Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161
Navoiy romani. Oybek

0 ‘n yettinchi bob
243


tentirab ketar, shunday vaqtlarda Arslonqul rosa 
xunob b o ‘lib, qudratli qo‘llarini paxsa qilib so‘zlardi: 
«M ana bu dast panjada M irakning hunari b o ‘lsa edi, 
bu yerlarga uning qadamini bostirmas edim!»
Panjshanba kuni hamma naqqoshlar ishni barvaqt 
yig‘ishtirdilar. Bir uyning bezaklarini chala qoldirgan- 
lari uchun Arslonqul ichidan norozi b o ‘ldi. Lab-lunji- 
ni osiltirib, jom akorini asta qoqdi, tozaladi-da, uyga 
jo ‘nadi.
Sodda yigit bir vaqtlar o ‘z sevgilisini qidirib Hirot- 
ga kelgach, begona m uhitda bir yil qadar nafasi ichi- 
da, sargardon kezgan, so‘ng noumid bo‘lib qishloqqa 
qaytgan edi. Animo o ‘zi tug‘ilib o ‘sgan, har burchagi 
bir chog‘lar unga shirin tuyulgan qishloq endi zindon- 
dan og‘ir, b o ‘g‘uvchi ko‘rindi. Eski xo‘jasi qo ‘lida bir 
yil qadar ishlagach, ishq uni yana shaharga sudradi. 
Shaharda befarzand kampir xolasi va keksa pochchasi- 
dan m ehribonchilik ko‘rdi. Bir zam onlar kulolchilik- 
da hunari bilan ot chiqargan yetmish yashar poch- 
chasi ko'pdan ish kuchini yig‘ishtirgan. U ndan o ‘n 
yosh kichik bo'lgan xolasi chevar — jom ado‘z edi.
Arslonqul mustahkam bir chorxari uy va uning 
qatorida bir ayvonli tekis, toza hovliga kirdi. Chol 
ayvonning burchagida, chuqur sukutda, boshini ikki 
oriq yelkasi ichiga olib, tasbeh o ‘girar, kam pir yengi- 
ni shimarib, kechki ovqat uchun xamirdan zuvala 
kesish bilan band edi. Yigit ayvon chetiga o ‘tirdi. Bu 
hovliga yopishgan qo‘shninikidan ancha charxlaming 
quloqni yirtadigan «g‘uv-g‘uv»i — yoqimsiz tovush 
eshitilardi. Arslonqul jerkinib dedi:
— Bu b o ‘zchivachchalardan qayoqqa qochib qutu- 
lamiz?
— Chirog‘im, tirikchilik qilmasinlarmi? Nim a, 
endi eshitdingmi? — oq sochlari silliq taralgan, yoshi- 
ga qaraganda, hali yuzi toza b o ‘lgan kam pir gapirib 
q o ‘ydi.
— H ar biri o ‘z kulbasida yigirsin!
— Yig‘ilib yigirganda zerikishmaydi. Bir-biriga qi- 
ziqib devdek ishlashadi,— kam pir Arslonqulni o ‘qlo-
244


g'ining uchi bilan turtib, dedi. — M anga qara, shum 
taka!
Yigit qayrilib, uning kichkina, siyrak, sertashvish 
ko‘zlariga tikildi.
— Sen bir bahona bilan ularning yoniga chiq yo 
devordan qara, — chaqqon qo‘llari bilan xam irni uzib, 
labidagi tabassum bilan davom etdi kampir: — Bukun 
ikkita yangi qiz b o r — oy uzilib yerga tushgan, ana 
qoshu ana ko‘z! H ar qanday bekzodaga arziydigan 
qizlar.
— Bu ta ’rifning menga hojati yo‘q! — teskari buril- 
di yigit.
— Sen tanlasang, bas, ertagayoq sovchilikka bora- 
man.
— Ming m arta dedim-ku, toq utam en, deb...
— Behuda xayol bilan o ‘zingni aldama. O lsha bi- 
yobon qiziga m uncha ko‘ngil qo‘ygan ekansen! Tur 
o ‘mingdan! — q a t’iy buyurdi kampir.
Arslonqul og‘ir cho‘kib, jim o ‘tira berdi. Kam pir 
qistayvergach, g‘am gin dedi:
— Kishi bir m arta sevadi...
— Loaqal k o ‘z uchi bilan bir qara. Agar yigit 
b o ‘lsang, yuragingda gardday ch o ‘g‘ bo ‘lsa, u vaqt 
oyog‘imga yiqilarsen, unashtir, deb yalinarsen...
Arslonqul jahl bilan o ‘m idan turdi. Azamat gav- 
dasini egib, g‘am gin yurib bordi, ikki faqir hovlini 
ayirgan, tepasi nuragan past devorga suyaldi. 
Qo‘shnining qarshidagi katta, eski ayvonida bu xona- 
donning bijildoq bekasi va uning ikkita do‘ndiqqina 
qizi, yana shu atrofdagi qo‘ni-qo‘shnilaming to ‘rtta- 
beshta popukday qizlari orasida Arslonqul xolasi ta ’- 
riflagan go‘zallam i qidirdi. Bo‘z ko‘ylakli, olacha 
nimchali qizlar k atta ayvonni to ‘ldirib, tinimsiz charx 
yigirishar, q o ‘lni ishdan olmasdan chag‘ir-chug‘u r 
so‘zlashar, kulishar edi. H ar qizning oldida savat-savat 
paxta, ish o‘raigan semiz duglar qalashib yotadi. Be- 
gona go ‘zallardan biri yaqqol ko‘rindi. Uning oppoq 
to ‘lagina yuzi, kulib turgan aqiq lablari, chakkalariga 
jingalaklanib tushgan tim qora sochlari, ip yigirgan
245


sari mayin mavjlangan to ‘lg‘un ko‘kragi chindan jo- 
zibador edi. U stun orqasida o ‘tirgan ikkinchi go‘zalni 
A rslonqul ko ‘rolmadi.
Chol hovliga tushib, tahorat qildi. Namozdigar 
u c h u n ko‘chaga chiqa turib, Arslonqulga quyuq qosh- 
lari orasidan qaradi, ko‘rkam oq soqolini silkitib, 
b oshini tebratdi; yuzidagi jiddiy, chuqur burushiqlami 
tabassum to ‘ldirdi. Buni payqagan Arslonqul ko ‘zlari- 
ni a c o r c h a qisib, imlab qichqirdi:
— Pochcha, qani, gulzorga m arham at qiling!
Chol hassasini d o ‘qillatib Arslonqulning yoniga
keldi.
—U m m ing kuzidamiz, chiroq! Qalay, o'zing gul- 
lardan birini tanladingmi? — dakkam-dukkam tishla- 
rini ochib, kulib so‘radi chol.
A rslonqul birdan ichidan xo‘rsindi, qo'llarini 
um idsiz silkidi.
— Xolang sho‘rlikni ranjitasen. U boyaqish um rida 
b ir m arta to ‘y-tomosha ko‘rmoqchi-da...
— Yuragimda m otam bor, qariya.
— Chakki qilasen, befoyda, — ovozini pasaytirib, 
davom etdi chol. — M en yoshlik chog'm da bunday 
ishlarda bamisoli lochin edim, chiroq. Boshqalar gul 
tepasida bulbul bo ‘lib xonish qilsalar, men uzardim, 
qochardim ... Yana qanday zam on, degil! Taxtda 
Shohrux Mirzo o‘tirar edi — g‘oyat shariatparvar, 
g ‘oyat taqvodor podshoh edi. H ozirchi Husayn 
Boyqaro darvozani katta ochib qo‘yibdi-ku.
Arslonqul indamadi. Chol: «Yigit ko‘ngli — pod­
shoh. Z o ‘rlamayman, bo ‘tam!» dedi-da, uzoqlashdi.
Birin-sirin charxlaming ovozi o ‘chdi. Qizlar, mak- 
tabdan ozod bo‘lib, ko‘chaga otilgan bolalardek, 
ch u w o s bilan o ‘rinlaridan turdilar; iplarini, duglarini 
xaltachalarga shosha-pisha joylab, hovliga tushdilar. 
Bir gala sho‘x, shod, yetilgan qizlar, qaysilari saqich 
chaynaydi, qaysi birlari chang chaladi. Arslonqul 
ulam i qisiltirmaslik uchun orqaga chekildi. Shu topda 
qizlam ing gurillagan ashulasi havoni yangratib, shod- 
lantirib yubordi:
246



Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin