Ikkinchi bob
I
Sultonmurod dars uchun mudarris mavlono Fasi-
hiddinning hujrasiga kirib, hayratda qoldi. Yap-yangi
ko‘k shohi to ‘n kiygan ustod yangi taqyaga sallani
bejab o ‘ramoqda edi. Uning har vaqt muloyim, ochiq
yuzi, oq ko‘rkam soqoli, butun savlatdor gavdasi
uning shoshilayotganini, quvonchini bildirar edi. Sul-
tonmurod uning biron oliy dargohga otlanganini faraz
qildi. Mudarris sallani o ‘rab bo‘lib, to ‘nining silliq
shohisini qo‘llari bilan asta silab-silab qo‘ydi-da, tabas-
sum bilan Sultonmurodga murojaat etdi:
— Maxdum, bukun sizga ta’til. Alisher Navoiy
janoblarini podshoh hazratlari muhrdorlik vazifasiga
tayin etmishlar. Yoshlik zamonlarida janob Alisher bir
necha vaqt menda ta’lim olmish edilar. Rutbai oliy-
lari1 bilan tabrik etmoq vazifamizdir.
1 Yuqori mansablari.
31
Sultonmurod podshoh bilan Alisher Navoiy o‘rtasi-
da eski do‘stlikni eshitgan bo‘lsa ham, Hirotga kelishi
bilan bunday yuqori vazifaga ko‘tarilishini xayol qil-
magan edi. Shoirlik qudratini uning qo‘lma-qo‘l yur-
gan she’rlaridan bilgan, olimligi va insoniy fazilatlari
haqida ayniqsa keyingi kunlarda hammaning og'zidan
favqulodda qiziq, hayratbaxsh gaplar eshitgani bu
shaxsning davlatda yuqori poyaga ko‘tarilish xabari
uni samimiy quvontirdi, ham shu bilan baravar, tunov
kun halvofurushning boloxonasida Alisheming Hirot
ga qaytganiniilk eshitgan chog‘da ko‘nglida tug‘ilgan
kuchli orzu — shoirni ko‘rish ishtiyoqi hozir uning
butun borlig‘ini qoplab oldi.
— Taqsir, demak, sizni ham tabrik qilmoq mum-
kin, — dedi Sultonmurod tavoze bilan, — chunki
janob Alisher Navoiy bir vaqtlar sizning m a’rifat
nuringizdan bahramand bo‘lgan.
Mavlono Fasihiddinning ko‘zlarida shodlik toshdi.
— Bu faqir shogirdingiz,— davom etdi Sulton-
mu-rod,— ko‘ngilidagi bir muddaoni arz etmoq is-
taydi.
— Qanday muddao? — jiddiy tikildi Fasihiddin.
— Muddao shulki, — javob berdi Sultonmurod, —
ulug‘ shoirning huzurlariga janobingizning soyasi kabi
ergashib borsam, na dersiz?
Mavlono Fasihiddin ko‘zlarini yerga tikib, m a’no-
dor sukut etdi. Shogird, uni taraddudga solganidan,
allanechuk ko‘ngli ranjidi.
Fasihiddin o ‘zining favqulodda iste’dodli shogirdi-
ni sevar, uning g‘ayrati va bilimlarini maqtar edi.
Lekin bu yosh yigitcha uchun har vaqt ortiqcha
tashvish chekishga to ‘g‘ri kelar edi. Sultonmurodga
bir ikki soat dars bermoq uchun u, ba’zan, o‘z uyida
haftalab kitob ko‘rar edi. Bu nodir iste’dodning orzu-
larini yerda qoldirishga ko‘ngli botinmas edi. Birdan
ko‘zlarini yerdan uzib, kulib qaradi.
— Xurosonning barcha ulug‘ zotlari bilan muloqot
qilmoqqa siz uchun fursat kelgan. Balli, bizga hamroh
bo‘lingiz.
32
Mudarris va shogird madrasadan chiqdilar.
Alisher yashagan uyda tantanali ruh hukm surardi.
Mulozimlar hurmatli mudarris bilan tanilmagan
shogirdni to ‘rdagi katta uyga taklif etdilar. Qip-qizil
gilamlar yongan devorlari, shipi naqshdor, tokchalari
ganchdan ajoyib gullar bilan ishlangan katta uyda bir
talay odam o‘tirgan edi. Mavlono Fasihiddinni to ‘rga
o‘tqazdilar. Sultonmurod eshik tagiga tiz cho‘kdi. Bu
yerdagi odamlaming aksari Sultonmurodga tanish
bo‘lgan va turli ilmlarda nom chiqargan olimlar ham
Hirotning oldingi shoirlari edi. Bulardan tashqari, bir
necha yuqori mansabdorlar qimmatbaho to ‘nlarga
o‘ralib, ulug‘vorlik bilan o‘tirishar, darveshnamo,
tashqi takalluflarga begona ba’zi shoirlaming qiliqlari-
ga, atvorlariga g‘ijinganday ko‘rinardilar. Sulton
murod majlisdagilarning gapidan Alisheming hali
saroyda ekanini fahmladi. Gangir-gungur suhbatga
quloq solib o‘tirdi. Oradan ko‘p vaqt o ‘tmay, kimdir
shoiming kelganidan xabar berdi. Sultonmurod darhol
o ‘zini ayvonga oldi. Shu vaqtda uydagilaming aksari,
shu jum ladan mavlono Fasihiddin ham chiqdi.
Hammaning ko‘zi unda-munda daraxtlar o‘sgan katta
hovlida edi. Zar yoqa to ‘n kiygan, mag‘rur bir necha
saroy odamlari orasida Sultonmurod shoimi, xuddi
ilgari ko‘rgandek, darrov tanib oldi, ko‘zlari cheksiz
quvonch bilan yonib ketdi. Shoiming boshida uchli
ko‘k taqyaga silliq o ‘ralgan ko‘rkamgina salla. Egnida
odmi shohi to ‘n, ustida yalang qo‘ng‘ir movut chak-
mon... Navoiy o ‘ttizdan oshmagan bo‘lsa ham, yoshi
ulug‘lardek ko‘rinardi. Qomati o ‘rtadan baland,
ingichka, lekin gavdasi pishiq, barmoqlari uzun va
nafis; qora va qisqa soqolli, xushbichim miyiqlari tekis
va silliq; yonoqlari chiqiqroq, kenggina yuzida doimiy
tafakkuming asl m a’nosi, m a’naviy qudrat va yengil,
go‘zallashtiruvchi bir horg‘inlik jilvalanadi. Qabariq-
roq qovoqlari ostidagi qiyg‘och ko‘zlarida go‘yo
tafakkur va xayol bilan birga qandaydir iroda kuchi
ifodalanadi.
Navoiy, lablarining uchida, ko‘zlarida jiddiy tabas-
sum, odamlar bilan birin-ketin ko‘risha boshladi.
2-4733
33
Mavlono Fasihiddin shoir bilan ko‘rishib, hayajon
bilan samimiy tabriklagandan so‘ng barmog‘i bilan
Sultonmurodga ishorat qildi. Sultonmurodning haya-
jondan rangi bir oz oqardi. Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib,
shoirga yaqin keldi. Bir oz enkayib, uning qo‘lini
siqdi-da, bir qadam orqaga tashlandi.
— Kaminaning shogirdlaridan, — dedi iftixor bilan
Fasihiddin. — Nodir iste’dod. Zamonamizning Abu
Ali ibn Sinosi bo‘lishiga kaminada aslo shubha yo‘q.
— Hurmatli ustodim kamina shogirdlari haqida
g‘oyat mubolag‘a etdilar, — qo‘llarini qovushtirgan
holda kulgansimon dedi Sultonmurod. Navoiy do‘s-
tona tabassum va iliqlik bilan Sultonmurodga muro-
jaat etib, uning qayerlik ekani, qanday ilmlami o ‘tgani
va hokazo haqida surishtirdi. Sultonmurod haqiqatni
yashirmadi. 0 ‘zi chuqur egallagan ilmlami, bir qadar
kamtarinlik bilan aytib berdi. Bu vaqtda atrofga
to ‘plangan va Sultonmurodni taniydigan ba’zi mudar-
rislar ham uning to ‘g‘risida biron nima deyishdi.
— Himmat va g‘ayratni aslo qo‘ldan bermang, —
dedi Navoiy suyunib. — El, ulus sizdek zotlarga
g‘oyat muhtojdir. Ilm daraxtini yaxshi parvarish etib,
yurt tuprog‘iga chuqur tomir yoydirmog‘imiz va
undan m o‘l hosil olmog‘imiz kerak. Mana endi oshi-
no bo‘ldik. Umid qilamenki, bizni hamisha yo'qlab
tumrsiz.
— Iltifotingiz uchun qalbimdan tashakkur eta-
men, — dedi Sultonmurod titroq ovoz bilan. —
Sizning m a’rifat daryongizdan bahramand bo‘lmoq
qadar ulug‘ saodatni tasawur etmoq imkonsizdir...
Navoiy Sultonmurodni birga olib, uyga kirdi,
yuqoriroqqa o‘tirishga taklif etsa ham, Sultonmurod
uzr tilab, pastroqqa o ‘tirdi. Navoiyning qalbini
tushunmagan ba’zi odamlarda hayrat sezilar edi. Ular,
bu olacha to ‘nli, faqir, yosh mullabachchaga bu qadar
diqqat va iltifotning nima keragi bor ekan, deb o ‘ylar
edilar shekilli. Sultonmurod ba’zi ko‘zlarda shu
m a’noni ochiq sezarkan, uning tasawurida, Navoiy
ning siymosi benihoyat yuksaldi, unga bo‘lgan muhab-
34
bat uchun hech chegara yo‘q edi. M uhrdor shoir uy
sohibi bo‘lganlikdanmi yoki kamtarlikdanmi, ham-
madan pastda o ‘tirdi. U dastlab Hirotdagi turli
madrasalaming ahvoli, talabalar va mudarrislaming
tirikchiliklari, vaqf ishlari haqida gap ochdi. U kishi-
laming so‘zlariga diqqat bilan quloq soldi. Keyin
so'nggi yillarda Xurosonda vujudga kelgan katta-kichik
ilmiy asarlar, devonlar to ‘g‘risida mufassal m a’lumot
olishga tirishdi. Qandaydir nomsiz bir shoir tarafidan
aytilgan bir ruboiy, bir bayt yoki bir muammo usti-
da so‘z ketgan taqdirda ham, Navoiy jiddiy surishtir-
di. Hammaning qulfi dili ochilgandek, majlis qizib
ketdi.
Sultonmurod, go‘yo Navoiyni ikkinchi qayta ko‘-
rish nasib bo‘lmasligiga ishonganday, undan ko‘zini
uzmas edi. U Navoiyning siymosida kamtarlik bilan
baravar kibrdan, manmanlikdan xoli bo‘lgan chin,
ulug'vor bir g‘urur, qo‘llarining harakatida, so‘z-
larkan, lablarining qimirlashida, tabassumida, ovozida
qandaydir mayinlik, noziklik, ingichka ohang sezar
edi.
Mulozimlar dasturxon yozdilar. Mehmonlarga har
nav shirinliklar, pista, bodom, quruq mevalar juda
m o‘l-mo‘l tortildi. Keyin chiroyli chinni kosalarda
sho‘rva, laganlarda et va yumshoq nonlar keltirildi.
Ziyofatdan keyin majlisning keksasi fotiha o‘qib,
uy sohibini duo qildi, majlis muhrdor bilan xo‘sh-
lashdi.
II
Tokchada yongan shamning shu’lasi va qiya ochiq
darichadan tushgan oy nuri gilamlaming gullari ustida
jivillab, xayoliy, mayin manzaralar, o ‘yinlar yasar,
o‘qtin-o‘qtin esgan shabada sham yolqinini lipillatar,
pastgina kursi ustida ochiq turgan qalin, katta kitob-
ning varaqlarini shildiratar va, tanburda shoir chalay-
otgan kuyning sehriga berilganday, jimgina tinar edi...
Musiqani she’rdan ayirmagan Navoiy go‘zal sadolar
ilmini chuqur bilar va chuqur sevar edi. Shoir ko‘zlari
35
yarim yumuq holda zavq bilan chertar, qillar hayot-
ning, ko'ngilning pinhon ohangini sadolarning
fusunkor tili bilan sayratar edi...
Shoir yengil bir so‘lish olib, tanbumi tokchaga
tirab qo'ydi. Barmogidan noxunni chiqardi. Daricha
yoniga o‘tirdi. Hovlida shabada bilan o‘ynashgan
daraxtlaming yengil kuyidan boshqa savdo yo‘q. Shoir
o ‘yga toldi. Mana, u yana Hirotda, o ‘z uyida. Balki
endi butun umr bu suyukli shaharda muqim bo‘lib
qolar... Kim biladi, taqdimi xohishi, jilvasi yana qan-
day kutilmagan o‘yinlar ko‘rsatar ekan!
Bu yerda endi har bir narsa unga yaqin, mehri-
bondek ko‘rinardi. Ilgari bunday tuyulmas edi. Balki
marhum ota va onaning ruhi, mehri bu narsalarda
aksini qoldirgandir. Bir vaqt G ‘iyosiddin Kichkina1
xuddi shu yerda, shu daricha ostida o‘tirib, uni erka-
latmasmidi? To‘rt yashar vaqtida (shoir g‘ira-shira
bazo‘r xotirlaydi), Mirzo Qosim Anvoriy2ning baytla-
rini biyron tili bilan o‘qib berarkan, ota qanday
quvonardi! Yaxshi odam edi u. Sodda, to ‘g‘ri so‘z,
insofli, rahmdil odam... Marhuma ona-chi! U o‘z
o‘rtoqlarining onalarini mehr va shafqatda hech vaqt
o‘z onasi bilan tenglashtirmas edi. Sodda, bolalari
uchun kuyunchak, qo‘ni-qo‘shnilar, aqrabolar bilan
hamisha xushmuomala ayol. Besh-olti yoshda mak-
tabidan ozod bo‘lib yugurib kelarkan, u darrov
bag‘riga bosar, sut, patir non va shirinliklar berardi.
Maktabda muhtaram qari domla o‘rgatgan saboqlarni
yoddan o‘qib berarkan, suyunar, o‘g‘lining kattakon
mullo bo‘lishini orzu qilardi.
Shohruh Mirzo vafotidan keyin, Xurosonda ro‘y
bergan siyosiy tartibsizliklar zamonida, bir ko‘p oilalar
bilan birga jonlarini hovuchlab Iroqqa qochishlari,
yo‘ldagi mashaqqatlar, tomoshalar, xursandchiliklar,
Sharafiddin Yazdiy3 bilan uchrashuv, ayniqsa safar-
dan qaytishda kechasi otda mudroq bosib, yerga
1 N avoiyning otasi.
■
’ U z a m o n n in g k atta sh o irlaridan.
'M a s h h u r tarix ch i. N av o iy olti yoshida bu kishi bilan u c h rash g an .
36
yiqilib tushishi, ertalab uyg‘onib qarasa, bepoyon,
kimsasiz taqir sahroda yolg‘iz yotganligi, atrofda
qong'ib, o‘t chimtib yurgan yuvosh otni tutib bazo‘r
minib olish, yo‘l topolmaslik, qizg‘in cho‘lda tash-
nalik, nihoyat, karvon qo‘ngan yerga yetib kelganda,
g‘amdan o ‘layozgan ota-onaning xursandchiligi va
hokazo xotiralar bir-biriga ulanib, ko‘z oldidan
o'taverdi. Husayn Boyqaro bilan birga maktabda
o‘qirkan, sakkiz-to'qqiz yoshida Farididdin Attorning
«Mantiqut-tayr»'ini mutolaa qilar, uning sirli, otashin
fikrlariga berilib ketib, nihoyat, bora-bora o‘yin-kulgi-
ni, uyquni, taomni ham unutgani, bechora ota-ona bu
ahvoldan qo‘rqib, noiloj, shu kitobni man etib,
qo‘lidan tortib olib yashirganlari, kitobni boshdan-
oyoq yod olgani uchun baribir takrorlay bergani... —
shuning singari ajoyib, shirin, achchiq xotiralarni
eslarkan, ko‘ksini qandaydir hislar to ‘lqinidan bo‘shat-
moq uchun xo‘rsinib qo‘ydi. Keyin ilk she’r
mashqlari, ilk ijodning azobi va shirin hayajonlarini
qaytadan yashatganday bo‘ldi. Ilm, san’atni sevgan
otaning shoir o ‘g‘il bilan quvonishi, yirik shoirlar bir
og‘izdan maqtab, tashviq etishlari, o‘ylab-o‘ylab, «Na-
voiy» va «Foniy» taxalluslarini topishi, keksa mavlono
Lutfiy bilan uchrashuv va uning kutilmagan darajada
baho berishi — bulami unutmoq mumkinmi?! Ishq
bilan, hayajon bilan yurakka, miyaga naqshlangan
voqealar, onlar...
G ‘ariblik, musofirlik yillari... Mashhaddagi yetti-
sakkiz yillik hayot — xarob ba’qalar2, sovuq, tor
madrasa hujralarida kunduzlari quyoshga chiqib havo
olmay, tunlari mijja qoqmay, muttasil kitob ko‘rish...
Kitoblar orqali asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim
faylasuflari, olimlari, shoirlari bilan suhbatlashish.
Ustodlari, sheriklari, uchrashuvdagi ulug‘ odamlar
suhbatlaridan bahramand bo‘lgani yuzlarcha donish-
mandlar — to so‘nggi ustodi samarqandlik Xo‘ja
Fazlullo Abullaysga qadar hammasini esladi. Barcha-
1 «Q u sh lar tili».
! K a m b ag 'a l talab alar, m usofirlar yashaydigan hujralar.
37
sidan mamnun edi. Fikran yana ular bilan gaplash-
moqqa boshladi.
Tashqarida oyoq tovushi eshitildi. Shoir boshini
birdan ko‘tardi. Eshik «g‘irch» etib ochildi-da, ruxsat
so‘rab, ukasi Darveshali kirdi. Bu, o‘qimishli, tavozeli
odam bo‘lsa ham, bir ko‘p jihatlari akasiga o‘xshamas-
di. Havoyi hayotga berilgan, beparvo, uquvsizroq edi.
Navoiy uning nim mast suzilgan ko‘zlariga qaradi,
kinoya bilan jilmaydi.
— So‘zlang, inim, yurtda qanday xabarlar bor?
— Shu kunlarda shi’iy va sunniy1 g‘avg‘osidan
o‘zga muhim hodisani bilmaymen, — deb javob berdi
Darveshali asta o‘tirib. — Har yerda sunniylar norozi-
lik bildirmoqdalar: «Podshoh shi’iy, masjidlarda
imomlar shi’iy... Bunga bardosh etib bo‘ladimi!» —
deydilar.
— Taassuiki, — dedi Navoiy g‘ijinib, boshini
tebratib, — bu m a’nosiz g‘avg‘o podshohning farmoni
bilan ro‘y berdi. Ulus orasiga tafriqa2 solmoqdan o‘zga
ish yo‘qmi, ajabo? Davlatning moliyasi ne holda,
qo'shin ne ahvolda, madrasalarda tolibi imlar, olim va
fozillaming tirikchiliklari qanday, har nav amaldorlar
poytaxtda, tumanlarda, viloyatlarda xalqqa ne turda
muomala qilurlar; dehqonning ro‘zg‘ori nechik, kosib-
ning kori nechik — mana bu vazifalami aql va idrok
ko‘zi bilan ko‘rib, tadbir va salohiyat bilan hal qilmoq
kerak edi. Inim, har qanday mazhab janjallaridan
yuqori turmoq lozim. Yagona husni mutloq mavjud-
dir. Quyoshning nurida, dengizlaming jo ‘shqinida,
tog‘larning muazzam jussasida va yaproqlarning
titrashida uning jamoli jilvasini ko‘ramiz. Ko‘ngilni
uning ishqi, yodi bilan to ‘ldirmoq kerak.
Darveshali shoir fikrining ildizlariga yetmoqqa
tirishib: quyi solgan boshini asta chayqagan holda
sukut etdi. U o‘zi og‘asiga va uning fikrlariga chuqur
ehtirom bilan qarar edi.
1 Islo m d in id a ikki oqim .
; A jralish (m u h .).
38
— Bu diniy nizolar ulg‘ayib ketmasa edi... — dedi
nihoyat Darveshali.
— Xayr, biz bu dag‘dag‘alami o ‘rtadan ko‘tarishga
harakat qilurmiz, — dedi Navoiy q at’iy ohang bilan.—
Garchi bu mazhablaming birini o ‘zgasidan afzal
ko‘rmasak ham, ulusning birligini e’tiborga olurmiz.
Inim, dunyoda kitob o‘qimoqdan, tafakkurdan, she’r
aytmoqdan o ‘zga zavqbaxsh mashg‘ulot yo‘qdir.
Tabiatim ko‘proq bu tomonga moyil edi. Sokin bir
maskanda yashab, bu zavq daryosida suzmoqchi
edim.
Lekin menga, ma’lumingiz, davlatda vazifa berdi-
lar... Yolg‘iz el va ulus manfaatini nazarga olib, man-
sabni qabul etdim. Bu muborak yurtda qilinadigan ish-
lar benihoyat ko‘pdir. Bu ishlaming har biriga elimiz
asrlardan beri tashnadir. Masalan, bir kutubxona
yaratmoq xayolim bor... Siz endi dorug‘ayi kutubxo-
nai humoyun'dirsiz, sizga taalluqli bo‘lganidan, aytib
o‘tmoq istaymen.
— Har bir niyatingiz uchun qui kabi xizmat qilur-
men, — dedi Darveshali qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib.
— Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, — shavq
bilan davom etdi Navoiy, — butun el qoshida manzur
va m o‘’tabar bo‘lsin. Jamiki ulum va funundaki, azmi-
nai qadimdan2 to shu damgacha odamzodning fikr
gavhari ijod etmishdir va kitob suratiga chekilmish-
dir — barchasi bizning kutubxona xazinasini ziynat-
lasin. Faqirning xolis niyati shulki, bu yerda Xuro-
sonning va o ‘zga mamlakati islomning barcha ulamo,
fuzalo, shuarosi kitoblardan istifoda qilg‘ay. Bu yerda
falsafaning Suqrot, Aflotun va Arastulari, hikmat va
riyoziyotning Fisog‘urslari3, ilmi tibning Abu Ali ibn
Sinolari, ilmi hay’atning“ Ulug‘beklari, she’rning
Firdavsiy va Nizomiy Ganjaviylari — har qaysilari o ‘z
sohalarida osoyishta mashg‘ulotda bo‘lg‘aylar. Ilm-
1 P o d sh o h k u tu bxonasining boshlig'i.
1 Eski z am o n lard an .
' Q a d im y u n o n olim lari.
4 A stro n o m iy a.
39
ning ravnaqiga harakat qilg‘aylar, fikming yangi-yangi
xazinalarini ixtiro etgaylar. Alar kashf etgan haqiqat
quyoshlari yurtimiz samosini nurga to ‘ldirsa, maq-
sadimizga yetgan bo‘lurmiz. Darveshali, ko‘nglingiz
har chog‘ el muhabbati bilan labo-lab to ‘lsin, har ishga
bel bog‘lar ekansiz, elning manfaat va zaruriyatini
o'zingiz uchun bir mezon, deb biling...
— Albatta, shunday bo‘lmoq kerak, — dedi Darve
shali, siyrakroq soqolini qashib qo‘yib, — elga xizmat
qilgan kishining e’tibori, qadri qiymati oshar...
Navoiy ukasiga ma’nodor tikildi.
— Yaxshilik bilan nom qoldirmoqning o ‘zi ulug‘
mukofotdir, — dedi u keskin ravishda. — Hikmatingiz
samosini hargiz bulut qoplamasin, inim.
Darveshali uyalganday, ko‘zlarini yashirishga
tirishdi. Keyin gapni kutubxonaga burdi. Birinchi
galda bir imorati oliy qurmoq kerakligi haqida
so‘zladi. Navoiy tokchadagi shamga qaradi, o‘midan
qo‘zg‘alarkan, Darveshali: «Men... men...», deb dik
etib turdi-da, shamdonni olib o‘rtaga qo‘ydi va
miqroz1 bilan sham uchini avaylab kesdi. Shoir bir
taxta shaldirama qog‘oz olib ochiq qalin kitob ustiga
qo‘ydi. Qalamni chiroyli, m o‘’jaz mis siyohdonga
botirdi-da, qog‘oz ustida juda ehtiyot bilan asta yurita
boshladi. Bir ozdan keyin Darveshali oldinga surildi,
ko‘zlarini katta ochib, qog‘ozga, akasining dam
to‘xtab, dam yengil harakat qilgan nozik qo‘llariga
qarab turdi. Qog‘oz g‘alati chiziqlar bilan to ‘la bosh
ladi. Nihoyat, Navoiy qalamni qo‘ydi, qaddini rostla-
di, ukasiga tabassum bilan boqdi.
— M ana bu ashkoPga diqqat eting, — dedi u
qog‘ozni Darveshali tomon surib, — biz m e’moriy
san’atda sohibi vuquf emasmiz. Bu sohaning ustodi
komili, albatta, o‘z so‘zini aytar, lekin biz o‘ylagan
imorat, taxminan shu shaklda bo'lishi kerak.
1 Q aychi (m u h .).
1
Shakllar.
J M a ’lu m o t, b ilim sohibi.
4 B inoning p lan i.
40
Qog‘ozdagi shakl binoning tarhi4 edi. Darveshali
qiziqib tomosha qilarkan, bu muazzam bino butun
tafsiloti bilan shoirning ko‘z oldida gavdalangandek,
Navoiy uning ichki tuzilishi, tashqi ko‘rinishi, naqsh-
lari, bo‘yoqlariga qadar tushuntirdi. Darveshalining
har bir savoliga, go‘yo shu qabildagi binoni biron
joyda ko‘rib maqbul topgan kabi, to ‘la javob berar edi.
Keyin Darveshali bilan kitoblar yig‘ish to ‘g‘risida
so‘zlashdi. Qiymatli kitoblarning nusxalarini ko‘paytir-
moq uchun Hirotdagi eng yaxshi kotiblar va muqova
ustalari haqida surishtirdi.
Hirot xo‘rozlari kechaning sukutini ikkinchi dapqir
buzganda, Darveshali uyqu bosgan ko‘zlarini uqalab,
o‘z xonasiga chiqdi. Shoir o‘zini hali tetik va yengil
sezar edi. Kechaning mayin sukunatiga sho‘ng‘ib, bir
nafas xayol surdi, bir parcha toza qog‘ozni olib,
qalamni ushlagan holda o‘yladi. So‘zlar fikming oltin
ipiga terilib, qofiyalar bir-birini imlab, inoq qo‘l
berisha boshladilar. Qalam qog‘ozning silliq betida
yurib ketdi:
Dostları ilə paylaş: |