Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   161
Navoiy romani. Oybek

0 ‘n t o ‘rtinchi bob
Binafsha bog‘ning bir chetida, qalin daraxtlaming 
quyuq, orombaxsh ko‘lkasida Shayx Bahlul1 bugungi 
ovqat uchun tayyorgarlik ko‘rish bilan m ashg‘ul edi. 
U, o‘z qaram og‘iga berilgan yumushchilarga har xil 
ishlar buyurar, lekin harakatlarida esa qandaydir asa- 
biylik, ko‘zlarida qayg‘u ko‘lankasi sezilar edi. Nari- 
roqda, ariq bo ‘yida sholcha ustida o ‘tirgan Sohib Do- 
roni ham ko ‘rmagandek, yumushdan keyin sarv og‘o- 
chiga suyalib, xomush qoldi. Ortiqcha xushchaq-chaq- 
likni yoqtirmasa ham , lekin har vaqt sokin va yuvosh, 
kayfiyati joyida b o ‘luvchi bu qadrdon mulozimning 
bukungi vaziyati Sohib Doroni taajjublantirdi.
Bunda keling, inim, bir nafas suxanvorlik qilay- 
lik, — murojaat etdi Shayx Bahlulga Sohib Doro.
1 N avoiyning q a d rd o n m u lo zim larid an .
196


Shayx Bahlul istamaganday, yalqovlanib o ‘m idan 
turdi.
— Holingizda tag ‘ayyur ko‘ramen, o ‘tiring, — joy 
ko‘rsatdi Sohib D oro va davom etdi. — K o‘nglingiz- 
da ne anduh b o ‘lsa, bayon eting.
Shayx Bahlul sholchaning bir chetiga o ‘tirdi-da, 
birdan kulimsiradi.
— Mavlono, ishoning, ko ‘nglimda zarra qadar 
dard yo‘q, — dedi Shayx Bahlul, — garchi b o ‘lganda 
ham, aytmoqlik n o n k o ‘rlik b o ‘lur edi.
— N onko‘rlik? — qiziqib so‘radi Sohib D oro. — 
M ir hazratlari bilan orangizda biron so‘z o ‘tgan deb 
gum on qilurmen. E ndi so‘zlamoqqa majbursiz!
— Karomatingiz bag‘oyat to ‘g‘ri. Oqshom M ir 
devondan qaytdilar,— kulimsirab gapira boshladi 
Shayx Bahlul,— xosxona ichiga kirdilar. Bir daqiqa- 
dan so‘ng meni chaqirdilar. M irning nomlariga kelgan 
bir dasta maktub, ariza va talabnomalarni yig‘ishtirib, 
huzurlariga kirdim. M ir kursi ustiga ishorat qilib, dedi- 
larki: «Oling!» M en, filhaqiqat, dovdirab qoldim, kursi 
ustida sham, davot-qalam va bir kosa suv tu ra r edi. 
Qay birini olay! Noiloj so‘radim: «Qaysi nim arsani 
olmoqqa buyurdilar». Bovar qilasizmi, Mir hazratlari 
g‘azab bilan boqib: «Barakallo fahmingizga! Shuncha 
yil xizmatimizda b o ‘lsangiz ham, hanuz tartibni bil- 
maysiz. Sizga belgulidirki, sham sabohga qadar 
qoshim da yong‘usi, davot-qalam ning zarurligini 
izohlashga hojat y o ‘q. Demak, bu yerda qay narsa 
luzumsiz?» dedilar. M en darhol suv to ‘la kosani 
ko‘tarib tashqari chiqdim.
Sohib Doro tizzasini urib, zavq bilan qah-qahlab 
kuldi.
— Kulgi nima? Bu bilan faqirning jarohatiga yana 
tuz sepursiz, — ranjib dedi Shayx Bahlul.
— Astag‘furullo! Xo‘b, zinhor kulmaymen, yana 
nelar b o ‘ldi? — r o ‘molchasi bilan ko‘zlarini artib, 
so‘radi Sohib Doro.
— H am m adan faje shulki, ertalab Mir o ‘zlari uzr 
tiladilar, m en xijolatdan boshimni ko‘tarib ololmadim.
197


— Bahlul, bundan xotiringiz behuda tashvish tor- 
tibdur, — dedi Sohib Doro. — M ir bilan uning dono 
mulozimi orasida b o ‘lmish bu voqea endi butun 
Hirot, balki Xurosonga tarqalur, har yerda M ir 
Alisher nom i yod etilsa, suxandonlar ajoyib rangdor 
uslub bilan bu nuqtani ham so‘zlab berurlar, majlis 
ahlining k o ‘nglillari ochilur. D a’vomning isboti uchun 
sizga bir misol keltirurmen: bir vaqtlar M ir hazratlari 
Bog‘i Fig‘onda bir ulug‘ ziyofat bergan edilar. Poy- 
taxtning bir k o ‘p shuaro va fuzalosi, akobirlari hozir 
edilar. Anvoi taom lar tortildi, dasturxon yig ‘ ishtirilishi 
bilan M ir eshikka chiqib, qayg‘adur g‘oyib b o ‘ldilar. 
Majlis ahli, suhbatga M iming vaqtlari y o ‘q shekilli, 
degan gum on bilan o ‘rinlaridan turib, tarqalib ketish- 
di. Shul asnoda M ir kelib, m endan so‘radilar: 
«M ehm onlar qaerda?» M en izoh berdim. M ir nogo- 
hon g‘azablanib, m endan ranjidilar va qoshlarini 
chim irib, dedilar: «Alisherning uyi oshpazning 
do ‘konxonasimidirki, hariflar kelib, osh yeb, jo ‘nay 
berurlar!» Bu nuqtani men bir ikki yor-do‘stga aytgan 
edim, bovar qiling, barq sur’ati bilan Hirotning 
qulog‘iga yetibdi... Yaqubbek‘ning huzuridan kelgan- 
laming axborotiga ko‘ra, bu voqea u yerda ham tillar- 
dan tillarga ko'chib, majlislarda so'ylanarm ish va bis- 
yor-bisyor xursandchiliklarga sabab b o ‘lurmish.
— So‘zlaringiz haqiqat, — dedi Shayx Bahlul. — 
Shoir haqidagi har bir m a’lum ot yurtda zavq bilan 
tinglanur, lekin... befahm b o ‘lib yodlanurmen.
— Y o‘q, xato qilursiz,— e’tiroz etdi Sohib D oro,— 
bu voqeani: «Mening aql va farosatda yagona mulo­
zimi bor ekan», deb boshlagaylar har yerda; zeroki, 
xalq Mirga har vaqt ulug‘ nodir nim arsalam i ravo 
k o ‘radi.
— Alalxusus, el-ulus, — ovozini pasaytirib, maxfiy 
so ‘zlaganday, dedi Shayx Bahlul,— o ‘zgalar orasida 
shunday zotlar borki, ular shoirdan nuqson axtaradi- 
lar. Andak narsa sezsalar, falakning to ‘qqizinchi taba- 
qasiga ko‘tarishdan lazzatlanurlar. Ammo ulus boshqa...
' Iro q h okim i.
198


— Ulus N avoiyda o'zining yagona um idini ko‘ra- 
di, — qayd etdi Sohib Doro.
— Balli, maxdum, — davom etdi so‘zida Shayx 
Bahlul, — xabaringiz b o ‘lg‘ay, bultur M im ing tishlari 
og‘rib, yog‘liq bog‘lagan edilar. Oz fursatda butun 
H irot ayollari jag‘lari orqali shohi parcha o ‘rab, 
«Yog'liqi Alisheriy» nom qo‘ydilar. Shoim ing tish og‘- 
rig‘i — ayollar u chun husn vositasiga aylandi!
— Bas, M irdan nechun ranjidingiz? — tabassum 
qilib so‘radi Sohib Doro.
— Yo‘q, m en o ‘z-o‘zimga ranjidim, — yumshalib, 
uyalganday yerga qarab gapirdi Shayx Bahlul. — M ir 
Alishemi ayblashga hech yo‘l bilan haqqimiz yo‘qdir. 
Zero, ul janobning boshlarida tum an-tum an ishlar 
borki, toqqa ortilsa, tog‘ ham bardosh berolmas edi. 
Bu sharoitda ul janobning ko‘zlari ba’zan g ‘azab bilan 
uchqunlansa, b a ’zan muomalalari dag‘allansa, bu aslo 
ajablanurlik hoi emas. Bu jihatlam i kamina fahmlay- 
di, albatta.
— M axdum, buni aw aldan fahm lam oq kerak edi. 
Siz qosh-qovog‘ingizni go'dakona osiltirdingiz, — 
piching bilan dedi Sohib Doro.
— Inson k o ‘ngli har nav zaifliklardan xoli emas 
emish.
Shayx Bahlul bog‘ ichidan chiqib kelayotgan bog‘- 
bon bilan m uom ala qilmoq uchun ketdi. Sohib Doro 
sholchada yonboshladi. Yonginasidan sharqirab oqib
gulzorlar bo ‘ylab, uzoqda havoning iliq oltinida nafis 
uyquga tolgan sarvzorlar qo‘ynida kumush uqa kabi 
tovlanib-tovlanib g‘oyib bo ‘lgan suvga telmurdi. Sevib 
o‘qiydigan g‘azallar yodiga beixtiyor quyilib keldi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin