Chashm agar in astu abro ‘ inu nozu ishva in,
Alvido, ey aqlu donish, alvido, ey ilmu din'.
Yettinchi bob
Maymananing Chahor bog‘ida Husayn Boyqaro
dilgir yashaydi. Shohona ziyofatlar, dabdabali, suron-
li bazmlar qayoqda? Bog‘ning bir chetida naqshlari
eskirgan, kattagina chorxari uyda ko‘pincha yolg‘iz
o‘tiradi, g‘azallar ham yozmaydi. Butun boshli
saltanatdan ayrilgan hukmdor allaqanday go'zalning
qalam qoshlari, ohu ko‘zlari haqida oh chekadimi?!
Toju taxt dag‘dag‘asi uning qoniga ona suti bilan kir-
gan. Uning kuchini, dardini bu kunlarda Husayn
Boyqaro, hamma vaqtdagidan ko‘ra, chuqurroq, o‘t-
kirroq sezadi.
1 M a ’ n o s i: A g a r k o ‘z va qosh sh u n d ay b o 'lsa , n o zu ishva sh u n d av b o ls a , u
v aq t aql-hush bilan , ilm va d in bilan x ayrlashm oq k erak (K a m o l X o ‘jan d iy ).
99
Sargardon podshohning orqasidan sudrala-sudrala
intizomi buzilgan va kurash tushib, bir-birlari bilan
yoqalashib, ermak qidirgan yigitlar va navkarlarning
shovqinlari uzoqdan, bog‘ning narigi burchagidan
eshitilar edi. Husayn Boyqaro ichidan xo‘rsinib,
kimnidir sabrsizlik bilan kutar edi. Eshik og‘osi kirdi.
— Keldilar. Kirishlariga ijozat berursizmi? —
so‘radi u bukilib.
Husayn Boyqaro boshini qimirlatib, tasdiqladi.
Navoiy kirib, odatdagi ta’zimni bajo qilgach, podshoh
shoshib-pishib o‘rin ko‘rsatdi-da, so‘zlay boshladi:
— Xotirga bir fikr kelgan edi. Eng awal bu xilvat-
da sizning ra’yingizni ko‘ngil orzu qildi. Bilamenki,
bu dardisar voqealar sizni ko‘proq tashvishga solmoq-
dadir.
— Iltifotingizdan ko‘p mamnunmen. Hazratlari-
dan xushxabar eshitgali keldim, — dedi Navoiy.
Husayn Boyqaro, bu yerda o‘zga kishi bo‘lmasa
ham, ovozini pasaytirib, o‘zining voqeanavislari orqali
deyarli har kun olib turgan m a’lumotlarini so‘zladi.
Mirzo Yodgorning shavkati mustahkam emasligini
tasvirladi. Hirotdagi vaziyat to‘g‘risida Navoiy ham
o‘z eshitganlarini gapirib, so‘radi:
— N e qarorga keldingiz?
— Asli mushkilot shu qarorda... Bu xususni yaxshi
mulohaza qilmoq darkor. — Boyqaro bir zum to‘xtab,
davom etdi. — Agar biz bu mavjud lashkarimiz bilan
dorilxalofat ustiga yursak va hech kutilmagan onda
barq sur’ati bilan Yodgorbekni bossak... Sizningcha,
maqsudga yetgaymizmi?
Shoir javob berishga oshiqmadi. K o ‘zlarini m a’no-
dor suzdi, ingichka hislarini ifodalagan bir tabassum
birdan uning yuziga yoyildi. So‘ng g‘oyat jiddiy ohang
bilan dedi:
— Bu andishani menga aytmasangiz yaxshiroq
bo‘lur edi!
Husayn Boyqaro fikrim m a’qul tushmadi shekilli,
deb o‘yladi-da, shosha-pisha so‘radi:
— Nechun?
100
Navoiy birdan kulib yubordi.
— Y o ‘q, bu fikmi sir tutmoq kerak, sir... — ta’kid-
lab dedi u.
Husayn Boyqaro ham iljaydi, lekin boshini
chayqab, e’tiroz yo‘sunli gapirdi:
— Arbobi jang bilan kengashmaslikka choramiz
yo‘q-ku!
— Albatta. Ulardan bemashvarat ish qilinma-
gay, — dedi Navoiy. — Am m o bir xavfdan saqlanmoq
zarur: sipohlaringiz orasidan qochib borg‘uvchilar bu
harakatdan dushmanga xabar berurlar. Mirzo Yodgor
ham uning umarosi, beklari g‘aflat uyqusidan ko‘z
ochurlar. Bu yo‘lda g‘ayrat va himmatingiz aslo ozil-
masun. A m m o barcha tadbirni pinhon tutmoq
ma’qul. Hirotda Miroxo‘r yashaydi. U bizga bu ish
uchun muqarrar bir kunni tayin qilsin. Keyin, o‘z fur-
satida, arbobi jangni bir sirdan voqif qilursiz.
— Mulohazangizga zarracha gumonimiz yo‘q-
dir. M a ’lum boldikim, siz janob bu xususda biz
bilan hamfikrsiz?— Navoiyga tikildi Husayn Boyqaro.
— Zafaringiz uchun kamina qo‘ldan kelgani qadar
jahdu jadal ko'rsatgusidir. Tangrim yurtga, ulusga
osoyishtalik va farog‘at baxsh etgay! — dedi Navoiy.
— Omin! — soqolini siladi Husayn Boyqaro.
Bu rejani amalga oshirish uchun bir necha vaqt
yashirin tayyorliklar ko‘rildi. So‘ng, kutilmagan payt-
da, Maymanadan Murg‘ob daryosi tomoniga otlanil-
di. Tog‘kun degan mavzeda Husayn Boyqaro eski
shon-shavkatini
eslatadigan katta majlis tuzdi.
Beklarga navozishlar' ko‘rsatib, so‘ngra o‘z niyatini
o‘rtaga tashladi. Ayrim kishilar qat’iy bir fikr bayon
qilishga botinmay sukut qilsalar ham, lekin navkarlar
orasida so‘zi o ‘tkir, ishbilarmon ba’zi beklar mam-
nuniyat bilan muzokara qildilar. Ziyofatdan keyin
Husayn Boyqaro o ‘z yigitlarining boshida ko‘rilmagan
bir sur’at bilan yo‘lga tushdi. Pilpoyon degan mavze
da unga Muham m ad Arlot, Amir Sarbon va boshqa
'N o zik muomala, go'zal iltifot.
101
bir necha e’tiborli kishilar qo‘shildi. Boyqaro Murg‘ob
suvi bo‘ylab, o'zining sakkiz yuz ellik suvorisi bilan
kechalab ham yurib ketdi. U zamonning mashhur ta-
rixchisining mubolag‘akor ta’riflga ko‘ra, u otliqlar-
ning har biri «Xoroshikof nayzasi uchi bilan oyning
yuzidagi pardani ko‘tarur edi!» Tongga yaqin bir
manzilga qo'nilib, ozgina istirohatdan so‘ng yana
otlanib, Bobo Xokiy yo‘li bilan harakat qilindi.
Bobo Xokiy degan mashhur darvesh shu atrofda
bir tog‘ning g‘ori ichida yashar edi. U yoshligidan
boshlab dunyodan etak silkib odamlardan uzoqda,
vahshiy tosh maskanida ibodat bilan mashg'ul edi.
Husayn Boyqaro uning avliyoligiga ishonganidan bun-
day og‘ir kunlarda darveshga sig'inib, undan duo
olishni lozim bildi. Faqat, Bobo Xokiy, o‘z odati
bo‘yicha, qabul qilmasligi mumkin, degan shubha
bilan kelar edi. Am m o bu shubha tamom o‘rinsiz
bo‘lib chiqdi. Podshohning daragini eshitib, umuman,
odamlardan qochgan bu darvesh o‘z xohishi bilan
podshohni yo'lda qarshiladi.
Husayn Boyqaro otdan tushib, ta’zim qildi va
yaqin kelib, uning etsiz, ingichka qo‘lini o‘pdi.
Darvesh o‘z maskaniga taklif qildi. Husayn Boyqaro
har bir daqiqani o‘ziga g‘animat bilsa ham, lekin
darveshning ra’yini qaytarishga botinmay, mamnuni-
yat bilan taklifni qabul etdi. Chamasi, sakson yosh-
larga yetgan, chillakday oriq, ingichka va yelkasi tur-
tib chiqqan Bobo Xokiy hali juda tetik edi. U atrofga
cho‘kib yotgan cho‘ng, qo‘pol, qirrali katta toshlar
orasida, xuddi echkiday, soqolini selkillatib, ajoyib bir
chaqqonlik bilan baland g‘orga yo‘l boshladi.
G ‘oming ustidan naq bosib tushayotganday vahi-
mali qoyalar osilib turar edi. G ‘or ichi uch-to‘rt bo‘yra
sahnga ega; g‘adir-budur tosh devorlar isdan qop-qora
edi. Yerda poxol ustiga solingan eski bir sholcha,
buzoq terisidan taqir po‘stak, bir chekkada paxtasi
oqqan ko‘rpa taxlog‘li turardi.
Bu yer juda bahavo. G ‘irillab esgan salqin shamol
g‘or ichiga kirib, soqollami hilpillatib o‘tadi, katta
102
qoya orasidan ingichka kumush uqa kabi otilgan suvni
mayda durlar singari sochib to‘zg‘itadi. Toshliqlar,
qurib yotgan soylar, past-baland to‘lqinlanib cho‘zil-
gan tepalar, adirlar, mayin zangón parda ichida xira
miltillagan uzoqliklar ko‘zlarni beixtiyor tortar,
allaqanday mubham va uyqudek shirin elituvchi his-
lar, kechinmalami uyg‘otar edi.
Podshoh darveshning ko‘nglini olishga tirishdi.
Uning taqir po‘stagiga ixlos bilan o‘tirdi. Butun borli-
gi toju taxt g‘avg‘osi bilan kemirilgan, dunyoning son-
siz lazzatlari, ne’matlarining daryosini butun umr
qamrashga intilgan Husayn Boyqaro shu topda o‘zini
darveshlikka soldi. Uzlat'da kechirilgan faqir hayot-
ning pokligi, dunyo qayg‘u-mashaqqatining shaytoniy
bir manbadan tug‘ilganligi, bu g‘oming shoirona
go‘zalligi haqida gapirdi. Chol darvesh podshohning
unga chindan ixlos qo‘yganligini sezdi. Ulug‘ zot2ning
yuksakligi to‘g‘risida o‘zining beparvo harakati va
kimga aytgani m a’lum bo‘lmagan so‘zlari bilan ta’kid-
lashga tirishdi. So‘ngra bir parcha kir bo‘zni podshoh
oldiga yozib, bitta qattiqroq nonni ushatdi. Sirti ola-
pes qovoq idishdan bir sopol tovoqqa quyuq qatiqni
lim-lim quyib uzatdi. Podshohning orqasidan chiqqan
va g‘or ichiga kirmasdan chetroqda, toshga suyanib
turgan ikkita xos mulozimga ham bir sopol piyolada
galma-gal qatiq tutdi. Husayn Boyqaro tovoqni ko‘-
tarib, qatiqni chinakam ishtaha, to‘g‘risi, samimiy
niyat bilan «xo‘r-xo‘r» ichar ekan, darvesh g‘or og‘ziga
cho‘qqayib, javray boshladi:
—
Bu maskanning ichi men gunohkor bandaning
ko‘ngli yanglig1 qora bo‘lsa ham, uni shahanshohlar-
ning oltin qasrlaridan afzal ko‘ramen. Bu yerda qush-
lar bilan hamrohmen, toshlar bilan dardkashmen. Yo,
olio! Jamoling tug‘yoni bo‘lgan bahor sellari sening
shafqat daryoyingga meni sudramadi. Qishning
bo‘ronlari vujudimdagi zang bosgan zanjirlami uzib,
meni sening aslingga qaytarmadi... Yohu!
1 Odamlardan uzoqda.
1 Xudo.
103
Husayn Boyqaro qatiqni ichib bo‘lib, soqol, mi-
yiqlarini artdi. Darvesh so‘zdan to‘xtagach, ta’zim
bilan ketishga ijozat so‘radi ham o‘zi haqida dúo qi-
lishni o‘tindi. Chol o‘midan turib, qo‘Uarini yoyib,
qiblaga yuz o‘girdi. Podshoh ham o‘midan sapchib
turdi-da, darveshning orqasidan qo‘l qovushtirib,
boshini quyi soldi.
Duodan so‘ng darvesh podshohga andak to‘xta-
lishga ishorat qildi, g‘oming bir burchagiga qalangan
shox-shabba orqasidan eski, uchi zanglagan bir
nayzani olib, g‘ordan tashqari chiqdi va uni nayzaboz,
jangchilarday tutib, ko'zlarida g‘azab yongan holda
Hirot tomonga o‘qtaldi, dushmanni sanchganday, uch
marta havoni sanchdi-da, Husayn Boyqaro qo‘liga
tutqizdi. Podshoh juda mutaassir bo‘ldi. K o ‘zlariga
quyilib kelgan yoshni bazo‘r to‘xtatib, cholning in-
gichka, suyak qo‘llarini ko‘zlariga surtdi.
Husayn Boyqaro mulozimlari bilan otini qattiq
haydab, lashkarga yetdi. Ba’zi beklarga o‘z taassuroti-
ni quvonch bilan so‘zladi. Darveshning nayzasini,
dunyoda eng muqaddas narsa kabi, qo‘lida mahkam
tutgani holda Hirotga yo‘l soldi. Q o ‘nimsiz yurish
bilan yarim kechada Hirotga yaqin Juzduq chash-
masiga yetib, shunda to‘xtadi. Bir parcha kemtikli oy,
jimjit mudragan xaroba qishloq uylarining qashshoq-
ligini ko‘rsatmoqchiday, xiragina nurlanadi. Goho
uzoqlarda itlarning uvillashi eshitiladi.
Kun qoraygandan beri podshohning ko‘ngli g‘ash
edi. Hozir esa o‘z tojining dushman qo‘liga o‘tgan eng
yirik duri — Hirot qarshisida, eng mas’ul paytda,
unda shubha va taraddud kuchaydi: «Nima bo‘ladi?
Dushman g‘aflatda bo'lmay, suron ko‘tarib qarshilasa,
yana sharmanda bo‘lib qoladimi?!» Shuning singari
qo‘rqinch, ezuvchi fikrlar, bir zum bo‘lsin, boshidan
uchib yo‘qolmadi. U hayajonlandi. Sipohilar bu yerda
sovutlarini kiyib, jangga tayyor bo‘la boshladilar.
Navoiy otda podshohga yaqin keldi. U juda ehti-
yot bilan harakat qilish, oldindan ba’zi tadbirlar
ko‘rish, masalan, «til» tutmoq1 uchun kishilar yubo-
104
rish kerakligini uqtirdi. U charchagan ko‘rinardi. Le-
kin ovozi ishonchli jaranglardi. Husayn Boyqaro shu
onda Shirim qorovulni chaqirdi. Shirim ziyrak qoro-
vul edi. Chaqqonlik va hiylada o ‘zini Mehtarbod
Yaldo2dan aslo tuban hisoblamas edi. U yoniga ikki-
uch chapdast yigitlami olib, bir zumda ko‘zdan g‘oyib
bo‘ldi. Sipohilar jangga tayyorlanib, yurishga amr
kutar edilar. G o ‘yo vaqt tez o‘tib, tong otib qoladi-
ganday tuyulardi. Otlar charchoq, odamiar bezovta
edi. Shirim qorovul chala mast bir kishini oldiga solib
keldi. Bu — Mirzo Yodgoming odamlaridan bo‘lib
chiqdi. Beklar sarosimada o‘zini yo‘qotayozgan bu
odamdan ba’zi muhim m a’lumot olishga tirishishdi.
Shirim qorovul: «Hirotda g‘aflatdan o ‘zga bir xabar
ola bilmadim» degach, Husayn Boyqaro yuz kishini
ajratib, Muzaffar barios, Ibrohim barios, darvesh
Arlotlaming qo‘l ostida Bog‘i Zog‘onning katta dar-
vozasini ochishga yubordi. Yana til tutmoq uchun
kishilar belgiladi. Hirot tomonidan hech qanday
shovqin ko‘tarilmaganiga ishongach, o‘zi qolgan
navkarlar bilan harakat etdi. Hiyobon ko‘chasini
bosib, Imom Faxriy mozoriga yetganda, Sulton X o ‘ja
0 ‘zbekni, uning o‘ziga qarashli jamoa yigitlari bilan
Bog‘i Zog‘onning Gavharshodbegim madrasasiga
yopishgan darvozasini o‘rashga yubordi. Boshqa dar-
vozalarga ham dasta-dasta navkarlarni tayinladi.
Uning yonida saksonga yaqin kishi qoldi. U Muzaffar
barios ish ko‘rayotgan darvozaga qarab yurdi. Y o ‘Ida
uning dushman ichidagi sodiq kishisi Miroxo‘rdan
darvoza buzilib, ichkari kirilganini eshitdi. Husayn
Boyqaro yengillanib, ildam ot surdi, to‘ppa-to‘g‘ri
Bog‘i Zog‘onga kirdi. Nim qorong‘ilikda daraxtlar,
xiyobonlar orasida Husayn Boyqaro yigitlari tovush
chiqarmasdan, dushman kuchlarini axtarishdi. Hech
bir tomonda Mirzo Yodgor sipohilari, navkarlarining
izi ko‘rinmas edi. Bu yerdan Husayn Boyqaro Bog‘i
' D ushm anning vaziyati haqida m a ’lumot olmoq uchun dushman odamlarini
qo'lga tushirmoq.
■
’ Eski jangnomalaming qahramonlaridan; afsonaviy josus.
105
Shimolga — Mirzo Yodgoming xobgohi1 bo‘lgan boq-
qa o‘tdi. Bu yerda to‘satdan uyg'ongan ayrim navkar-
lar kutilmagan bosqindan es-hushlarini yo‘qotib,
qarshilik ko‘rsatish, o‘zlarini mudofaa etish emas, ish
qo‘ldan ketganiga tan berib, hatto «churq» etib ovoz
ham chiqarmadilar.
Yigitlar soddadil shahzodani qidirar edilar. Mana,
qo‘rg‘onday baland muazzam qasr. Uning yonida xir-
goh2. Xirgoh bo‘m-bo‘sh... Husayn Boyqaro baland
tepalikning ustidagi ko‘shkning atrofini uzoqdan
o‘radi. Buning orqasidagi ko‘shkda Mirzo Yodgor
bo‘lishini chamalar edi. Faqat u ko‘shkka kirish
uchun tepalikni oshib o‘tish kerak edi. Ham m a shun-
day qilish kerakligini anglaydi. Ehtimol, kutilmagan
vaqtda yoqalangan dushman tepa panasida so‘nggi
qat’iy jangga tayyorlanib, katta kuch bilan pisib yot-
gandir! N im qorong‘ilikda qasrning, xo‘mraygan
tepaning mash’um jimjitligi yurakni titratardi...
Husayn Boyqaro sabrsizlanib, boshdan-oyoq sovut
kiygan ba’zi sipohilarga tepaga ko‘tarilib, ko‘shkni
bosishga farmon berdi. Lekin ularda na harakat, na
sado! Keyin ular, go‘yo farmonni tushunmagandek,
bir-birlariga qarashib, imirsilandilar. Shu onda shoir
otdan askarday keskin, chaqqon harakat bilan tushdi-
da, jilovni o‘z navkari Boboaliga tutqizdi. Podshohga
yaqin kelib, dadil so‘zladi: «Bizga ijozat beringiz!»
Hech bir bek, hech bir navkar Navoiydan buni kut-
magan edi.
K o ‘plar uyatdan boshlarini
egib,
bo‘shashib, titray boshladilar. Lekin endi vaqt o‘tgan,
har kim qancha orzumand bo‘lmasin, shu topda o‘z
mardonaligini ko‘rsatishdan ojiz edi...
Husayn Boyqaro bir daqiqa taradduddan so‘ng
atrofdagi yigitlarga o‘qraygan ko‘zlarini yuritdi-da,
shoirga ijozat berdi. Navoiy qilichini qinidan sug‘urdi
(qilichning birinchi va so‘nggi marta sug‘urilishi edi!),
dadillik bilan odim otib ketdi. Lekin, u tepaga ko‘plar
1 Yotoq uy.
2 Chodir.
106
mo'ljallagan yo‘ldan emas, boshqa yo‘ldan chiqa
boshladi. Shu vaqtda kimdir bir dasta shamni yoqib,
baland ko'tardi. Hammaning ko‘zi qilichini hassa kabi
yerga qadab, tepaga ko'tarilayotgan shoirda edi.
Uning ko‘lankasi ko‘zdan g‘oyib bo‘lar-bo‘lmas,
navkari Boboali orqadan qilich yalang‘ochlab yugurdi.
D a m o'tmay, o‘nlab yigitlar qo‘rg‘onga hujum qilgan-
day, shijoat va ildamlik bilan shoir chiqqan yo‘ldan
tepaga otilishdi.
Navoiy qilichni hassa kabi tutib, yotiq tepadan
ildam pastga tushdi. To‘ppa-to‘g‘ri ko‘shkka qarab
yugurdi. Shu onda ko‘shk orqasidan bir necha qurolli
navkar shoshqin va sarosima holda yugurib chiqdi,
oldindagisi qahr bilan qichqirdi: «Kim? Hozir bo‘l!»
va bir necha odam narida hamla uchun qilich
ko‘tardi. Navoiy qilichni ko‘tarmasdan, lekin zarbaga
tayyor holda sovuqqonlik bilan to‘xtadi-da, buyuruv-
chi keskin tusda so‘zladi: «Qilichlarni qinga joylangiz,
shu lahzada taslim bo‘lingiz!» Ikkinchi navkar yaqin
kelib, bo‘ynini cho‘zib tikildi: «Siz kimsiz? Nega
taslim bo'lamiz?» — so'radi u. Shoir zarda bilan:
«Men — Alisher Navoiy!» deyishi bilan navkarlaming
nafaslari ichlariga tushib qoldi. Navoiy keskin ravish-
da ularga orqa o‘girib, ko‘shkka otildi. Dahlizda,
qorong‘ida yo‘l axtarib, katta xonaning eshigiga yet-
ganda, orqadan Boboali hayajon bilan yetib keldi.
Eshikni asta ochib, oldin-ketin ichkari kirishdi.
Darichalar ochiq, katta xona o‘rtasida yumshoq gi-
lamlar, baxmal-kimxob ko‘rpachalarda to‘rt kishi turli
tomonga qarab, turli vaziyatda dong qotib yotardi.
Bulaming ichida, naq daricha ostida, oppoq yostiqqa
parishon sochlarini to‘zg‘itib, yosh ayol jimgina uxlar-
di. Navoiy engashib, yotganlarga qaradi-da, past tovush
bilan buyurdi: «Tuting buni!» Boboalining oyoqlari osti
da qadahlar, ko‘zachalar sindi, u shahzodaning qo‘l-
laridan siltab tortib turg'izarkan, boshlarini bir-birlari-
ga tegizib, qarshi yoqqa oyoq uzatib yotgan ikki sipoh
birdan cho‘chib o‘rinlaridan turishdi va uy ichi haya-
jonli, sarosimali shovqinga to‘ldi. Yosh ayol «voy!»
107
deb sakrab, o‘zini darichadan pastga otdi. Boboalining
ternir panjasida Mirzo Yodgor garang edi, hansirab,
tuturuqsiz nimalardir so‘zladi. Uyni, dahlizni yigitlar
to‘ldirdi. Navoiy Mirzo Yodgorga zaharxanda qildi va
asimi olib chiqishga buyurdi-da, orqadan dedi:
Shoh mastu jahon xarobu dushman pasu pesh1!
Navoiy boshliq Boboali va bir dasta yigitlar Mirzo
Yodgomi sudrashib, tepadan tushishdi-da, Husayn
Boyqaroning oti oyog‘i ostiga tashladilar. Shohona
kiyimlari bilan tungi bazmda uchib qolgan shahzoda
bazo‘r ko‘zini suzib, atrofga xushsiz jovdirab qaradi.
Keyin boshiga yetgan baloni anglab, kalavlanib
o‘midan turdi, qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, qaltirab, o‘z
dushmaniga tikildi. Uning ko‘zlarida m a’nosiz bir
qo‘rquv, ojiz bir yolvorish ifodalanar edi. Husayn
Boyqaro otda turib, asiriga bir necha achchiq, tikanli
so‘zlar otdi-da, qo‘li bilan navkarlarga «olib jo‘nang-
lar», degan ishorat qildi.
Hirot qal’alardan, arklardan yangragan kamay,
nog‘ora sadolari bilan uyg‘ondi. Mirzo Yodgoming
boshi kesildi. Uning tarafdorlari jonlarini hovuchlab,
in-iniga kirdi...
Dostları ilə paylaş: |