Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   161
Navoiy romani. Oybek

47


Uchinchi bob
I
Shorn qarosida Majididdin xizmatdan uyga qaytdi. 
Ichkari hovlida uni o‘n olti yashar cho‘ri qiz Bo‘ston, 
har vaqtdagiday, uyatchan bir ta’zim bilan qarshiladi. 
Bekasini hozirgina saroydan bir kanizak kelib, pod- 
shohning bosh xotini Beka Sultonbegimning ziyofati- 
ga olib ketganligini bildirdi. Majididdin kunchi erlar- 
dan bo‘lsa ham, lekin bu xabar uni juda quvontirdi: 
uning nomi va rutba'si saroy xonimlarining ham oliy 
diqqatini jalb etgan. Demak, bir kun emas-bir kun 
uning xotini malikani butun kanizaklari, nadimalari2 
bilan ham Hirotning yuksak oilalarining xonimlarini 
o ‘z uyiga chorlaydi. Ishqilib baxt otini qamchilab, 
kichik saroydan oliy saroyga ildam o‘tib olish kerak!
Majididdin yasog‘li uyga kirib, yostiqqa yonboshla- 
di. Cho‘ri qizga shamni tokchadan o‘z oldiga olib 
qo‘ydirdi. Qomi to ‘q bo‘lganidan, Bo‘ston keltirgan 
bir lagan qovurdoqqa qiyo boqmay, sharbat so‘radi. 
Bo‘ston chiroyli ko‘zachadan tiniq sharbatni guldor 
kosaga quyib, tavoze bilan tutdi. Biroq xo‘jasining 
ko‘zlarida allaqanday hayosiz orzuning yonganini 
sezib, sarosimalanib, tezgina eshikka chiqishga in- 
tildi.
— 
Bunda kel, hoy! 0 ‘tir. — Achchiqlanib qichqir- 
di Majididdin.
Ixtiyorsiz cho‘ri qo‘rqqanidan yaqinroq kelib, 
go‘yo biron yumush kutganday, cho‘qqayib o‘tirdi. 
Chiroyli, m a’sum ko‘zlarini yashirdi. U o‘n ikki yoshi- 
da Badaxshonda sahroyi qaroqchilaming qo‘liga asir 
tushib, turli azob-uqubatlar, mojarolar chig‘irig‘idan 
o‘tib, nihoyat, bundan ikki yil burun, o‘n to ‘rt yoshi- 
da, Majididdin cho‘ri — «gung» qilib sotib olgan edi. 
Bo‘stonni taqdir bir qarich yoshidan boshlab hayot- 
ning zolim panjasiga tashlagan, uqubatlar girdobida
1 M artab asi, m avqei.
! P o d sh o h xotin ig a ulfat b o 'lg a n ayollar.
48


suzdirgan bo‘lsa ham, niholdek nozik, tuyg‘un qizning 
erkin hayotga bo‘lgan umidi so‘nmagan edi. U o ‘z 
sofligini saqlashga tirishar edi. Bo‘ston xo‘jasi Maji- 
diddinni birinchi ko‘rgan ondayoq undan badgumon 
bo‘lgan edi. Yolg‘iz uchrashishga to ‘g‘ri kelgan payt- 
larda uning ko‘zlariga qaray olmas edi.
Majididdin kosadagi sharbatni bo‘shatib, soqol, 
miyiqlarini shohi ro‘molcha bilan artdi-da, qizga ter- 
muldi. Faqat qizning kir, dag‘al bo‘z ko‘ylagini ko‘rib, 
ipaklarga, baxmallarga chulg‘ansa, husniga yuz qatla 
husn qo‘shiladi, deb o'yladi va ishqiy hangoma uchun 
fiirsatni juda qulay topgan bo‘lsa ham, nasib etgan 
kun qizni hammomga yuborib, nafis kiyimlar kiydirib, 
undan keyin o‘z og‘ushiga olishga qaror etdi. Qo‘lini 
uzatib, dastro‘molini qizning yuziga yaqin bir silkdi- 
da, uni cho‘chitib yubordi.
— Gul qizim, men senga yaqinda ancha o ‘rtoqlar 
topamen, ne deysen?
Xo‘jasining muomalasidan vujudini titroq bosgan 
cho‘ri hech nima demay, hurkak ko‘zlarini atrofga 
javdiratdi, xolos.
— Nega javob bermaysen? Men xuddi sen tengi 
sohibjamol qizlardan bir nechasini keltiramen. 
Ulaming hammasiga sen boshchi bo‘lursen. Yumush- 
laring ozayadi. Hammalaring Bog‘i Eram qizlaridek 
yasanib yurasenlar...
Bu so‘zlar qizning qo‘rquv va andishasini 
kuchaytirdi. U boshini yana quyiroq egib, ko'zlarini 
yerdan uzmas, qanday qilib tashqariga qochishni bil­
mas edi. Uning baxtiga, shu asnoda ko‘cha eshik tar­
dan taqilladi. Bo‘ston, qafasdan chiqqan qush kabi, 
tashqari otildi, kafshini poyma-poy ilib yugurdi. 
Birpasdan keyin dadil yurib kelib, Abulziyo degan ki- 
shining uchrashmoqchi ekanligini bildirdi. Majididdin 
ijirg‘anib, asta tashqari chiqdi. Qorong‘uda tanish 
ovozni eshitish bilan Majididdin ichdan quvondi, le- 
kin tashqari ko‘rinishda g‘urur va savlatni quyuq- 
lashtirdi-da, butun Xurosonga dong‘i ketgan boylar- 
dan Abulziyo bilan ko‘rishdi va uyga boshlab kirdi.
49


Abulziyo qalin adras ko‘rpachaga o‘tirib, chuvak 
yuzini qoplagan qop-qora quyuq soqolini silab, fotiha 
o ‘qiganday bo‘ldi.
— Zoti oliylariga podshoh hazratlarining iltifotlari 
baland ernish, — dedi Abulziyo quyuq, payvasta qosh- 
larini chimirib. — Xudo nasib etsa, yaqin kunlarda 
yangi rutbai oliy bilan janoblarini tabrik qilurmiz.
— Qayerdan eshitdingiz? — bilmagan kishi bo‘lib 
so‘radi Majididdin.
— Podshoh hazratlari bir majlisda sizni yodlamish- 
lar. U majlisda bo‘lgan hamsuhbatlaridan eshitdim...
— Shunday xabarlar bor... Ehtimol, sodiq ban- 
dalariga inobatlarini ayamaslar, — dedi Majididdin va 
mehmonning ishlari haqida so‘radi.
Karvonlari Hindiston, Xitoy yo‘llarida muttasil 
qatnab turuvchi bu savdogar, ishning rivoji va ko‘ra- 
yotgan foydalaridan og‘iz ochmadi, kamchiliklar usti- 
da tilni bir qarich qiladigan, pashshani filga aylantira- 
digan hamma savdogarlar kabi, yolg‘iz chatoqlari 
haqida gapirdi.
Majididdin Bo‘stonni imlab, dasturxon yozishga 
buyurar ekan, mehmon qat’iyan rad etdi.
— Hozirgina shulon'da edik, — dedi u barmoqlari- 
dagi gavhar ko‘zli uzugini o‘ynab, — bir masalaning 
hali uchun qoshingizga kelgan edim. Bilmadim, 
janoblari qanday qarar ekanlar...
— Bizning xolis niyatimiz, — dedi Majididdin 
qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, — do‘st-yorlarga hamisha xiz- 
mat qilmoqdir.
Abulziyoning torgina peshonasi burishdi. Bir 
ko‘zini, odati bo‘yicha, qisib, shamga bir nafas tikildi. 
So‘ng Majididdin tomonga enkaydi.
— Xazinaning simu zarga ehtiyoji ne darajada?
Majididdin kuhmsirab javob berdi:
— Shohlamnig xazinasi bamisoli bir daryo... Lekin 
bir farqi bor: suv ko‘paysa, daryo toshadi. Ammo xa- 
zina javohirotga aslo to ‘ymaydi.
1 K atta ziyofat.
50


— Bag‘oyat to ‘g‘ri fikr, — dedi Abulziyo, — xusu- 
san, bizning podshohi islom kabi Hotamtoy sulton 
uchun xazina dosh bermaydi. Podshohning muborak 
tab’lari hashamatga moyil ko‘rinadi. H ar kun 
Jamshidi oso1 bazmlar, ta ’rifidan tillar loi b o ‘luvchi 
ziyofatlar tartib etmoqda emishlar. Kamina xazina- 
ning barakatiga sa’y-harakat qilsam, degan niyatda 
edim...
— Ne tariq bilan? — qiziqib so‘radi Majididdin.
Janoblariga oftobday ravshanki, xazinaga mab- 
lag‘ el-ulusdan qatra-qatra tomib keladi. Biroda- 
ringizning xolis niyati shulki, xazinaga tangani biz 
qoplab-qanorlab ag‘darsak-da, so‘ng ulusdan bir-bir 
terib olsak...
— Angladim, angladim, — dedi Majididdin sabr- 
sizlanib, — tegishli amaldorlar tarafidan xalqdan 
yig‘ilgusi zakotlami m a’lum shart bilan hukumat ixti- 
yoridan sizning ixtiyoringizga o‘tkazilsa... Maqsadlari 
ushbumi?
— Balli, — javob berdi Abulziyo, — bu ishda 
janoblari vositachilik qilsalar, ish tezroq saranjom 
bo‘lar edi: janoblari shahzoda Mirzoyi Kichik orqali 
harakat etsalar ham mumkin. Yana bu jihatni o ‘zingiz 
bilursiz.
Majididdin bir oz enkayib, ko‘zlarini yarim yumib 
o‘yladi. Tijorat ahli bilan aloqada bo'lishning foy- 
dalarini yaqqol ko‘rdi. Bu vazifaning uddasidan chi- 
qishiga ishonardi. Lekin, mushkul masala qarshisida 
qolgan kabi, jo ‘rttaga ikkilanib, sukut qilib o ‘tirdi.
— Podshoh hazratlarining qoshiga quruq kirmay- 
siz, — dedi Abulziyo dilgir bo‘lganday kuyunib, — 
katta tuhfa hozirlab qo‘yibmen... Siz janobning xiz- 
matingizga ham tayyormen.
Majididdin yana sir boy bermadi. Podshoh yoki 
ba’zi vaziriar e’tiroz qilmasmikan, degan mulohozada 
ekanini so‘zladi.
'J a m sh id g a o ‘xshash. A fsonaviy q a d im E ro n sh o h i, d ab d ab an i y ax sh i k o 'rg a n va 
ta n ti ekan.
51


— Men bu sohada hech tajriba ko‘rgan emas- 
m en,— dedi Abulziyo,— shuning uchun hozircha yol- 
g‘iz Hirot viloyati kifoya qiladi. Men bilamen, hozirgi 
kunda podshoh hazratlari uchun katta mablag‘ kerak.
— Xo‘p, jam iki mushkilotni o ‘z zimmamga 
olayin,— dedi ayyorcha kulib Majididdin, — lekin bu 
xayrli ishga men o ‘zim ham sherik bo‘layin. Mayli, 
kichik bir hissasi bo‘lsin...
Bunday taklifni aslo kutmagan Abulziyo torgina, 
burushuq peshonasini qashidi. Keyin allaqanday zo‘ra- 
ki kulgi bilan dedi:
— Sizning baxtingiz vazirlik mansabida. Devoni 
oliydadir. Sizga bu dardisar ishlaming ne hojati bor?
— Biz nima bo'libmiz! Vazirlar, beklar orasida tijo- 
rat bilan shug‘ullanuvchilar ozmi?
— Xo‘p, bu shartni qabul qildik... — dedi noiloj 
Abulziyo.
Majididdin ishni juda qulay shart bilan olishga 
tirishajagini so‘zladi va yolg‘iz Abulziyo nomidan 
muzokara yuritib, o ‘zi pinhon qolishi kerakligini uqtir- 
di. Abulziyo qo‘ltig‘idan og‘ir shohi xaltacha chiqardi- 
da, xalta og‘zini himarib, Majididdin oldiga sharaqla- 
tib qo‘ydi. Shamda olovlangan oltin kabi, Majidid- 
dinning yuzi, ko‘zi shodlikdan uchqunlanib ketdi. 
Boyga minnatdorlik bildirib, xaltachani darrov yostiq 
tagiga tiqdi. Mehmon ketgandan keyin Majididdin 
xaltani ag‘dardi. Shamda chaqnab ko‘zlarni qamash- 
tirgan oltin tangalarni huzur qilib sanab, sandiqqa 
tashladi. Abulziyoning sovg‘alarini podshohga o‘zi- 
nikidek peshkash qilish, hozirgi valine’mati shahzoda 
Mirzoyi Kichik orqali ishni qulay saranjom qilish va 
hokazo to‘g‘risida o ‘ylab, uyqusi qochdi.
II
To‘g‘onbek bir haftadan buyon har kun xo‘jasining 
zotli otlaridan birini minib, Hirotda gasht qilib yura- 
di. Egnida yangi chakmon, boshida yangi qalpoq, 
kissasi tangasiz qolmaydi. U Majididdin xizmatiga kir- 
gan kunning ertasigayoq ota meros aziz xanjarni qay-
52


tarib oldi. Egnida yangi chakmon, boshida olifta 
qalpoq, kissasi tangasiz qolmaydi. Oqshom m o‘l, 
tekin ovqatni yegandan keyin sharobxonaga oshiqadi. 
Mayxo‘rlikda, kurashda, ot chopishda, o‘q uzishda 
shahaming dong chiqargan jahongashta yigitlari bilan 
do‘st tutunishga ham ulgurdi. Birinchi kunlarda 
xo‘jasi bilan oz uchrashardi. Keyin, To‘g‘onbek gap 
asnosida turli masalalar to ‘g‘risida o‘z fikrini, qarashi- 
ni bayon qila boshlagach, u tez-tez chaqiradigan, uzoq 
gaplashadigan bo'ldi. To‘g‘onbek uchun bu dargohda 
aytarli yumush yo‘q edi. Ikki-uch oy ichida u nihoyati 
bir necha marta dalaga chiqib, Majididdinning otadan 
qolgan katta yerlaridagi dehqonchilik ishlarini nazorat 
qilib qaytdi.
Bir kun ertalab nonushtadan keyin To‘g‘onbek chi- 
royli turkman otni egarlab turarkan, m o‘ysafid qui — 
Nurbobo yaqin kelib, xo‘ja uni chaqirganini aytdi. T o‘- 
g‘onbek, go‘yo eshitmaganday, bir qancha vaqt otning 
u yon-bu yoniga o ‘tib, pardozlab, so‘ng po‘ng‘illadi:
— Ish yorti qolmasin, qari shayton. 01 supurtkini, 
obdon tozala!
To‘g‘onbek eshikda kiyimlarini qoqib-suqib, Maji­
diddinning xonasiga kirdi; tiz cho'kib, kichik, ayyor 
ko'zlarini xo‘jasiga tikdi.
— Yigit, bir xizmat bor... — dedi Majididdin vaqti 
chog‘lik bilan.
— Buyursinlar!
Majididdin butun Hirot viloyatining soliqlarini 
yig‘ish Abulziyo ixtiyoriga o ‘tganligi va bu ishda uning 
o ‘zi ham hissamand ekanligini, shu kunlarda favqu- 
lodda katta xarajatlar qilgani uchun aqchaga muhtoj- 
ligini, iloji bo‘lsa bu kundan boshlab ba’zi soliqlami 
yig‘moqqa kirishmog‘i kerakligini so‘zladi.
— Obdon yaxshi ish bo‘libdi-ku! — dedi To‘g‘on- 
bek qo‘pol gavdasini xo‘jasi tomon surib. — Durust, 
muboshirlik1 chakki ish emas. Lekin yo‘l-yo‘rig‘ini 
tushuntiring.
1 Soliq y ig 'u v ch i am aldor.
53


Majididdin Xurosonda yer mulkining turli shakl- 
lari, ulaming soliqlarga munosabati ham odatda 
yig‘iladigan har nav soliqlar haqida uzoq va batafsil 
so‘zlab tushuntirdi. Hozirgi paytda «qo‘sh solig‘i»ni 
yig‘ish payti bo‘lganidan, buni alohida tushuntirdi. 
Keyin o‘z hissasiga tushgan tumanlami sanab chiqdi- 
da, tokchadagi kitob orasidan muhrlar bosilgan bir 
taxta qog‘oz chiqirib: «Mana bu sizning vasiqangiz, 
ehtiyot qilib saqlang», dedi. To‘g‘onbek vasiqani 
o ‘qimasdanoq buklab, kissasiga soldi-da, kulib: «Qani, 
oq yo‘l tilang bizga!» deb xayrlashib, tashqari chiqdi. 
Nurbobo egarlab qo‘ygan otni minib, jo ‘nab qoldi. 
Odati bo‘yicha, otni qattiq haydab, kunning qizigan 
pallasida bir qishloqqa kirdi. Bu yerda ham, xuddi yov 
quvganday, qattiq yurdi; qo‘nar manzil qidirib, 
ko‘zlarini to ‘rt tarafga jovdiratib, nihoyat, bir chor- 
bog‘ oldida otdan tushdi. Terdan badani kir ko‘pik 
bilan qoplangan, harsillagan otni daraxtga qantarib, 
salqin chakalakka qarab yurdi. Qalin daraxtlar orasi­
dan sharqirab oqqan ariq bo‘yida charx yigirib o‘tir- 
gan kampiming tepasida to ‘xtadi.
— Horma, ena!
Kampir charxning «g‘uv-g‘uvi» va suvning sharqi- 
rashidan uning ovozini eshitmadi. To‘g‘onbek qamchi 
dastasi bilan uning suyakdan iborat yelkasini turtdi. 
Kampir bujmaygan, oriq yuzini o‘girib, chuqur ko‘z- 
larining xira oqini o‘ynatdi-da dedi:
— Kel, bolam, nima tilaysen mendan?
— Tur, ayron olib chiq, — to ‘ng‘illab buyurdi 
To‘g‘onbek.
Kampir bir parcha latta yopgan oq sochli boshini 
qimirlatib: «Xo‘p, bolam», dedi. Ammo o‘midan 
qo‘zg‘almasdan: «Dildor! Hoy, Dildor!» deb qichqirdi. 
Daraxtlar orqasidagi past, buzuq devor orqasidan qiz 
yugurib chiqdi-da, To‘g‘onbekni ko‘rishi bilan uyalin- 
qirab, asta-asta yurib, bir necha qadam narida 
to ‘xtadi. Dildor baland bo‘yli, jussalikkina, butun 
andomi o'ziga kelishgan, tiniq oq yuzli, ingichka, 
nafis qoshli; ko‘zlarining qora yulduzi yoshlik husni-
54


ning, kuchining jonli, fusunkor olovi bilan yongan o ‘n 
olti-o‘n yetti yashar suluv qiz edi. T o ‘g‘onbek unga 
boshdan-oyoq razm solib: «Qizlaming sarasi ekan!» 
deb qo‘ydi va yaqinda Hirotda bir o‘ltirishda kitob 
o‘qilarkan, hamma go‘zal misralar orasida unga 
ko‘proq maqbul bo ‘lgan bir bayt xotiriga keldi:

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin