* * *
To‘y munosabati bilan Hirotning turli maydonlari-
da, ayniqsa Hovzi Mohiyon ham Iydgoh'da har kun
tomoshalar bo‘ldi. Ot chopishlar, chavgon o‘yinlari,
kurash, tayoqbozlik va hokazolarda Husayn Boyqaro
duvozi dahpoya2ni tikib, barcha shahzodalar, dav-
lat arboblari bilan birga tomosha qildi. Bir ko‘p
o ‘yinlarning haqiqiy tashabbuskori u bo‘lganidek,
o ‘yinlaming natijasini ham yolg‘iz uning ra’yi hal
qilar edi.
Ettinchi kun — nikoh kuni tantana avjga chiqdi.
Madrasalarning
baland peshtoqlarida, shahar qo‘r-
g‘onlari ustida chalingan nog‘oralar, kamaylar ko‘kni
titratdi. Hamma ko‘chalarda, guzargohlarda inson
to ‘lqini guvilladi. Oqshom minglarcha xalq kelinni
qarshi olmoq uchun Puli Molonga oqdi. Bu yerda
Muzaffar Mirzoning serhasham otlarini gijinglatgan
xos yigitlari, Hirotning
qimmatbaho kiyimlarga
belanib gerdaygan asilzodalari, yuzlab cholg‘uchilar,
qo‘shiqchilar, qiziqchilar — qurama olomon shovqin
solar edi. Baland ko‘tarilgan yuzlarcha mash’allar
quyuqlashgan qorong‘ilikni yutib, tevarakni nur
toshqini bilan to ‘ldirgan edi. Dumidan xartumigacha
gilamchalar, maxsus ipak jabduqlar bilan yasatilgan fil-
lar ustiga tevaragi o ‘yma gullar kajavalar o‘rtanilgan.
Bulardan bichimi g‘alati, ola-bula kiyimlar kiygan fil-
bonlar qaqqayib turardi.
Puli Molondan Bog‘i Jahon orogacha bo‘lgan va
Hind, Xitoy, Misming ajoyib
matolari bilan tutash
muzayyan masofa bo‘ylab har ikki tomonda chol-
g‘uchilar, qo‘shiqchilar turnaday qator tizilgan. Odim-
odim joyda maxsus yasalgan, o‘yinchiqday m o‘’jaz,
bezakli supachalarda yuzlariga oq to ‘r ro‘mol tutgan
saroy xonimlari, kanizaklar sochiq3
sochish uchun
kelinni kutardilar.
1 B avram Jarda x alq sayil q ilad ig an m aydon.
'M a x su s m in b arli ch o d ir.
'S o c h q i (m u h .).
362
Nogoh «kelin keldi!» suroni havoni yangratib
yubordi. Inson to ‘lqini birdan chayqalib ketdi. Chi-
royli bezatilgan, soyabonli yuzlarcha arobalarda o‘z
manzilidan chiqqan kelin — Xonzoda begimni dastlab
Puli Molon zo‘r qiy-chuv bilan qarshiladi. Guruh-gu-
ruh yosh xonimlar xushro‘y kanizaklar bilan qursha-
lib, cho‘rilar baland ko‘tarib
turgan juda katta
so‘zanalar tagida turgan Xonzoda begimga Muzaffar
Mirzoning To‘g‘onbek boshliq barcha beklari, yigitlari
uzoqdan qulluq qildilar. Saroydan Xadichabegim
yuborgan e’tiborli ayollar kelin va uning yaqinlari
bilan ko‘rishib, hovuch-hovuch dinorlar sochdilr. Olo-
mon chuwos bilan ur-yiqit terarkan,
fillardan yangi
sochiqlar yog‘ildi. Cholg‘ulaming sadolari, qo‘shiqchi-
laming kuylari, otlaming kishnashi, olomonning qiy-
chuvi havoda kuchli yangrab turdi.
Fillaming orqasidan kelin karvoni yurdi; yo‘lning
har ikki tomonida tumaday qator tizilgan sozandalar
chalgan udlar, tanburlar, setorlar,
changlar, daflar,
naylaming sadolari mavjida tantana bilan Bog‘i Jahon
oro tomon asta oqdi. Kelinning atrofida, orqasida
kelayotgan guruh-guruh ayollar turkona rasm bilan
«yor-yor» aytdilar.
Dostları ilə paylaş: