Asr oshgan asarlar


Qaysi chamandan esib keldi sabo, yor-yor



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Qaysi chamandan esib keldi sabo, yor-yor,
Kim damidin tushti o ‘tjo n im aro, yor-yor...
Har qadamda kanizlar umumiy suron ostida mo‘l- 
mo‘l sochiqlar sochdilar. Sochiqlar uchun pista va 
bodomlarning qobiqlarini oltin va kumush bilan qop- 
lagan edilar. M ash’allaming, fanorlarning shu’lalsida 
pista-bodomlar cho‘g‘dek yarqirab sochilardi.
Butun bu tantana Bog‘i Jahon oroning muazzam 
darvozasiga kirish bilan bir nafasda suv quygandek 
jimjitlik hukm surdi. Katta yozlik zalda shahaming 
ilg‘or ulamolari bilan qurshalib o‘tirgan shayx ul-islom 
kuchsiz, ingichka ovozi bilan ming‘irlab nikoh o‘qidi. 
Nikohdan so‘ng Husayn Boyqaroning o‘zi kelin 
boshidan oltin tanga yomg‘irini yog‘dirdi. Qiz tomon 
esa kuyov bola — Muzaffar Mirzoning boshidan 
sochiqlar sochdi. Yana hamma yoqni suron bosdi.
363


To‘y tantanasi bahor toshqiniday kuchli to ‘lqin bilan 
bog‘ning katta sahniga yoyilib ketdi.
Arslonqul qo‘shni xotinlar bilan tomoshaga chiqib 
ketgan Dildorni qaynagan olomon orasida qidirdi. 
Topolmasdan, charchab tashqariga chiqdi. Mash’allar 
bilan yoritilgan katta maydonda, qarshidan qattiq 
kelib, ellik qadamcha narida, bir guruh navkarlar oldi- 
da, birdan to ‘xtagan otliqni ko‘rdi. Otliq unga tanish 
harakatlar qilib, navkarlar bilan g‘ijillashib ham oldi. 
Asrlonqul yugurib bordi. So‘lug‘ini tishlab, hansiragan 
qora bayiming jilovini tutdi. Xiyla kayfli Haydar mast- 
larcha beparvolik bilan otdan tushdi. Arslonqul undan 
Alisher Navoiyning sog‘-salomatligini so‘radi. Haydar 
g‘azab bilan yongan ko‘zlarini arkka tikib, zaharxanda 
bilan dedi:
— To‘y, bayram, jinoyat — hammasi bu yurtda 
bor!
— Nima gap, Haydarbek? — qo‘rquvli ovoz bilan 
shivirladi Arslonqul.
— Tinchlik... — qo‘lini siltadi Haydar.
Arslonqul otni chetga eltib bog'ladi. Haydaming
fe’li ayniganidan xavfsirab, olazarak bo‘lib turarkan, 
qayoqqadir shoshib-pishib ketayotgan Sultonmurod 
ham Zayniddinga ko‘zi tushdi, ulami qichqirib chaqir- 
di. Ular kelib, Haydar bilan quchoqlashib ko‘rishdilar.
— Sabuhiy1, — murojaat etdi Sultonmurod, — 
so‘ylang. Mir janoblarining ahvollari nechik?
— Tangriga shukur, sog‘-salomatlar... Majididdin 
M uhamm adning makkor peshonasi haqiqatning 
abadiy toshiga urilib, chil-chil sinib ketdi!
Zayniddin va Sultonmurod bir-birlariga m a’nodor 
qarashib, Haydarni ogohlantirishga tirishdilar:
— Qayerdasiz?
— Dilga kelgan fikrni tilga ko‘chirmoqda hamisha 
ehtiyot shart!
— Men mirzolarga Alisher janoblarining g‘azabli 
salomlarini keltirdim, — dedi Haydar g‘ururlanib. —
1 Haydaming laxallusi.
3 6 4


D o‘stlarim, shu to ‘y-tomoshaga men ham chizi zahar 
tashlamoq ñkridamen. Yeng ichida xanjar saqlaganlar 
qani?
Sultonmurod Zayniddinning qulog‘iga nimadir shi- 
virlab, bir zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Zayniddin 
ustalik bilan Haydarni gapga solib turdi — Haydar- 
ning fe’lini yaxshi bilardi u.
— Sizga istirohat kerak, charchagansiz, — muro- 
jaat etdi Arslonqul Haydarga.
Haydar tezda shaxdidan tushdi, atrofga qayg‘uli 
parishon boqdi. Shu orada Sultonmurod Boboali 
eshik og‘ani boshlab keldi. U uzun, quwatli qo‘llarini 
keng yoyib, Haydarni go‘yo o ‘z o‘g‘liday quchoqladi, 
shirin gapirdi. Keyin uni otiga mindirib, o‘zi ham bir 
zumda ot topib kelib, uyiga olib jo ‘nadi. Sultonmurod 
ularning orqasidan uzoq tikilib qoldi-da, keyin 
qayg‘udan bo‘g‘ilgan ovozi bilan dedi:
— Biz g‘aflatda ekanmiz, Astrobodda g‘oyat ala- 
mangiz qabih voqea ro‘y bergani shubhasiz. E voh, 
Hirot bayram qilmoqda!
— Suyunmoq kerak, — dedi Zayniddin shivirlab 
to ‘yboshilarning kirdikori fosh etilib, tarix oldida ular 
sharmanda bo‘libdilar!
Sultonmurd ham Arslonqul boshlarini g‘amli 
chayqab, uning fikrini tasdiqladilar. Keyin uchovlari 
asta-asta yurib, og‘ir sukut bilan qorong‘ilikda ko‘zdan 
yo‘qoldilar.
n
Tongda Haydar ko‘zlarini ochib, uqaladi. U shipi 
chiroyli shamsli, devorlarining yuqori aylanasida, 
go‘zal naqshlar orasida hikmatli ruboylar yozilgan 
kichkina, tanish xonada yotar edi. Boboalining uyiga 
qo‘nganiga u xursand bo‘ldi. Otda uzoq yo‘l bosib 
charchagan gavdasida hozir allaqanday xush yoqar bir 
orom sezsa-da, belidan va oyoqlaridan og‘riq aralash 
horg‘inlik ketmagan edi. Rohatlanib bir kerishdi-da
yana yalqovlanib yotdi. Bog‘i Jahon oro oldida tunda 
ko‘rganlari — mash’allar, bezaklar, shovqin-suron va
365


hokazo uning boshida, uzoq bir tush singad, jilvala- 
nardi. Tashqarida xizmatkorlarga yumush buyurgan 
Boboalining tovushini eshitgach, o‘midan turib, odati 
bo‘yicha, imirsilanmasdan kiyindi. Dahlizda m o£’jaz, 
guldor mis obdastadagi suv bilan yuvinib bo‘lguncha, 
xizmatkor kirib o‘rinni yig‘di, ichini saranjom qildi. 
Keyin Haydar uy sohibi bilan nonushta etdi. Boboali 
eshik og‘a Haydaming fe’lini yaxshi bilganidan, tilga 
ehtiyot bo‘lishini, do‘st-dushmanning farqiga yetib, 
muomalada bu jihatga rioya qilish kerakligini ochiq 
nasihat tariqida emas, ishoralar bilan uqtirib o‘tdi. 
Ham qiyom chog‘ida saroyga kelsa, podshohning 
qoshiga kirgizishini va’da qilib, o‘rnidan qo‘zg‘aldi.
Haydar tokchaga qalangan kitoblarni ko‘zdan 
kechirdi. Mavlono Hiloliyning «Shoh va gado» asari- 
ning favqulodda go‘zal xatli kotib ko‘chirgan g‘oyat 
bezakli bir nusxasini tomosha qildi. Ba’zi joylarini 
o‘qib, oxirgi betini ochdi: kotib Zayniddin! Kitob- 
chani yana varaqlab xatiga diqqat qilib, Zayniddinni 
Hirotning eng mashhur kitoblaridan aslo tuban 
ko‘rmadi. Musiqiyda, shatranjda, sangtaroshlikda 
shuhrat qozongan bu sho‘x, xandon odamga mehri 
yana ortdi. Navoiy buyurgan ba’zi kitoblarni unga 
yozdirmoqqa qaror qildi. Keyin rasmiy maktublami 
chiroyli juzdonga solib, qo‘ltig‘iga tiqdi ham tug‘ilib 
o‘sgan shahaming havosini, fayzini sog‘ina-sog‘ina 
dilgir bo‘lgan yurakni ochish uchun ko‘chaga chiqdi. 
Sahhoflik rastasiga tushdi. Keyin bir-ikki madrasaga 
kirib, do‘stlari bilan diydor ko‘rishguncha vaqt peshin- 
ga yaqinlashib qoldi. Podshoh, eski odati bo‘yicha, 
peshindan keyin kundalik ichkilik bazmiga sho‘ng‘ib 
ketishini bilganidan, saroyga yugurdi. Uni Boboali 
eshik og‘a ko‘zlaridagi ranjish ifodasi bilan qarshi olib, 
podshoh huzuriga kirishga buyurdi. Haydar bir oz 
to ‘lqinlanib: «Hazratlari yolg‘izmilar? Aks holda, kir- 
maymen», dedi. Boboali boshini qimirlatib, «ha» deb 
javob berdi.
Haydar oltin taxtda qovog‘ini solib o‘tirgan Hu- 
sayn Boyqaroga, butun qoidaga muvofiq, ta ’zim qildi.
366


Ruxsat bo‘lgandan so‘ng o‘tirib, Alisherning salomini 
so'zladi. Juzdondan rasmiy hujjatlami chiqararkan, 
podshoh ularni devonxonaga topshirishni buyurdi 
ham Astroboddagi umumiy ahvol haqida so‘radi. 
Haydar bu xususda Navoiyning uqtirgan fikrlarini 
batafsil so‘zlab berdi. Husayn Boyqaro beparvogina 
tinglab, shoiming bu kunlarda nima bilan mashg‘ul 
ekanini, kayiiyatini so‘radi. Haydar Navoiyning fikri 
hamma vaqt el va ulus ishi bilan band ekanini aytdi- 
da, bir nafas sukut qilib, uning kayfiyati to ‘g‘risida 
dedi:
— So‘nggi zamonlarda Mir janoblarining xotirlari 
siniq, 
ko‘ngillari g‘am-anduh 
bilan 
pora-pora 
bo‘lgandir. 0 ‘zlarini og'ir vaziyatdan ne yo‘l bilan 
qutqarishni bilmaydilar va yolg‘iz g‘azab o‘tida qovri- 
ladilar.
— Nimalar demoqdasiz? Sabab? — Husayn Boy­
qaro birdan hushyorlanib, ko‘zlarini qattiq tikdi 
Haydarga.
Haydar bir m uddat tàraddudlandi. Shu paytda 
haqiqatni qandaydir boshqa vajhlar bilan yashirish 
zarurligiga aqli yetsa ham, qoniga singgan fe’li ustun 
chiqdi. Birdan taraddudni yengdi.
— Mir janoblarini benihoyat tashvishga solib, 
g‘azablariga sabab bo‘lgan voqea shulki, — deb bosh- 
ladi Haydar, — yaqinda siz pushti-panohimiz pod- 
shohi olamning bakovullari Mir janoblarining hayot- 
lariga qasd etdi!
— Ne bo‘htonlam i so‘zlamoqdasiz? — qichqirib 
yubordi Husayn Boyqaro.
— Bakovul Abdusamad Mir janoblarining taomla- 
riga zahar qo‘shgan ekan... — endi beparvo davom 
etdi Haydar. — Ammo Mir janoblari karomat tariqida 
bu ofatdan ogohlanib, tangriga sad hazor shukur, salo- 
mat qoldilar. Bu faje hodisa Miming dillarini shubha 
va andisha bilan to ‘ldirdi. Jinoyatning ildizini bu 
yerda, Hirotda, deb ishonadilar...
Husayn Boyqaroning rangi qum o ‘chib, yuzi bir 
zumda ko‘k-sarig‘ bilan qoplandi. Bumining kataklari
367


qisilib, og‘ir nafas ola boshladi. Haydar o‘zini juda 
noqulay sezdi. Dolig‘ulilik bilan so‘zlaganiga afsus 
qildi. Lekin endi vaziyatni o ‘zgartirish yoki, jilla qur- 
sa, sal yumshatish mumkin emasdi. Husayn Boyqaro 
jahl bilan qichqirdi:
— Bu gaplaming bari ahmoqlikdur. So‘z tamom, 
chiqingiz bu yerdan!
Haydar sovuq, o‘chiq yuzini ters burgan pod- 
shohga ta ’zim qilib, orqasi bilan yurib chiqdi. 
Dahlizda Boboali eshik og‘aga murojaat etib, nima 
qilish kerakligini so‘radi.
— Siz o‘z odatingizga hech xilof ish qilmaysiz! — 
dedi u kuyunib. — Joningizdan qilcha umidingiz 
bo‘lsa, endi tilingizni kesing, tamom gung bo‘ling!
Haydar indamasdan, marmar zinaga otildi.
Husayn Boyqaro Boboalini yo‘qladi, qalam va 
qog‘oz talab qildi. Boboali oltin siyohdon, oltin va 
kumush bilan ishlanib, qimmatbaho mayda toshlar 
terilgan qalam va bir taxta rangdor qog‘ozni darrov 
taqdim etdi. Podshoh ünga Haydami Astrobodga 
jo ‘natmaslikni, Hirotda nazorat ostida saqlash kerak­
ligini tegishli amaldorlarga shu onda yetkazishini 
buyurdi. Keyin yolg‘iz qolib, Navoiyga yozilajak xat- 
ning mazmunini, unga qanday unvon bilan murojaat 
qilish kerakligini o ‘ylarkan, qog‘oz tutgan qo‘li titrar- 
di. U o‘zi bu jinoyatdan xabarsiz bo‘lsa ham, lekin 
Majididdin va uning guruhining Navoiyga bo‘lgan 
adovatini, ko‘pdan buyon tayyorlab yurishgan kirdi- 
korlarini sezganidan va ba’zi ishoralarga sal hushyor- 
lik bilan qaragan taqdirda, jinoyatdan ogohlanishi 
mumkin ekanligini iqror qildi ham o‘z shaxsiga 
yopishtirilishi mumkin bo‘lgan bu qora dog‘ni silish- 
ga, ishni «yopdi-yopdi» qilishga qaror berdi. Titrak 
qo‘l bilan yozishga kirishdi. Xatni Alisherga nisbatan 
samimiyat, qadrdonlik so‘zlari va tumtaroqli uzun 
jumlalar bilan bezab, oxirida Haydar keltirgan xabar- 
dan g‘oyat mutaassir bo‘lganini, lekin bunday j inoyat 
hech qachon uning xotiriga kelmaganini yozdi. Ko‘ng- 
li picha taskin topdi. Boboali eshik og‘a haligi farmon
368


haqida tegishli amaldorlami ogohlantirganini arz qil- 
moq uchun kirganda, Husayn Boyqaro xatni bukib, 
ko‘z oldida tamg‘alatdi ham ishonchli chopar orqali 
shu onning o‘zida Navoiyga yuborishni buyurdi.
Ishlar to‘g‘risida ma’ruza qilmoq uchun Majidid- 
din oltin gullari yonib turgan ipak to ‘nda gerdayib 
kirdi. Podshohning avzoyiga nazar solishi bilanoq, 
g‘alati bo‘lib ketdi-da, bo‘shashibroq o‘tirdi. U 
Haydaming kelganini eshitgan edi. Lekin podshoh- 
ning kayfsizligini shundan deb gumon qilmoqqa hech 
qanday asos yo‘q edi. Bosh vazir so‘zlash uchun ijozat 
so‘radi. Husayn Boyqaro m a’ruzani boshqa vaqtga 
qoldirarkan, uning ichini titroq bosdi. Sababini 
so‘rashga botinolmay, boshini egib, sukut qildi.
— Astrobodda bag‘oyat nomaqbul harakat ro‘y 
bermish, — dedi Husayn Boyqaro shikoyatlanib.
— Muborak dilingizni xira qilgan ahvol ne ekan?— 
gavdasini bukib, murojaat etdi Majididdin.
— Yuborgan bakovulingiz Alisheming hayotiga 
qasd qilibdi. Ammo hech ish chiqmabdi. Kishini 
zaharlamoq oson ish bo‘libdimi? Endi Alisher o ‘zini 
har nav tahlikadan qutqarmoq uchun choralar izlar 
emish...
— Aslo xabarim yo‘q, ofltobi olam! — rangi oqa- 
rib, ko‘zlariga mas’umlik ifodasi berishga tirishib dedi 
Majididdin. — Siz olampanoh uchun bu alim 1 hodisa 
qanday kutilmagan bo‘Isa, bu qulingiz uchun ham 
shundaydir.
— Yashirin vazifa topshirgan edingizmi? — so‘radi 
to ‘nglik bilan Husayn Boyqaro.
— To‘g‘ri, biz u ablahning zimmasiga bir nima 
vazifa yuklagan edik... — guldiradi Majididdin. — 
Lekin m a’lum bo‘ldiki, bakovul o ‘z haddidan o ‘tibdi.
— Endi bu haqda bahslashmoqning hojati yo‘q, — 
dedi qisilib Husayn Boyqaro. — Ayting, oqibati nima 
bo‘lur? Qanday qilib yashirmoq mumkin?
— Iflos bakovulning izini bu dunyodan o ‘chirmoq 
kerak! — javob berdi Majididdin.
1 Alamli.
369


— Vaqt o‘tdi!
— Xotiringiz jam bo‘lsin, olampanoh, — dadil- 
lanib dedi Majididdiin, — bu bakovulning ishini ista- 
gan onda saranjom qilmoq uchun uning orqasiga 
o‘lim soyasini ergashtirib qo‘ygan edik...
Husayn Boyqaro birdan yengillanib, qaddini 
ko‘tardi. Majididdin ishonch bilan, kuyunib, so‘zini 
davom ettirdi:
— Alisher bu hodisani bahona qilib, tangri taolo 
abadiyan barqaror etgan saltanat tojingizga ochiq 
muxolifatda bo‘lishi mumkin. Bu tahlikaning oldini 
olmoq zarur. Alisher bilan Yaqubbek orasidagi sami- 
miyatni, bir on bo'lsin, xotirdan chiqarmaslik kerak.
Husayn Boyqaro bosh vazirning bu flkrini ham o‘z 
diqqati ham ko‘zlarining ifodasi bilan tasdiqladi. 
Podshoh nazarida o‘z obro‘-e’tibori mustahkam ekani- 
ga Majididdin yana bir karra ishondi. Mablag‘lar ort- 
tirish uchun yangi-yangi manbalar topilganligi haqida 
gap orasida bir necha so‘z qistirib o‘tdi. 
Husayn 
Boyqaro vazirga ketmoqqa ijozaat berdi. Keyin 
Hirotning e ’tiborli oilasiga mansub bo‘lib, yaqinda 
unga nazr qilingan go‘zal qiz bilan ko‘ngil ochish 
uchun haramga jo ‘nadi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin