Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   161
Navoiy romani. Oybek

1 Zuhra yulduzi.
! U zamonda amirlargina kiyadigan maxsus to'n va bosh kiyimi.
133


losning ham rangi o‘chdi. «Ajabo, bu shoir muhmi 
barcha amirlardan yuqori bosadimi?» degan andisha 
uning borlig‘ini kemirmoqda ekani butun vaziyatidan 
barq urib turar edi. Majididdin uning ko‘zini duch 
keltirib, labini juda ma’nodor burib qo‘ydi.
Har bir amir, bek o‘z muhrini davlatda o‘z dara- 
jasiga yarasha ma’lum o‘ringa bosishi kerak edi. 
Navoiy yorliqqa o‘z muhrini bosishi bilan hamma ti- 
kilib turgan ko‘zlar bir zumda allaqanday katta ochilib 
ketdi. Hamma favqulodda hayrat va hayajon ichida 
qoldi. Tillar go‘yo so‘zlashdan ojiz edi. Hamma bir- 
biriga qaraydi, xolos. Navoiy o‘z muhrini yorliqning 
shunday bir joyiga bosgan ediki, hech bir amir Navoiy 
muhridan pastga muhr bosishga imkon topolmas edi!' 
Shoirning yuksak ruhi, kamtarinligi, olijanobligi 
qarshisida Majididdin, barcha beklar, mag‘rur man- 
sabdorlaming boshlari, og‘ir yuk ostida qolgan kabi, 
uzoq vaqt egildi. Ular sarosimali ko‘zlarini qayerga 
yashirishni bilmay qoldilar.
Shoirlardan mavlono Atoullo ham mashhur olim 
mavlono Burhoniddin bu muhim voqea munosabati 
bilan yozgan tarixlarini o‘qib berdilar. Ulardan so‘ng 
o‘nlab shoirlar Navoiyga bag'ishlangan qasidalarini 
baland ruh va hayajon bilan o‘qidilar, bu sharafli tari- 
xiy kunda shoimi tabriklash uchun do‘stlari, yaqinlari, 
sodda xalq vakillari paydar-pay kelib turishdi. Katta, 
quvonchli, ruhli ziyofatdan so‘ng majlis tarqaldi.
0 ‘ninchi bob
I
Juma namozidan keyin Gavharshodbegim madra- 
sasi suv quygandek jimjit bo‘lib qoldi. Madrasa ahli- 
ning aksari kezib kelish uchun shaharga yoki yor-biro- 
darlarinikiga ketgan. Sultonmurod hujrada yolg‘iz

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin