Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   161
Navoiy romani. Oybek

1 Ingichka ma’nolar.
2 Kengligi.
' Boyligi.
151


mahliyo bo‘lib turdilar. Forsiyparastlarning nafaslari 
ichlariga tushib ketdi. Hatto tili hamisha qayrog‘lik 
bo‘ladigan mavlono Binoiy naq labida tutib turgan 
yangi bir askiyani aytishga botinmay qoldi. 
Forsiyparastlar fors tilining shirinligini xuddi shu tilda 
bolalikdayoq ajoyib she’rlar aytgan Navoiyga madh 
etadilarmi?!
Darveshona xayolchan, sokin, yumshoq Hasan 
Ardasher Navoiyning fikrlarini quwatladi. Keyin 
Sultonmurod o‘zbek tilidagi she’rlaming rang, ma’no 
va xayol ingichkaligi va hokazo jihatdan ulug‘ fors 
shoirlarining asarlaridan tuban emasligi haqida 
gapirib, bir necha namunalarda isbot etmoqqa tirish- 
di.
— 
Bukungi fors she’rlarining, — dedi Sultonmurod 
oxirda, — ulug‘ ustodi mavlono Jomiy hazratlarining 
muborak ko‘ngillarini o‘zbek she’ri asir etmoqdadir. 
U janobning fikrlari, zavqlari, iltifotlari tilimizning 
g‘alabasidir!
Majlisni munoqishachilik'dan qutqarib, do‘stona 
ruhlantirish uchun Navoiy juda ustalik bilan suhbat 
mavzuini o‘zgartib yubordi.
U soxta bir qalandar haqida juda mazmunli, ma- 
roqli bir hikoyacha aytib berdi. Navoiy behisob ko‘p 
hikoyalar bilar edi. Kundalik hayot voqealaridan ajo­
yib latifalar, ibratli hikoyalar to‘qiy berardi ham ulami 
shunday jonli, shunday iliq aytib berar edikim, har 
kim zo‘r maroq bilan tinglar edi.
Mudarris mavlono Fasihiddin soTiyona, ma’nodor 
bir hikoyacha so‘yladi. Tib olimi esa Ibn Sino 
to‘g‘risidagi afsonalardan birini aytdi. Sultonmurod 
Iskandar Zulqamayn to‘g‘risida latifa so‘yladi. Bu — 
Navoiyga juda maqbul bo‘ldi. Bir-biridan rangdor lati­
falar, hikoyalar yog‘ildi. Latifa latifaga, qahqaha 
qahqahaga ulandi.
Naq yarim kechada odamlar uy-uylariga tar- 
qalarkan, Navoiy Sultonmurodni to‘xtatdi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin