Asr oshgan asarlar


yuzlarcha bo‘sh aravalami qalashtirib, yo‘g‘on zanjir-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   161
Navoiy romani. Oybek

yuzlarcha bo‘sh aravalami qalashtirib, yo‘g‘on zanjir-
lar bilan bir-biriga bog‘ladilar. Buning panasida piyo-
da merganlar o ‘q uzishlari kerak edi. Yigitlar ot jab-
duqlarini ko‘zdan kechirib, aslahalarini shaylay bosh­
ladilar. Tong otganda, askarlar otlanib, sovutlarini,
dubulg‘alarini kiygan holda birong‘ar, jirong‘arga
bo‘linib, amr kutardilar.
Badiuzzamon Zulnun Arg‘unbek bilan tepaga chi-
qib, dushman tomonni mushohada qildi. Husayn
Boyqaro aslo kutilmagan miqdorda katta lashkar bilan
kelgan! Uzoqdan Muboriziddin Valibekni, Islim bar-
losni va hokazo tanish sarkardalami, garchi aftlarini
tanib bo‘lmasa ham, ularga xos ba’zi alomatlaridan
payqadilar. Badiuzzamon bir zumda bo‘shashib,
434


bo‘zarib ketdi. Nima qilamiz, degandek Zulnun Ar-
g‘unga egildi. Qari sohibqironning yuzi awalgidek qat-
tiq, qahrli, o ‘shshaygan, tashvishsiz edi.
— 
Ne qilar edingiz?— dedi cho'ng tovush bilan, —
quruqqa qochgandan ko‘ra, kuchli yov bilan olishib,
zarb yegan yaxshi. Urilmoq ham foyda: pishiq bo‘la-
siz, tajriba hosil qilasiz...
Badiuzzamon indamadi. Yolg‘iz o ‘zi yana yuqori
chiqdi. Dushman otliqlari ikki guruhga b o ‘linib, oldin-
ga siljimoqda edi. Xos yigitlar bilan qurshalgan holda
lashkarning o ‘rta qismida kelayotgan otaga ham ko'zi
tushdi. Husayn Boyqaroning qalpog‘iga qadalgan
jig‘aning oltin bandi ertalabki quyoshda ingichka olov-
dek yonar edi. Shahzodaning ko'ngli buzildi. Yig‘la-
gisi keldi. Lekin pushaymon vaqti emas edi. Yugurib
pastga tushdi. Navkarlar tutib turgan otiga mindi.
Uning ishorasi bilan Shoh Shujobek oldingi qismlarni

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin