Yigirma to ‘rtinchi bob
Bog‘i Jahon oro kun sari kuchli qizdirgan quyosh-
da yashnar, kumushlangan hovuzlar bo‘yida juft-juft
bo‘lib yalqovgina qadam tashlagan tovuslarning qa-
notlari kabi, xilma-xil tovlanar, go‘yo har lahzada o ‘z
husni-latofatini to‘lishtirib turar edi.
Xuddi oltin bilan to ‘qilgandek yorqin havoda ajo-
yib charx urib, kabutarlar — qanotli raqqoslar o‘ynar-
di. Husayn Boyqaro bo‘yni tolib, ko‘zi yoshlanguncha
tomosha qildi. Mulozim yaqinda keltirilgan urishqoq
qo‘chqorlarni, agar u amr etsa, ko‘rsatish mumkinli-
gini bildirdi. Husayn Boyqaro kecha haddan ortiqroq
ichib qo‘yganidan, hozir ko‘ngli behuzur edi. U, erta-
ga jang qildirib ko‘rarmiz, deb mulozimni qaytarib
yubordi. Keyin orqasida har vaqt ergashib yuradigan
suhbatdoshlariga qo‘li bilan, qola beringlar, degan
338
ishoratni qilib, o ‘zi qasrga kirdi. Eshik og‘asi
Boboaliga Abdulhayni chaqirishga buyurdi-da, oltin
taxtda chordona qurib oldi. U o‘z tenglariga qaragan-
da ancha qarimsiq ko‘rinar edi. Bir vaqtlar o ‘tkir,
o'ynoq ko‘zlari endi zaiflashgan, qilichni zarb bilan
uradigan baquw at qo‘llar ba’zan darmonsizlikdan
titrar, gavdasi cho‘kkan edi. Shuning bilan barobar u
hali o‘zini tetik tutishga tirishar edi. Haqiqatan, goho
awalgi g‘ayratga kirar, kerakli vaqtlarda azm-sabot
ko‘rsata bilardi. Ulug‘ bobosi Temur kabi yangi mam-
lakatlar zabt etish orzusida qonli, sermashaqqat safar-
lami u aslo o ‘ylamagan bo‘lsa ham, ammo kuchli
raqiblar qo‘lida davomli kurashlarda tortib olingan
mamlakatni qo‘riqlashga hamisha tayyor edi. Viloyat-
larga ko‘z tikkan xonlarga yoki goho toju taxt uchun
olovlangan ichki isyonlarga qarshi safarlarga chiqish-
dan erinmasdi.
Bosh tabib Abdulhay kirib, ta ’zim qildi. Tib qoida-
lariga qattiq rioya etib, umrining ko‘pini parhez bilan
kechirgan tabib, soqolining oqiga qaramay, kaltakday
mahkam edi.
— Behuzurmilar? Muborak tomirlarini ko‘rib
qo‘yaymi? — murojaat qildi Abdulhay ta’zim bilan
oldinga yurib.
— Bizga bir oz ma’jun bersangiz kifoya.
— Sezgan edim, kecha chizi... — dedi-da tabib
orqasi birlan yurib chiqib ketdi.
M a’junni yeb, ta’siri bilingandan keyin, Husayn
Boyqaro bosh vazimi qabul qildi. Majididdin pod-
shohga, har vaqtdagidan ham ko‘ra, yaqinroq o‘tirib,
ma’ruza qildi. Raiyat'ning xursandligi, lashkaming
hamma ehtiyojlari to‘la ta’min etilganligi haqida juda
silliq gapirdi. Keyin sarhadlardan kelgan xabarlar,
viloyat va tuman beklaridan olingan maktublar bilan
tanishtirdi. Husayn Boyqaro m a’ruzani diqqat bilan
tingladi, bosh vaziming fikriga boshini liqillatib,
qo‘shilganini bildirib turdi. Xazinaga mablag1 to‘play
1 B ir davlatga to b e fuqaro, aholi.
339
bilgan vazirga ishonchi zo‘r edi. Garchi u butun mam-
lakat ishini o‘z qo‘liga olib, uning e’tiborli beklarini
ham biylatmay, ularning jiddiy shikoyatlariga sababchi
bo‘lsa ham, bu xususda unga og‘iz ochmagan edi.
Kecha Ibrohim Chig‘atoy, Tangriberdi Samonchi,
Yomg‘urchi beklar bosh vazirga qarshiliklarini ochiq-
dan-ochiq bildirishganidan, beklar bilan muomalada
nozik bo'lish to‘g‘risida bir necha og‘iz so‘z uqtirib
o‘tdi. Majididdin, asabiyligi va qiziqqonligi orqasida,
b a’zan o ‘z xohishiga qarshi kishilarni ranjitishi
to ‘g‘risida so‘zladi. Keyin birdan tovushini sirga
ko‘mib, murojaat etdi:
— Ijozat bersalar, kamina zoti oliylarini bir muhim
ishdan ogohlantirsam...
— Marhamat qiling, — Husayn Boyqaro ko‘zlari-
ni katta ochib, boshini vazir tomon egdi.
— Xo‘ja Afzal Iroqda, Yaqubbekning qoshida
emish, — davom etdi vazir, — va Yaqubbek jihatidan
g‘oyat zo‘r ehtirom, dabdaba bilan qarshi olinmish...
Makka sayohati bir bahona bo‘lsa kerak, deb gumon
qilamen. Ko‘rdingizmi, toj, davlatingizning dushmani
Astrobodda yotib, qanday xiyonatlar bilan shug‘ullan-
moqda? Makr to‘rini u uzoqqa yoygan.
— Yaqubbekning qalbi sof emas. Aks holda, men
Astrobodga haydagan bir shaxsga elchilar yuborib,
ulug‘ iltifotlar ko‘rsatarmidi? Barchasi dushmanlik
namoyishi! — dedi noxushlanib Husayn Boyqaro.
Majididdin podshohning yuziga tikilib, unda har
nafas sayin kuchaygan g‘azab va nafratni ochiq
payqadi. Yana bir tomchi moy quyib, g‘azabini alan-
galatmoqchi bo‘ldi.
— Olingan ma’lumotlarga binoan, — dedi Maji
diddin, — Balxda ham ahvol yaxshi emas. Garchi u
yerda hokimiyat Faridun Mirzo'ning qo‘llarida bo‘lsa
ham, lekin shahzoda janoblarining yoshligi va tajriba-
sizligidan foydalanib, Darveshali jamiki ishlami o‘z
bilgicha olib bormoqda emish. Og‘a bilan ini orasida
1 Shahzodalardan biri.
340
paydar-pay choparlar qatnab turmoqdaki, bu xususda
har kun yangi m a’lumotlar olurmen.
— Hozirlik ko‘ringiz, toki g‘aflatda qolib, pushay-
mon bo‘lmaylik! — asabiylanib dedi Husayn Boy-
qaro.
Majididdin g‘urur bilan qaddini rostladi, Astrobod
dardisarini bartaraf qilmoq uchun qat’iy choralar
ko‘rishni va’da qildi.
Husayn Boyqaro Hisor voqealari, Sultonmu-
rodning yangi kirdikorlari haqida so'zlashib o‘tirib,
gap orasida birdan shayx ul-islomning farmonini es-
latdi:
— Bu qanday hoi? Men tamom bexabarmen. Mad-
rasalarda tolibi ilmlar, bir ko‘p mudarrislar g‘oyat
mutaassir bo'lgan emishlar.
— Alisher Navoiyning «Ixlosiya» madrasasi va
xonaqosi fltna-fasod o ‘chog‘idir, — dedi Majididdin
g‘amgin bir tur bilan. — Ilm va falsafa nomi bilan
Alisher tayinlagan mudarrislaming aksari dahriylikni
ta’lim bermoqdalar.
— Sultonmurod — favqulodda iste’dodli olim,
deydilar... — boshini tebratdi achinib Husayn
Boyqaro. — Afsuski, haqiqat yo‘lidan adashmish.
— Siyosatda u qora xalq tarafdori emish. Hukumat
dehqonlarga va kosib-hunarmand ahliga g‘amxo‘rlik
qilishi kerak va hokazo degan safsatalami talabalarga
talqin qilar emish.
Husayn Boyqaro butun madrasalarda nazoratni
kuchaytirmoq kerakligini vazirga uqtirdi.
— Har bir madrasada odamlarimiz bor... «Ixlo-
siya»da ko‘proq! — dedi kulib Majididdin.
Husayn Boyqaro yengillanib, o‘rnidan turdi. Vazir-
ni o ‘zi bilan musiqiy tinglashga taklif etib, devorlari
xitoyi chinnidan ishlangan xonaga o‘tdi.
341
|