ham, ko‘ngil erkinlikka ko‘proq moyildir. Men
davlatga, el-ulusga xolis ko‘ngil bilan xizmat qilmoqni
orzu qilurmen. Bu xususda qilgan e’tirozlarim, balki
zohiran ma’nosizdek ko‘ringandir. Lekin chuqurroq
andisha qilinsa, uning ma’nosi ravshanlashurki, bunga
imonim komildir. Darhaqiqat, amirlik rutbasini qabul
qilsam, ba’zi ulug‘ zotlaming ko‘ngli ranjur. Orada
behuda so‘z ko‘payur. Do‘stlik o‘miga nifoq vujudga
kelur. Inson ruhi ojizliklardan xoli emas...
Husayn Boyqaro qo‘li bilan masala hal, degan
ishoratni qildi.
— Bizki bu ishni orzu qilibmiz, har ne e’tirozni rad
qilurmiz, — dedi u tabassum bilan. — Shunday far-
mon berurmizki, amirlardan hech biri majlislarda siz-
dan oldin o‘ltirmagay. Ammo Mir Muzaffar barlos
bilan orangizda do‘slik va mehr-oqibat barpo ekan,
ijozat bersangiz, muhr bosmoqlikda sizdan yolg‘iz u
amirgina oldin bo‘lsin.
— Ko‘ngilning orzusi hozirgi rutbada yolg‘on
maqrabi sulton bo‘lib, kuch va iqtidorimizga yarasha
elga foydali xizmat qilmoq edi,— Navoiy boshini quyi
soldi.
— Endi ish sayyoralarda qoldi, — kulib dedi pod-
sho. — Falak donishmandi' iqbol soatini tayin qil-
gach, u vaqt muhr bosursiz.
Navoiy yangi e’tirozlar, yangi daliUar keltirishga
tirishdi. Husayn Boyqaro o‘jarlik qilib, hatto eshitgusi
ham kelmadi. Navoiy, nihoyat, o‘z orzusiga qarshi
ko‘rsatilgan marhamat uchun podshoga tashakkur bil-
dirishga majbur bo‘ldi. Husayn Boyqaro uni bukunga
chog‘ir majlisiga taklif etdi.
Shoir Tarabxonaning pastki qabatiga tushdi. Bun-
dagi xonalaming birida Muhammad Sayid pahlavon,
vazir Xo‘ja Ato, Xo‘ja Abdullo Marvoriy va hokazolar
o‘ltirishardi. Hammalari o‘rinlaridan turib, shoimi
samimiy qarshiladilar. Xo‘ja Ato muloyim, kamtarin
kishi edi. 0 ‘z vazifalarini shov-shuvsiz, yaxshi bajarar-
Dostları ilə paylaş: