Yasog‘liq katta oq uyda beklar, yuqori mansabdor-
lar, dongdor shoirlar, Hirot, Iroq, Ozarboyjon olim-
lari o‘tirishar edi. Odam ko‘p bo‘lganidan suhbat
umumiy mavzuga ko‘chmagan; har kim o‘z atrofidagi
odamlar bilan dilkashlik qilar edi. To‘rda bosh bek
Muzaffar barlos bilan Muhammad Burunduq barlos
va Jahongir barlos jang ham ov — qush haqida
so‘zlashardi. Naoviyning yordami bilan moddiy ahvoli
yaxshilanib, endi ilm dunyosiga ancha tanilgan
Sultonmurod bir Iroq olimi bilan arab tilida sekin
suhbatlashardi. Dovdirab qolgan, kichkina keksa
munajjim bilan dov gavdali Muhammad Sayid
pahlavon juda inoq gaplashardi. Podshohning bu qari
munajjimi baxt va falokat, yaxshilik va yomonlik,
omad va omadsizlik — hammasining vaqt-soatini yul-
duzlamnig sirli va tekin maslahati bilan, mashaqqat
chekmasdan, tez tayinlab, belgilab berardi. Ulug‘bek
o‘z tekshirishlari bilan, Navoiyning ta’biricha, osmon-
ni pastga tushirgan, ya’ni sayyoralaming harakat
qonunlarini insonlarga tanitgan bo‘lsa, bu chol
osmonning cheksiz uzoqligiga yana benihoyat uzoqlik
qo‘shib, uni qalin sir pardasiga chulg‘agan edi.
Kambag‘al bo‘z ishtonini qay soatda bichishi, qay
soatda kiyishi kerak? Podshoh oltin taxtga qay kun,
qay soatda o‘tirishi kerak, sevikli qizga qay soatda mu-
habbatnoma yozmoq kerak? Dushmanni o‘ldirmoq
uchun qay soatda zahar tayyorlamoq kerak? Chol
bulaming hammasiga yulduzlarning javobini olib be-
radi. Saroyda katta tantanali ishlar eskidan buyon
munajjimlaming ko‘rsatgan vaqtida bajarilishi bir an’-
ana bo‘lib qolganidan, bu kun Navoiyning amir sifati-
da muhr bosish kun va soatini ham u tayinlagan edi.
—
Bizning ilmimizda tangrining har kuni uchun
bir yulduz podshoh, bir yuluz vazir bo‘lur, — dedi
ko‘rsatkich barmog‘i bilan ta’kidlab munajjim. —
Bukun koinotda Shams1 — podshoh, Qamar2 vazirdir.
Dostları ilə paylaş: