Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari



Yüklə 47,89 Kb.
səhifə1/9
tarix02.01.2022
ölçüsü47,89 Kb.
#37255
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari


Aim.uz


Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari
Reja:

1.Kimyo fanining mazmuni, vazifalari.

2.Kimyo tarixi.

3. Atom - molekulyar ta'limot.

4. Kimyoning asosiy stexiometrik qonunl
Kimyo fanining mazmuni, vazifalari. Kimyo fani - tabiatni o'rganuvchi fanlardan biridir. Kimyo fani tabiatni bir - butunligini, jismlar va hodisalar orasida bog'liqlik, u materiyadan iborat ekanligini o'rganuvchi fandir. Materiyaning harakat formalari har xildir. Jismlarning qizishi va sovishi, nur sochish, elektr toki, kimyoviy o'zgarishlarning hammasi materiya harakatining turli formalaridir. Materiya hech qachon yo'qolmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi, u faqat bir turdan ikkinchi turga o'tib turadi.

Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini, ularning o'zgarishlarini hamda moddalarning o'zgarishida sodir bo'ladigan hodisalarni o'rganadigan fandir.

Kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri, moddalarni o'rganib, shu moddalardan xalq xo'jaligida foydalanish sohalarini oldindan aytib berish bo'lsa, ikkinchisi xalq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan yangi moddalarni yaratishdan iborat.

Kimyoning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Hozirgi jamiyat hayotida kimyoning roli beqiyosdir. Xalq xo'jaligining hamma sohalarini rivojlanishi kimyoning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir.

Sanoatimizda kimyoning yutuqlaridan foydalanib, yuqori sifatli maxsus po'latlar, qattiq va o'ta qattiq qotishmalar, sintetik kauchuk, plastmassalar, sun'iy va sintetik tolalar, mineral o'g'itlar, motor yoqilg'isi, dori-darmonlar, bo'yoqlar, portlovchi moddalar va hokazolar ishlab chiqarilmoqda.

Tabiatda mavjud bo'lmagan moddalarni laboratoriya sharoitlarida va sanoat miqyosida sintez qilinmokda. Kimyo sohasidagi yutuqlar yangi foydali moddalar sonini ko'paytiribgina qolmay, balki ulardan foydalanish sohasini ham kengaytiradi, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, chiqitsiz texnologiyaga o'tishga imkon beradi. Yog'och qipig'idan foydalanib etil spirti va boshqa mahsulotlar olish, paxta lintidan karboksimetil-sellyuloza (KMS) olish va hokazolar bunga misol bo'ladi. Shunday qilib, kimyo - butun xalq xo'jaligini rivojlantirishning muhim omilidir.


Yüklə 47,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin