Asr oshgan asarlar


Eki qavi' ayladi davlat qo ‘ling



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Eki qavi' ayladi davlat qo ‘ling,
Zulm sori tushdi va lekin y o ‘ling...
Chunki farah
2
bazmiga azm aylading,
Ayshu tarab
3
nazmiga jazjn aylading.
Qasrki, bazm anda muhayyo b o ‘lib,
Zinnati firdavsi muallo bo ‘lub.
Pardalari rishtasi
4
el jonidin,
La ’liyu shingaifi
5
ulus qonidin.
Shamsasi el moli bila zarnigor,
El duru la ’li bilan gavhar nigor.
Baz/ndagi qariyu gar xud yigit,
Maydin о ‘lub har bin bir telba it.
Sen d o g ‘i qoplandin agarchi fuzun6,
Nafs itining ilgida lekin zabun.
Arslonqul Navoiyning Astrobodga surgun qilini- 
shining sabablari to ‘g‘risida bir kun Sultonmurod
1 K u ch li, q u w a tli.
¡' 0 ‘yin-kulgi quv o n ch .
! V aqti c h o g ‘liq.
'I p -
! B o ’voq.
‘ Y uqori, ustun.
358


bilan suhbatlashganda, olim unga shoiming bu mis- 
ralarini o'qib berib, m a’nosini yaxshi tushuntirgan va, 
nihoyat, shunday degan edi: «Fahmladingizmi, yigit, 
masala nimadan iborat? Navoiy ulug‘ haqiqatparast- 
dir. Uning har bir so‘zi haqiqat mash’ali, vijdonning 
na’rasidir. Bu hol podshohga, uni qurshagan bir guruh 
oliy mansabdorlarga, a’yon va akobirlarga yoqmaydi. 
El-ulusni talab, molu mulk orttirguvchi razillar el 
homiysi shoiming sof, olijanob yuragi oldida zir 
titraydilar. Ko‘rshapalak quyoshdan cho‘chigani kabi, 
ular Navoiydan qo‘rqadilar. Jinoyatlarini fosh qilg‘uv- 
chi qudratli ovozini bo‘g‘moq tilaydilar!»
Arslonqul qo‘lini silkib, shu qarorga keldi: «Pod- 
shohning davlat qushi aslida talov qushi bo‘lsa kerak!» 
Shu vaqtda kimdir uning yelkasidan asta tortib qo'ydi. 
Arslonqul xayolini qochirgan hazilkashga yeb qo‘ygan- 
day bo‘lib, qovog‘ini solib qaradi-da, birdan kulib, dik 
etib o ‘midan turdi. Bu — Zayniddin edi. U, har 
vaqtdagi, sho‘xligi bilan dedi:
— Rosa pinakka ketgan ekansiz. Xayol dengiziga 
sho‘ng‘ib, necha xum tilla topdingiz? Bu ajoyibotlami 
tomosha qildingizmi?
Arslonqul qizarib, boshi bilan tasdiqladi.
— Buni keyin ko‘rsangiz ham bo‘ladi. T o ‘y yetti 
kun, — davom etdi Zayniddin. — Men sizni boshqa 
yerga olib boraman.
Ular Bog‘i Zog‘onning bosh darvozasi oldida to ‘x- 
tashdi. Epchil Zayniddin to‘yboshilar bilan bir zum 
gaplashib, hamrohini ichkari olib kirdi-da, bir muddat 
birga kezgach, daraxt ostida gilamda shatranj o‘ynov- 
chilar orasiga tiqilib, o ‘zini ham unutib yubordi. 
Arslonqul eski podshohlardan qolgan va ta ’rifini ko‘p 
eshitgan saroybog‘da ag‘rayib yolg‘iz keza boshladi. 
Sayrchilaming deyarli hammasi mag‘rur asilzodalar, 
mansabdorlar, kiyim-kechagi, so‘zi, muomalasi bilan 
yarqiragan olifta yoshlardan iborat «sara» xalq bo‘lga- 
nidan, sodda yigit dastlab chetlanibroq yurdi. Lekin 
har yoqda pitirlab yurgan yuzlarcha yumushchilar, 
navkarlar uni jilla ko‘zga tashlatmas edi. Arslonqul
359


hashamat, ziynat, tantana degan tushunchalarning 
timsoli-mujassamini bu yerda ko‘ra boshladi. Eski, 
g‘oyat zangin qasrlarga boy Bog‘izog‘on to ‘y muno- 
sabati bilan shoyon hayrat tus oigan. Bu yerda nimalar 
yo‘q? Shahaming eng mashhur san’atkorlari — ras- 
somlar, naqqoshlar, me’morlarning ijodi, hammani 
qiziqtiradigan har nav hunar egalarining hiylakor 
san’ati bu yerda ta’rifdan tashqari ko‘rkam, rang- 
barang gullagan, tajassumlangan edi. Bog‘ning turli 
tomonlarida, sehrli oina kabi, yiltiragan hovuzlar oldi- 
da har bir shahzoda o ‘zi uchun yasalgan go‘yo ertak- 
lardagidek boy, bezakli, chiroyli ko‘shklarda o ‘z yigit- 
lari, yaqinlari, mehmonlari bilan bazm qilardi. Pod- 
shohning o‘n to ‘rt o‘g‘li uchun o‘n to ‘rt yerda ko‘shk 
qurib berilgan! 0 ‘n to ‘rt yerda bazm! Maxsus tuzilgan 
marmar hovuzlarda aqiqday yongan sharob va shar- 
batlar!
Arslonqul shahzodalarning manzilini uzoqdan 
tomosha qildi. Faqat podshohning bosh o ‘g‘li Badiuz- 
zamon Mirzoning ko‘shkida bazm suronsiz ham shah­
zoda har vaqtki kiyimda edi. Yaxshigina shoir bo‘lgan 
bukri shahzoda — G ‘arib Mirzoning ko‘shkida aksar 
shoirlar, cholg‘uchilar, ashulachilar bazm qilishardi. 
Arslonqul o ‘zini daraxt orqasiga olib, xiyla vaqt 
musiqiy va ashula tingladi...
Mana, Muzaffar Mirzoning bazmi... 0 ‘n besh 
yashar kuyov parcha-parcha oltin gulli kiyimda. 
Chiroyli o‘ralgan oq shohi sallada, peshonasining te- 
pasiga qadalgan yirik gavhar va uni qurshagan rang- 
barang la’l-yoqutlar, durlar chaqnab yonadi. Sallaning 
uchida ko‘rkam jiga hilpiraydi. Muzaffar Mirzoning 
o ‘ng yog‘ida bahodirona tur bilan gerdayib To‘g‘on- 
bek o ‘tiradi. Yigitlaming hammasi to ‘y uchun maxsus 
tiktirilgan zar yoqali — qiymatli toshlar bilan bezalgan 
kiyimlarda yaltiraydi... Xushro‘y yosh-yosh soqiylar 
oltin qadahlami nozik harakatlar, ta ’zimlar bilan, 
qizlarday chiroyli imolar bilan paydarpay tutadilar... 
Arslonqul tishini qayrab, To‘g‘onbekka o‘qraydi-da, 
tez yurib ketdi. Daraxtlar orqasidan havoga sachrab
360


yongan oltin shu’lalar uning ko‘zini qamashtirdi. 
Arslonqul yaqin bordi... Nayzasiga suyalib turgan ikki 
navkardan boshqa kimsasiz katta ko‘shkning oldida 
anqayib qoldi. Ko‘shkning hamma qismlaridagi toza 
lojuvard ustiga oltindan ishlangan bo‘rtma naqshlar, 
tasvirlar — ustalaming, naqqoshlarning san’ati — uni 
rosa mot qilgan edi. Tanish bir xizmatkor yo‘liqib, bu 
ajoyib binoni podshoh o‘zi uchun soldirganini, bu 
yerda tun bo‘yi favqulodda suronli bazm bo‘lib, pod­
shoh va vazirlar, beklar, hatto shayx-ul-islom ham 
mastlikdan uchib qolganini so‘zladida, Arslonqulni 
sudrab ketdi. Uni oshxona yonidagi supaga o‘tqa- 
zib, taom keltirdi. Arslonqul belini qamish bilan 
bog‘lagan, yuzi, qo‘li kuya bir necha yumushchilar 
bilan gangir-gungir suhbatlashib o‘tirdi. Bu yerda 
ko‘rganlari haqida gapirarkan, ayyorcha kulib, sekin 
o‘qidi u:

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin