yuzlarcha bo‘sh aravalami qalashtirib, yo‘g‘on zanjir- lar bilan bir-biriga bog‘ladilar. Buning panasida piyo- da merganlar o ‘q uzishlari kerak edi. Yigitlar ot jab- duqlarini ko‘zdan kechirib, aslahalarini shaylay bosh ladilar. Tong otganda, askarlar otlanib, sovutlarini, dubulg‘alarini kiygan holda birong‘ar, jirong‘arga bo‘linib, amr kutardilar. Badiuzzamon Zulnun Arg‘unbek bilan tepaga chi- qib, dushman tomonni mushohada qildi. Husayn Boyqaro aslo kutilmagan miqdorda katta lashkar bilan kelgan! Uzoqdan Muboriziddin Valibekni, Islim bar- losni va hokazo tanish sarkardalami, garchi aftlarini tanib bo‘lmasa ham, ularga xos ba’zi alomatlaridan payqadilar. Badiuzzamon bir zumda bo‘shashib, 434
bo‘zarib ketdi. Nima qilamiz, degandek Zulnun Ar- g‘unga egildi. Qari sohibqironning yuzi awalgidek qat- tiq, qahrli, o ‘shshaygan, tashvishsiz edi. — Ne qilar edingiz?— dedi cho'ng tovush bilan, — quruqqa qochgandan ko‘ra, kuchli yov bilan olishib, zarb yegan yaxshi. Urilmoq ham foyda: pishiq bo‘la- siz, tajriba hosil qilasiz... Badiuzzamon indamadi. Yolg‘iz o ‘zi yana yuqori chiqdi. Dushman otliqlari ikki guruhga b o ‘linib, oldin- ga siljimoqda edi. Xos yigitlar bilan qurshalgan holda lashkarning o ‘rta qismida kelayotgan otaga ham ko'zi tushdi. Husayn Boyqaroning qalpog‘iga qadalgan jig‘aning oltin bandi ertalabki quyoshda ingichka olov- dek yonar edi. Shahzodaning ko'ngli buzildi. Yig‘la- gisi keldi. Lekin pushaymon vaqti emas edi. Yugurib pastga tushdi. Navkarlar tutib turgan otiga mindi. Uning ishorasi bilan Shoh Shujobek oldingi qismlarni