ko‘chiradilar. Yana bir xonada Shayx Bahlul bilan
Sohib Doro qoshlarini jiddiy chimirib, boshlarini shat-
ranj taxtasiga egganlar...
Navoiy xuftondan so‘ng, kutubxonani aylanib
chiqib, o ‘z xonasiga kirdi. Shamdonni tokchadan olib,
kichkina mayin gilam yopilgan past kursi ustiga
qo‘ydi. «Majolis un-nafois»'ni davom ettirishga o‘tir-
di. Savag‘ich qalam qog‘oz
ustida shoiming fikriga,
tuyg‘usiga inoq yurib ketdi.
Navoiy tunlarda qalamni qo‘lga olib, o‘z fikrlari,
tuyg‘ulari bilan ulfatchilik qilishni sevardi. Bu — bir
qarich bolalikdan qolgan odat edi. U qishki sokin
kechada, xuddi o‘zi baytda aytgani kabi, fikrlaming
ajoyib bazmini qurdi.
To baraqs oyand shabho shohdoni bazm i fikr,
Ham chu nay dar k a f qalam sozi xush ohangi man ast
2
«Majolis un-nafois» — bir necha yuz shoiming ha-
yotlari va ijodlarining yaproqlaridan terilgan bir gul-
dasta. Navoiy Xuroson va Movarounnahrda yasha-
moqda bo‘lgan yoki dunyodan abadiy ko‘z yumgan
yuzlarcha shoirlami, she’rga aloqa ko‘rsatgan olim,
fozillami xotiraga oladi. Ko‘plarini taniydi, ko‘plari
bilan maktublashgan. Oralarida unga do'stlik
ipi bilan
bog‘langanlar bo‘lganidek, dushmanlar ham bor. Le-
kin Navoiy ulaming hayotiga, fe’l-atvoriga, iste’dodi-
ga, yuksak fazilatlari va ojizliklariga xolisona qaraydi.
Insonlarga xos qancha g‘alati, qiziq, turli-tuman sifat-
lar ko‘z oldida yorqinlashadi. Bir necha og‘iz so‘z
bilan har shoiming hayot durdonasini, bir necha og‘iz
so‘z bilan uning insoniy sifatini, o‘ziga xos alomatini
ko‘rsatish kerak ham bir necha og‘iz so‘z bilan shoir-
ning ijodiga qimmat berish kerak. Inson tabiatining
porloq, xira, rangsiz, qora va hokazo sonsiz jilvalari
ko‘z oldida tajassumlanadi. Qancha yorqin va nodir
siymolar,
qancha razil va ojiz, qayg‘uli va kulgili
1 «N afis m ajlislar» — N av o iy n in g a sa rla rid an biri.
: M a ’ n o s i: K ech alar fik r b azm ida g o 'z a l raq q o salar — fikrlar o 'y in g a tu shishi
u c h u n q a la m m en in g q o 'lim d a xushovoz, x u sh o h an g b ir sozdir.
409
qiyofalar uning tasawur yonasida aks etadi. Ba’zan
bir ongina shoiming yuzidan m a’nodor tabassum
uchib o‘tadi. She’r, san’at, ilm ahli — mayli, yaxshi-
mi, yomonmi, oqilmi, johilmi, insonmi, shaytonmi,—
baribir, so‘zning torini chertgan. Shuning uchun ki-
tobda uning to‘g‘risida bir necha og‘iz gapirish kerak.
Navoiy fikrlarning bazmiga, qalamning ohangiga
berilib, vaqtning alla-palla bo‘lganini sezmay qoldi.
Qalamni qo‘ydi. Barmoqlarida og‘riq sezdi.
Devorga
suyalib, boshini quyi solgan holda fikrga tolganday,
bir muddat o ‘tirdi. Yana kasal Jomiy ko‘z o‘ngiga
keldi. Yuragi hovliqdi. Kunduz borganda, bemoming
holini ko‘rib, ko‘ngli allanechuk buzilgan edi. Biron
kishini yuborsammikan, deb o ‘yladi. Lekin sezgilari
tashvishli bo‘lganidan, o‘zi borishga qaror qildi.
0 ‘m idan turib, shamni o‘chirdi.
Izg‘irin shoirning yuzini timadi, etaklariga yopish-
di. Osmon qora, xo'mraygan. Uzoqda,
maydonda
navkarlar, qorovullarning gulxani tunning qora
bag‘rini yalamoqda edi. Qayerdadir chang, ud va nay
ovozini eshitdi, qayerdadir yolg‘iz tovush uning bir
g‘azalini yangi yaratilgan maqomlardan biriga solib
aytmoqda. Xushkayf bir guruh: tor ko‘chadan chiqib,
madrasa orqasida g‘oyib bo‘ldi, bular ichida tanish
ovozlami — yosh, sho‘x shoirlaming ovozini eshitdi.
Jomiyning eshigida, fanor bilan yoritilgan hovlida
odamlaming tashvish bilan yurib turganini ko‘rdi.
Bular Jomiyning aqrabolari,
yaqinlari, do‘stlari edilar.
Navoiy bemorning holi haqida hech kim bilan
so‘zlashmasa ham, yuragini birdan o‘tkir alam sanchib
ketdi. Xona ichiga kirdi. To‘rda, to ‘shakda yotgan be
moming atrofida bir to ‘da do'stlar turardi. Jomiyning
oyog‘ida uning o‘g‘li Ziyoiddin Yusuf yig‘idan shish-
gan ko‘zlarini ojizlik bilan otaga tikkan edi. Navoiy
xastaning oldiga tiz cho‘kib, boshiga engashdi. Qayg‘u
va muhabbat uchqunlangan so‘zlar bilan unga muro-
jaat etdi. Evoh, donishmand ko‘zlar ochilmadi. Jomiy
behush edi! Navoiy dardli ko‘zlarini tabib Abdulhayga
tikdi. Hoziq hakim boshini ojizona chayqadi, xolos.
410
Navoiy qaltirab o‘rnidan turdi. Ko'zlaridan yoshlar
quyilib, soqollarini yuvdi. Ziyoiddin Yusufning boshi-
ni ota
mehribonligi bilan silarkan, hech kim o‘zini
tuta olmadi — h o ‘ngrab-ho‘ngrab yig‘lashdi.
Jomiy goh qisqa muddat hushiga kelib, goh yana
behol bo‘lib yotdi. Navoiy uning yonidan siljimadi.
Xushovoz G ‘iyosiddin Dehdor Jomiy boshida qiroat
bilan muttasil Q ur’on o‘qidi. Keyin qalin xalq davra
qurib, naqshbandiy usuliga muvoflq, zikr tushdi.
Értalab xastaning holi yana og‘irlashdi, ko‘p o ‘tmas-
dan, o‘lim o‘z og‘ushiga tortdi. Janozaga butun Hirot
qatnashdi. Ulug‘ shoir va shayxni katta tantana bilan
mavlono Sa’diddin Koshg‘ariyning mozori yoniga
dafn etdilar.
0 ‘limning yettinchi kuni Navoiy ulug‘ do‘stining
xotirasi uchun minglab xalqqa osh berdi. Bu yerda
Jomiy haqida yozilgan she’rlar o‘qildi.
Oqshom uyga
horg‘in qaytdi. U Jomiyning o‘limidan keyin qan-
daydir bir tanholik, o ‘ksizlik sezar, birin-sirin o‘lim
og‘ushidan joy olayotgan jonajon do‘stlarni alam
bilan yodlar, hayot va o‘lim ziddiyati haqida alam
bilan o‘ylar edi. Bu, olamning markaziy masalasi kabi,
uning boshida gala-gala masalalami tug‘dirardi. Fikr,
falsafa, ilm, haqiqat, xudo masalalarining tubsiz gir-
dobida chirpinar, yaralangan burgut qudratli qanotla-
rini tog‘ toshlariga ura-ura, xavfsiz qo‘nar, joy topish-
ga uringandek uning flkri ham negizli bir maskan qidi-
rardi.
Dostları ilə paylaş: