0 ‘z tiling bilan e’tirof etishingni kutib, so‘ramagan
edim. Ichingdagi olov bukun yuzlaringda alangalan-
moqdadir. Yashirmoq behuda!
Sultonmurod ko‘zlarini yarim yumib, asta xo‘rsin-
di. U dardini ochmoqqa qo‘rqqanday taraddudlanar-
di. Zayniddin do‘stlikni o‘rtaga solib, shikoyatlanib,
qistagach, u qaddini bir oz ko‘tarib, tokchadan haligi
xatni olib, do'stining qo‘liga tutqazdi.
— Tuzalmas dardimning g‘oyat rangsiz ta’rifidir
bu, — dedi u boshini quyi solib.
Zayniddin sakkiz varaq qog‘ozga yozilgan xatni
diqqat bilan ichida o‘qiy boshladi. Asta-asta qo‘llari
qaltiradi, yuzlariga g‘am toshdi. Xatni bitirgandan
keyin, hayajon va achinish bilan do‘stiga qaradi. U
go‘yo behush edi.
— Bu qanday xokisorlik!— koyinib gapirdi Zaynid
din. — Nega bu dardni u vaqtda menga ochmading?
— Taqdiming ternir panjasini yoqamdan ajrata
bilarmiding? — dedi bir on sukutdan keyin Sulton-
murod.
— Mumkin edi, — qat’iyat bilan javob berdi Zay
niddin, — men u sahro go‘zalining bo‘ynidan zulm
domini1 uzib tashlamoqqa qodir edim. To‘g‘onbek u
vaqtlarda og‘ir vaziyatda qolgan edi. Men u johilni har
maqomga yo‘rg‘alata olar edim.
— Hayhot! — xitob qildi dard bilan Sultonmu
rod. — Muhabbatimning guli o‘z rang va ziyosini il-
dizlari bilan hasrat manbaidan olgan ekan! Qayg‘u
kosasi butun umrga yetgulikdir!
— Bu maktub oshiqlaming muqaddas kitobchasi
bo‘libdi, — dedi Zayniddin qog‘ozlarga tikilib, —
Yubormoq niyatidamisen?
— Iloji yo‘q, ham befoyda! — javob berdi
Sultonmurod.
Bu fikrni Zayniddin ham boshini qimirlatib tas-
diqladi. Yana uni koyidi, g‘azablandi, keyin har ikki
do‘st uzoq jim qolishdi. Bu og‘ir va hazin sukunat edi.
Dostları ilə paylaş: