Asr oshgan asarlar


Gar turo dar bihisht jo boshad



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Gar turo dar bihisht jo boshad,
Digaron do ‘zax ixtiyor kunand'.
Lekin Navoiy ichida o ‘ylaganini boshqacharoq 
qilib aytdi:
— Xursandligim shu vajhdanki, bu yerda b a ’zi 
nobop zotlaming basharalarini ko'rm ak qayg'usidan 
tangrim m eni tez kunda qutqarur!
M ajididdinning rangi oqardi, u besaranjom, ojiz 
dovdiragan ko‘zlarini qayoqqa yashirishni bilmay 
qoldi. Uning do ‘stlari ham «churq» etmay, orqaga 
chekinishdi. Navoiy vazminlik bilan zinapoyaga qa- 
dam tashladi.
Shoir uyga kelgach, uni bir to ‘da miroblar, ish- 
boshilar, m ulozim lar qurshab oldilar. U lar Chashmai 
M ohiyon bilan M ashhad o ‘rtasidagi taqir yerlarga suv 
chiqarish uchun belgilangan kishilar edi. Navoiy o ‘z 
m ablag‘lari bilan bu ishni bajarishga bel bog'lab, bu
1 M a ’ n o s i: Sen ja n n a tg a tu sh ad ig an b o 'lsa n g , b o sh q alar d o 'z a x n i afzal 
k o ‘radilar.
294


kun ulam i kengashga chaqirgan edi. Aksari sodda xalq 
odamlaridan b o ‘lgan suv mutaxassislari o ‘z fikrlarini 
aytishga oshiqdilar. Navoiy noqulay vaziyatda qoldi. 
Bu katta ishni amalga oshirish uchun o ‘zi ko‘z bo ‘lib 
turishi zarur edi. H olbuki, u erta-indin Astrobodga 
haydalishi kerak! Kelajakda taqdir yana qanday kutil- 
magan jilvalar k o ‘rsatadi — butunlay n o m a’lum... H ar 
nima b o ‘lmasin, kengashni o ‘tkazishga qaror qildi. 
Ammo ishni bir oz keyinroq boshlam oqqa majbur 
b o ‘lganini aytdi-da, suvchilami xonalardan biriga olib 
kirib, dasturxon tortdi; ovqat ustida ular bilan suhbat- 
lashdi. M iroblar g‘oyat qiziqib, fikr bayon qila bosh- 
ladilar. Bir-birlari bilan bahslashdilar. Ariqning eni, 
chuqurligi, zam inning tuzilishiga muvofiq o ‘zgarishi, 
chetlarini m ustahkam lash haqida va qancha odam, 
qancha asbob-uskuna, ot-ulov va hokazo haqida 
qizg‘in muzokara b o ‘ldi. Ilgari ham suv ishi bilan qi­
ziqib, bu sohada ancha m a’lumot orttirgan shoir har 
bir fikmi, har bir taklifni diqqat bilan tingladi. 0 ‘rtada 
talashuvga sabab b o ‘lgan b a’zi masalalarda u o ‘z fikri- 
ni so‘zlab, m iroblam i taajjublantirdi. N ihoyat, ken- 
gash oxirida dedi:
— Aziz birodarlar, maslahatlaringiz uch u n g‘oyat 
m innatdorm en. Yurtning obodonligi uchun zarur 
b o ‘lgan bu kori xaym i, albatta, amalga oshirurmiz. 
Lekin hozircha andak orqaga surishga m ajbur bo ‘lib 
qoldik. Ne qilaylik, b a ’zan yaxshi orzularimizning 
yo‘lida to ‘g‘onlar uchrar.
— Janoblari bizni qistagan edilar-ku, — shoirga 
murojaat etdi soddadil bir mirob.
— T o ‘g‘ri, bu ishga havasimiz baland edi, — javob 
berdi Navoiy kulishga tirishib, — lekin, kutilmaganda, 
boshimizga bir tashvish tushdi. B undan qutulsak, 
keyin...
— Ezgulikning kechi yo‘q, degan gap bor, — dedi 
yirik gavdali ulug‘sifat bir keksa mirob. — Alisher 
janoblarining aziz boshlari om on b o ‘lsa, elimizga 
daryo-daryo m uhabbatlari oqur.
— Chin so‘z! C h in so‘z! — dedi ko ‘p kishilar.
295


Navoiy kengashga qatnashuvchilaming b a ’zilariga 
to ‘n kiydirdi, qolganlariga pul hadya qildi. Hamma 
xursand bo‘lib jo ‘nadi. Lekin katta orzu amalga osh- 
magani uchun Navoiy qattiq qayg‘urdi. U zoq vaqt 
uydan chiqmasdan, biron ishga qo‘li bormay, tanho, 
dilgir o ‘tirdi. Kechga yaqin Xo‘ja Afzal keldi. U 
g‘amgin, sarosima, parishon edi. Husayn Boyqaroning 
farm oni bilan M ajididdin bosh vazir tayin etilib, unga 
m u ’tam ad ul-saltanat va m u ’im tan ul-mamlakat1 de- 
gan katta unvon berilganini bildirdi. Navoiy o ‘z 
do'stiga taskin berib, hodisani oxiriga qadar tetiklik 
bilan kuzatishga undadi.
Oqshom dan so‘ng shoiming do‘stlari, yaqinlari 
kelishdi. Ham m aning ko'ngli g‘ash, xotiri parishon 
edi, ham m a podshohning qarorini m a’nosiz topib, 
yurtning samosiga qora bulutlar yopirilishini oldindan 
sezar, bezovta bo'lardi. K o‘plar gap orasida podshohni 
kinoyali so‘zlar pardasi ostida qattiq haqorat qilar. 
M ajididdinni masxaralardi.
Navoiy xafaligini, tashvishini, ichki kechinm alarini 
bildirmaslikka tirishsa ham , odamlar uning siymosi- 
dan, ko‘zlaridan, harakatlaridan dard va o ‘ksinish 
tuyardi. Qizg‘in talashuvsiz, hazil-mutoibasiz, kulgisiz 
suhbatdan keyin d o ‘stlar tarqalmoq uchun q o ‘zg‘aldi. 
N avoiy bilan xayriasharkan, ham m aning ko ‘zi jiq-jiq 
yoshga to ‘lgan, b o ‘yni bukik edi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin