Sakkizinchi bob
Bir haftadan buyon ko‘chaga m o‘ralashga yuragi
dov bermagan va podshoh bilan safardan qaytgan
xo‘jasiga ko‘rinib, xatosini iqror qilishga g‘ururi yo‘l
qo‘ymagan, yuzi shuvit T o ‘g‘onbek o‘zining yasoqliq
xonasida dilgir bo‘lib o‘tirar edi. Mirzo Yodgorning
yarqiragan kunini birdan bulut bosishini xayolga
keltirgan bo‘lsa edi! « 0 ‘sma-surmali beaql satang!»
deb u Poyanda Sultonbegimni so‘kadi, voqealarga
ko‘z-quloq bo‘lmagan turkman beklarini la’natlaydi.
Bir kechada turkman sardorlarining boshlarini kesti-
rib, Mirzo Yodgorga do‘q qilib, o‘zini bosh vazir
1M a ’ n o s i: Podshoh mast bo'lsa, dunyo xarob bo'ladi, orqa-o‘ngni dushman
qoplaydi.
108
etmoq to‘g‘risidagi rejani ildam amalga oshirolmagani
uchun xunob bo‘ladi. T o ‘polon kuni, iliq-issig‘ida
T o ‘qli mergan bilan Hirotdan qochmagani uchun
qayg'uradi. Uzoq o‘lkalarga bosh olib ketish ustida
turli rejalar qursa ham, lekin Hirotdagi hayotdan
ko‘nglini uzolmaganidan, hamma rejalarda biron nuq-
son yoki mushkilot topishga tirishadi.
T o ‘g‘onbek dimiqqandek og‘ir nafas olib, daricha-
ning ikki tabaqasini ham keskin itarib yubordi. Xona
ichiga quyoshning iliq, yorqin ipagi jimgina oqdi.
T o ‘g‘onbek daricha orqali tashqariga «chirt» etib
tupurdi-da soyaga razm solib, Dildordan xabar olish
uchun qo‘zg‘oldi. Faqat shu onda eshik qiya ochildi.
Nurboboning oppoq soqoli muloyim, har vaqtdagiday
ma’yus yuzi ko‘rindi. T o ‘g‘onbek boshi bilan «nima?»
deb ishorat qildi. Choi yumshoq tovush bilan xo‘ja-
ning chaqirayotganini so‘zlab, g‘oyib bo‘ldi. T o ‘g‘on-
bek bir muddat xo‘mrayib o‘ylab qoldi. Keyin shuur-
siz ravishda lapanglab yurib ketdi.
Majididdin mehmonxonasida qabul qildi. T o ‘g‘on-
bek ehtirom bilan xo‘jasining qo‘lini siqib o‘tirgan
hamon Majididdin uning noma’qul harakatlarini yuzi-
ga sola boshladi. T o ‘g‘onbek ko‘zlarini bir nuqtaga
qattiq tikib, hurpayib tingladi. X o ‘jasi uzukli barrnoq-
larini shiqirlatib, jim bo‘lgach, T o ‘g‘onbek salmoq-
lanib dedi:
— Tilga olg‘uliq bir nima qilganimiz ham yo‘q edi.
Hirotda xalq mubolag‘aga chechan ekan-da!
— X o ‘sh, Alisher qo‘lidan qalay qutuldingiz?
Avom sizdan ham shikoyat qilibdi. Ba’zi zotlar bu
to‘g‘rida menga xabar yetkazdilar.
— M en janobingizning xizmatlarini chin ko‘ngil
bilan bajarishga g‘ayrat ko‘rsatdim. Odatim shu — ish-
ning chalasini yomon ko‘raman. Mablag‘ni so‘zsiz
berganlarga, o‘g‘onim guvoh, tilimni qimirlatmadim.
Am m o tixirlik ko‘rsatuvchilami, so‘z kor qilmasa,
qamchi bilan so‘qdim. 0 ‘zingizga m a’lumki, xalq
bilan bo‘ladigan ishda busiz mumkin emas. Am m o,
janoblarining xotirlari jam bo‘lsinki, sizning nomin-
109
gizga dog‘ tushirganim yo‘q. M en Abdulziyoning
odami bo‘lib ish qildim! Navoiy deganingiz olomon
ne desa, shuni quloqqa ilib, bu yerda katta mash-
masha ko‘tardi. Voy-bo‘y, shoir degan ham bundayin
g‘ayratli, zabardast bo‘lar ekan! M en taajjub qilamen
u odamga! Lekin bunday ishlarda men ham bo‘sh
kelmaymen. Eski po‘stinimga o'ralib, kecha-kun-
duz sharobxonada yotaverdim. To‘g‘onbekni topsin-
lar-chi!
Shoirga berilgan baho takabbur Majididdinga
yoqib tushmadi. U yuzini sal teskari burib, noxush
tovush bilan dedi:
— Navoiy xalq oldida o'z obro‘-e’tiborini baland
poyaga chiqarmoq niyatida bo‘lgan. Bu bir siyosatki,
uning asli mazmuni bizga belgilidir.
— Xalqparvarlikning tagida boshqa m a’ni bor,
demoqchisiz-da. Har holda, bejiz emas,— dedi T o ‘-
g‘onbek o‘z xo‘jasiga ayyorcha boqib.
— To‘g‘onbek, ulug‘likka intilsangiz, har qadamni
ehtiyot bilan bosing, — o‘ylanib, ohista dedi Maji-
diddin. — Sizdek bahodir yigitdan ayrilmoq ko‘ngilni
dog‘da qoldiradi. Etagimni mahkam ushlasangiz, sizni
Pulisirot'dan ham eson o‘tkazishga qodirmen. Lekin
voqealar eskiguncha, ko‘p emas, bir-ikki oy viloyatlar-
da yurursiz. Suhbatlarda tilingizga ehtiyot bo‘lsangiz,
bas.
T o ‘g‘onbek yengillanib, tashakkur bildirdi. Lekin
bu iltifot uni to‘la qanoatlantirmagan edi. Chunki u
faqat Navoiy «zulmi»dan najotga va’da berdi. So‘ngra,
bu voqea keyingi to‘polonlar manzarasida ancha eski-
di. Am m o bunday gunohlar uchun jarima to‘lab qutu-
lish mumkin edi. Lekin Mirzo Yodgor fitnasida
ishtiroki boshqa narsa-da! T o ‘g‘onbek bir necha kun-
gina yarqiragani uchun boshdan ayrilsin yoki yillab,
ko‘rsichqondek, zindonning chirkin kavaklarida
chirisin! Lekin bu andishani Majididdinga ochishga
1 Dindorlaming e ’tiqodicha, qiyomat bo'lganda do'zax ustiga quriladigan qil
ko'prik.
110
botinmadi. «Bu odam Husayn Boyqaroning sodiq
bandasi,— o‘yladi ichida u,— o‘z sadoqatini bildir-
moq niyatida qo‘limdan tutib, jallodga topshirishi
ham mumkin. Yoki katta marhamat qilsa, bir zum
o‘tmay, meni ko‘chaga uloqtiradi: usta bo‘lsang, ofat
daryosida suzib, sohilga salomat yetarsen, bo‘lmasa,
qa’riga botarsen!..»
To ‘g‘onbek shu daqiqada bir ot, bir qamchi qilib,
Iroqqami, Ozarbayjongami, yo uzoq Dashti Qipchoq-
qami, Xitoygami jo‘nab qolishni yana xotirdan kechir-
di. Lekin u Hirot havosining mazasiga tushunib qol-
ganligidan biron katta ish chorlamasa, bu yerdan
siljishni istamas edi. Qulog‘iga chatilgan bo‘lsa, balki
o ‘zi so‘z ochar, degan umid bilan sukut qildi. Am m o
Majididdin zakotlar haqida surishtirib ketdi. To‘-
g‘onbek qancha mablag‘ tushganligi, qaysi tumanlarda
qancha mablag“ qolganligi va undirilgan tangalami,
uning buyrug'iga muvofiq, Abdulziyoga topshirganli-
gini shoshmasdan, uqdirib gapirdi. Majididdin kaftla-
rini ishqalab: «Ofarin! Sizday yetti yigitim bo‘lsa, yetti
iqlimni zabt eta olardim! Inshoollo, kelgusida siz bilan
bahamjihat yaxshi ishlar qilurmiz», degach, T o ‘g‘on-
bekning ko‘zlari charaqlab ketdi:
— Taqsir, — dedi u ko'zlarini ayyorcha qisib, —
bu beadab qulingizdan bir ayb sodir bo‘ldiki, aytmoq-
qa til ham bormaydi...
— Tunsiz kun yo‘q, dog‘siz lola yo‘q. N e ekan? —
dedi Majididdin.
— Odamlaming og‘zida shunday xabarlar tarqaldi-
ki, go‘yo Sulton Husayn barcha lashkarlaridan
mahrum bo‘lib, qo‘lga tushmaslik uchun bir dasta
yigit bilan Hindiston tarafga qochibdi, butun umarosi,
beklari Mirzo Yodgorga sadoqat bildiribdi... Men,
soddadil, bunday guft-go‘larga ishonib, Mirzo Yodgor
xizmatiga kirdim. Besh-o‘n kun ot chopib, hayyo-huy
qildik. Oqibati chatoqroq bo‘lib chiqdi-da, —
T o ‘g‘onbek yer ostidan Majididdinga ko‘z qirini tash-
ladi. Uning ko‘zlarida g‘azab emas, chuqur tashvish
sezdi.
1 1 1
— Yigit, bundan ortiq sharmandalik bo‘lurmi?! —
dedi to‘nglik bilan titrab Majididdin.
— Taqsir, xato qildim. Lekin inoning, o‘g‘onim
guvoh, bir lahza bo‘lsin sizni unutmadim... Ba’zi
mulohazalarim bor edi, tole yor bo‘lmadi, ne qilay?
Majididdin bu so‘zning ma’nosini tez payqadi.
Lekin qovog‘ini solib, jahl bilan gapirdi:
— Bu ne demak? Butun olam biladiki, men xoqon-
ning sodiq bir iti! U janobi oliyga va uning ulug‘ xo-
nadoniga o‘lgunimcha xizmat qilmoqni orzu qilamen.
Siz bu so‘zni ikkinchi dafa zinhor-bazinhor og‘zin-
gizdan chiqarmang!
T o ‘g‘onbekning umidi kesildi. U bu kun yo erta
qo‘sqi po'stinni kiyib, uzoqlarga qochishdan boshqa
iloj qolmadi, deb o‘yladi. Bir oz sukut qilib, m o ‘ylabi-
ni yulib o ‘tirdi. Keyin o ‘rnidan qo‘zg‘alarkan,
Majididdinning dilidagini qat’iy bilish uchun, o‘z-
o‘ziga deganday, po‘ng‘illab qo‘ydi:
— Xurosondan non-nasibamiz uzilibdi-da!
— 0 ‘tiring, qochmoqchisizmi? — kinoyali kulgi
bilan tikildi Majididdin.
T o ‘g‘onbek yana og‘ir cho‘kdi.
— Otimning tuyog‘iga o‘g‘onim quwat bersa,
qo‘nimlik tinch joy toparmen.
— Bunday besaranjomlikka balki o‘rin yo‘qdir, —
dedi Majididdin. — Shaharda Mirzo Yodgorni
qo ‘ llab-qo ‘ ltiqlagan ulug‘ zotlar bor. U bilan ham-
bazm, hamtabaq bo‘lganlar bor... M en sizga dedim-
ku, hozircha el ko‘zidan chetroqda yuring. Har yerda
podshohga sadoqatingizni mubolag‘a bilan bildiring.
Keyinroq sizni bir mansabga tayin qilurmiz.
Vazifangizni ixlos bilan bajarursiz. Yana nima ke-
rak?!
T o ‘g‘onbek qulluq qildi. So‘ng o‘midan turib:
— Sizga kichkina sovg‘am bor edi, — dedi.
Majididdin uning qo‘yniga tikilib, dedi:
— Qani, chiqaring! Ha, xabaringiz borrni, Yodgor
Mirzo vaqtida Bog‘i Zog‘ondan ko‘p nodir buyum-
lami talab ketibdilar...
112
T o ‘g‘onbek iljayib: «Sovg‘am o‘zi yurib keladi!»
dedi-da, tashqari chiqdi. Otxona oldidagi hujra eshigi
yonida to‘xtadi.
— Ha, qaydasen, cho‘loq qarg‘a? Kalitni ber! —
qichqirdi u Nurboboga.
Nurbobo otxonadan chiqib, T o ‘g‘onbekka shub-
hali nazar tashlab, belbog‘i orasidan kalitni olib berdi.
T o ‘g‘onbek shoshib eshikni ochdi. Burchakda Dil-
doming ko‘zlari g‘azab bilan chaqnadi.
— Suluv qiz, tur endi, yarashamiz, — kulib, mu-
loyim gapirdi T o ‘g‘onbek.
— Qoch, kelma yonimga, baloga yo‘luqqur! —
qichqirdi qiz o‘midan sakrab turib.
— Achchig‘lanma, jonim! — yalindi T o ‘g‘onbek.—
M e n senga qo‘limni tekkizmadim. Har bir shirin
so‘zimga minglab qarg'ish eshitdim. Meni ko‘rsang,
ukkiday sapchiysan, pista-bodom berib kirgizsam,
qo‘yning qumolog‘iday otib tashlaysen. Yur, endi bu
zindondan qutqarayin seni...
T o ‘g‘onbek qizning qo‘liga chovut soldi, sudradi.
Turtib, eshikka chiqararkan, eshikda sham tutib tur-
gan Nurboboning rahmi kelib, lekin yordam ko‘rsa-
tishga ilojsizligidan b o ‘g‘ilib, qichqirdi:
— Qizning qo‘lini sindirasan, bas-ey... Insof bilan-
da! — Keyin qizning yelkasiga qoqib, dedi: —
Q o ‘rqma, qizim, hech qanday xavf-xatar yo‘q.
— Otajon, ayting, — yig‘lab yolvordi Dildor, — bu
zolim meni qayga sudraydi? Sizdan ayrilmaymen.
Otajon qo‘rqamen.
— So'zimga inon, qizim! Inshoollo, senga hech
qanday yomonlik qilinmas.
— Chiq! Men seni bu qorong‘i qabrdan to‘ppa-
to‘g‘ri jannatga olib boramen, — T o ‘g‘onbek dam
yalinib, dam do‘q qilib, Dildomi yetaklab ketdi.
Mehmonxona eshigida uning qulog‘iga shivirladi:
— Hozir katta vazirga ko'rinasen. Yig‘i-sig‘ini qo‘y!
U janobning ko‘ngli zarracha ranjidimi, boshing kesi-
ladi, uqdingmi? Odob bilan salom ber!
113
Dildoming yuragi urishdan to‘xtagan kabi, jim
qotdi. T o ‘g‘onbek eshikni ochib, qizni, agar yurmasa,
ostonaga ko‘tarib olib qo‘ygunday vaziyatda edi.
Dildor g‘ayrishuuriy ravishda ichkariga otilib, uch-
to‘rt qadam bosib, yumshoq gilam ustida cho‘qqaydi.
T o ‘g‘onbek endi uning bilagini yumshoq ushlab
turg‘izdi-da, shamga yetakladi. Dildor butun borlig‘ini
bosgan titroqdan, qo'rquv va uyatdan mukka tushib
yiqilishga hozir bo'lsa ham, «katta vazir»dan qo‘rq-
qanligidan, o ‘zini tutishga tirishdi.
Majididdin yostiqdan boshini ko‘tarib, qaddini
rostladi. Shamni balandroq ko‘tarib, chiroyli bir
lavhani tomosha qilgan kabi yoki nodir bir gavhami
diqqat bilan ko‘rgandek, ko‘zlarini suzib, boshini dam
ko‘tarib, dam egib, qizning latif qomatiga razm soldi.
So‘ng T o ‘g‘onbekni imlab, shivirladi:
— Parilar gulshanining nodir guli ekan... Bahosi
ham nodir bo‘lsa kerak?
To‘g‘onbek kulib boshini chayqadi:
— Bahosi? — dedi shivirlab. — Qulingiz tangani
qaydan olsin? Mirzo Yodgor bizning qo‘limizni shun-
day uzun qilgan ediki, yurtning bir qizini emas,
osmondan xudoning oyi, yulduzini uzib olishga ham
yetar edi. — G ‘ururlanib dam qizga, dam Majidid-
dinga boqardi T o ‘g‘onbek.
— Bu nav ishlami bas qilmoq kerak, yigit! — dedi
ko‘zini qisib, soxta tanbehlovchi ovoz bilan Majididdin.
Dildor yalt etib Majididdinga qaradi. Uning
ko‘ksida qutulish umidi uyg‘ondi. K o ‘zlarida allaqan-
day ma’sum ishonch o‘ti yonib ketdi. Samimiy yolvo-
rish, hatto bola o‘z otasiga qilgani kabi, shirin erkala-
nish bilan gapirdi Dildor:
— Siz ulusning ulkan odamisiz. Biz hammamiz
sizning farzandlaringizmiz. Tangri sizni ikki dunyoda
yorlaqasin. Meni o‘z elimga yuboring. Yaxshiligin-
gizni ko‘nglimdan bir umr chiqarmaymen.
Dildoming ko‘zlaridan yosh quyilib ketdi.
— Ixtiyoring bizda emas,— homuza tortib, mulo-
yimlik bilan dedi Majididdin.— Sen mana bu yigitga
114
qaramsen. X o ‘sh, o‘z elingda nima rohat ko‘rding?
Bizning oilada yashasang, baxtli bo‘lursen. Har bir ku-
ning yangi-yangi gullar bilan ziynatlanur. Aslo yig‘lama.
Dildor piq-piq yig‘lab, boshini quyi soldi. Majidid-
din qizni bekaga tortiq qilmoq uchun Nurboboga top-
shirishni buyurdi. To‘g‘onbek qizning bilagidan ushla-
gach, Dildor sapchib o‘midan turdi. Bo‘shashgan,
jonsizlashgan oyoqlari bilan T o ‘g‘onbekning orqasi-
dan chiqdi. Xursand, jonli Majididdin shoshib qo‘z-
g‘aldi. Zarvaraq uzun to‘nni kiydi, boshiga katta sal-
lani o‘radida, saroyga jo‘nadi.
Bog‘i Zog‘on har kungiday shohona dabdabasi
bilan yashaydi. Xizmatkor ahli bu oliy dargohning
tuzuki'ni buzmaslik uchun, shoshmasdan, ulug‘vor jid-
diyat bilan o‘z ishlarini qiladi. Qilich, o‘q-yoy taqqan,
sadoqlariga o‘q to‘ldirgan yigitlar og‘ir odim otib, u
yoq-bu yoqqa yurib turadilar. Oq soqoli ko‘ksini
qoplagan keksa darvozabon nayzasiga suyalib, o‘zi-
ning yosh sherigiga eski janglar haqida tamshanib
ertak so‘zlaydi.
Majididdin Hindistondan kelgan yangi fillami
uzoqdan bir muddat tomosha etib, qirq ustunli qasrga
tomon ketdi. Atrofi daraxtlar, gulzorlar bilan o‘ralgan
yengil ko‘shkda Xurosonning mashhur bir olimi yosh
shahzodalarga dars bermoqda. U boshdan-oyoq nafis
xitoyi shohiga chulg‘angan go‘daklami zeriktirmaslik-
ka, ko‘ngillarini siqmaslikka astoydil tirishsa ham,
juda salmoqlanib so‘zlagani uchunmi yoki m a’nosi
anglashilmagan Qur’on so‘zlarini qiroat bilan, qoi-
daga muvofiq uzoq takrorlatganidanmi, shahzoda-
lar darsning tugashini sabrsizlik bilan kutadilar, da
raxtlar orasida o‘zlari kabi yasangan, xilma-xil mayin
ranglar bilan yorqin tovlangan tovuslarga ham uzoq-
da, quyosh nurida toza qor ko‘mmasi kabi ko‘ringan
oppoq g‘ozlarga dam-badam qarab qo‘ya-dilar.
Majididdin qirq ustunli qasrga yaqin kelib, pod-
shohning va o‘zga ulug‘laming yo‘qligini bildida, xiyo-
Qonun-qoidasi (muh.).
115
bonlarda aylanib yurib, asta tepalikka ko‘tarildi.
Tepalikning orqasida, katta, kaftday tekis maydonda,
qirq-ellik chog'li yosh-yosh yigitchalar — bekzodalar,
Hirotning dongdor oilalarining erkalari bilan birga toj-
taxtning valiahdi, Husayn Boyqaroning ilk xotini
Века Sultonbegimdan tug‘ilgan to‘ng‘ich farzand
Badiuzzamon o‘q-yoy otishib, yarim o‘yin, yarim jid-
diy harbiy mashqlar bilan mashg‘ul edi. Badiuzzamon
o‘n ikki-o‘n uch yoshli, nozik gavdali, xushbichim,
chiroyli bola edi. Uning egnida yarqiroq, oltin,
kumush gulli shohi to‘n, belida qimmatli toshlar yon-
gan kamar; kamarga osilgan m o‘’jaz xanjarning qini
rang-barang olov bilan ko'zni qamashtiradi. Shah-
zodaning boshidagi oq shohi sallaning uchida oltin
bandli jig‘a hilpiraydi. Peshonasi ustida sallaga mohi-
rona qadalgan yirik gavhar. Oyoqlarida ixcham guldor
etik... Badiuzzamon ko‘pincha rasmiy o‘ltirishlarda
otasi bilan muloqot qiladi. Uning o‘z viloyati, xazi-
nasi, beklari, yigitlari, shoirlari, hamsuhbatlari bor. U
she’mi, musiqiyni sevadi, o‘zi ham goh-goh biron par
cha yozib qo‘yadi. Tantanali ziyofatlar, bazmlar tuza-
di. Mayning totini, zavqini ingichka anglaydi. Yoshli-
giga qaramasdan, shohona tantanalami juda mohir
tashkil qiladi. Chavgon o‘yinini sevadi, ovga hirs bilan
kirishadi. Betashvish, shohona hayotda, kayf-safo den-
gizida u o ‘z umrining ulug‘ kunini, bobo-ajdodlaming
rasmiga muvofiq, oq namat ustida o‘tirib, toj kiyish
kunini xayol etadi!
Majididdin iljayib, zavq bilan o‘yinni tomosha
qildi. Shahzodaning tevaragida aylanadigan ulug‘lar-
ni — tarbiyachilami esladi. Um um an, shahzodalar
bilan aloqani mustahkamlash to‘g‘risida ancha o‘yladi-
da, tepalikdan pastga tushdi. Uzoqda, gulzor atrofida,
har vaqtdagi hamsuhbatlari, yaqinlari va ba’zi beklar
bilan kezib yurgan Husayn Boyqaroni ko‘rish bilanoq
hayajonlanib, rangi bir oz oqardi. Tez-tez yurib borib,
o‘n besh-yigirma qadam joyda ixlos bilan bukilib, ta’-
zim qildi. Keyin yana ta’zim bilan yaqin borib,
Mirzoyi Kichikning unga go‘yo salom aytganini bildir-
116
di. Kayfi chog‘ Husayn Boyqaro kulib: «Biz bilan
birga bo‘ling!» deb iltifot etdi. Majididdin boshqalar-
ning istehzoli qarashlarini sezsa ham, yer o‘pguday
engashib, qulluq qildi.
Husayn Boyqaroning kayfi chog‘ edi. Shuning
uchunmi beparvo yozilib yurdi. May ta’siri bilan
allaqanday o‘tkir yongan ko‘zlarini atrofga tez yugur-
tib, odatdagicha, arzimagan biron narsadan ranjigani-
ni bildirmadi. Soyada quyoshning oltin halqalari jim-
jim o‘ynagan xiyobon oralab, podshoh kabutarxona
tomonga burildi. Raiyatning har bin podshohga xud-
di shu topda yoqadigan biron gap topishga tirishar
edi. Nuktali so'zlar, porloq, kutilmagan, ko‘z qamash-
tiruvchi o‘tkir tashbihlarga butunlay qobiliyatsizligi-
ni sezgan Majididdin boshqalarga haybarakallachi
bo‘lishga urinar, butun harakati, muomalasi bilan
podshohga samimiyat va sadoqatini ifodalashga intilar
edi.
Kabutarxonaga yopishgan hujradan ko‘knori ba-
shara, ko‘zlariga surma qo‘ygan, nozik chol chiqib,
podshohga ikki bukilib, ta’zim qildi. Husayn Boyqaro
mevali daraxtlar ostidagi supaning chetiga, kichkina
ipak gilamga o‘ltirdi. Chol katta zarang toboqda lim
to‘la tariq olib chiqib toza supurilgan keng sahnga
sochdi. So‘ng, kabutarxonaning uchta eshikchasini
ochish bilan, yuzlarcha parranda «gurr» etib, o‘zini
donga urdi. Kabutarlaming ko‘plarining oyoqlarida
kumush halqachalar bor edi. Oq, chipor, ko‘kimtir va
hokazo tusli kabutarlar ochko‘zlik bilan shoshib-pishib
don terar ekan, Husayn Boyqaro bolalarday quvonib
ketdi. Atrofdagilaming xushomad gaplariga endi quloq
osmay, kabutarlari haqida yolg‘iz o‘zi so‘zlamakka
tirishdi. Ba’zan eski kabutarboz cholning qushlarning
qiliqlariga doir so‘zlariga quloq soldi. Bu chol unga
qadrdon edi. Husayn Boyqaro bolalik chog‘larida
ataylab uning uyiga borib, kabutar sotib olardi.
Yerda don qolmagach, chol uzun yog‘ochni havo-
da yengil silkib, g‘alati ovoz bilan nimadir qiyqirib
qo‘ydi. Qushlar «parr» etib, osmonga ko‘tarildi. Hu-
117
sayn Boyqaro endi beixtiyor o‘midan turib ketdi.
Yerda don qidirgan bir necha qushni chapak chalib
uchirdi. Ikki qo‘li orqasida, osmonga tikilgan, keng
ko‘kragini qabartib, har tomonga aylandi. Hirotning
tiniq, qizg'in samosida rang-barang tovlanib, sho‘x
uchishgan kabutarlaming ajoyib havoyi raqsidan ko‘z
uzmadi. Yarim hazil, yarim jiddiy ravishda o‘zini
«dorug‘ai kabutarxonai humoyun»1 degan unvon bilan
ulug‘lab yuruvchi ko'knori bashara nozik cholning
yoniga borib, uning izohlarini tingladi. Ko‘zi osmon
ga qadalgan, lekin lablari qimirladi: «Bu qushlar
ko‘nglimni o‘z parvozlari yanglig1 ko‘tardilar!» Shu
vaqtda atrofdagilardan kimdir baland ovoz bilan
Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»idan kabutarlar
haqidagi bir baytni o‘qidi. Bayt Husayn Boyqaroga
juda ma’qul tushdi, boshini tebratib, baytni bir-ikki
marta sekingina takrorladi. Qanotli raqqoslar osmon
sahnasidan qaytib, o‘z maskani atrofiga qo‘narkan,
podshoh, og‘rigan bo‘ynini uqalab, bu yemi tark etdi.
Ichkilar2 ziyofat asbobi muhayyo ekanini bildirish-
di. 0 ‘ltirish har kungi kabi, Bog‘i Zog‘onning eng
katta, havodor va ziynatli binosida bo‘ldi.
To‘rda, qat-qat zarrin to‘shaklar ustida Husayn
Boyqaro chordona qurdi. Uning atrofida hammasi bir
xil kiyingan, yoshlari ham deyarlik teng, chiroyli yosh
yigitchalar yarim doira tashkil etib o‘tirdilar. Bular
podshohning dabdabasi va majlisning ko‘rki uchun
xizmat qilardi. Husayn Boyqaroning o‘ng va so‘l
tomonida xonadonga mansub bo‘lgan ulug‘lar va turli
yoqlardan qochib kelib, bu dargohga sig‘ingan ba’zi
omadsiz shahzodalar, keyin beklar, ulug‘ mansabdor-
lar, hamsuhbatlar va hokazo — har kim o‘z rutbasiga
munosib o'rinni ishg‘ol etdi. Mehmonlar orasida
Hirotning olimlari, shoirlari va mashhur cholg‘uchi-
lari, hofizlari ham ko‘pgina edi. Bundagi odamlaming
deyarlik hammasi shunday majlislarda ko‘p qatnashib,
Dostları ilə paylaş: |