Asr oshgan asarlar


yo‘q. Sizlar uning navkariga ham arzimaysizlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   161
Navoiy romani. Oybek

yo‘q. Sizlar uning navkariga ham arzimaysizlar.
Badiuzzamon chiroyli boshini quyi solib, qora,
qiyg‘och ko‘zlarini yashirishga tirishdi. Keyin, ko‘ng-
lida dard chayqalgandek, uh tortdi. Otasining unga
nisbatan adolatsizligidan shikoyatlandi. Nihoyat, dedi:
— Siz kabi aziz, ulug‘ ustodning iltimosini qabul
etmaslik ulug‘ gunohdir. Zoti oliyingizga bo'lgan
muhabbatim yuzasidan so‘zlaringizni qabul qilamen
va podshoh otamni insofga, adolatga da’vat etmo-
g‘ingizni so‘raymen.
Navoiy xursand bo‘ldi. Shahzodaga yaxshi tilaklar
tiladi. Viloyatning ishlari haqida ma’lumot oldi,
o ‘rgandi. Keyin qadrdonlari bilan ko‘rishmoq niyatida
asta-asta yurib, chiqib ketdi.
Uch-to‘rt kundan so‘ng shoir bir majlisdan qaytib
kelgach, mulozimlar uni Badiuzzamon yo‘qlaganini
bildirishdi. Shahzoda o ‘tirgan xonaga kirgach, uni
juda g ‘amgin va hurpaygan holda ko‘rdi. Taajjublanib
so‘radi.
— Ne yumush bilan meni tiladingiz?
Badiuzzamon javob bermadi. Ko‘rpachaning osti-
dan bir qog‘oz chiqarib, yoyib uzatdi. Navoiy xatga
ko‘z yugurtish bilan g‘azabdan, sarosimadan qaltirab
ketdi. Balx qal’asi begiga yozilgan Husayn Boyqaro
xatining mazmuni shunday edi: Badiuzzamon Mirzo
shahardan tashqari chiqsa, qaytganda shaharga kirish-
ga yo‘l qo‘yilmasin, tezda hibs etilsin! Navoiy qalbaki
xat bo‘lmasin, degan andishada muhrga diqqat bilan
tikildi, shubhasi qolmadi.
— Mana, otamizning muhabbati, sadoqati! — dedi
o ‘z-o‘ziga so‘zlaganday Badiuzzamon. — Agar nav-
karlarim nonko'rlik qilib, bu maktubni mendan
yashirsalar edi, ehtimol, men hozir zindonda o ‘tirgan
bo‘lar edim! Y o‘q, tangriga shukur, munofiqlik fosh

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin