Atom - molekulyar ta'limot. Atom – molekulyar ta'limotni dastlab M.V.Lomonosov (1741 y.) ishlab chiqdi va keyinchalik J.Dalton rivojlantirdi. Atom - molekulyar ta'limotdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi.
1.Moddalar-molekulalardan, molekulalar esa atomlardan tarkib topgan.
2.Molekula va atomlar to'xtovsiz harakatda bo'ladi.
3.Molekula va atomlar aniq massa va o'lchamga ega.
4.Oddiy moddalar bir xil element atomlaridan, murakkab moddalar har xil element atomlaridan tashkil topgan.
Molekula – ayni moddaning tarkibini va kimyoviy xossalarini o'zida saqlaydigan, bir nechta atomlardan tarkib topgan va mustaqil mavjud bo'la oladigan eng kichiq zarrachadir.
Atom – moddaning kimyoviy jihatdan bo'linmaydigan eng kichiq zarrachasidir.
Kimyoviy element – yadro zaryadlari bir xil bo'lgan atomlarning muayyan turidir.
Dostları ilə paylaş: |