N avoiy she ’riyati va N avoiy obrazi hamisha
kuchli bir quyosh kabi ko ‘nglimni tortar edi. 0 ‘z
asarlarim da shoir N avoiy obrazi yaratishga zo
V
m ayl, orzu, istagim bor edi. Lekin tarixga ko'z
tashlasam, N avoiy gigant, buyuk b ir siymo ho-
lida qarshimda turar edi. Yoshligimdan beri
N avoiyning o ‘Imas, abadiy she ’rlarini sevib o ‘qir
edim , uning jo zib a li g'aza lla ri borgan sari
ko ‘nglimga singib bordi, sh akl va mazmunlari
yuragimni m ast va maftun etdi.
Birinchi bob
I
Bahor quyoshi ko‘kning tiniq feruzasida Hirotning
Gavharshod madrasasining haybatli gumbazi ustida
porlar, gumbazning azamat peshtoqlarining naqshlari
shol,lalarda jonli, havoiy bir chamanzor kabi turli-
tuman olov ranglar chaqnatar, kabutarlar dam uchib,
dam sirpanib qo‘nib, gumbaz tevaragida quvonch
bilan inoq o‘ynashar edi. Bir tomoni xonaqoh, uch
tomoni katakcha-hujralar bilan o‘ralgan madrasaning
keng, tekis, chorburchak sahnidan kecha shovdirab
o ‘tgan yomg‘ir ko‘zga ilinar-ilinmas bug‘ bo‘lib havo-
ga ko‘tarilmoqda edi. Tolibi ilmlaming aksari bukun
hovliga chiqishgan. Ular yapaloq g‘isht yotqizilgan
yo‘lkalarga bo‘yralar solib dars tayyorlashadi. Ular-
ning qay biri «Qofiya»'da, qay biri «Hoshiya»2da, qay
biri «Shamsiya»3da. Mana bunda biri kitobni tizzasiga
qo‘yib katta sallali boshini uzluksiz chayqab, ko‘zlari-
ni chirt yumgan holda g‘o‘ng‘illab «Arabiyot»4ni yod-
laydi. Nariroqda uch mullabachcha bir bo‘yra ustida
o ‘tirib, mushkul bir masalani bahslashadi. Ulardan
biri — sersoqol, rangpar va oriq — o ‘z mantiaining
11 M adrasalarda o'qitiladigan darslik kitoblar.
"Arab tili qoidalari.
5
kuchini ko‘rsatishga va «haqiqat mezoni»ni o‘zicha
ta’rif etishga astoydil tirishar, sheriklarining dalillarini
rad etardi. Undan yoshroq, lekin o‘jarlikda undan aslo
qolishmaydigan sheriklari qichqirib, yangi-yangi dalil-
lar, mulohazalaming tilsimli qo‘rg‘onini bir zumda
so‘z bilan yasab qo'yardilar. Ba’zan asl mavzu-bahs
g‘oyib bo‘lar, ular bahs asnosida kelib chiqqan yangi
nuqtalarga berilib, so‘z changalzorining tikanli mush-
kilot bilan to ‘la sohalarida urina-urina, yana asli
masalaga qaytishadi. Bahslashuvchilar ba’zan munoza-
ra alangasida o‘zlarini unutib, bir-birlariga dag‘al ibo-
ralar aytishar, ba’zan burgutday hurpayib, bir-birlariga
chang solmoqqa tayyorlanganday qiziq bir vaziyatda
bir zumgina qotishardi. Bu hoi madrasa dunyosida
juda oddiy va tabiiy hodisa bo‘lgani uchun ulaming
asabiy shovqiniga atrofdagilardan hech kim e’tibor
qilmas edi.
Hujralar bo‘m-bo‘shdek ko‘rinsa ham, xonaqoh-
ning pinjiga tiqilgan, quyoshga ters bir hujrada to ‘rt
kishi g‘uj bo‘lib, odatdagicha, gurunglashib o ‘tirishar
edi. Hujra tor, zaxkash. Eshikchaning lang ochiq
bo‘lishiga, bahor quyoshida ko‘z qamashtirib porlagan
kunduzga qaramay, bu yerda nim qorong‘ilik hukm
surardi. Bu narsa yolg‘iz bu hujraga xos sifat emas,
albatta. Madrasa hujralari — tolibi ilmlar maskanla-
rining keng, bahavo bo‘lishi go‘yo odatga, an’anaga,
butun zehniyatga zid bo‘lgandek, Sharqda madrasa
hujralari bir-biridan hech farq qilmaydi deyish mum-
kin... «Ilm igna bilan quduq qazish» degan qadimgi
fikrga hujralaming andozasi yorqin bir misol bo‘lsin,
deb bir zamonlar m e’moriy san’atda1 tolibi ilmlar
uchun shu andozani qabul qilgan bo‘lsalar ehtimol...
Nim qorong‘i, zaxkash hujrada ulfati choming suh-
bati uzilmas edi. Bulardan uchi tolibi ilm bo‘lib,
to'rtinchisi bu hujra sohibining m ehm oni edi.
Bulaming ilm darajalari, yoshlari, fe’l-huylari orasida
katta tafovut, hatto ziddiyat bo‘lishiga qaramay,
G o'zal binolar qurish san’ati.
6
madrasaning eng qashshoqlari bo‘lganlaridan, aksar
vaqt to ‘planib, «ikki yarim — bir butun», deganday
ovqat tadorikini birga ko‘rishar edi. Bukun ham xuddi
shu maqsadda yig‘ilishib, dekcha qaynatish g‘amida
bosh og‘ritishardi. Yosh jihatdan eng kattasi — hujra
sohibi Aloiddin Mashhadiy bo‘lib, chuvak yuzini
dag‘al qora soqol bosgan, payvasta quyuq qoshli, har
vaqt yarim yumuq xira ko‘zli, past bo‘yli, chamasi
qirq yoshdagi kishi edi. U o‘n besh yildan buyon
«Gavharshod» madrasasida, shu hujrada istiqomat
qilar, bundan biron yoqqa qo‘zg‘alishi ham belgisiz
edi. Aloiddin Mashhadiy o ‘z zamonasining eng
peshqadam mudarrislarida o ‘n yillab dars olgan bo‘lsa
ham, biron ilmda o ‘zini yorqin ko‘rsata olmagan. Bir
necha yildan buyon ilmlardan ko‘ngli sovib, darslarga
ko‘pincha qatnashmaydi ham. Lekin zamonaning bir
ko‘p odamlariga muyassar bo‘lgan shoirlik baxti yoki
baxtsizligi uni ham benasib qoldirmagan. U she’ming
turli navlarida qalam yuritadi. Tunlarni uyqusiz
kechirib, devon ham tartib qilgan; muammo'da o ‘zini
yagona bo‘lmasa-da, har holda eng chapdastlardan
hisoblaydi. Ammo uning bu sohadagi mahorati ham
xuddi devoni kabi hanuz she’r olamiga tanilgan emas,
bu ahvolga u g‘oyat qayg‘uradi, dard uni ich-ichidan
kemiradi. Umidsizlik, o ‘ksiz ruh uni bir zum ham tark
etmaydi. Shuhrat, iltifot qidirgan shoir shohlarga
bo‘lmasa-da, beklarga, vazirlarga, hatto bulardan
quyiroqdagilarga ham qasidalar yozib taqdim etadi.
Savodsiz bekni «Jomi ul-ulum»2, «Xazinai maoniy»3,
«Fuzalo va shuaro homiysi»4 deb yuksaltiradi. Uning
sultonlarga, hatto beklarga navkar bo‘lib o‘tgan ota-
bobosini oftob olamtob yaratilgandan beri davlati,
iqboli zavol ko‘rmagan oliy nasabli «saltanat spehri-
ning xurshidi»5 va hokazo puchak, lekin ko‘z qa-
1 K ich ik s h e ’r turi; sh o irla r m u a m m o d a kishi ism ini y ash irad ilar.
2
Ilm lar yig'indisi.
’ M a ’n o la r xazinasi.
4 S h o irla r va fozillam i h im o y a qiluvchi.
5 P o d sh o h lik o sm o n in in g quyoshi.
7
mashtirgich yaltiroq so‘zlar bilan madh etmoqqa
mohir. Aloiddin Mashhadiy asabiy, jizzaki, sezgir
shaxs; arzimagan narsaga kishidan ko‘ngli qoladi. U
kimdan ranjisa, o‘sha soatda bir hajv ila o‘z «dush-
man»ini so‘z balchig‘iga shunday bulg'aydiki, o‘qir-
kan, eng chirkin hid burqib turadi.
Ikkinchi mullabachcha hirotlik o‘rta hol oilaga
mansub Zayniddin, qaddi-qomati nozik, xushmuoma-
la, xushsuhbat, havoyi tabiatli yigirma-yigirma bir
yashar yigit edi. U to ‘rt-besh yildan buyon tahsil ko‘-
rib, ba’zi ilmlarda ancha ilgarilagan. Arab va fors
tillarini yaxshi egallagan. Lekin havoyi tabiatli bo‘lishi
va hayotda ziynatni, xursandchilikni sevishi orqasida
tahsilga uncha qunt qilmaydi. Ko‘proq vaqtini san’at-
larga bag‘ishlaydi. Madrasa ahli orasida u o‘zining
husnixati bilan mashhur. Bundan tashqari, yaxshi kuy-
laydi, g‘ijjakni go‘zal chaladi: keyingi vaqtlarda otasi
bilan orasi buzilib qolgach, faqirlikka tushdi. Bu
madrasada va o ‘zga madrasalarda bo‘lgan asilzoda,
sohibi davlat1 talabalaming va Hirotdagi bekzoda,
vazirzodalaming kechki bazmlariga, yig‘inchoqlariga
borib, kuyi, sozi bilan o‘ltirishni qizitib, qomini
to ‘ydirar edi.
Uchinchi talaba ikki yil burun Shahrisabzdan tah
sil uchun kelgan do‘ng peshonali, miqti gavdali,
o ‘tkir, yirik ko‘zli o‘n sakkiz yashar Sultonmurod edi.
Bu yigit Shahrisabzda mashhur sangtarosh ustaning
o ‘g‘li edi. Usta Samarqandda ish vaqtida katta bir
bino tepasidan yiqilib o ‘lganda, Sultonmurod uch
yashar bola edi. 0 ‘qimishli, jonkash-jafokash onaning
tarbiyasida ulg‘ayib, dastlab o ‘z shahrida, so‘ngra
Samarqandda tahsil ko‘rib, nihoyat, qarindoshlarining
yordami bilan Hirotga kelib, bu madrasaga joylashgan
edi. Uning iste’dodi madrasa ahligagina emas, balki
Hirotning aksar olimlariga m a’lum. U barcha mavjud
ilmlami egallab, zamona olimlarining peshvosi, «saro-
madi» bo‘lishga tirishadi. Diniy ilmlardan tashqari,
1 Boy, d av latm an d .
8
riyoziyot1, ilmi nujum2, mantiq, adabiyot va hokazo-
larda keng, pishiq m a’lumot kasb etgan edi. U o‘n
to ‘rt yashar vaqtida Samarqandda bir domlasi unga
shunday degan edi: «Qadim zamonda bir olim o ‘tgan
ekan. U, agar rub’i maskun3dagi barcha olimlarning
xotirlaridan barcha ulum va funun4 banogoh ko‘taril-
sa, u ilmlaming hammasini asliday tirgizishga qodir-
man, der ekan. 0 ‘g‘lim, sizda o‘shanday zako va iste’-
dod ko‘raman, sa’y-g‘ayratni aslo qo‘ldan bermangiz!»
Ilmlarda ana shu afsonaviy olimning darajasiga ko‘ta-
rilish Sultonmurodning g‘oyasi edi.
Bu yerda hammadan ajralib turgan shaxs —
Aloiddin Mashhadiyning mehmoni samarqandlik
T o‘g‘onbek edi. U yo‘g‘on, chorpaxil gavdali,
dakkam-dukkam qizg‘ish mo‘ylabli; keng, qoramtir
yuzining yonoqlari bo‘rtgan; qisiq ko‘zlari ayyorcha
beqaror; kunlar isib ketgan bo‘lsa ham, uning egnida
qo‘pol eski p o ‘stin, boshida qunduzi qalin katta
bo‘rk... To‘g‘onbekning ota-bobolari Amir Temur
davrida katta mansablar ishg‘ol etganlar. Ulaming
orasidan mashhur askar boshliqlari, davlat xodimlari
va dabdabali tarxon5lar chiqqan. Lekin, keyinchalik,
Temur davlati parchalanib, shahzodalar orasida toj-
taxt uchun urush, janjallar qizib ketgach, bu oilaning
ovozasi asta so‘na boshlagan: dadasi Femzbek qaysi
bir safarda dom-daraksiz g‘oyib bo‘ldi. Obro‘li obo-
g‘alaris, tag‘oyillari, amakilari ham birin-sirin mavqe-
larini yo‘qotdilar. Ba’zilari aka-uka, ota-bola sulton-
laming o‘zaro umshlarida qirildi, ba’zilari o ‘z dush-
manlaridan xavfsirab yoki yangi baxt qidirib, uzoq
ellarga ko‘chib ketdi. 0 ‘n yetti yoshdan boshlab
To‘g‘onbek Movarounnahrda, Xurosonda, Dashti
Qipchoqda, Iroqda va, umuman, bir vaqtlar Amir
Temuming qilichiga tobe bo‘lgan bir ko‘p mamlakat-
' M atem atik a.
2 A stronom iya.
1 D u n y o m a ’nosida.
4 F an lar.
5 P o d sh o h d a n a lo h id a h u q u q va im tiy o zlar olgan aslzoda.
‘ Q arindoshlari.
9
larda qaynoq siyosiy kurashlarga, uzluksiz qo‘zg‘olon-
larga, fitnalarga boshi bilan sho‘ng‘idi. Baxt, shon-
shavkat qidirib, o‘zini o‘tga-cho‘qqa urdi. Chig‘atoy-
o‘zbek sultonlari, turkman beklarining ostonalarini
yaladi. Har qaysisida bir muddat xizmat qildi: aldadi,
aldandi; taladi, talandi. Nihoyat, bundan ikki oy
ilgari, yigirma besh yoshida Hirotga yuzlandi.
Uchrashuvning tasodifiy bo‘lishiga qaramay, Aloiddin
Mashhadiy bilan do‘st tutunib, bu hujraga tiqilib oldi.
To‘g‘onbek chalasavod bo‘lsa ham, ilm-fanning
qadri-qiymatini biladi. Talabalarning suhbat va
munozaralariga diqqat bilan quloq soladi, lekin bu
sohani o‘zi uchun begona hisoblaydi. Ilm-tahsil —
yuvosh, tinch, sabr-qanoatli odamlarning ishi, To‘-
g‘onbekning xayoli esa har vaqt jahongashtalik olami-
da parvoz etadi: u uchqur otda chaqmoqday yonib,
janglarda qilichbozlik qilishni, o ‘q-yoy otishdagi kuchi
va mahorati bilan barchani tong qoldirishni, qal’ alarga
bosqin yasashni, tog‘day yuksalgan qo‘rg‘onlarga bo-
tir yigitlar bilan birga shotular1 qo‘yib, hoy-huy, arosat
solishni, sahroyi xalqning qishlovlariga ot qo‘yib,
minglab qo'ylarni o ‘lja haydashni sevadi. To‘g‘onbek
biron tumanga bek tayinlanib, atrofiga bir dastagina
chopqinchi zabardast yigitlardan to'plab, hiyla-
nayrang, aldash, do‘q, bosqinchilik va hokazo yorda-
mi bilan o‘zga beklami, hokimlami biror-biror ag‘da-
rish, nihoyat, poytaxtlardan shohlarni haydab, o‘zi toj
kiyish yoki qang‘ib yurgan shahzodalardan bironta
bo‘sh-bayovini taxtga o‘tqazib, butun hokimiyat jilovi-
ni o ‘z qo‘lida tutish singad umidlaming yurakdagi
alangasi bilan yashadi. Buning uchun kurashdi. Na
qilsinki, bu umidlarni amalga oshira olmadi. Hatto
bir necha d a fa bu qing‘ir yurak boshqalarga sezilib
qolayozdi. Uning boshi bilan birlikda bu telba umid-
lami kesmoqqa ko'tarilgan qilichdan o ‘zini zo‘r-bazo‘r
qutqarib, Hirotda bu madrasa kavagini in qilishga
majbur bo‘ldi. Lekin To‘g‘onbek hali bu umiddan
1 N arvonlar.
10
qaytgan emas. Unda hali ishonch zo‘r: Temuming
evara-chevaralari ko‘p; bular ham qo‘ziqorinday
ko‘payib turadilar. Bola otaga, ota bolaga, aka ukaga,
tog‘a jiyanga qarshi isyon ko‘tarishi bu mamlakatda
bir odat bo‘lib qolgan. Bundan tashqari, katta-kichik
shaharlarda, viloyatda beklar, hokimlar bor. Mol-
mulkka, shon-shavkatga, hokimiyatga ulaming ishta-
halari hamisha kamay. Shu sababdan T o‘g‘onbek
qonli g‘avg‘olarning, ur-yiqitlaming uzoq davom eta-
jagini anglaydi-da, faqat o ‘ng‘ay fursat va sharoitni
kutadi...
Vaqf mablag‘lari bilan kun kechiruvchi talabalar-
ning ahvoli og‘ir. Qo‘llariga tekkan naqdlami qish
allaqachon yutib qo‘ygan. Endi haftada bir-ikki topqir
qozon qaynatish ham mahol. Sotish uchun qo‘lga ili-
narli hech nima yo‘q. Ovqat to ‘g‘risida bosh qotirilar
ekan, aksar vaqt To‘g‘onbek: «Bir ilojini topg'aymiz,
Hirotday shahri azimda bu qanday dag‘-dag‘a!” deb
po‘ng‘irlardi-da, lapanglab chiqib ketar, ovqat uchun
kerakli masalliqni tezda topib kelardi. Kissasining
ko‘pdan buyon qup-quruqligini sezsalar ham, mab-
lag‘ni qayerdan va qanday qilib topganligini undan
surishtirmas edilar. Lekin bukun gap shu to ‘g‘rida
soatlab davom etsa ham, To‘g‘onbekdan sado chiq-
madi. U fe’li ayniganday, hujraning bir burchagiga
tiqilib, qisiq ko‘zlarini bir nuqtaga yomon tikib o ‘tirdi.
Chuchitilgan moy va qovurilgan go‘shining mazali
hidi dimog‘larga urildi. Bir ko‘p hujralarda kunda ikki
mahal laziz taomlar pishiriladi. U hujralaming egalari
vaqfxo‘rlar emas. Ular yuksak oilalaming o ‘g‘illari.
Ular kechalari shirin suhbatlar tuzadilar. D o‘st-yorlar
yig‘ilishib, chag‘ir‘ ichib, musiqiy va raqslar bilan tong
ottiradilar...
Uzoq kengashdan so‘ng biron ma’qul chora topil-
magach, yog‘ochday qotgan, junsiz, taqir p o ‘stakda
hujra to ‘rida o ‘tirgan Aloiddin Mashhadiy kichkina
gavdasi bilan yengilgina qo‘zg‘alib, uzun pechi osilgan
1 May.
11
katta sallali boshini chayqadi. So‘ng dardli bir uh tor-
tib, dunyoning buqalamunligi haqida shikoyatlandi,
ingichka tovush bilan cho‘zib o'qidi:
Dostları ilə paylaş: |