Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   161
Navoiy romani. Oybek

O ‘n to ‘qqizinchi bob
I
Bog‘i Zog‘onning zarhal xonalaridan birida T o‘- 
g‘onbek suvsar p o ‘stinga o ‘ralib, yosh shahzodasi 
Muzaffar M irzo bilan nonushta qilib o ‘tirardi. Shah- 
zodaga yaqinligi orqasida uning obro‘si kun sayin 
oshardi. Husayn Boyqaro unga beklaridek iltifot ko‘r- 
satardi. Endi davlatda eng katta mansabdorlar u bilan 
hisoblashmoqqa majburlar. T o ‘g‘onbek shahzodadan 
suyurg‘ol' tariqida katta yerlar oigan. H irotning dong- 
dor davlatmand oilalaridan Abulziyoning go‘zal qiziga 
uylangan. Uning eshigida qo‘sha-qo‘sha navkarlar, uy 
ichida o ‘nlab ch o ‘rilar xizmat qiladi. U M uzaffar Mir­
zo ismidan har xiyonatga bosh urib, har jinoyatni 
oqlaydi. T o ‘g‘onbek shahzoda xizmatida b o lg a n
‘X o n la r to m o n id a n sovg‘a q ilin ad ig an yer.
259


nasldor, obro‘li beklami, mulozimlarni chetlatib, tun- 
kun shahzodaga chegarasiz hokimiyatga intilgan quv, 
m ug‘ombir ruhining ehtiroslarini talqin etadi. Fikrlari- 
ni, rejalarini sodda so‘zlar, sodda, yorqin misollar 
bilan, bola anglaydigan ravishda, yaqqol ko‘rsata bil- 
ganidan M uzaffar Mirzo uni qiziqib tinglardi. Har 
ishda m akr va firibgarlikning kuchiga ishongan Xa- 
dichabegim To‘g‘onbek bilan birinchi uchrashish- 
dayoq o ‘z o ‘g‘lining kelajagi uchun uning katta foyda 
yetkazishini um id qilgan edi.
Anvoyi halvolar, quritilgan mevalar, tustovuq, kak- 
lik kaboblari, qaym oqlar to ‘la dasturxon ustida 
T o ‘g‘onbek aql o'rgatishni davom ettirdi. U Badiuz- 
zamon, Faridun Husayn, Abdulmuhsin M irzo, Mu­
ham m ad Husayn Mirzo, Abu M a’sum Mirzo va hoka- 
zo shahzodalaming — M uzaffaming o ‘gay aka-ukala- 
rining yashirin niyatlari, orttirayotgan xususiy xazi- 
nalari to ‘g‘risida so‘zladi. Podshohning suyukli o ‘g‘li 
b o ‘lganidan, Muzaffar Mirzo har jihatdan ulardan 
ustunlikka tirishmog‘i kerakligini uqtirdi. Nihoyat, 
aka-ukalarining har bir siridan ogohlanib turishi uchun 
ular ichiga josuslar tayinlashni taklif etdi. Bu fikr 
Muzaffar Mirzoga moydek yoqib tushdi.
Bola sirli ishlarni sevardi. Q o‘lidagi chiroyli 
m o ‘’jaz oltin qadahni kattalardek g‘urur va zavq bilan 
sipqorib, mastlikdan suzuk ko‘zlarini T o‘g ‘onbekka 
tikdi-da, bachkana kerilish bilan dedi: «Men siz bilan 
birga shunday ishlarni orzu qilamenki, T o‘g‘onbek 
janoblari, u ishlar dunyoda hech bir tojdorga muyas- 
sar b o ‘lmagandir...»
— 
Balli, shahzodam ,— dedi T o ‘g‘onbek m ug‘om- 
birlarcha iljayib, — ulug‘ niyatlar sari g‘ayrat kamari- 
ni m ahkam roq bog‘lang.
U lar josus tayinlash masalasiga yana qaytishdi. Bu 
«nozik ish»ni tashkil etm oqni T o ‘g‘onbek o ‘z zim- 
masiga oldi.
Xizmatchi dasturxonni yig‘ishtirgandan so‘ng shah- 
zodaning yigitlaridan biri kirdi. Bu qo ‘shiqchi, o ‘yin- 
chi, askiyachi, yarim shoir, yarim jangchi edi. Ziyofat
260


va bazmlarga doir yum ushlam i aksar vaqt u bajarardi. 
Yigit bu kungi umumiy ziyofat uchun kimlar chaqiri- 
lishi va nimalar hozirlanishi to ‘g‘risida so‘radi. T o‘- 
g‘onbek m ehm onlarni, cholg‘uchi va o ‘yinchilarni, 
ovqat va ichkiliklami birpasda sanab berdi. Yigit 
q o ‘zg‘ola turib, yana o'tirdi, olifta m o ‘ylabini silab, 
kulimsirab, dedi:
— Bu kecha Xadichabeqimning saroylarida ajab 
voqea ro ‘y beribdi, eshitdilarmi?
— Qanday? — T o ‘g‘onbek bilan shahzoda ayni 
vaqtda so‘rashdi.
— Bir kanizak, — davom etdi so‘zida yigit, — tun 
yarmida qochibdi, bir quiñi xanjar bilan g‘oyat qattiq 
yaralabdi.
— Zabardast ekan-da! X o‘sh, tutibdilarmi? — 
so‘radi M uzaffar Mirzo.
— Tutibdilar.
— H ozir qayerda?
— Ola qo‘rg‘onda‘ — javob berdi yigit.
— Ismini bildingizmi? — so‘radi peshonasini qa- 
shib T o ‘g‘onbek.
— G ‘olibo, Dildor, dedilar...
MuzafFar Mirzo qo‘lini siltab, voqeaga ahamiyat 
bermaganini bildirdi-da, m uallim dan imlo-insho2 darsi 
olm oq uchun qo‘shni xonalardan biriga chiqib ketdi. 
T o ‘g ‘onbek yigitni yumushga jo ‘natib, tanho o ‘yladi. 
So‘roqda bir chog‘lar. Yodgor Mirzo tartibsizligi za- 
m onida, qizning T o‘g‘onbek tom onidan olib qochil- 
gani tahqiqlansa, gap chuvalashi mumkinligini mulo- 
haza qildi — ko‘ngli g‘ash bo ‘ldi. Aksiga, M ajididdin 
ham H irotda emas. Qizning izini tezroq o ‘chirib, xavf- 
sizlanishga qaror qildi. Kunduzi serbar bo ‘rkni mah- 
kam bostirib kiyib, tashqariga yugurdi. Otni minib, 
orqasidan uch suvori navkarni ergashtirib, Ixtiyoriddin 
qal’asi tom on qattiq yeldi. Qorovulxona oldida otdan 
tushgan ham on yoniga Zayniddin keldi.
1 Ixtiy o rid d in q a l’asidan O la q o ‘rg‘o n d eb h a m yuritganlar.
: Y ozuv darsi.
261


— Bu yerlarda nim a qilib yuribsiz, mullo? — 
kekkayib, til uchida so‘radi T o ‘g‘onbek.
— Bugun bir aqrabomiz jahannam ga tushibdi, — 
javob berdi Zayniddin soxta tavoze bilan. — 0 ‘ylay- 
m enki, bek janoblarining ham boshida shunga 
o‘xshash bir dag‘dag‘a bordir.
T o ‘g‘onbek bu so‘zlardagi kinoyani tushundi, lekin 
o ‘zini bilmaslikka soldi.
— U nday to'qim achilikka berilm ang, mirzo 
yigit!— dedi-da, otni navkarlarga tutqazib, g ‘izillab 
qorovulxonaga kirdi.
Zayniddin uzoq cho‘zilgan bir o ‘ltirishdan tong 
qorong‘isida chiqib, tanish bir sipohidan voqeani 
eshitgan edi. «Yana Arslonqulning go'zali bo ‘lmasin», 
degan bir shubha bilan bu yerga yugurdi. Shubhasi 
haqiqat b o ‘lib chiqdi. Qizdan dastlabki so‘roqni Erali 
jallodning o ‘g‘li Pirmat Kalla so‘raganini, qiz hech 
kimning ismini aytmasdan, o ‘zini shoyon hayrat bir 
jasurlik bilan tutganini eshitdi.
Zayniddin sovuqdan qaltirasa ham , T o ‘g ‘onbek- 
ning chiqishini kutdi. Chunki uning xuddi shu voqea 
m unosabati bilan kelganligiga shak qilmasdi. K o‘p 
o ‘tm asdan, g‘olibona yurish bilan T o‘g‘onbek ichkari- 
dan chiqdi. Zayniddinga istehzo aralash kulib ham
q o ‘ydi. Zayniddin ichida o ‘yladi: «Ha, it, haqiqatni 
bulg‘am oqchi b o ‘lding! Yo‘q, shoir to 'g 'ri aytgan: 
«Daryo palid menashavad az dahani sak»1.
Keyin T o ‘g‘onbekka yaqinlashdi.
— Tungi voqeaning oqibati ne b o ‘lur ekan, bek? — 
so‘radi Zayniddin qiziqqan chet odamday.
— M en qaydan bilay? 0 ‘zga dardim yo‘qmi? — 
teskari qarab, to ‘ng javob berdi T o ‘g‘onbek.
Zayniddin keskin burilib, madrasaga yugurdi.
Hujrada Sultonm urod bilan Arslonqul nim a to ‘g‘- 
risidadir qizg‘in gaplashmoqda edilar.
— Kel, d o ‘stim, mushkul masalada bizga yo‘l ko‘r- 
sat, — suyunib yonidan joy ko ‘rsatdi Sultonmurod.
'M a ’ n o s i: « Itn in g o g 'z i tek k an bilan daryo suvi iflos bo 'lm ay d i» .
262


— Qanday masala?
— Axir, Dildom i qutqarm oq kerak! — javob berdi 
Sultonmurod.
— T o‘g‘ri, juda ildam qutqarm oq kerak. Faqat, 
bilasizmi, qayerdan?
— Qayerdan emas, qanday qilib, deng!.. — qalpo- 
g‘ini ko'tarib umidvor k o ‘zlari bilan Zayniddinga ti- 
kilib dedi Arslonqul.
— Nima? G 'olibo, g‘aflatda ekansizlar. Qiz bir zin- 
dondan ikkinchi zindonga tushdi!
Arslonqul bilan Sultonm urodning nafaslari ichiga 
tushib, ko‘zlarini olaytirishdi...
Zayniddin butun voqeani aytib berdi. H ujrani 
chuqur jimjitlik bosdi. Arslonqulning ko'zlaridan tom- 
chilar yumaladi. Sultonm urod to ‘satdan qo‘zg‘oldi.
— Filhaqiqat, bu qiz olam nodirasi ekan! — butun 
gavdasini qamragan hayajon bilan gapirdi u. — 
Birodarlar, har qaysimiz bir vazifaga bel bo g‘laylik. 
D ildorning jonini o ‘z jonim izday saqlaymiz. Zaynid­
din, sen T o ‘g‘onbekning kirdikoridan durust xabarlar 
topm oqqa harakat et! Arslonqul, siz q o ‘rg‘on tevaragi- 
dan uzoqlashmang, lekin, g‘oyat hushyor bo ‘ling! 
M en... men ne qilay? Afsuski, vazir X o‘ja Afzal 
janoblari kecha Marvga jo ‘nagan edilar. X o‘b, m en 
insofli beklardan, H iro tn in g e ’tiborli zo tlaridan
ko‘m ak so‘raymen...
Sultonmurodga hech kim e’tiroz qilmadi. Oq- 
shom, agar tinchlik bo ‘lsa, Zayniddinning uyida 
uchrashm oqqa til biriktirib, hujrani tark etishdi.
Arslonqul dev qadam lar bilan yurib, Q al’ai Ixti- 
yoriddinga keldi. Ustma-ust yuksalgan tog‘ c h o ‘qqilari 
kabi baland, m uazzam qal’a... Baland kungurali
qalin, m etin devorlari, azam at qulalari1, tuproq 
qo‘rg‘onlari bilan samoga yuksalgan qahrli, og‘ir 
inshoot... Zindon bu yerda edi. Arslonqul qal’a bilan 
uning shimolida b o ‘lgan ot bozori maydoni o ‘rtasida 
g‘amgin qatnab turdi. U ning peshonasi ternir cham bar
1 C h o 'q q ila ri (m u h .).
263


kiyganday og‘ir edi. Uning ko‘zida q o ‘rqinch manza- 
ralar jonlandi. Bu yerda jallod boltasi ostida kallasi 
ch o ‘rt kesilgan, qo‘llari qirqilgan yoki dorga osilib, bir 
nafas tipirchilab, alifday cho‘zilgan odam lam i ko‘p 
m arta ko‘rgan edi. Yuragini dahshat qopladi. «Bordi- 
yu, D ildom i olib chiqib ossalar yoki bo ‘yniga tig‘ 
qo ‘yish uchun chuqur oldiga yotqizsalar — u nima 
qiladi? Xotinlardek chapak chalib yig‘lasinmi? Quruq 
q o ‘l bilan jallodlarga hujumdan nim a foyda chiqa- 
di?» — o ‘yladi ichida. Keyin bir on ikkilanmasdan, 
uyga chopdi.
Xolasi bozorga ketgan ekan. Hovlida tanho, g‘ivir- 
lab yurgan cholning orqasidan borib, yelkasini astagi- 
na qoqdi.
— Pochcha, bir qilich to ‘g‘risida gapirardingiz, 
k o ‘rsating menga.
— A, qilich? H irotni yov bosmoqchimi? — o ‘siq 
qoshlari orasiga ko‘milgan ko‘zlarini katta ochib, 
so‘radi chol.
— Y o‘q, tinchlik... Ammo zarur, — shoshirdi Ars- 
lonqul.
Chol xona ichiga kirib, katta sandiqni ko ‘rsatdi. 
Kalidni topmagach, yigit sandiqning halqasidan ush- 
lab, kuch bilan tortib, ochdi. H ar xil kiyim-kechaklar 
ostidan qilichni oldi-da, qinidan sug‘urib, diqqat bilan 
qaradi.
— Ey, bo‘tam , nimasiga qaraysen! — dedi chol. — 
Isfihon po ‘lati... O tam rahm atlik Amir Tem um ing 
bahodirlaridan edi. Bu tig‘ qancha-qancha mamlakat- 
lam i ko ‘rgan, qancha xalqlaming boshida o ‘ynagan... 
H indiston, D ashti Qipchoq, Arab, Eron, Qofqoz va 
Diyori R um ...1 — yana ko‘p iqlim lam i k o ‘rgan bu tig‘. 
Sohibqiron Tem um ing zamonida yashagan bo ‘lsam 
edi, umrim kulolchilik bilan o ‘tarmidi? Xitoyning bir 
viloyatiga hokim b o ‘larmidim?.. Vo darig1!
— Yaxshi qilich! — salmoqlab, tig‘ni yana qiniga 
tiqdi Arslonqul ham uzun choponi ichidan taqib oldi.
1 K ichik Osiyo, A n a to 'li.
264


So‘ngra 
lattaga 
o ‘ralgan bir pichoqni baland 
tokchadan olib, etigining q o ‘njiga suqib qo‘ydi.
— H a, Y a’juj-M a’jujga qarshi otlanyapsanm i? 
Belda qilich, qo‘njda pichoq? Ammo tig'ni, b o 'tam , 
haq yo‘lga is Wat, nohaq qon to ‘kma! — Arslonqulning 
yo‘lini to ‘sib gapirdi chol.
— Pochcha, H usayn Boyqaro zam onida yom onlar 
ko‘paygan. Bu qilich balki butun umrida birinchi 
m arta zumlga qarshi ishlatilar!
C hol o ‘ylanib: «So‘zlaring badaxshon toshidek 
toza va asil, bo ‘tam , xalqqa jabr b o ‘ladigan ishdan 
hazar qil!», — dedi.
Arslonqul ko‘chaga chiqib, boshini qashib o ‘yladi- 
da, b a ’zi do ‘st-yorlariga yo‘liqm oq uchun Injil yoqasi- 
ga, jangu jadaldan zavqlanadigan olov yigitlardan, 
o ‘rtoqlaridan bir guruhini ko ‘makka chaqirgani jo ‘na- 
di.
X ufton vaqtida Arslonqul Zayniddinning eshigini 
tiqirlatdi. Q orong‘ida bir ayol eshikni ochib, darichasi- 
dan sham nuri sizg‘ib turgan bir xonaga kirishni taklif 
etdi. X ona ichida hech kim yo‘q edi. G ilam ustida 
qalam donlar, qalamlar, har xil shakldagi siyohdonlar, 
bitilgan va bitilm agan juz-juz qog‘ozlar yotar, qoziqda 
tanbur va g‘ijjak osig‘liq... Arslonqul bir chekkaga 
o'tirdi, qalpog'inini yoniga qo ‘yib, ko‘zlarini yumib, 
horg‘in, g‘amli o ‘yladi. «Bu bechoralam i ishdan 
qo‘ydim , kitobdan ayirdim. Biri Rum m am lakatidan 
kelgan Chalabiy degan katta olim ni yenggan donish- 
m and b o ‘lsa, biri katta bitikchi... M en kabi begona
savodsiz odamga shunchalik mehribonlik qiladilar. 
Bunday oq ko‘ngil, haqparast odam lar bo‘lm aganda 
edi, dunyo ham isha qorong‘ilik ostida qolgan b o ‘lar 
edi. U lar tashvishda, m en bu yerda o ‘tirayin!” — 
o ‘yladi ichida A rslonqul ham zindon to m o n ga 
jo ‘nam oqchi bo‘ldi. Biroq, shu asnoda hovlida gurung 
eshitildi. Arslonqul irg‘ib turib, ikki do‘stni qarshiladi.
— X o ‘sh, kun b o ‘yi nim alar bildingiz? — charchoq 
holda o ‘tirarkan, Arslonqulning chopon ichidagi qili- 
chini sezib, taajjub bilan so'radi Sultonmurod.
265


— H ech nim a bilmadim. Tishdan qarasang, tinch- 
likka o ‘xshaydi.
— T o ‘g ‘ri, hozircha osoyishtalik... Endi nim a qil- 
m oqni m a’qul topursiz?— yozuv ashyolarini yig‘ish- 
tirib, so‘radi Zayniddin.
— Bu kecha qilmoqchi bo ‘lgan andak yumushimiz 
bor, agar sizlar maqbul topsangizlar.
— So‘zlang, kengashurm iz, — qiziqib dedi 
Sultonm urod.
— T unda zindonga hujum yasasak, — jiddiy gapir- 
di Arslonqul. — Posbonlarni, jallodlam i kesib, gunoh- 
siz tutqunni ozod qilsak...
— Yaxshi jasorat, ammo kuch qani? Oson ish 
emas, axir, — dedi sabrsizlanib Zayniddin.
— M endan boshqa besh azamat bor, — javob berdi 
Arslonqul. — Bari — jang-jadaldan zavqlanadigan olov 
yigitlar. U lar H irotda orttirgan yaxshi o ‘rtoqlarimdan. 
H ozir zindon tevaragida aylanib yuribdilar. Ijozat 
bersangiz, fursat poylab, bir qirg‘in solamiz. Biz bu 
xususda o ‘zaro yaktak, yakdilmiz.
Zayniddin va Sultonmurod sukut etib, bir-birlariga 
uzoq tikilishdi.
— Bu m ardona harakatga qanday qaraysen? — 
so‘radi, nihoyat, Sultonmurod.
— M en, rostini aytayin: Arslonqul va uning 
d o ‘stlarid an bunday bahodirlik kutm agan edim. 
Jasoratlariga ofarin o ‘qimoq kerak. Ammo, garchi bu 
yo ‘lni qanchalik haqli topmayin, ziddiga so‘zlamoqqa 
majburmen.
— Ne sababdan? Bajara olm og‘umizmi? — uning 
so‘zini kesdi Arslonqul.
— M ushkul ish! — davom etdi so‘zida Zayniddin, 
chiroyli qoshlarini jiddiy chimirib. — Ulardan o ‘nlab 
kishi qirilur, balki silardan har bir kishi tirik qolmas. 
Natija? Balki — hech!
Arslonqul azamat gavdasini egib, og‘ir sukutga 
botdi.
— M enim cha, inim , — Arslonqulga murojaat etdi 
Sultonm urod, — bu qaroringizni oxirgi navbatda,
266


ya’ni tamom ilojsiz qolgan bir paytda tadbiq etm og‘i- 
miz kerak. U vaqt bunday yigitlik ajoyib bir m a ’noga 
ega bo ‘lur. Ammo hozircha luzumi yo‘q. C hunki biz 
b a’zi ulug‘ m ansabdorlar bilan so‘zlashdik. U lardan 
yaxshi va’dalar oldik. Ahvol qiyin b o ‘lsa ham , Dildor- 
ga beriladigan jazo orqaga surildi. Ishni eskitm oqqa 
yana harakat qüurmiz.
— 0 ‘lim jazosi xavfi yo‘qmi? — titrak tovush bilan 
so‘radi Arslonqul.
— Aytish qiyin. Chunki T o ‘g‘onbek kabi zolim 
yirtqich bor, — javob berdi Sultonmurod.
— Dildor nim a jinoyat qilibdiki, o ‘lim jazosiga 
buyururlar! — qat’iy, ishonch bilan dedi Zayniddin. — 
Inshoollo, m am lakatda T o ‘g‘onbek kabilam i m as’uli- 
yatga tortuvchilar ham bor...
— Ahvol shunday ekan, men Marvga — Alisher 
Navoiy qoshiga boram en, — qaddini rostlab gapirdi 
Arslonqul. — Butun yurak dardimni shoirga ocham en. 
Bu o ‘y hali xotirimga kelgan edi, lekin fursat yo'qligi- 
dan, ahvol tangligidan dog‘da edim. M odom iki, o ‘lim 
xavfi yo‘q, albatta, borurm en.
— M ana bu fikringizga jonlar tasadduq, — qichqir- 
di Sultonmurod. — Z otan, bu xayol m enda ham bor 
edi. Lekin hali pishm agan edi. Alisher zulmga qarshi 
zamonning sheri, haq va adolatning tig'idir!
Sultonm urod Z ayniddinning roziligini istadi. 
Uchovlari bu to ‘g‘rida qizg'in suhbatlashdi. Zayniddin 
ham bu fikmi m a’qul ko ‘rdi. Arslonqul, go‘yo yelka- 
sidan tog‘ ag‘darilganday, jonlanib ketdi. Xuddi hozir 
y o ‘lga tushm oqchiday, qalpog‘ini ham bostirib kiyib 
oldi. Lekin baq u w at, yugurik ot topish kerak edi. 
Arslonqul va Sultonm urodda siyqa tanga ham yo‘q; 
ular o ‘z pullarini biriktirib, folbinning og‘ziga urgan 
edilar. Nihoyat, Sultonm urod o ‘zida xususiy suratda 
dars oluvchi davlatm and bir shogirdidan ot tilam oqqa 
qaror qildi-da shoshib jo ‘nadi. Zayniddin Arslonqulni 
birga olib, uning o ‘rtoqlari bilan tanishm oq, kerak 
b o ‘lganda foydalanm oq niyatida Ixtiyoriddin qal’asiga 
ketdi.
267


Tongda shahar darvozalari ochilarkan, H irotdan 
ilk chiqqan kishi o ‘ynoq bedov otli. Arslonqul bo ‘ldi. 
Bechora oshiq rabotlarda oz qo‘ndi. Devday yugur- 
gan, qurbon qidirgan qonli yirtqichday uvullagan 
sahro bo‘ronlarida, tunlarda ham tanho yo‘l bosdi. 
Rabotlarga qo‘narkan, yo‘lga chiqish oldida xolasidan 
oigan bir necha tangani otning yem-xashagiga xaijlab, 
o ‘zi och o ‘tirdi. Rabotlarda dam oigan yo‘lchilarning 
hangomasi uning qulog‘iga kirmas, ham m a vaqt yura- 
gi hovliqardi: «Balki hozir Dildom i osayotgandirlar, 
yo bo ‘lmasa uni qiynamoqdadirlar, yo b o ‘lmasa, aza- 
m at sheriklari zindonga bosqin yasashga majbur 
b o ‘lib, bad qirildimi?» Vahim xayollar yigitni, qora 
girdob kabi, tungi sahroning dahshati kabi o ‘rab 
olardi.
T o ‘rtinchi kun oqshom uzoqdan M arvning qo‘r- 
g ‘onlari ko ‘zga chalindi. Arslonqulni, nechundir, 
umidsizlik, jasoratsizlik egallab oldi. Yuragi qattiq 
urdi. Dalaga keng yoyilgan qarorgoh chodirlariga yet- 
gach, bu kayfiyat yana kuchaydi. U b o ‘shashib otdan 
tushdi. Zaryoqa to ‘nli, qimmatbaho kamarli, suvsar 
bo'rkli mag‘rur mansabdorlar, qilichlarini osiltirib, 
o ‘q-yoylarini yelkadan o ‘tkazib, piyoda, otliq kezgan 
qahrli sipohilar bilan qaynagan m uhit va ulug‘ shoir 
bilan uchrashish zaruriyati uni dovdiratdi. Unga ras- 
miy chopar kabi qaragan navkarlarning к о ‘magi bilan 
Alisherning chodiriga keldi. Kirish oldida bir daqiqa 
ikkilanib, xo‘rsinib oldi. Doimiy yashash uchun 
qishbop etilib qurilgan katta, baland, qalin chodir- 
ning to ‘rida, qandillarda yongan shamning nurida 
engashib yozuv yozgan shoirga qo‘l qovushtirib salom 
berdi. Alisher boshini ko ‘tarib, diqqat bilan yigitga 
tikildi.
— 
Kel, inim, esonmisen? — qalamni qo ‘yib, qo ‘li- 
ni cho‘zdi shoir.
Arslonqul ehtirom bilan uning qo ‘lini qisdi. Shoir 
k o ‘rsatgan joydan ko‘ra quyiroqqa tiz ch o ‘kdi. Na- 
voiy o ‘z yaqinlariga qilgan iltifot bilan gapira bosh- 
ladi;
268


— Bu tom onlarda ne qilib yuribsen? H irotdan 
qachon chiqqan eding? So‘yla, bizning Injil labidagi 
ishlarimiz ilgari borm oqdam i?
Arslonqul dadillandi. Navoiyning binolaridagi ish- 
lar to ‘g‘risida tafsilli so‘zladi. M irak N aqqoshdan 
chizi shikoyat ham qilib qo ‘ydi. Navoiy zavqlanib 
kuldi, yiltiragan keng peshonasini ingichka barmoqlari 
bilan siladi, yana so‘zlashga qistadi. Savollar berdi. 
Arslonqulning sof yuragini, to ‘g‘riligini, sodda xalq 
donoligini, tabiiy aqlini ifodalovchi do ‘lvor so ‘zlarini 
k o ‘proq eshitgusi keldi. Arslonqul o ‘z maqsadini 
tezroq bayon qilishga oshiqardi. N ihoyat, o ‘z dar- 
dining ifodasiga yo‘l ochdi:
— Taqsir, m en M irak Naqqosh bilan Injil b o ‘yida 
g‘ijillashib ishlmoqni orzu qilardim, lekin boshimga 
bir falokat tushib, ostonangizga bosh urib keldim.
— Ne falokat? — darrov qiziqdi Navoiy.
Arslonqul qudratli gavdasini bir oz egdi. Yuzidagi
dard, tovushidagi hayajon bilan butun voqeani — 
boshdan-oxirigacha aytib berdi. H ech nim ani, hatto 
folbin voqeasini ham yashirmadi. Oxirda: «Um idim
yolg‘iz sizda. Elga ko ‘rsatgan marham atingizni bu 
bechoradan ayamagaysiz», dedi-da, S ultonm urod 
yozib bergan xatni qo ‘ynidan olib, shoirga uzatdi. 
Navoiy uni shamga tutib o ‘qidi, olimning ahvolini 
so‘radi. Sultonm urod bilan uning o ‘rtasidagi samimi- 
yatni eshitib, xursand bo ‘ldi. Keyin D ildor bilan yigit- 
ning ilk sevishgan zam onlari, qishloqlari va turmush- 
lariga doir bir ko ‘p narsalarni bilishga qiziqsindi. 
Arslonqul, endi o ‘z qadrdonlari bilan suhbatlashgan- 
day, tortinm asdan so‘zlashdi. Navoiy ishqda vafo va 
sadoqat, tozalik to ‘g‘risida chiroyli, m a’nodor so‘zlar 
aytdi. Arslonqul uni ichki bir huzur bilan tinglab, har 
bir so‘zini fikrga jo qilishga tirishdi. Navoiy so‘zni 
bitirgach, Arslonqul uning og‘zidan umidbaxsh so‘z 
eshitmoq orzusi bilan yonib:
— Taqsir, zindonda yotgan u baxti qaroga najot 
yo‘li bormi? Yoinki... — so‘zni oxiriga yetkazolmay, 
sukut qilib, yerga qaradi Arslonqul.
269


— Sabr et, yigit, — javob berdi Navoiy jiddiy, — 
agar mamlakatda jabr-zulm benihoyat avj olmasa edi, 
ishqingiz qaro kiymas edi. Oila qo‘ynidan qizni 
o ‘g‘irlab, cho‘ri qilmoqqa kimning haddi b o ‘lur edi?! 
Modomiki, bizni yo‘qlab kelibsen, dardingga davo 
topmoqqa urinurmiz. Balki podshohga arz eturmiz. 
Chunki yor dilnavozing o ‘z jasoratida bir nim a ortiq- 
cha ish qilibdi. Zotan, bu yomon emas. Ishqda fido- 
korlik ulug‘ fazilat, yoringning qilmishi ishq, vijdon va 
aql oldida g‘oyat maqbul, shoyon taajjub ishdir. U 
T o ‘g‘onbek kabi qora maxluqlaming irodasiga sof, hur 
vijdonlar aslo itoat etmasliklarini g‘oyat go‘zal isbot 
etibdi. Ammo qonunan oqlamoq uchun bir oz o ‘yla- 
m oq kerak.
Arslonqul suyunib, hayajon bilan o ‘rnidan turdi, 
tashqari chiqmoqqa ijozat tiladi.
— Xo‘b, istirohat qil, senga ovqat bersinlar!
Yigit qorong‘ida otlar orasida turtinib, o ‘z jiyroni-
n i topdi. Silab-siypab xashakka q o‘ydi. Keyin har 
yerda gulxan yoqib, to ‘p-to‘p o ‘tirgan navkarlarning 
tungi hangomalariga aralashib ketdi. U lar bilan birga 
katta ishtaha bilan shovla, et yedi. Suyaklami baquv- 
vat tishlari bilan obdon mujidi. Vaqt alla-palla bo ‘lib, 
qarorgohda shovqin-suron tinganda, navkarlarning 
chodiriga kirib, choponiga o ‘raldi-da, uxladi.
Ertalab, nonushtadan keyin uzoq vaqt ot bilan 
ovora bo‘ldi — sug‘ordi, m o ‘l xashak soldi, qashlab 
supurdi. Choshgoh pallada uni Navoiy chaqirayot- 
ganini bildirdilar. Qadamlarini unda-m unda tashlab, 
ichki hayajon bilan chodirga kirdi. Navoiy xuddi 
kechagi joyida, ko ‘kim tir shohi choponga o ‘ralib 
o 'tirar edi. Yonida g‘ijjak va tanbur turardi.
— M uroding hosil b o ‘ldi, yigit! — quvonch bilan 
xabar berdi Navoiy.— M ana bu farm onni shamolday 
tez eltib, qal’a begiga topshirursen. Asirá yoringga tez 
qovush. Bizdan ham salom ayt!— keyingi so‘zlam i 
shoir ko‘zlarida toshgan samimiy tabassum bilan 
so‘zladi.
270


Arslonqul xatni jud a ehtiyot bilan q o ‘yniga joyladi. 
K o‘zlariga yosh to ‘lib, suyunchidan titrab, samimiy, 
sodda so‘zlar bilan shoirga m innatdorchilik bildirdi.
— Biz o‘z vazifamizni bajardik. Sizning quvonch- 
laringiz men uchun ulug‘ mukofotdir, — dedi Navoiy 
yigitni kuzatib.
Arslonqul otga yugurdi. Epchillik bilan egar-jab- 
duqni to ‘g‘riladi. M inish oldida, yo'lda otni boqish 
uchun yem to ‘g‘risida tashvishlandi. Pul oz qolgan. 
Navkarlar, otboqarlarga «otang yaxshi, onang yaxshi» 
qilib, bitta qopchaga arpa solib oldi-da, jiyronni 
dingillatib, shaxdam jo ‘nab qoldi.
n
Arslonqul H irotdan chiqqandan keyin Sultonmu- 
rod va Zayniddin yana ko‘proq m as’uliyat sezib, 
tashvishlari ortdi. Tun-kun quloqlari tikkaygan, ko‘n- 
gillari g ‘ash bo ‘ldi. Arslonqulning sheriklari tun-kun 
zindon tevaragida, juvozkashning otiday, aylanib yur- 
dilar. Amaldorlaming so‘ziga, va’dasiga qattiq ishonib 
b o ‘lmas edi. U chinchi kundan boshlab hayajon va 
tahlika kuchaydi. H irotda har xil mish-mishlar tar- 
qaldi: «Qochqin ch o ‘rini og‘zidanmi, yo boshqa joyi- 
dan dam qo‘yib shishirar emishlar! Dorga osib, terisi- 
ni shilar emishlar! Yotqizib, qoq belidan g ‘o ‘laday 
arralarmishlar!» — bir-biridan vahim qiynoqlar to ‘g‘ri- 
sida so‘zlaydilar. Bularga sovuqqonlik bilan qaram oq 
jinoyat bo‘lar edi. Chunki bu mish-mishlar orasida 
T o ‘g‘onbekning qonli, qora ko ‘lankasi ko ‘rinar edi.
Zayniddin, T o ‘g‘onbek qoshiga borib, uni insofga 
chaqirishga do ‘stini qistadi. Sultonm urod bu taklifni 
eshitgusi ham kelmadi.
— Q o ‘y, do‘stim, betini k o ‘rm oqqa toqatim yo‘q. 
Uning quloqlari, go ‘yo q o ‘rg‘oshin quyilganday, 
haqiqat so‘zlariga tam om kardir.
— Bilamen, o ‘zim ham undan nafrat qilamen, — 
dedi Zayniddin. — Ne qilaylikki, zaruriyat... Unga 
m urojaat etmoqqa, hatto yalinmoqqa majburmiz. Sen 
unga bor, eski tanishlikni o‘rtaga sol. Xotirimdadirki,
271


bir vaqtlar seni hurm at qilar edi. Esingdami, nima 
derdi: «Sultonmurod podshohlardan ham afzal. Chun- 
ki olamning xazinasi uning boshiga jamlangan...» 
Shunday demasmidi?
— U vaqtlarda rasvo, razil bir qochqin edi. Endi 
qara!— Sultonmurod ko‘zlarini ko‘kka m a’nodor tikdi.
— Bilasenmi, Navoiyning yaxshi bir bayti bor, 
m a’nosi shunday: «Yomonlardan yaxshilik kutmoq 
hayvon shoxida gui unmagini orzu qilmoq bilan baro- 
bardir!»
Zayniddin ortiq qistamadi. Hirotning yuqori doira- 
lariga yaqin bo ‘lgan b a ’zi tanishlari bilan uchrashm oq 
uchun ketdi. H ar yerda qo‘rqinchli mish-mishlar eshit- 
di. Yana Sultonm urod qoshiga keldi.
— Xadichabegim Dildom ing harakatidan g‘oyat 
qahrlangan emish, — dedi u hafalanib.
— Demakki, ish yom on, — rangi o ‘chib shivirladi 
Sultonmurod. — U ayolning yuziga toshgan bulut 
b o ‘ron va chaqmoqsiz o ‘tmaydi!
Zayniddin boshi bilan tasdiqladi. Sultonmurod 
«uh» tortib, indam asdan bir yoqqa ildam jo ‘nadi. 
Shahaming shimolida, eski shahzodalardan qolgan 
chiroyli bir qasming eshigi oldida olim ni ikki navkar 
qarshiladi:
— Xizmat?
— To‘g ‘onbek janoblariga xabar beringiz, Sulton­
m urod uchrashm oqni orzu qilur.
N avkarlam ing biri, yoqinqiramagandek, imirsi- 
lanib, ichkariga kirib ketdi-da, ko ‘p o ‘tm asdan, paydo 
b o ‘ldi, boshi bilan imladi. Sultonm urod katta bog‘ 
orqali o ‘tib, qator serhasham uylaming qay biriga 
kirishini bilmasdan, ancha ovora bo‘ldi: «Ey buzug‘ 
falak! Baxt ko ‘r b o ‘lmasa edi, shu eshakning boshiga 
q o ‘nurmidi?» — o ‘yladi ichida u. Keyin qulog‘iga 
halqa osgan bir qulning ko ‘rsatishi bilan qalin sarv- 
zorlar orasidagi yo‘lning boshida, m arm ar zinali, 
ayrim, katta xonaga kirdi. Bu uy qim m atbaho jihoz- 
larga juda boy edi, qalin ko ‘rpachalarda T o‘g‘onbek 
bilan mavlono Shahobiddin, yana kekkaygan bir
272


necha mansabdorlar o ‘tirardi. Aloiddin M ashhadiy 
yarim yumuq ko ‘zlariga qog‘ozni yaqin tutib, T o ‘g‘on- 
bekni kuldirish uchun yozgan hajvlarini o ‘qib turardi. 
Sultonmurodni T o ‘g‘onbek ochiq yuz bilan qabul 
qildi. Yangi m ehm onni ko ‘rib hurpaygan shoirning 
yana bir hajvini eshitib, gavdasini silkib qattiq kuldi. 
Keyin u o ‘zini go‘yo yurtning homiysi, hayotning har 
tom oni bilan qiziqqan, bilim don bir sarkarda kabi 
tutishga tirishib, madrasalar ahvolidan so‘z ochdi. 
Sultonmurod nozik kinoyaviy tabassum bilan b a’zi 
m a’lum otlar berdi-da, o ‘zining nim a m aqsad bilan 
kelganini aytdi. T o ‘g‘onbek iyagidagi qizg‘ish, siyrak 
dag‘al soqolini qashib, sukut etdi. Keyin yaxday 
sovuq, sun’iy «qih-qih» qilib kuldi.
— U qochqin ch o ‘riga homiylik qilib netasiz? — 
dedi u qoshlarini kinoya bilan kerib. — Uylan- 
moqchimisiz? Q o‘ying, m en sizga ko‘kragi handalak- 
day dirkillagan suluv qizni topib beramen.
— Bek, m en sizning huzuringizga uylanish 
qayg‘usida kelmadim, — g‘azabdan qichqirib gapirdi 
Sultonmurod. — M en hozir o ‘zgalaming baxti va 
sevgisi uchun g ‘am xo‘rlik qilurmen. Kishilam i baxtli 
k o ‘rmakning o ‘zi ham baxtdir.
Tug‘onbek yostiqqa yonboshlab, oltin halli shipga 
qaradi. Aloiddin M ashhadiy, mavlono Shahobiddin- 
dan o ‘zga m ansabdorlar T o ‘g ‘onbekning olimga 
aytgan so‘zlaridan o ‘ng‘aysizlanib, yerga qarashdi. 
M avlono Shahobiddin bangilamikidek sariq, qon- 
siz yuzini bosgan ochiq kinoya va noxushlik bilan 
dedi:
— Yurtning ulug‘lari bor. Ishni ularga q o ‘yib 
berm oq kerak. Bizda birovdan jinoyat sodir b o ‘ldimi, 
darrov oqlovchilar, adolat haqida lof uruvchilar paydo 
b o ‘ladi.
— T o ‘g‘ri, yurtning ulug‘lari bor, — dedi Sulton­
m urod asabiylanib, — lekin zulm ham zo‘r, o ‘zbo- 
shimchalik ham z o ‘r. Davlatda oliy poyaga m inganlar 
ichida johillar ham bor. Biz haqiqat yuziga tushgan 
qora dog‘ni shilmoq niyatida kelgan edik.
273


— Birodar, — qaddini rostlab, yumshoq gapirishga 
tirishdi T o ‘g ‘onbek, — jinoyatchiga jazo berm oqni 
xudo ham, payg‘ambar ham buyuradi. M asalani 
shayxul-islom hal qilur.
— Qizga hech kim jinoyat ag‘dara bilmas. Sof, asil 
ruhli jasur qizga lutf, m arham at ko‘rsatmoq lozim!
— Barakallo! Bu gaplar qaysi kitobdan? — xitob 
qildi Shahobiddin.
— Haqiqiy kitoblaming barchasida bu m azm un 
bordir! — javob berdi Sultonmurod.
— M en sizga o ‘gut o'rgatgudek bilgich emas- 
m en, — gapirdi qovog‘ini solib T o ‘g‘onbek. — Biroq, 
shu narsa muhaqqaqki, qorani oqlam oq hech bir pod- 
shohning yosa'siga sig‘maydi!
S ultonm urod kelganiga afsuslandi. G ‘azabini 
b azo ‘r bosib, o ‘yladi: qizni Mirzo Yodgor zamonida 
kim tom onidan olib qochilgani haqida til tegizmakni 
m o ‘ljalladi. Lekin, T o‘g‘onbekni quturtirishning oqi- 
bati qalay b o ‘lar ekan, deb ikkilanib qoldi. Shu vaqt- 
da bir to ‘da mast, olifta yigitlar va H irotning m ashhur 
qimorbozlari kirib keldi. Sultonm urod til uchi-da 
sovuqqina xayrlashib, eshikka otildi. Hayajondan, 
bog‘chada tekis yo‘lni qo ‘yib, daraxtlar orasida, bilqil- 
lam a nam yerda, kafshini loyga botirib yugurarkan, 
orqadan tovush eshitdi: «Mavlono Sultonmurod!» 
Olim qayrildi. Uy zinasida To‘g‘onbekni ko‘rib, qaytdi.
— D o ‘stim, bizdan ko‘nglingiz qoldi-a? — iljaydi 
T o ‘g ‘onbek.
— M en sizni fazilatga da’vat qilgan edim, afsus!
— M en xalq oldida sizning iltimosingizga shunday 
javob berm oqqa majbur bo ‘ldim. Tushundingizmi? 
G archi bu ishga mening daxlim yo‘q bo ‘lsa ham, 
so‘zingizni yerda qoldirmaslikka tirishurmen.
Sultonm urod ko‘zlarini katta ochib, endi ochiq 
yuzli To‘g‘onbekka tikildi.
— K o‘nglingiz tinch bo ‘lsin! — ishontirib so‘yladi 
T o ‘g ‘onbek.
Q o n u n m a 'n o sid a .
274


Sultonm urod tashakkur bildirib, xayrlashdi-da, 
suyunib, madrasaga keldi. Hujrada Zayniddinni aw al- 
gidan ham g ‘amgin k o ‘rdi.
— Xotiring jam b o ‘lsin, do ‘stim, baloning oldini 
oldik.
— Haqiqatmi? — ishonqiram ay so‘radi Zayniddin.
Sultonmurod bem alol o ‘tirib, orada o ‘tgan ham m a
gapni aytib berdi. Dastlab allaqanday gum onlarga bor- 
gan Zayniddin, keyin — ayniqsa Sultonm urodning 
ishonch ta ’siri bilan — taskin topdi. Bu oqshom ular 
h atto A rslonqulning qurolli sheriklarini tarqatib 
yuborib, tinch uxlashdi.
Ertasi qiyom chog‘ida ikki do ‘st ko ‘chaga chiqish- 
di. Sahhoblik rastasiga kirib, yangi kitoblar bilan ta- 
nishishdi. Bu yerda ham m a vaqt uchraydigan b a’zi 
olimlar, shoirlar, xattotlar bilan gaplashib, turli mav- 
zularda suhbatlashishdi, talashishdi. Keyin o ‘zlarining 
bir necha kundan buyon o ‘rganib qolgan joylariga, 
Ixtiyoriddin q a l’asi tom onga beixtiyor borishdi. 
Atrofiga qalin odam to ‘plab, qiziq latifalar bilan ham- 
m ani qah-qah kuldirayotgan mashliur devona — 
mavlono Darvesh Shamrezni bir oz tinglashdi. So‘ng 
kabobpazning d o ‘koniga kirib, ovqatlanib, o ‘tgan-ket- 
ganni tomosha qilib o ‘tirishdi. Zayniddin o ‘tkinchilar- 
dan — otliq, piyoda, yosh-qari bir ko‘p qiziq shaxs- 
lam ing tarixlarini so‘zlab, har vaqtdagi kabi, d o ‘stini 
zeriktirmaslikka tirishdi...
U lar peshin nam ozini shu yerdagi masjidda ado 
etib chiqqanlarida, uzoqda qalin olom onni k o ‘rdilar. 
Gum onsirab bir-birlariga qaradilar-da, u tom on yugur- 
dilar: qorovulxona eshigida T o‘g‘onbek qaqqaygan... 
«Nima gap?» — rangi o ‘chib, Zayniddinga qaradi 
Sultonmurod. U jahl bilan labini burib, k o ‘zdan 
yo‘qoldi. Bir necha daqiqadan so‘ng qaytib, Sulton­
m urodning qo‘lini turtdi-da chetga imladi.
— Bilasenmi, — dedi u labi-labiga tegmay, — ish 
tam om ... T o ‘g‘onbek Muzaffar Mirzo nom idan far- 
m on yozib, uning yigitlariga topshiribdi. H ozir hukm- 
ni ijro qilarmishlar.
275


Sultonm urod shaq-shaq titrab ketdi: «Ha, it 
T o ‘g‘on, g‘aflatda qoldirding bizni!» dedi-da, pesho- 
nasiga urdi. So‘ng, birdan g‘azabli hayajondan o ‘zini 
yo‘qotgandek, T o‘g‘onbek tomonga otildi. Zayniddin 
uni chaqqonlik bilan quchoqlab oldi.
— D o‘stim, esingni yedingmi? Endigi harakat 
befoyda! — dedi u orqaga surib.
— Tangri haqqi, meni qo ‘yib yubor! — qichqirdi 
Sultonmurod. — U itning basharasiga butun xaloyiq 
oldida bir tarsaki uray! Mayli, qo‘lidan kelsa, meni 
ham dorga ossin!
— Behuda gaplam i qo‘y! — yalindi Zayniddin. Bir 
kun undan o ‘xshatib o ‘chimizni olurmiz.
Odam borgan sari qalinlashdi. Наг kim o ‘z bil- 
ganicha, to ‘qib-bichadi: osarmishlar, kesarmishlar! 
K o‘plar achinadi: «Gunohi nim a ekan? Bechora qiz 
qafasdan qutulm oqchi b o ‘libdi, xolos!»
To‘g ‘onbek ichkari kirib ketdi. Posbonlar ko‘paydi. 
Muzaffar M irzoning xos yigitlari paydo bo‘ldi. Ular 
dahshat bilan qichqirib, urib, odam larni chetga sura 
boshladilar.
— N im a qilmoq kerak? U bizni ahm oq qilib m a’- 
sum qizni ko ‘z oldimizda qurbon etadimi? Bu qanday 
razolat? — qichqirdi Sultonmurod.
— Vaqt yo‘q, shu choqda kimga borib arz eta- 
sen? T o ‘g‘onbekdan yordam so‘raymizmi? Qasos 
uchun bukun-erta T o ‘g‘onbekning kallasini oldirur- 
men!
Navkarlar odamlarni surib, qonli ish uchun joy 
hozirlay boshladilar. Jallodning ham m anhus siymosi 
ko ‘rinib qoldi.
— Arslonqul! — qattiq qichqirdi Sultonm urod va 
uzoqda yelib kelayotgan jiyron otga yugurdi.
— Tinchlikmi? — otni to ‘xtatm asdan so‘radi 
baqirib Arslonqul.
— Tinch... Siz ne keltirdingiz? T o‘xta!
Arslonqul otdan sakradi. Q o ‘ltig‘idan qog‘ozni chi-
qarib, Sultonmurodga tutqizdi: «Qal’a begiga!» Sul- 
tonm urodning yelkasi orqali Zayniddin ham qog‘ozga
276


tikildi. So‘ng uchovlari oldin-ketin qal’a boshlig‘iga 
chopishdi.
Sultonmurod keng yelkali, ko‘zlari allaqanday 
harakatsiz, shop m o'ylov yigitga qog‘ozni ochiq viqor 
va g‘urur bilan topshirdi. Q al’a begi yo‘g ‘on, dag‘al 
barmoqlari bilan qog‘ozni ochib, qimir etm ay tikilib 
qoldi. Nihoyat, qichqirib gapirdi:
— 0 ‘limdan ham , zindondan ham qutuldi! — 
keyin navkarlarga buyurdi. — Olib chiqinglar!
— Ayt, bu bitik nima? Kimdan u? — qal’a begiga 
yaqinlashib, g'uldiradi T o ‘g ‘onbek.
— Alisher Navoiydan... M ana, ham m a beklam ing 
muhri bosilgan. Itoat qilamen! — sovuq javob berdi 
qal’a begi.
— Haqiqat ham isha ustun, u hamisha g ‘olib chi- 
qur!— keskin ravishda gapirdi T o‘g‘onbekka Sulton­
murod.
T o ‘g‘onbekning yuzi jahl va g‘azabdan allaqanday 
yom on tirishdi. B o‘rkini qo‘liga olib, indam asdan 
lapanglab chiqib ketdi.
Navkarlar oyoq-qo‘llari zanjirband D ildom i olib 
kirdilar. Uning yuzi xastalamikiday sarg'aygan, faqat 
jasur boqqan ko'zlarigina jovdirar, yonar edi. U, 
majolsizlangandek, devorga suyaldi. Arslonqul yugurib 
borib, uning peshonasini siladida, darrov zanjirlam i 
yecha boshladi.
— M eni qayerga olib boradilar? Siz nim a qilib 
yuribsiz bu yerda? — parishon so‘radi Dildor.
— Qutulding, jonim , butunlay qutulding! Dadil 
bo ‘l!— yig‘lamsiragan tovush bilan mayin dedi Arslon­
qul.
— Ishonish qiyin, rostmi? — ko‘zlarini katta 
ochib, go‘yo savoliga ham m adan javob olm oqchidek, 
atrofdagilarga bir-bir qaradi Dildor.
T o ‘rt-besh qadam narida turgan Sultonm urod 
hayajonli edi. U, D ildom ing betiga qarashga botinol- 
magan kabi, boshini quyi solgan edi.
Ular ko‘chaga chiqqanda, olomon suyunch va 
suron bilan qarshiladi. K im dir qattiq qichqir-
277


di: «M arvdan Navoiy H irotdagi baloga changal 
soldi!»
— T o‘g ‘ri!
— U mrlari uzun b o ‘lsin! — gurilladi olomon.
O lom ondan uzoqlashgach, A rslonqul to ‘xtab,
d o ‘stlarini uyga taklif etdi. Sultonmurod charchagan- 
ligini bahona qildi-da, uzr tiladi va ular bilan birga 
borishni Zayniddindan o‘tindi. D o ‘sti rozi bo‘ldi. 
D ildor Sultonmurodga tikilib-tikilib qaradi, ko‘ziga 
tanish, qayerdadir ko ‘rgan, lekin xotirlay olmaydi...
— Siz ham biz bilan birga bo ‘lingiz, quvonch- 
li bu... — dedi u va uyalgansimon kulib, yerga qa­
radi.
— Rahm at, singlim, — titrab gapirdi Sultonmu­
rod, — to ‘ylaringga borurmen... Baxtlaring quyosh- 
dek porloq bo‘lsin, xayr!
Sultonmurod, go‘yo suyunch qanotida uchayotgan 
d o ‘stlarini xayolchan ko‘zlari bilan ancha joygacha 
kuzatib, so‘ng asta yurib, hujrasiga keldi. Yuragida 
b o ‘ronlar sekin-sekin tindi. M uhabbat bilan to ‘la ikki 
yurakning qovushmog‘i, baxti, nash’asi, bulutdan 
so‘ng chiqqan quyoshdek, olimning butun m a’na- 
viyotini, ichini yoritib yubordi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin