Asr oshgan asarlar


Soqol oqi o ‘lumg ‘a peshrovdir



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Soqol oqi o ‘lumg ‘a peshrovdir.
Tiriklik sabzasi uzra qirovdir.
Keyin: «Ma’qulmi, yana qanday e’tiroz qilasiz?» 
degandek, Haydarga qarab qo‘ydi. Haydar shoiming 
oqi anchagina ko‘paygan soqoliga qarab, sukut qildi. 
Navoiy yana bir oz ishlab, orqasiga o‘girilib, daricha 
orqali hovliga boqdi, vaqtni tayinlagach, dasta-dasta 
qog‘ozlami tartib bilan bir chekkaga olib qo‘ydi-da, 
tizzalarini uqaladi. Keyin Haydarga murojaat qilib: 
«So‘zlang, ne xabarlar bor?» dedi. Haydar: «Bu yer- 
larda tilga olishga loyiq nima bo‘lar edi?» deganday, 
qo‘llarini silkdi-da, shaharda eshitgan yoki ko‘rgan 
ba’zi voqealami parishonlik bilan aytib bera boshladi. 
So‘z orasida u bir vaqtlar o ‘lib ketgan qandaydir astro- 
bodlik nomsiz bir shoir haqida ba’zi gaplami aytdi. 
Navoiy, odaticha, qiziqib: «Xo‘sh, qani, batafsil gapi- 
ring», deb Haydar tomonga engashdi. Haydar yana 
vaziyatini o ‘zgartmasdan: «Xiylagina g‘azali va muam- 
mosi bor ekan. Muammoda qobiliya»ti yaxshi edi, 
deydilar, ammo shoir faqirlikdan va azbaroyi kam- 
tarinlikdan, tirikligida asarlarini yig‘ishtirmabdi. Ni- 
maiki, yaratgan bo‘lsa, hammasi parokanda, har kim- 
ning qo‘lida qolib ketibdi», dedi.
— 0 ‘g‘lim, bu yurtda ne-ne iste’dodlar, quyosh
305


tegmagan novda kabi, kamol topmasdan so‘lib, sar- 
g‘aygan! — g‘azab aralash, qaltiroq lablari bilan gapir- 
di Navoiy. — Madrasalaming har bir hujrasida, har 
bir baq’ada o‘z umrini ilmga, she’rga fido qilgan ajo- 
yib mard, pokiza insonlami topish mumkin. 0 ‘g‘lim, 
siz bizga bir xizmat qiling. So‘ngan yulduzlardan biri- 
ni tarix uchun tirgizing. Haligi marhum shoirning 
hayotini o ‘rganing, uning qalam mahsulini, qayda va 
kimda bo‘lmasin, yig'ishtiring va iste’dodli, nomusli 
bir kotibga berib, bir kitob tuzdiring. Jam’iki xarojat- 
lami biz o ‘z zimmamizga olurmiz. Ertadan boshlab bu 
ishga bel bog‘lang!
Haydar taklifni qabul qildi. Keyin g‘ijjakni olib, 
Navoiydan so‘radi. Navoiy ko‘zini qisdi. Haydar o‘zi 
sevadigan bir-ikki maqomni chaldi. Navoiy ko‘zlarini 
yumib, sehrli sadolar uning ruhini tebratganday, 
boshini yumshoq, mayin chayqab o ‘tirdi.
Shayx Bahlul shoshib kirib: «Hirotdan mehmon», 
dedi.
— Kim? — birdan jonlanib so‘radi Navoiy.
— Mavlono Xo‘ja Afzal janoblari.
Navoiy sapchib o‘midan turib, hovliga yugurdi. 
Orqasidan Haydar ham chiqdi.
Ular hovlining o‘rtasida ko‘rishdilar. Xo‘ja Afzal, 
bo‘ronli dengizda sohilga salomat yetgan kishidek, 
hayajonli va quvonchli edi. Lekin, shuning bilan baro­
bar, uning butun vaziyatida qochqinning parishonligi, 
ishonchsizligi sezilib turardi. Quchoqlashib ko‘rish- 
gandan so‘ng, yasog‘liq, naqshli boshqa bir xonaga 
kirdilar. Ko‘rpachalarga o ‘tirgandan keyin Xo‘ja Afzal 
yana qayta-qayta Navoyining holini va kayfiyatini 
so‘radi. Navoiy odatda uzoq safar qilgan kishidan 
so‘raladigan savollar — yo‘l mashaqqati, sayohat 
tasodiflari va hokazo haqida so‘zlashdi. Dasturxon- 
chi katta chorsi shohi dasturxon yozib, uning betini 
tanurdan endi uzilgan, bug‘lanib turgan singak non- 
lar, har xil halvo, nowotlar va quruq mevalar bilan 
to ‘ldirib tashladi. Ovqat tanovul qilinarkan, suhbat 
jiddiylashib, 
so‘zning kalavasi chuvalanmasdan
306


sug‘urila berdi. Xo‘ja Afzal Navoiy poytaxtni tark qil- 
gandan so‘ng ro‘y bergan voqealami bir-bir ayta bosh- 
ladi. Podshoh aysh-ishratga, flsq-fujurga b o ‘lgan 
tamoyilini avjga m indirgan. Burchak-burchakda, 
kavak-kavakda ilonday to‘lg‘anib, yuraklariga yig‘il- 
gan qora g‘azabni qanday bo‘shatishning evini top- 
magan har xil fitnachilar birdan bosh ko‘targanlar. 
Devonda va butun mahkamalarda xiyonat, rish- 
vat' zo‘raygan. Davlat jilovini qo'lga olgan Majididdin 
butun yaxshiliklarga ajdahoday olov va zahar pur- 
kamoqda. U o‘zini podshohning noibi hisoblaydi. 
Navoiyning do‘stlari, yaqinlarigina emas, hatto uning 
shoirligini maqtaganlar, adolatiga tan beruvchilar, xay- 
rixohlik ko‘rsatuvchilar ham Majididdinning omonsiz 
gurzisi ostida qolganlar. Majididdin xazinaga mablag‘ 
to ‘plash niqobi ostida xalqni talab, yalang‘ochlamoq- 
da. Bosh vazirga ham qur bo‘lgan ba’zi beklar va har 
xil amaldorlar bir yorliq bilan katta yerlar olib, 
bog‘lar, oromgohlar bino qilib, tantanali ziyofatlarda, 
majlislarda haftalab mayxo‘rlik qiladilar, qim or 
o‘ynaydilar. Bunday qabih, harom uyalarga bolalami, 
qizlami keltirib, ulam i fahsh, fisq-fijuming sassiq tutu- 
ni bilan bo‘g‘adilar. Hozir ota-onalar tekisroq bola- 
larni ko‘chaga chiqarmay, kecha-kunduz uylariga 
qamab qo‘yadilar.
— 
Janob Mir,— dedi, nihoyat, xo‘rsinib X o‘ja Af­
zal. — Hirotdagi m ash’o‘m hodisalarni aytishdan til 
ham cho‘chiydi. Oxiri baxayr bo‘lsin! Men olio taolo- 
ga hazor-hazor shukur qilamenki, yorug‘ yuzingizni 
ko‘rish yana menga nasib bo‘ldi. Meni mansabdan 
haydaganlaridan keyin jonimga qasd qildilar. Anvoyi 
makr-hiyla bilan kunlarimni zaharladilar. Ammo o ‘z 
qudrati bilan menga jo n baxsh etgan tangri yana u 
jonni asrab qoldi.
Navoiy dasturxonning uchini barmoqlari bilan 
himarib, sukut qildi. Uning ko‘zlarida vatan qayg‘usi 
yonar edi. Hozir u Hirotda qaynagan to'lqinlarga tash-
1 Poraxo'rlik.
307


lanib, taqdiming ajoyib o‘yini orqasida salomat qolgan 
qadrdon do‘stining bergan ma’lumotlarini ko‘krakni 
siqqan g‘azab va ruhni qizg‘in temirday kuydirgan 
alam bilan bir-bir o‘ylab, ma’lum xulosalar chiqarish 
bilan mashg‘ul edi.
— D o'stim ,— dedi boshini ko‘tarib shoir,— siz 
degan alamangiz1 manzaralami men quloqqa chatil- 
gan ba’zi xabarlarga suyanib, taxminan tasaw ur qilar 
edim. Lekin davlat odamlarining razolat balchig‘iga 
bu qadar botib ketishlarini xayolimga keltirmasdim. 
Yer surib, ekin ekmoq uchun dehqon bo‘lish kerak. 
Cho‘chqalar tumshuqlari bilan ekinzorlami o‘piradi- 
lar, xolos! Biz bu ahvolga hech qachon tomoshabin 
bo‘lib turmaymiz. Yurtning qorong‘i kechasida aql 
mash’alini yana baland ko‘tarurmiz.
— Biron manfaati tegarmukin? — umidsizlarcha 
dedi Xo‘ja Afzal.
— To‘g‘ri, ba’zi ma’luqlar nurdan zulmatni ortiq 
bilarlar. Masalan, ko‘rshapalak uchun hayot tun 
kirishi bilan boshlanur. Afsuski, jahonning husni va 
ko‘rki bo‘lgan insonlar orasida zamonimizda shunday 
ziyo dushmanlari ko‘pdir. Aqlning tantanasi ularni, 
kuchli sel yer yuzidagi ahlatlami surgandek, hayot 
maydonidan adamga2 sudrar. Binobarin, biz qayerda 
bo‘lmaylik, yurt uchun aqlning muqaddas olovini 
qo‘riqlaymiz. Biz misoli temirchimiz. Zulmning ki- 
shanlarini aqlning o‘txonasida eritib, undan hayot 
uchun kerakh asboblar yasarmiz. D o‘stim, metin 
e’tiqod kerak!
Xo‘ja Afzal hech nima deyishni bilmay qoldi. U 
Hirotda ko‘rgan uqubatlari soyasida hayotdan bezgan- 
dek edi. Yana qayta boshdan Navoiy boshliq o‘z 
do‘stlari bilan sobiq vazifalami bajarishni tasawur 
qilolmasdi. U quvg‘indi Navoiyni ham shu kayfiyatda 
deb o‘ylar edi. Lekin hozir Navoiyning chuqur 
ishonch va qat’iyat bilan aytgan so‘zlari uni qattiq taaj- 
jublantirdi. U ichida: «Qamoqdagi sheming g‘ayrati
' Q ay g 'u li, yoqim siz. 
! Y o‘qlik, o ‘lim .
308


erkinlikdagidan ko‘ra hadsiz oshibdi!» deb qo‘ydi- 
da, keyin Astrobod islilari haqida so‘radi. Navoiy bu 
viloyatning kam-ko‘stlari, xalqning eng zamr ehtiyoj- 
lari to‘g‘risida qisqa so‘zlab berdi va, nihoyat, kulib 
dedi:
— Bu yerning hokimlari, lo‘lining chirmandasi 
yorilsaya, gardishi maymunga o‘yinchoq bo‘ladi, 
degan mazmunda bema’ni, johilona ishlar bilan 
mashg‘ul bo‘lgan ekanlar, deb gumon qilamen.
Xo‘ja Afzal qora, qiyg‘och, kichik ko‘zlarini qisib, 
«qih-qih« kuldi. Keyin birdan o ‘zini tiyib: «Tuzishdan 
ko‘ra ko‘proq buzganlar deng», dedi.
— Buzishdan go‘yo zavq olganlar, — dedi Navoiy 
achchiqlanib. — Ahvol shunday ekan, yana xazinaga 
tog‘-tog‘ oltin to ‘plamoqni xayol qiladilar. Astrobod — 
savdosi katta shahar, lekin xarob!
Vaqt namozasrga yaqinlashgan edi. Tahorat uchun 
o'rinlaridan turdilar. Xo‘ja Afzal tashqariga chiqib, 
otini xashakka qo‘yishni buyurdi.
Atrofi kattagina, lekin qaramsiz, daraxtlari tartibsiz 
o ‘sgan bog‘ bilan aylangan eski qo‘ra. Navoiyning 
Hirotdagi bog‘lari va ko‘shklariga nisbatan juda oddiy 
va xunuk ko‘rinadi. Lekin Xo‘ja Afzal bu taassuroti 
haqida Navoiyga indamadi.
Kechki ovqatga Astrobodning ba’zi peshqadam 
olimlari va ba’zi mansabdorlari taklif etilgan edi. 
Ziyofat ko‘ngilli o ‘tdi.
Ertasi xuftondan keyin Yaqubbekning elchilari tan- 
tana bilan kirib kelishdi. Tashqarida otlar kishnashib, 
navkar va mulozimlar baqirishib-chaqirishib, butun 
qo‘rani jonlantirib yuborishdi.
Yaqubbekning odamlari Navoiy bilan g‘oyat sami- 
miy ko‘rishib, sovg‘alarni taqdim etdilar. Bahodirlar- 
cha oddiy, ulug‘vor kiyingan, jangovar turkman yigiti, 
muqaddas ishni bajargan kabi, chin ixlos bilan Yaqub­
bekning maktubini shoirning qo‘liga uzatib, orqaga 
tislandi. Navoiy mehmonlarga minnatdorchiligini 
bildirib, har birining hol-kayfini ayrim-ayrim so‘rab, 
o‘tirishga taklif qildi. Mehmonlar go‘yo oldindan til
309


biriktirib qo‘yganday taraddudsiz, har qaysilari o‘z rut- 
balariga muvofiq o'rinni ishg'ol etdilar.
Navoiy maktubni ichida o‘qirkan, yuzlaridagi qu- 
vonch o ‘zini ko‘rsatib turardi. Bu maktub Yaqubek- 
dan Hirotda olingan ilgarigi nomalarga qaraganda, 
yana chuqurroq muhabbat, qadrdonlik tuyg‘ulari bilan 
to ‘la edi. Navoiy qog‘ozni bukib, tizzasiga qo‘ydi-da, 
Yaqubbekka bo‘lgan minnatdorchiligini bildirdi. Sa- 
mimiy, jonli suhbat alla-pallagacha davom etdi.
Bir necha kundan so‘ng Navoiyning Yaqubbekka 
sovg‘a-salomlarini olib, mehmonlar jo ‘nab ketdi. Bir 
necha haftagina Navoiyning oldida tun-kun birga 
bo‘lib, poytaxtda bo'lgan va ro‘y berayotgan voqea- 
larni mulohaza qilib, Xo‘ja Afzal Makka safari uchun 
yo‘lga chiqdi. U awalgi mavqeda bo‘lsa edi, u chog‘ 
muqaddas yerlami ziyorat etish havasi bilan bunchalik 
yonmasdi. Tabiiy, Xo‘ja Afzal Hirotda ishning o‘ng‘a- 
lishiga, dushmanlarning taslim bo‘lishiga ishonmagani 
uchun dilgir edi. Vatanni tark qilishdan o‘zga chorani 
tasawur qila olmasdi. Shuning uchun Navoiy safar 
muhlatini orqaga surishni iltimos qilsa-da, u unamadi.
Navoiy yana Astroboddagi tanish-bilishlari bilan 
qoldi. U tinmasdan ishladi. Har kun mahkamada 
katta-kichik har qanday masalani o ‘zi hal qiladi. Sha- 
harliklami va tumanlardan arz va shikoyatlar uchun 
kelganlami qabul etadi. Qolgan vaqtlarda, aksari 
kechalari «Chahor devon» bilan mashg‘ul. Hamma 
vaqtni ish bilan to ‘ldirsa ham, ayrim paytlarda o‘z 
ahvolini o ‘ylab, ichi haqsizlikka qarshi g‘azab bilan 
to'ladi. D o ‘stlardan kelgan xatlar poytaxtda vaziyat- 
ning kundan-kun og‘irlashganidan darak beradi.
Shoir mamlakatda buzug‘liq davri boshlanganiga 
har kun yangi dalil va isbotlar ko‘rdi. Nima qilish 
kerak? Dunyoning hoy-huyidan etak silkib, faqir va 
fano yo‘lini tutsinmi? U darveshlami sevardi. U xo- 
naqohlarda, takyalarda uya qurib, xalqni talagan 
xirqapo‘shlarga qanchalik nafrat sezsa, o ‘z xayolida ta- 
saw ur etgan va tarixlarda nodir uchragan haqiqiy 
darveshlarga shunchalik muhabbat tuyardi. U darvesh-
310


likni haqiqat ishqi, donolik manbai, deb tushunar edi. 
0 ‘qtin-o‘qtin ko‘ngli bu manba qaynagan, allaqanday 
sof, nur diyorlariga qanotlanardi. Ammo vatan, xalq 
taqdiri falokatlar ostida qolgan paytda, go‘shanishin- 
lik'ni bir gunoh deb bilar edi.
Shoir ba’zan soatlarcha yolg‘iz o ‘zi o ‘yga cho‘mib, 
mamlakat ko‘kiga cho‘kkan buzug‘liq bulutlarini qan- 
day quvish masalasi ustida turli yo'llar axtarar edi. 
Hirotdan, mamlakatning qalbidan uzoqda, har nav 
josuslar bilan o ‘ralgan bir holda, u nima qilishi mum- 
kin? Haqiqat ovozini baland qo‘yay, taxtdagilar eshit- 
masa yoki eshitkulari kelmasa, bu sadolarga chanqoq 
ko‘ngillar yo‘q emas, deb ishonadi. Davlatni mustah- 
kamlash, marrdakatni obod, xalqni shod qilmoq uchun 
zarur bo‘lgan dasturlar haqida mulohaza yuritadi. To‘g‘- 
riligiga aslo shubha qilmagan, ming bir mushkulotga, 
monelarga qaramasdan, o‘zi bir vaqtlar amalga 
oshirishga jahdu jadal etgan siyosiy aqidalarni yana 
chuqur o‘ylab chiqadi. Podshohdan boshlab mahalla 
qorovuligacha har mansabdorning vazifasi, faoliyati, 
axloqi nimadan iborat bo‘lishini ipidan ninasiga qa- 
dar belgilaydi. Haqiqat va adolatning muazam ohangi- 
ni tashkil etishi kerak bo‘lgan bu fikrlarini qunt bilan 
yozib, ayrim maktublarda Hirotga yuborishga kirishadi.
Goho shoimi go‘yo uyqu bosgandek, charchog‘liq 
egallab oladi. U musiqiy tinglaydi yo o‘zi chaladi. 
Yoki qalamni olib, ilhomning shafaqday sof, rango- 
rang bulutlariga o‘raladida, tog‘larda orombaxsh 
uyqudan tong yellari bilan uyg‘ongan kishidek, o‘zini 
yengil sezadi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin