Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Yigirma birinchi bob
I
Qiyom chog‘i edi. Yarqiroq, uzun, keng shohi to ‘n 
kiygan va kattagina oppoq sallani bukun, nim a 
uchundir, qunt bilan o ‘ragan Sultonmurod “ Ixlosiya” 
m adrasasidan chiqdi-da, Injil yoqasida quyoshda 
c h o ‘milgan go‘zal, ko‘rkam , xushhavo bog‘ larda har 
kungidek keza boshladi. Tangadek quyosh tushm agan, 
toza, salqin yo‘llarda olim o ‘z fikrlariga berilishni 
sevardi. Ariqlarda suvlar bog‘lardan gulzorlarga, gul- 
zorlardan xiyobonlarga o ‘tib, sharqirab, sho‘x oqardi. 
Sarvzorlarda kim dir hazin nay chaladi. 0 'q tin -o ‘qtin 
naq bosh ustida, quyuq barglar orasida qush sadosi
283


yangrab ketadi. Xiyobonda qandaydir musofir darvesh 
X o‘ja Hofiz Sheroziyning bir g‘azalini g‘oyat ta ’sirli 
o ‘qimoqda...
Sultonm urod ancha vaqt kezib, katta yo‘lga chiqar- 
kan, uzoqdan eshagini yetaklab, yo‘lni adashtirgan- 
dek, har yoqqa alanglagan kishini ko‘rdi. Uning 
harakatlari, butun siymosi tanish tuyuldi. Nariroq 
borib, diqqat bilan tikildi: shoir mavlono Binoiy. Tez- 
tez yurib, u bilan quyuq ko‘rishdi.
— Safardan qachon qaytdilar? — so‘radi Sulton- 
murod.
— Bukun qaytdim, — javob berdi eshagiga suyalib 
mavlono Binoiy va quyoshda mavjlangan yashil 
bog‘larga tikilib dedi: — Hov, biz bilgan xaroba Injil 
sohillari qani?
— Navoiy janoblarining qo'llari taqir yerlardan 
chamanlar yaratadi!— dedi Sultonmurod so‘zni chertib.
— Bu g‘oyat xushhavo, latif manzil bo ‘libdi, — 
dedi Binoiy oftobda qoraygan kichkina yuzidagi dag‘al 
soqollarini qashib. — Ammo Navoiyning «Xamsa»si 
bunday latif bo ‘lmasa kerak!
— Nega?— istehzo bilan kulib so‘radi Sultonmurod.
— She’rning onasi — til. 0 ‘zbeklaming tilida na 
rang, na ohang bor. Bu ikki nimarsasiz she’r yaratmoq 
imkonsizdir.
— Xato qilursiz, Binoiy! — jiddiy gapirdi Sulton­
m urod. B inoiyni soyaga tortib. — N avoiyning 
«Xamsa»si she’rning mislsiz go‘zal asari bo ‘lib chiqdi. 
Endi forsiyparastlar abadiy gung b o ‘lishga majburlar. 
Bizning tilimiz Navoiyning sozida shunday ulug‘ qud- 
rat va m uazzam ohang bilan yangradiki, chin so‘zni 
aytsam, ham m am iz chuqur xayratda qoldik. Navoiy­
ning «Xamsa»si hozir yolg‘iz Xuroson va Turkiston- 
dagina emas, Hindistonda, Qofqozda, Chin-Mochin- 
da sayr etm oqdadir. U o ‘z sayohatida yetti iqlim yer- 
larini bosishga aslo shubha qilmaymen.
Mavlono Binoiy olimga zim dan xo‘mrayib qaradi. 
Kirgina olacha yaktagining etagi bilan yuzidan terini 
artdi.
284


— Navoiy janoblarining uylariga bizni boshlarmi- 
siz? — eshagini ch o ‘p bilan urib yurgizdi Binoiy.
— M arham at qiling, yaqin, — yo‘l boshladi Sul- 
tonm urod.
Y o‘lda so‘z yana «Xamsa»ga ko‘chdi. Sulton- 
m urod «Xamsa»ni shavq va hayajon bilan m aqtadi. 
Jomiyning Navoiy «Xamsa»sini maqtagan go'zal mis- 
ralarini o ‘qib berdi. Binoiy noiloj hazilga o ‘tdi. Lekin 
bunda ham Sultonm urod bo ‘sh kelmadi. U ning 
so‘zlari tikanini fikming tig‘i bilan kesib, to'm toqladi. 
Shunday qilib, ular «Unsiya»ga yetganlarini sezmay 
qoldilar.
Navoiy «Unsiya»dagi ko ‘p xonalam ing birida — 
katta, salqin chorxari uyda, qariyb har vaqt birga 
b o ‘ladigan do ‘stlari, yaqinlari bilan bosh yalang shat- 
ranj o'ynab o ‘tirar edi. M avlono Binoiy kirishi bilan 
o'rn id an turdi-da, d o ‘stona ko‘rishib, o ‘z yoniga 
o ‘tqizdi. U zoq safardan qaytgan shoiming holini, 
kayfini so‘radi. K o‘p o ‘tm asdan, dasturxon yoyildi. 
Gangir-gungur suhbat boshlandi. Mavlono Binoiy o ‘z 
sayohatidan oigan taassurotlarini juda maroqli ravish- 
da aytib berdi. Bir necha qo ‘pol latifalar so‘zlab, 
majlisni yaxshi kuldirdi. G ap orasida Navoiy unga 
m urojaat qilib, dedi:
— Iroqda, Yaqubbekning qoshida bo ‘libsiz. Uning 
fazilatlaridan so‘zlang bizga.
— Yaqubbekning bir yaxshi fazilati shundaki, dedi 
Binoiy ayyor tabassum bilan, — u hech vaqt og‘ziga 
turkiy so‘zni olmas ekan!
Majlis birdan sovuq sukutga botdi. Shoirlardan 
Shayxim Suhayliy, Hiloliy, Hofiz Yoriy, Pir M uam- 
moiy va boshqalar iztirob bilan qisilib, yerga qaradilar. 
Sohib D oro g‘azabiga chidolmasdan, eshikka chiqib 
ketdi. Yolg'iz ikki kishi beparvo qoldi: Binoiy bemalol 
ovqatni tushirardi; Navoiyda o ‘z kuchiga, o ‘z haqi- 
qatiga ishongan kishining q at’iy sokinligi barq urardi.
— Bizning tilimiz gavhardir, — dedi Navoiy ta ’kid- 
lovchi bir ohang bilan. — Yaqubbek gavharni najosat- 
ga otmas, albatta.
285


Mavlono Binoiyning ko‘zlari allanechuk olayib 
ketdi. U o ‘zining najosat bilan tenglanishini kutmagan 
edi. 0 ‘ch olish uchun yana qo ‘pol hazillar yog‘dirdi. 
Keyin jiddiy bahslashuvga tirishib ko‘rdi. Lekin fors 
tilining go‘zalligi, ustunligi haqidagi uning butun dalil- 
lari, isbotlari, urinishlari Navoiy mantiqining mus- 
tahkam toshlariga urilib, qumday sochilib ketar edi.
Sultonmurod og‘ir — vosi’ so‘yladi. Tillaming 
umumiy tarixini, o‘zgarishlarini, mazm unini vuquf 
bilan gapirdi. Arabcha, forscha, hindcha, o ‘zbekcha 
va boshqa tillaming ayrim m a’xazlariga turli-turli mi- 
sollar keltirdi. Tillaming ohanglariga tushib, Sulton­
murod yorqin va chuqur m a’noga ega b o ‘lgan gaplar 
so‘yladi va natijada Binoiyga e ’tiroz qildi. U ni majlis 
tasdiqladi.
— Barakalla, rahm at,— dedi Binoiy qulluq qilib, — 
zavq bilan eshitdim, pishiq narsalar aytdingiz. Lekin 
masala o ‘zi nimada? Nimaga chor bozorga solasizlar? 
M en o ‘lib ketdim-ku...
Ammo do ‘ng‘illab Sohib D oro kirib keldi va 
Binoiyga qarab dedi:
— Bas-e! G ap bitdi, qani, tanbum i eshitaylik!
— H azilni bilmagan kal fozil! — dedi Binoiy. — 
Sen o ‘tir yoki jo ‘na: qayoqqa — ola toqqa!
Majlis bir oz kuldi, Sohib D oro qizarib bir chek- 
kaga o ‘tirdi.
— Belgulikki, mening tabiatim da bir oz mazaxga, 
hazilga tom on moyillik bor, — dedi Binoiy. — Hazil 
qilish m um kin emasmi? Holbuki, piching, hazil, lati- 
fa, askiya — tirik, xushbo‘y narsadir. Aksari shoirlar 
mazaxga, hazilga va shuning kabi narsalarga juda 
o ‘ch. M a’nodor hazil, latifa va hokazo — yorqin bir 
guldurki, hidlasang, maza qilasan. Alisher janoblariga 
unda-munda bir ozgina tikan tashlash mening oda- 
timdir. Janob Navoiy meni uzib-uzib oladiki, chidab 
yotolmaymen, toqatim toq b o ‘lur... Ammo piching va 
hazil gaplar o ‘tadi-ketadi, suv kabi. Lekin odamgarchi- 
lik va mehr-shafqat lozimligi unutilm as narsadir.
Butun majlis yengillik sezdi. Sohib D oro va bosh-
286


qalar zavqlanib: «Yomg‘ir tom di — yo‘q bo ‘ldi!» dedi- 
lar.
— Ehe, qayoqqa qochish kerak, — dedi Binoiy, — 
hazilni, kulguni m ahv etsak!
Navoiy kulib dedi:
— E tavba, xalq bor, biz bor, siz bor, hazil davom 
etur! Lekin e ’tirozlar, ehtiroslar, tortishuvlar hech 
vaqt biron janjalga aylangan emas: ora-sira ranjish, 
ehtim ol, bo‘lgandir.
Navoiy va Binoiy do‘st edilar. Lekin yangi meh- 
m on kelishi bilan mubohasa birdan kesildi. Bu — ras- 
som Behzod edi. Iste’dodi um um tom onidan favqu- 
lodda baland taqdirlangan, um um iy sevgiga sazovor 
bo ‘lgan dongdor sa n ’atkor endi soqol-mo‘ylabli, yetil- 
gan er edi. Butun majlis uni samimiy quvonch bilan 
qarshi oldi. Navoiy uni yuqoriga o ‘tqazib, nodir 
mehribonchilik k o ‘rsatishga tirishdi. Behzod katta juz- 
donini ochib, bir rasm chiqardi-da, tavoze va kamtar- 
lik bilan Navoiyga taqdim etdi:
— Shogirdingizning kichkina bir asarini qabul etib, 
uni baxtiyor qilursiz, — dedi rassom nazokat va hur- 
m at bilan egilib.
Bu rasm N avoiy qurdirayotgan binolardan bir 
ko‘rinish edi. Navoiy hayajon bilan berilib rasmga ti- 
kildi: madrasa qurilishida ishning qaynoq payti butun 
jonliligi bilan ko‘z oldingda yashnaydi. Ustaboshilar, 
toshchilar, mardikorlar, aravalar va filiar, tanish siy- 
molarning o ‘zlariga xos tu r va harakatlari — hamm asi 
bir yaproq qog‘ozda yaqqol, to ‘g‘ri, go‘zal naqsh etil- 
gan. Navoiy benihoyat quvonganini bildirib, tashakkur 
aytdi. H am m a boshlar rasm ustiga yopirildi.
M ehm onlar kechga tom on tarqalishdi. Alisher 
Binoiyni olib qoldi. Quyosh ufqda alangada edi. 
«Unsiya» ajoyib edi. Bir nafas kezgali chiqdilar.
— Bog‘ chindan go‘zal!— atrofga qarab dedi Bi­
noiy. — Chiroyli manzara! Anav unda — gird, anav — 
ot bozori.
— Anav yoqda, ko‘rdingizmi, suv? — uzoqqa 
qarab dedi Navoiy. — Bu suvni ustalik bilan mirob-
287


larimiz sekin-sekin keltirdilar. Suv — serob, xalq icha- 
di, sug‘oradi...
Binoiy «Unsiya»ga, suvning kelishiga va um um an 
inshootlarga hayron qoldi. Navoiy chapga burildi. 
Binoiy ikkisi yonma-yon borar edilar.
Tovuslar yoniga chiqib, birpas hangomalashib ke- 
tishdi. Bog‘aro aylanib-aylanib, shaftolizorga kirishdi.
— M arham at, xonaga kiring! — qo‘lini ko‘tardi 
Navoiy. — Ilhom manbai va xushhavo!..
Binoiy bir uy va ayvon qarshisiga chiqib qoldi:
— Oh, shiringina joy! — uyga va shaftolizorga sevgi 
bilan qarab dedi Binoiy. — Tashakkur! Endi men 
g ‘azallarga kirishay...
Navoiy ko‘k maysadan asta ketdi.
n
M ajididdin parvonachi har kun ertalab Bog‘i 
Jahon oroga kelar, dastlabki yumushi saroydagi o ‘zi- 
ning «quloq»laridan yangi voqealar, g‘iybatlar, fitnalar 
haqida m a’lum ot olishdan iborat b o ‘lardi. Bukun u 
saroy makkorlarining oqsoqoli hisoblangan Pir Hoji 
Bakovulni uchratdi. U Navoiy tarafdorlari deb nom
oigan b a’zi mansabdorlar to ‘g ‘risida podshoh xususiy 
bir majlisida shikoyatlanganini, go‘yo tasodifan topil- 
gan bir xazinadan darak bergan kabi, sirli ovoz bilan 
shivirladi. M ajididdin unga yangi topshiriq berib, oliy 
devon to m o n qayrildi.
Devonda uni, har kungidek, ikki m uhim vazir — 
X o ‘ja Afzal va Nizom ulm ulk qarshiladi. Bu ikki 
vazim ing k o ‘ksilarida bir-birlariga nisbatan g ‘azab va 
nafrat bir o n b o ‘lsin tinmasa-da, lekin ular muomala- 
da qadrdonlardek edilar. M ajididdin ulam ing har 
ikkovini ham yom on ko‘rardi. X o‘ja Afzalni Navoiy- 
ning o ‘ng q o ‘li, deb hisoblar, Nizom ulm ulkni esa har 
o n uni chaqm oqqa hozir turgan ilon, deb, bilardi.
Rasmiy t a ’zim va salom dan so‘ng, suv bilan olov- 
day dushm anlar, so‘zlasha boshladilar. U lam ing so‘z- 
lari, har vaqtdagi singari, ilk totishda shiringina 
tuyulib, taxiri so‘ngroq bilinadigan doriday edi.
288


Husayn Boyqaro kirib, qalin zar to ‘shakka o ‘tirdi. 
Uning ko‘zlarida, ertaroq qarimsigan yuzining chi- 
ziqlarida ifrot ichkilik bilan uyqusiz kechirilgan tun­
ning izlari ravshan ko ‘rinar edi. U viloyatlarga doir 
b a ’zi farmonlar yozishni parvonachiga buyurib, maz- 
m unini bir necha o g ‘iz chalkash-chulkash so‘z bilan 
aytib berdi. M ajididdin shu yerda yozmoqqa kirishdi. 
Husayn Boyqaro k o ‘zlarini horg‘in suzib, vazirlarga 
m urojaat etdi:
— Bizga ikki tum an oqcha hozirlangiz!
X o‘ja Afzal yalt etib, Nizomulmulkka qaradi. 
Sersavlat, serviqor vazir boshini quyi solib, sukut qildi. 
X o‘ja Afzal o ‘ng‘aysizlandi, qisildi. Xazinada mablag‘ 
kecha deyarli tugagan edi. Hasham at va dabdabaga 
berilgan saroy xazinani yutib turardi. Xo‘ja Afzal 
haqiqiy ahvolni bayon qilishga botinolmay, qizarib, 
sukut etmoqqa majbur b o ‘ldi.
— Ne sababdan tillaringiz qimirlamaydi? — har 
ikkala vazirga o ‘shshaydi Husayn Boyqaro.
X o‘ja Afzal talab qilingan miqdorda oqcha hozir- 
cha yo‘qligini, agar fursat berilsa, chora ko ‘rish 
mumkinligini so‘zladi. Husayn Boyqaroning tusi o ‘ch- 
di, ko ‘zlarida g‘azab yiltirab ketdi.
— Xuroson hukm dorining xazinasida ikki tum an 
oqcha topilmasin! — dedi u yuzini vazirlardan ters 
o ‘girib.
Devonni dahshatli, ezuvchi bir jimjitlik to ‘ldirdi. 
Parvonachi yozishdan to ‘xtab, g ‘olib x o ‘rozday 
b o ‘ynini cho‘zdi-da, podshohga m a’nodor boqdi, taas- 
suflangandek boshini asta, og‘ir tebratib qo‘ydi.
Vazirlar oqcha topishni endi va’da qilishga boti- 
nolmadilar. Endi qancha mablag1 tayyorla — behuda! 
Podshohning g‘azabi ostida o ‘tirish og‘ir edi. Vazirlar 
ruxsat tilab, aybdorlardek enkayib, ezilib, tashqari 
chiqdilar. M ajididdin yashnab-yonib ketdi, Husayn 
Boyqaro tadbirsiz boshliqlardan shikoyat qildi. 
Parvonachi ko‘p yillardan buyon ko‘ksida saqlab yur- 
gan orzulari uchun eng qulay fursat kelganligini angla- 
di. Podshohning keyingi vaqtlarda unga bo‘lgan alohi-
10-4733
289


da iltifoti uni jasoratlantirdi. M ajididdin kuyib-pishib 
o ‘z yuragidagi ginalarini bo ‘shata boshladi. Davlat ish- 
laridagi ham m a nuqsonlarni Navoiy va uning odam- 
lari ustiga ag‘dardi, yangi kamchiliklar to ‘qib chiqar- 
di. Navoiyning qurilish ishlari xazinani quritganini 
isbot qilmoqqa urindi. Podshoh diqqat bilan tinglar 
edi. Nihoyat, jang maydonida ahvol tang bo‘lgan payt- 
da o ‘z ishtiroki bilan m uqarrar zafar va’da etgan 
bahodim ing ishonich va g‘ururi bilan dedi:
— O lam panoh, davlatingizda xazinani aqlga 
sig‘mas bir darajada simu zar bilan to ‘ldirmoq 
mumkin... M en, masalan, ikki tum an emas, ikki ming 
tumanni bag‘oyat osonlik bilan yig‘ib bermoqqa va’da 
qila olurmen.
— Ishonm oq mumkinmi? — so‘radi podshoh 
yengillanib.
— Shubha qilmoqqa o ‘rin yo‘q, — javob berdi 
Majididdin qat’iy. — Ammo buning uchun, xoqonim, 
bu kamina qullariga davlatda tegishü mavqe, huquq va 
iqtidor bermoqlari shart.
Husayn Boyqaro qaddini rostlab, ko ‘zlarini bir nuq- 
taga tikdi. Oqara boshlagan soqolini silab, o ‘yga toldi.
U M ajididdinni o ‘zining eng ishonchli odamlari- 
dan hisoblar, uning idora ishlarida qobiliyatiga 
ishonardi ham. Xadichabegim ham ko‘pdan buyon 
har munosabat bilan uni m aqtar edi. M ajididdin ko‘p 
yillardan beri oliy mavqeiga intilganini, bir ko‘p 
beklar ham a ’yonlar uning tarafida ekanini yaxshi 
fahmlardi. Lekin parvonachi har vaqt Navoiyning 
siyosat, tadbirlariga ochiq va yashirin norozilik bayon 
qilishda davom etgani uchun davlatni boshqarishda 
uning ishtirokiga, mavqeiga chegara q o ‘yishga majbur 
b o ‘lgan edi. Endi ahvol boshqa. Navoiyga b o ‘lgan eski 
e ’tim od ko ‘pdan beri shubha va gum on bilan to ‘la. 
Navoiy uni jabr-zulmda ayblaydi. Uning mamlakatda- 
gi tadbir va siyosatini yoqtirmaydi. M amlakatning 
«gullari» b o ‘lgan oqsuyaklar, davlatm andlar bilan 
emas, qora xalq bilan hamnafas bo ‘lishga undaydi. 
U ning xato, nuqsonlarini barala fosh etadi. Shuning
290


uchun u Navoiyning dilida bir nim a bor, degan fikrga 
kelgan edi.
Ayniqsa, osonlik bilan ikki ming tum an oqcha to- 
pishga qat’iy va’d a bergan parvonachining siymosi 
uning nazarida ulg‘aydi. Lekin parvonachini hokimi- 
yat tepasiga keltirish qaroriga Navoiy, albatta, qarshi- 
lik ko‘rsatadi. N im a qilish kerak? H usayn Boyqaro 
horg‘in ko‘zlarini yumib o ‘yladi. K o‘pdan buyon 
uning qulog‘ini tinchitm agan bir ko‘p a ’yonlam ing, 
yuksak mansabdorlarning, hatto barios beklardan 
ba’zilarining talablarini qondirishga jazm etdi.
— M ajididdin M uham m ad, — m urojaat etdi u par- 
vonachiga, — siz saltanatda eng oliy poyani ishg‘ol 
etursiz. Ulug‘ vazifangiz uchun zarur choralarni shu 
ondan boshlab ko‘rm oqqa bel bog‘langiz.
Majididdin parvonachi qayta-qayta qulluq qilib, 
podshohning haqiga duo o ‘qidi.
Ertasi Husayn Boyqaro Navoiyni yo ‘qlatib, yolg‘iz 
qabul qildi.
— Janoblarini qoshimga chaqirishdan maqsad, — 
dedi Husayn Boyqaro sovuq va rasmiy tur bilan, — 
xotirimga kelgan b ir mulohazani bildirmoq edi. — Bir 
zum sukutdan so‘ng davom etdi u. — Janoblarini 
yangi bir vazifaga tayinlam oq fikriga keldim. Bu vazi- 
fani mumkin qadar tez va ham sidqidil bilan qabul qil- 
moqlariga ishonurm en.
— N e vazifa ekan? — so‘radi Navoiy noxush xa- 
bardan gum onsiragan bir turda.
— Biz sizni Astrobodga hokim qildik. Safarga tay- 
yorlanmoqlari kerak!
Q at’iyat bilan aytilgan va aslo kutilmagan bu xabar 
Navoiyga juda g‘alati ta ’sir qildi. K o‘zlariga qayg‘u 
cho‘kdi. Qoshlarining o ‘rtasidagi tugunchak qavardi. 
Podshohning bunday favqulodda qarorga kelishiga 
nima majbur qilganini o‘yladi.
— Bu qaroringizning asli m a’nosidan kam inani 
ogohlantiringiz. M en buning idrokidan ojizmen... — 
podshohga, go‘yo uning butun sirini uqib olmoqchi- 
day, diqqat bilan tikildi Navoiy.
291


Husayn Boyqaro dastaw al taraddudlanib, el-ulus- 
ning m anfaatini nazarda tutganini so‘zladi. Nihoyat, 
shoirni bu bilan qanoatlantirish m umkin b o ‘lma- 
ganidan, qandaydir o ‘zga maqsadlari borligi haqida 
ju d a tum anli, pardavor qilib ming‘illadi.
— Dilni ochm oq kerak edi,— dedi Navoiy isteh- 
zoli, titrak tabassum bilan. — Am m o m enga 
maqsadingiz, fonus ichidagi o ‘t kabi, ravshan ko‘rina- 
di. Siz meni poytaxtdan yiroqlatib, xato qilmasam, 
b a’zi zotlarga yo‘l ochm oq tilaysiz. Bilmadim, bu tad- 
bir qanchalik to ‘g‘ridir... Agar davlatga xayrli natija 
bersa, barchadan burun kam ina quvonur. Qo'rqam en- 
ki, noxush oqibatlarga eltmasa, deb...
Husayn Boyqaroning yuzi bir zum asabiy titrab 
ketdi. U o ‘ng‘aysizlandi. Chunki uning sirli parda osti- 
da silliqqina amalga oshirmoqchi bo ‘lgan tadbiri, 
sovun ko‘pigidek, bir zumdayoq yorilib ketdi. Husayn 
Boyqaro b a ’zi davlat arboblarining allaqanday xohish- 
lari ham xazinani to ‘ldirmoq uchun qandaydir o ‘zga 
choralar ko‘rish kerakligi haqida ishorat qildi.
— Baland him m atli, bahodir beklaringiz b o ‘lgani 
kabi, davlat daraxtining gullarini balo quyunidek 
sovurmoqchi bo ‘lgan maxluqlar ham yo‘q emas. 
U lam ing h ar biri shaharlarga, viloyatlarga ko ‘z tikur, 
dillari elga, davlatga sadoqat, muhabbat bilan emas, 
oltin-kumush dardi bilan og‘rigan. Kiyimlari, idish- 
tovoqlari oltin-kumush b o ‘lishiga qanoat qilmaydilar; 
etiklarining nag‘ali ham oltindan bo ‘lsa!.. Xazina dav­
lat uchun, badandagi qon kabi, zarurdir. Ammo, bir 
yoqdan, to ‘plam oq, ikkinchi yoqdan, sovurmoq bilan 
xazina tuzib bo ‘lmas. H otamtoylikni bilib qilmoq 
lozim. Yomg‘um i qurib qaqshagan boqqa emas, eltib 
toqqa quygan bulutni saxiy, deyilmas. D astaw al xazi­
nani el manfaati uchun to ‘kmak kerak. Ziroatni, hu- 
nar va san’atlami rivojlantirmoq, tijoratga e ’tibor ber- 
moq kerak. U vaqt, masalan, halol mehnat qilgan deh- 
qonning ombori hosilga to ‘lgani kabi, xazinangiz ham 
zarga to ‘lur. 0 ‘zga choralar bilan xazina boyitm oq 
oqilona harakat emasligi h ar kirn uchun ravshan.
292


Husayn Boyqaro sokin, lekin beparvo tingladi. 
Keyin, beli og‘riganday, ikki qo‘li bilan kam ar ustidan 
belini qisib, asta o ‘rnidan turdi. Navoiy ham qo‘z- 
g‘aldi.
— M en sizni Astrobodga yuborm oqni munosib 
ko‘rdim ,— dedi podshoh ovozini balandroq qo ‘yib. — 
H ar qanday bahona topsangiz ham , qarorim dan voz 
kechmasmen.
— Meni H irotdan quvmangiz, yolg‘iz qalam va 
daftarlarim bilan yashamoqqa ijozat beringiz. Hech 
qanday rasmiy vazifaga xohishim yo‘qligini hazratlari- 
ga ko‘p d a fa arz etgan edim. Shoyad unutm agan 
b o ‘lsalar...
— Hargiz iloji yo‘q! — boshini chayqab dedi H u­
sayn Boyqaro.
— X o‘b, m en har qanday jabr tog‘ini ko‘tarm oqqa 
hozirm en, — dedi Navoiy keskin va dadil, — lekin 
ichi qora zotlar yaxshi bilsinlarki, m en qayerda 
b o ‘lmayin, haqiqatni qo ‘riqlarmen.
Husayn Boyqaro bir m uddat jim qoldi. So‘ng, 
sovuqqina xayrlashib, yondosh xonaga o ‘tib ketdi. 
Navoiy hayajonlanib, dahlizga chiqdi. Sobiq navkari, 
bukungi eshik og‘a Boboali uni qarshiladi.
— Taqsir, qanday falokatlar ro ‘y bermoqda? — 
shivirlab dedi u g ‘amgin, umidsiz bir holda. — 
N ahotki M ajididdin parvonachidek m akkor odam 
mamlakatda hokim iyat jilovini qo ‘lga olsa va pod- 
shohdan so‘ng ham m am iz unga bo ‘yin egsak!
Navoiy qom atdor Boboalining keng yelkasiga 
qo‘lini qo‘ydi-da, mehribonchilik bilan unga tasalli 
berdi, maqsad yo‘lidan toymaslikni uqtirdi. Qirq 
ustunli ochiq zalga — ayvonga o ‘tdi. Bu yerda aksari 
uning ochiq va yashirin dushm anlaridan iborat bir 
guruh m ansabdorlar turardilar. Bir k o ‘plarining 
ko‘zlarida yangi yuqori poyalarga ko‘tarilish umidi 
ochiq jilvalanardi. Navoiy, har vaqtdagi kabi, sokin va 
dadil boqdi. Haqiqatga ishonchdan tug‘ilgan kuch 
uning siymosiga asi va m a’nodor bir tetiklik bag‘ishla- 
gandi. D ushm anlar allanechuk o ‘ng‘aysizlanib, soxta
293


tavoze ko‘rsatishga tirishdilar. Shoir ichdan nafratlan- 
di. M ana, xonalam ing biridan parvonachi lop etib 
chiqib qoldi. U katta sallali boshini kibr bilan orqaga 
tashlagan, o ‘shshaygan edi. Navoiyni ko‘rgan ham on 
o ‘ng‘aysizlanib, shuursiz ravishda vaziyatini o ‘zgartdi. 
Lekin istehzoli tabassum bilan uning yoniga keldi-da, 
o ‘zining g‘aflatga solib, dedi:
— Xoqonning huzurlarida muhim kengash bor, 
ishtirok etmaydilarmi?
— Yo'q, — javob berdi Navoiy.
— Zoti oliylarining kayflari qalay?
— K o‘nglim ham isha kayfchog‘liqqa moyil... 
Am m o xursandligim hozir avjiga chiqdi.
— Sabab? — M ajididdin bo ‘shashgan ovoz bilan 
so‘radi va yalt etib, do ‘stlariga qarab qo‘ydi.
N avoiy unga kulim sirab, qoshlarini kinoyali 
chim irib qaradi. Uning xotiriga bir shoiming bayti 
keldi:

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin