Asr oshgan asarlar


ni Navoiydan so‘radi. Navoiy hech bir ikkilanmasdan



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   161
Navoiy romani. Oybek

ni Navoiydan so‘radi. Navoiy hech bir ikkilanmasdan,
427


dedi: «Bu savob ishni barpo qilmoq uchun kamina har
qanday mashaqqatdan yuz o ‘girmas».
Husayn Boyqaro ertaga Balxga jo ‘namoq uchun
hozirlik ko‘rishni iltimos qildi.
Badiuzzamon fitnasini podshoh muzokara yo‘li
bilan tinch hal etishga qaror berganligi darhol hamma
yoqqa tarqalib, ko‘p kishilami quvontirsa ham, lekin
ba’zi arkoni davlat va a’yonlaming ichlari shuv etib
ketdi. Bular ota-o‘g ‘il orasidagi adovat alangasida
isinib olmoqchi edilar. Bularning tepasida vazir
Nizomulmulk bilan To‘g‘onbek turar edi, Nizomul-
mulk, garchi ota-o‘g‘ilning bitishuviga jilla qarshi
bo‘lmasa-da, bu ishni Navoiy o ‘z zimmasiga olishi
uning yuragini chaqardi. Uning mulohazasicha, agar
Navoiy vositachilik qilib, bu muhim vazifani bajarsa,
u vaqt podshoh qoshida shoiming mavqei mus-
tahkamlanishi mumkin bo‘lib qolar edi.
T o‘g‘onbek boshqa mulohazalardan bunga qarshi
edi. U Muzaffar Mirzo bilan Astrobodga jo ‘nab, u
yerda o ‘zining ko‘pdan buyon o ‘ylab yurgan rejalarini
amalga oshirmoqchi bo‘lardi. Badiuzzamon Mirzo
isyoni erta-kech Muzaffar mirzoni ham oyoqlantirar,
yurtda boshboshdoqlik kuchayar, ichki urushlaming
bo‘ronida qari Husayn Boyqaro, chirik daraxtdek,
qulab ham ketar, ana u vaqt Muzaffar Mirzoni u o ‘z
qo‘li bilan taxtga o ‘tqazib, davlat kemasini istagan
tomonga o ‘zi yurgizar!
Navoiy Hirotdan jo ‘nab ketgan kuni, oqshom
T o‘g‘onbek Nizomulmulkning uyiga bordi. Uni vazir-
ning o ‘g‘illari — Kamoliddin Husayn va Amidalmulk
qarshi olib, e ’zoz-ikrom bilan go‘zal bir xonaga,

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin