. Uning so‘zlari-
da, qilmishlarida qandaydir telbalikka o ‘xshagan bir
sifat sezilardi. Lekin bu xususiyat, xuddi go‘zalning
kokiliday, unga yarashib turardi. Shoh Shujobek
esa botirlik ruhining kamolga yetgan bir pallasida edi.
U bir qarich yoshidan boshlab, go‘yo tomoshaga
ergashgandek, otasining ketidan janglarga ergashgan,
ot surib, qilichlashgan, jang havosida suyagi qotgan
edi.
Tayyorlik ishlari hali ko‘ngildagidek saranjom top-
magan bir paytda Husayn Boyqaroning oshig'ichlik
bilan safarga chiqqani eshitildi. Badiuzzamon o ‘z
kuchlarini nari-beri tartibga soldi, o ‘zi uchun jangda
qulaylik beradigan Tangdaraga kelib qo‘r to ‘kdi.
Atrofga kuchli qorovullar qo‘yildi. Dushman kuchla­
rini o ‘rganmoq uchun maxfiy ravishda odamlar yubo-
rildi. Dushmanning oldingi qismlari, yo‘lni chap
berib, nogahoniy ravishda bosmasligi uchun, tunlami
sergaklik bilan o ‘tkaza boshladilar. Bir oqshom ufqda
Husayn lashkarining gulxanlari ko‘zga chalindi. Bu
kecha lashkargohda ish qaynadi. Muhim joylarga

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin