Xotiriga bir vaqt yozgan g ‘aza li tushdi:
Nechun may bila bo ‘Imasun ulfatim,
Kim jon qasdi aylar g ‘ami mehnatim.
N azar ayla bu korgah vasfiga,
Ki ortar tamoshosida hayratim.
Quyosh yo ‘qki bir zarra mohiyatin
Topa olmadi sa ’y ila fikratim .
Ne kelmak ayon bo ‘ldi, ne ketmagim,
Ne umid yaqin bo ‘ldi, ne ruj ’atim,
Ne kasbi ulum etti hal mushkulim.
Ne utti ilk taqvoyu toatim.
Topay deb xabar ushbu maqsuddin,
411
Tutashti base qavm ila suhbatim.
Ne qilur bu dardim ilojin hakim,
Ne shayx ayladi d a f’ bu illatim.
Ne qilmoqqa p ir amridan hosilim,
Ne kechmakka bu fîkrdan hayratim,
Mening boshima bas qaîtiq tushdi ish,
Chu îoq o ‘ldi bu dard ila toqatim.
Xarobot aro kirdim oshifîahol,
May istarga ilgimda singan safol.
Ilhomning shavqi bilan aytilgan bu fikrlar shoir-
ning hozirgi kayfiyatiga ko‘proq mos keldi: asrlar sajda
qilgan haqiqatlarga qaraganda, bu ma’noliroq kabi
ko‘rinadi: «Garchi shak falsafaning onasi va haqiqatga
yo‘llovchi bo‘lsa ham, uni fikr doimiy maskan qilol-
mas», dedi ichida.
Kirishga ijozat tilagan Shayx Bahlulning tovushi
bilan u og‘ir solingan boshini ko‘tardi. Qadrdon
mulozim har vaqtdagi odobli vaziyat bilan uning yoni-
ga ayri-ayri va turli shaklda buklangan bir necha
qog‘ozni qo‘yib chiqib ketdi. Navoiy shamdonni
o ‘ziga tomon yaqin surib, qog‘ozlami ocha boshladi.
Buxoro va Samarqanddan kelgan ikki tolibi ilmning
yordam so‘rab yozgan arizalari, yana bir shoiming
beva va yetimlari o‘z ahvollarining og‘irligini tavsifla-
gan bir nomadan o‘zgasi dehqonlaming, kosiblarning
zakotchilardan, tuman va qishloq amaldorlari ustidan
qilgan shikoyatlari edi. Yana bir shikoyatda Navoiyga
tanish binokor usta o‘z oilasining nomusini bulg‘a-
moqchi bo‘lgan shahzoda Abulmuhsin Mirzodan dod-
lagan. Navoiy bu shikoyatni qaytadan o‘qib, nafrat
bilan boshini silkidi: «Ilohim, odam qiyofatidagi bu
hayvon ish boshiga o‘tmasin-da! deb, bu qog‘ozni alo-
hida juzdonga solib qo‘ydi. Keyin hamma shikoyat va
ariza egalarining talablarini qanday qilib va nima bilan
qondirish to ‘g‘risida o‘ylab, har qaysini fikrda hal etib,
taskin topdi.
Xufton namozini ado etib, ishga o ‘tirarkan, hovli-
da shovqin ko‘tarildi. Bir nafasdan keyin, yo‘l kiyimi-
da Darveshali kirib keldi. Aka-uka samimiy ko‘ri-
412
shishdi. Darveshali Balxdagilar to ‘sindan buyruq olib,
uni qamoqdan bo‘shatganlarini so‘ylab, «Oxiri baxayr
bo‘lsin, bilmadim, bu marhamat samimiymi yoinki
taqdim etilgan gul orasida zahar bormi?» dedi. Navoiy
ham, bilmayman, degandek qoshini chimirib qo‘ydi.
Darveshali qulog‘iga qisman chatilgan voqealaming
tafsilotini bilishga qiziqsindi. Navoiy Majididdin
masalasi nima bilan bitganini so‘zlarkan, tovushida
goh g‘azab, goh kinoyali kulgi, goh esa insonning
zaifliklariga donishmandona achinish sezilar edi.
Darveshali faqat xursand boldi.
— Majididdin razolatining fosh etilishi, — dedi
Navoiy, — shubhasiz, katta ish bo‘ldi. Lekin uning
ildizlari hali qirqilgan emas. Uning haromnamaklari
hali ko‘p mahkamalarda in qurganlar. To‘g‘ri, ular
bugun Majididdinni dajjol, shaytoni lain edi, deb
ayyuhannos soladilar. Ammo ajdaho nafslari el molini
hali ham sovurmoqdalar. Yangi vazir bulami, bamisoli
qarmoqday, xalqning bo‘g‘ziga tashlamoqqa harakat
qilur.
— Nizomulmulk! — hayrat bilan ko‘zini olaytirdi
Darveshali.
Navoiy kuldi, keyin jiddiy gapirdi:
— Siz g‘oyat soddasiz. Yolg‘iz zohirga qarab hukm
qilasiz. Zolimlar borki, farishta to ‘nini kiyadilar.
Shayxlar borki, bang xayolotini elga karomat, deb
sotadilar. Johillar borki, kitob qo‘ltiqlab olimlik da’vo
qiladilar. Mamlakat boshida tili bilan dili bir bo‘lgan,
yolg‘iz xalq manfaatini o‘ylagan, oliy ruhli, pok vij-
donli insonlar turmas ekan, hayot sabzasi tobora
so‘lur.
— Davlatni isloh qilish haqida yozilmish muloha-
zalaringizga podshoh hech iltifot etmadimi?
— Bu mamlakatda isloh so‘zini og‘izga olganlar-
ni, — javob berdi Navoiy g‘azablanib, — eng muzir
osiy kabi dor bilan mukofotlaydilar.
Darveshali jim qoldi. Xo‘mrayib yerga qaragan
Alisherga ko‘z uchini tashlab, unda iztirob sezdi.
Chiqib ketmoq yoki boshqa mavzu qidirmoq bo‘lib
413
turarkan, Valibek kirdi. Darveshalining kelganini
eshitib, ko‘rgali oshiqqanini so‘zladi. Navoiy ham uni,
hamma vaqtdagi kabi, yaxshi qarshiladi. Turli mavzu-
larda gangir-gungur suhbat boshlandi.
Keyin, orada bir nafas sukunat hukm surgach,
Valibek aytishga fursat kutib turgan gapini boshlab
yubordi. Yashirin xabarlarga va ba’zi alomatlarga qara-
ganda, Badiuzzamon Astrobodda isyon ko‘tarish fikr-
lari bilan ovora bo‘layotganini, u Qandahor hokimi
Zulnun Arg‘unbek bilan aloqada bo‘lgani va hokazo
haqida gapirdi. Navoiy uni berilib tingladi-da, tizza-
siga urib qo‘ydi, betoqatlanganday, butun gavdasini
tebratdi.
— Voqea haqiqatga yaqin, — dedi u kuyinib. —
Badiuzzamondagina emas, hamma shahzodalarning
ko‘kraklarida bunday qora niyat bor. Xo‘sh, ne uchun
Zulnun Arg‘unbekdek oq ko‘ngilli, mardona bir bek
bu fitnaga sherik bo‘lmoqchi? Hirotda unga hasad
qilg‘uvchilar bor. Arg‘unbek Qandahor viloyatida
yomon ishlar qilmadi. Navkarlariga yaxshi qaradi,
ulaming sonini borgan sari oshirdi. Buzuv-yig‘uvdan
o ‘zga ishga behunar bir guruh uni podshohga yomon-
ladi. Arg‘unbek o‘zi uchun bir himoyachi qidirdi.
Badiuzzamon bu fursatni g‘animat bildi, xolos.
— Taqsir, voqeadan xabaringiz bormidi? — taaj-
jublanib so‘radi Valibek.
— Yo‘q, — javob berdi Navoiy.
— Sabablarini to ‘g‘ri aytdingiz-ku.
— So‘zingizning mazmunidan yolg‘iz shu natijaga
kelish mumkin edi, — javob berdi Navoiy va davom
etdi. — Lekin, biz hech vaqt bunday fitnalarga yo‘l
qo‘ymasligimiz kerak. Behuda qon to‘kmak, yurtni
parchalamoqdan azim gunoh yo‘q! Qalbaki do‘stlik,
qardoshlik kuli ostida dushmanlik olovlari yong‘inga
aylanur. Yeng uchidagi zaharli xanjarlar kinli, g‘azabli
qo‘llarda birdan yarqirar. Koshki buning badaliga
biron shahzodadan yurt, el uchun xayrli ishni umid
qila bilsak... Yo‘q!
— Albatta! — dedi metin gavdasini egib, o‘ylanib
414
Valibek. — Xonadonning barcha a ’zosi it bilan
mushukka aylanur. Qo‘shin bir-biriga yov guruhlarga
ayrilur. Biz, beklar, bir-birimizga maydon ochurmiz!
— Temur avlodida bu kasal aslo yo‘qolmaydi-da.
Oxiri baxayr b o ‘lsin! — dedi o ‘zicha Darveshali.
Dasturxon yozilib, bir lagan yaxna et, bir lagan
quymoq keltirildi. Ishtahasizlik bilan bir oz totinishdi.
Valibek va Darveshali xushlashib chiqib ketgach,
Navoiy darrov qalam va qog‘oz oldi-da, Badiuz-
zamonga xat yozishga kirishdi. G ‘azabli kayfiyatda
aytilgan ba’zi jumlalar benihoya achchiq, dilni om-
burday uzib oluvchi edi. Xatni o‘qib chiqarkan, ular
ustida o‘ylanib qoldi. Lekin biron nuqtasini o ‘zgar-
tirishni istamadi. Yuragidagi dud tarqalganday, ancha
yengillanib, uxlamoq uchun yotdi.
Ertasi nonushtadan so‘ng Navoiy ishonchli chopar-
lardan birini chorlab, xatni berdi. Astrobodga jo ‘nab,
shaxsan Badiuzzamonning qo‘liga topshirishni uqtirdi.
Keyin to ‘g‘ri devonxonaga ketdi. Qalamlarining uchi-
ni yalqovlik bilan ochib, ish boshlashga erinib, undan-
bundan gap sotishgan munshilar Navoiy kirishi bilan
bir onda jim bo‘lishdi. Bulaming orasida Shohrux
Mirzoning oxirgi yillarida xizmatiga kirib, hozir
munkillab qolgan chollar bilan, mo‘ylab tuki endigina
bilingan yigitchalar bor edi. Navoiy munshilar xonasi-
dan o‘tib, ichkarigi xonaga kirdi. Bu yerda yolg‘iz
Nizomulmulkni uchratdi. Atlas ko‘rpachalar ustida
tillado‘zi to‘n kiyib o‘tirgan bosh vazir o'rnidan turib
ko‘rishib, nazokat bilan shoirni o‘ziga yaqin o ‘tqizdi.
Qalbaki tabassum bilan: «Zoti oliylarining har nechuk
xizmatlariga tayyormen», dedi u. Navoiy kissasidan
bir hovuch ayri-ayri bukilgan qog‘ozlarni Nizomul-
mulkning oldiga qo‘ydi.
— Shu mushkilotlami tez hal qilmoq kerak!
Nizomulmulk hamma qog‘ozlami bir-bir ochib,
o‘qib chiqdi.
— Bu kabi ishlarga janoblari aziz vaqtlarini sarf qil-
masalar ham bo‘lar edi, — dedi Nizomulmulk quyuq
qoshlari uchini biriktirib.
415
— Nechun? — so‘radi Navoiy vazirga tikilib.
— Agar xalqqa quloq solsangiz, shikoyatlarga botib
ketasiz. Um m i egovlamasdan, o‘zaro bitishinglar, deb
ketaverish ham mumkin,— javob berdi kulib Nizo-
mulmulk va davom etdi: — Yana ular ne uchun zoti
oliylariga murojaat qildilar? Buning uchun mahka-
malar ham vazifadorlar bor axir.
Navoiy mahkamalardan, vazifadorlardan xalq o ‘z
yaralari uchun zarra qadar shifo kutmaganini, zulm
xanjari bo‘g‘ziga qadalganini so‘zladi. Bu shikoyat-
lami tez tahqiqlashni talab qildi.
— Xalq amaldorlarga yomon ko‘z bilan qaray-
di. Hamisha shunday bo lgan... — dedi Nizomul-
mulk.
— Xalq xato qilmaydi, — dedi Navoiy. — Ilonga
hech kirn o ‘z ko‘ksida joy bermas!
— Ustlariga ayb tushgan zotlar, — dedi Nizomul-
mulk asabiylanib, — davlatning sodiq xizmatkorlari...
Ulaming qadri qimmatini unutmoq yaxshi emas,
albatta!
— Bu mamlakatda,— dedi Navoiy hayajon bilan,—
zindonlar, jazolar, jarimalar, dorlar bor. Kim uchun?
Adolatli davlatda bu narsalar yolg‘iz jabrkorlar uchun
tadbiq etilur. Sadoqatli zolimlaming xizmatlari davlat
ildiziga bolta urishdan boshqa narsa emas!
Bosh vazir titrab ketdi. Navoiyning avzoyiga razm
soldi. Unda dahshatli kuch va iroda, yorilib hamma
yoqni yiqquday bo‘lgan g‘azab nishonasini ko‘rdi.
0 ‘rnidan ildam turdi. Qo‘l ostidagi m a’murlardan
birini chaqirib, shikoyat va arizalami unga tutqazib,
dedi: «Darhol qoziga borib, bu qog‘ozlarning maz-
munini birlikda tahqiqlamoq kerak». M a’mur chiqar
ekan, Navoiy qo‘l bilan ishora qilib, to ‘xtatdi:
— Natijalarini bizga qay vaqt ma’lum qilasiz?
Shoshib qolgan m a’mur, ta ’zim qilib, javob berdi:
«Zoti oliylarigami? Tahqiq-taftish bitgan kuniyoq
o‘zim ogohlantirurmen...»
Navoiy tashqari chiqdi. Quyosh dam bulut orasiga
kirib, dam keskin yaltirab chiqardi. Murabba shaklli
416
g‘ishtlar yotqizilgan yo‘ldan asta yurib, bosh qasrga
bordi. Eshik og‘aga podshoh qoshiga kirmoq istagani-
ni bildirdi. Ko‘p o ‘tmasdan ruxsat oldi. Husayn
Boyqaro, bu maqrib us-sulton1 bilan nodir uchrasha
boshlaganligidanmi yoki kayfi chog‘ligi uchunmi,
ochiq yuz bilan qabul etdi. Bir muddat u-bu to ‘g‘risi-
da gaplashishdi. Fisq-fujur, may yolg‘iz uning gavdasi-
ga emas, balki butun m a’naviy siymosiga ham ta ’sir
etgan edi — so‘zlarida qaror yo‘q: goh birdan asos va
dalilsiz kimnidir maqtab ketar, go‘yo u odam kelsa-yu,
o‘pa qolsa... Goh esa kimnidir, yana asossiz, yomon-
lab ketardi. Lekin ko‘zlarida hali ham makr-hiylaning
ifodasi kuchli edi. Navoiy fursat kelganda, qo‘ltig‘idan
qog‘ozni chiqarib unga uzatdi. Husayn Boyqaro mast-
lik bilan xira yiltiragan ko‘zlariga yaqin tutib o ‘qidi-
da, tizzasiga qo‘ydi. Qayoqdagi bosh og‘rig‘i narsalar-
ni topib yurasan, degan kabi salqigan yuzlarini
qiyshaytirib, jim qoldi. Navoiy, javobni qistaganday,
dadil boqib turaverdi. Nihoyat, Husayn Boyqaro
qog‘ozni yana qo‘liga olib: «Qanday jazo yoki jari-
mani ma’qul topursiz?» deb so‘radi-da, javobni kut-
masdan, noqobil o ‘g‘illaridan shikoyat qilib ketdi. U
gapirib bo‘lgach, Navoiy shoh xonadoni avlodi xusu-
san axloq, adab bobida hammaga namuna bo‘lishi
kerak ekan, buning tamom ziddini ko‘rib, afsuslan-
ganini so‘zlab, keyin dedi: «Bu ishni faqat hazratla-
rining vijdonlariga havola qilurmen. Davlatning qonun
va qoidalari oldida shohu gado baravar tiz cho‘kishi
kerakligi to‘g‘risida sizga benihoyat ko‘p d a f a so‘zla-
gan edim, buni yana takrorlaymen». Husayn Boyqaro
bu haqda Shayx ul-islom bilan kengashib, shariati
Mustafoga muvofiq o ‘g‘lini jazolashga va’da bergach,
Navoiy qulluq qilib, o ‘midan qo‘zg‘aldi.
Tunda qatqaloq bo‘lgan ko‘cha quyoshda erib,
pilch-pilch loy b o ‘lgan edi. Shoir kafshini loy qil-
maslik uchun chetdan ehtiyot bilan yurib ketdi. Ham-
ma, katta-kichik salom berib, u o‘tib ketguncha adab
! S u ltonning yaqinlari.
1 4 -4 7 3 3
417
bilan qimirlamay turishaverdi. U «Unsiya»ga kirmay,
madrasa orqasidagi yordamchi binolardan biriga kirdi.
Atrofi katta-kichik xonalar, ayvonlar bilan o‘ralgan
katta hovlida o‘nlab xizmatkorlar ahillik bilan har
kungi vazifalarini bajarmoqda edilar. Kimi yuzlarcha
dasta-dasta tovoqlarni, laganlami yuvadi, kimi katta
ko‘zalarda suv tashiydi. Kimi etagining banni bel-
bog‘iga qistirib, qator qurilgan haybatli qozonlar osti-
ga o ‘tin tashlab, tutundan yoshlangan ko‘zini uqalay-
di. Katta kapggirlami, beso‘naqay yog‘och cho‘mich-
lami qo‘llarida tutgan, mosh yegan xo‘rozday qip-qizil
oshpazlar qozon boshida kuymalanmoqda edilar. Bu
yerda Navoiy har kun kambag‘allar, yetim-esirlar, ti-
lanchilar uchun osh berar edi. U har bir qozonning
tepasiga kelib, bukun nima tayyorlanayotgani, qancha
et, yog‘, qancha don va hokazo solingani to ‘g‘risida
so‘zlashdi. Pazandalaming hunari haqida kimdir
to ‘qigan, qay vaqtlar eshitgan bir necha qiziq baytni
aytib, atrofdagilami kuldirdi. Keyin hazil-mutoyiba
qildi. Mutoyibada oshpazlar ham, boshqa xizmatkor
lar ham bo‘sh kelmadilar. Navoiy kulib-kulib:
«Ko‘plashib ketdingiz. Bittadan cho‘qiganlaringda
ham meni pora-pora qilib qo'yasizlar», dedi. Keluv-
chilami aslo kuttirmasdan, ovqatni tartib bilan tor-
tishni tayinlab, chiqib ketdi.
«Unsiya»ga kirib, o‘z xonasida bir muddat orom
oldi. Keyin tasodifan kelib qolgan Mir Mirtoz bilan
shatranj o‘ynadi. Mir Mirtoz bu o'yinda oldingilardan
edi — o‘yinchi topilsa, har narsani, madrasadagi
darslami ham unutib yuboradigan shatranjparast bu
olim bilan Navoiy siyrak o ‘ynar edi. Juda ehtiyot bilan
o ‘ynab, o‘yinni ikki marta durang qildi-da, shu
obro‘ni saqlamoq uchun, garchi Mir Mirtoz qistasa
ham, o‘yinni takrorlamadi. Peshin namozidan keyin
birga ovqatlanib, xonaqohga chiqishdi.
Xonaqoh, har vaqtdagi kabi, ulug'vor, m a’nodor
bir sokinlik bilan yashardi. Hamma yoqni top-toza
qilib, bu yeming ko‘ngli nozik, doimiy mutolaa va
yozuv bilan injiqlanib qolgan odamlarga kerakli
418
narsalarni muhayyo etib turuvchi xizmatkorlar oyoq
uchida yurib, o‘z vazifalarini bajarmoqda edilar.
Navoiy o‘z hamrohini Mirxondning xonasiga boshlab
kirdi. Keksa hakimona beparvo rind tabiatli olim —
zamonning eng ulug‘ tarixchisi — nozik va samimiy
muomala bilan qarshi oldi. Uning o‘n ikki yashar
nabirasi G ‘iyosiddin M uhammad1 o‘zini kattalardek
tutib, adab bilan salom berdi. U Navoiyni o‘z
bobosidek sevar edi. Bobosining atrofiga qalashgan
kitoblarni nari-beri surib, tartibga soldi. Awalgi o‘tir-
gan joyidan pastroqda tiz cho‘kib, donishmand chol-
larning so‘zini tinglamoq uchun aqlli ko‘zlarini diqqat
bilan ularga tikdi. Navoiy Mirxondning kayfini takal-
lufsiz, do‘stona ravishda so‘ragandan keyin uning
nabirasiga murojaat etdi — bu iste’dodli bola bilan
so‘zlashishdan zavqlanardi.
Tarixdan yana qanday kitoblarni mutolaa qilganini
so‘radi. Xondamir bir qancha jiddiy kitoblarni aytib
berdi. Navoiy ham M ir Mirtoz ofarin o‘qishdi.
Xondamir har vaqt bobosi bilan birga o ‘tirardi.
Atrofi olimlar bilan qurshalgan bobosining huzuriga
kcluvchi har xil ilm, san’at ahlining suhbatlariga quloq
solib, ilmlarga, xususan, tarixga katta maroq orttirgan
edi. Bu sohada ko‘pgina jiddiy asarlarni o‘qib, hazm
etgan edi. Bobosi, Navoiyning iltimosi bilan, bir ko‘p
yillardan buyon bu xonada erta-kech yozish bilan
mashg‘ul bo‘lgan katta tarixiy asarning — «Ravzat us-
safo»ning hamma tugagan qismlarini bobma-bob bilar
edi.
Qari Mirxond suyukli nabirasi bilan faxrlandi:
«Alhamdulillo, menga ko‘makchi bo‘lib qoldi. Ba’-
zan, yozganlarimni ko‘chiradi, ba’zan ko‘zim zaiflik
qilib, badxat eski kitoblarni o ‘qimoqqa mushkulot
cheksam, menga ravon o‘qib beradi. Men tarixga o‘z
umrimni bag‘ishladim. Bu ilm mendan so‘ng yetim
qolmas, deb o ‘ylaymen». Navoiy va Mir Mirtoz keksa
olimning fikrini tasdiqladilar. Mir Mirtoz Xondamir-
1 X ondam ir.
419
ning riyoziy ilmlarda ham bir qadar m a’lumot kasb
etishning zarurligini uqtirdi.
Navoiy «Ravzt us-safo»ning qanday ahvolda ekani-
ni tarixchidan so‘radi. Mirxond o ‘ng tomonida, uy-
ning mehrob shaklidagi taxmonida qalin kitoblar usti-
ga taxlangan juz-juz qog‘ozlarni olib qo‘ydi:
«To‘rtinchi jildini tamom qildik. Uyga eltib o‘qishla-
rini ham fikr va mulohazalarini bayon qilishlarini orzu
qilamen». Navoiy bilan Mir Mirtoz asta varaqlab, jild-
ning boblarini qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar.
Navoiy uyda o‘qib chiqmoq uchun juzdonga solib,
yoniga olib qo‘ydi.
— Umr barq sur’ati bilan o ‘tmoqda, — dedi Mir
xond qayg‘urib. — Qolgan jildlami bitirmoqni tangri
nasib etarmikan?
— Bizga va’da etgan bu asami bitirmasdan qayga
borasiz? Biz etagingizdan tortqilaymiz! — hazillashib
kulib dedi Navoiy.
— Bugun ko'nglingizni andak g‘am bosibdi, —
dedi odatdagi sho‘xligi bilan Mir Mirtoz. — Biror
ayoqdan chog‘ir ichilsa, ko‘ngil, bahor osmoniday,
yana ziyodor bo‘lur...
— To‘g‘ri, — dedi Navoiy, d a fi savdo uchun,
yurakdagi dard-anduh toshini eritmoq uchun ozgina
may ichish odatingizni tark etmangiz.
Mirxond rindlik shavq-zavqining ko‘ngilga bergan
tozaligi haqida juda chiroyli, mazmunli va rangdor bir
uslub va darveshona kamtarin ohang bilan so‘zlab
ketdi. Navoiy tarixchining chuqur shoirona, sof, xush
tabiatini sevardi. Ayniqsa, bu tabiat uning keksalik
davrida m a’navy boylikning yorqin ranglari bilan
kamolotga erishib, yana dilbar, yana m a’nodor, go'zal
bo‘lgan edi. Asta-sekin Sultonmurod va bir necha olim
va shoirlar kirishdi, suhbat gullab ketdi. Olimlar har
nav fanga, san’atga oid yoza boshlagan asarlari haqida
gapirdilar. Mavzularning muhim nuqtalari, turli
muharrirlaming nazarlari bilan ba’zi chigal jihatlar va
hokazo haqida Navoiy bilan maslahatlashdilar. Har
kim o ‘z asarining Navoiyga maqbul bo‘lishini istar
420
edi. Sultonmurod hamma fanlaming eng muhim
xulosalari to ‘g‘risida «Jomi ul-ulum»1 nomli kitob
yozish orzusida bo‘lganini aytib, Navoiyni quvontirdi.
Shoir zamon madaniyatining yorqin yulduzlari, fikr-
ijodiyotning porloq buloqlari bo‘lgan bu odamlami
yana oliy poyalarga tashviq etdi. 0 ‘z kutubxonasining
eshiklari ular uchun hamisha ochiq ekanini yana
takrorladi.
Soat beshni urdi. Muhammad Mirak Naqqosh
yasagan soat Mirxondning xonasiga yaqin, maxsus
joyga qo‘yilgan edi. Soat ko‘rinishda katta quti bo‘lib,
uning ichidagi shakl qo‘llaridagi tayoqchasi bilan
nog‘orani urib, vaqtni muntazam ko‘rsatib turardi.
Suhbatning dilbarligidan hech kim uning baralla
ovozini eshitmadi ham — hatto odatda soat har urgan
sayin qiziqsinib qo‘yadigan yosh Xondamir ham uni
tamom unutgan edi. Faqat darichadan ko‘rinib turgan
va quyosh shu’lasida naqshlari yonib-chaqnagan
minorada muazzin namozgarga birdan azon aytib
yuborgach, odamlar shoshib-pishib qo‘zg‘alishdi...
Dostları ilə paylaş: |