Asli
mohiyatiga diqqat etingiz, barcha shuhratli ish-
larning kuni ushbudir. Alisher Navoiy janoblarining
muhr bosmoqlik soatiga Zuhrani1 tayin qildim. Jamiki
yaxshi ishlarning soati budir. Zuhra bukun avjda,
ya’ni yettinchi osmondadir.
Uning surati ham asosiy
maqsadga, Alisherning tabiatiga xo‘b muvofiq tushadi.
Zeroki, Zuhraning surati qo‘liga chang va kamoncha
ko‘targan parivash o‘yinchi qizdirki, husnga, san’atga,
iqbolning xursandchiligiga ishoratdir.
Pahlavon Muhammad Sayid kulib, yana cholni
gapga
solmoqchi ekan, saroyda maxsus mulozimlar
yetib kelishdi. Ular amirlarga xos bo‘lgan «jubbaiy
tillodo‘zi va kulohi navro‘zi»2ni Navoiyga taqdim
etishdi. Navoiy bo‘g‘chani yechib, loqayd va kam-
tarona tabassum bilan amirlik kiyimini kiydi. D o‘stlar
quvonch bilan
samimiy tabriklay boshladilar; yolg‘iz
barlos beklari, Majididdin va ulaming ko‘lankasida
yuradigan ba’zi mansabdorlargina ko'zlaridagi hasad
tuyg‘usini yashirishga tirishib, qandaydir rasmiy, mub-
ham so‘zlar bilan cheklandilar. Saroydan kelganlardan
biri qog‘ozni dastlab boshidan yuqori ko‘tarib,
keyin
ta’zim bilan Navoiyga topshirdi; bu — «Abulg‘ozi
Sulton Husayn Boyqaro so‘zimiz». deb boshlangan va
viloyat hokimlariga yuborilishi kerak bo'lgan rasmiy
bir yorlig1 edi. Yangi amir
bu tantanali majlisda bi-
rinchi martaba o‘z muhrini bosishi kerak edi.
Hamma jim , lekin hayajonli. Barcha ko‘zlar —
turli ma’no va hislarni ifodalagan ko‘zlar — boshini
bir oz quyi so lib, qandaydir parishondek, qisilgandek
o‘tirgan Navoiyda edi.
Beklarning, mansabdorlarning
ko‘zlari, qo‘yo kimdir ishora qilgandek, bir onda
uchrashib qoldi. U ko‘zlar,
bir-birining vahimasidan
cho‘chigandek, darrov ajralishdi. Bir vaqtlar ko‘rsat-
gan xizmatlari uchun podshoh qoshida o‘zini o‘ta
erka, juda kuchli sezgan, hatto ko‘p ishlarda unga
bo‘ysunishga tixirlik etadigan mag‘rur Muzaffar bar-
Dostları ilə paylaş: