Asr oshgan asarlar


—  Bu tomonni bizga yuklashingiz mumkin... —



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   161
Navoiy romani. Oybek

— 
Bu tomonni bizga yuklashingiz mumkin... —
dedi.
O'ttiz to ‘rúnchi bob
I
Quyosh ufqqa oshiqardi. Uzoqda, adirlarning, soy-
larning bag'rida ko‘lkalar tentirardi. Katta karvon
yo‘li bo‘ylab cho‘zilgan ekinzorlarda shamol yashil
to ‘lqinlar yasardi. Navoiy hamroh navkarlari bilan
Balxga yaqin so‘nggi rabotdan chiqib, bir necha kun-
lik yo‘lni bosib charchagan otni zo‘rlamay, asta bo-
rardi. Butun gavdasida horg‘inlik sezar, boshida esa
turli xayollar, fikrlar o ‘ynardi. Sodiq hamrohlariga
goho g‘ayrishuuriy ravishda biron so‘z deb qo‘yar yoki
biron narsaga ishorat qilar, yana jim bo‘lardi. Mana,
uzoqda Balxning eski qo‘rg‘oni ko‘zga chalindi. Otlar,
manzilning yaqinligini sezgan kabi, pishqirib, qam-
chisiz qadamlarni tezlatdilar. Bir to ‘p qalin daraxtlar
orqasidan chang ko‘tarildi. Hayal o ‘tmay, yo‘lchilar
Badiuzzamon boshliq istiqbolga chiqqan olomon bi­
lan uchrashdilar. Bular ichida shahzodaning xos yigit-
lari, yaqinlari, hamsuhbatlari, Balxning bir necha ol-
dingi odamlari, xalq namoyandalari bor edi. Badiuz-
430


zamon otdan tappa tushib, Navoiyga ta’zim qildi va
adab bilan ko‘rishdi. Shoiming sihati, safar mashaq-
qati to ‘g ‘risida dildorlik qildi. Boshqalar ham tartib
va takalluf bilan birin-ketin kelib, shoiming qo‘lini
siqdilar.
Navoiy ham Badiuzzamonning kayfi, sog‘lig‘i
haqida so‘radi. Keyin ziynatli, chiroyli otga mingan
Badiuzzamon bilan yonma-yon yurib, Balxga kirdi.
Shaharda har yerda xalq uni quvonch va hayajon bilan
tabrikladi.
Bu kecha Badiuzzamon shoir sharafiga katta zi-

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin