Asr oshgan asarlar


yofat berdi. Turli ovqatlar suzilgan hamma idish-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   161
Navoiy romani. Oybek

yofat berdi. Turli ovqatlar suzilgan hamma idish-
oyoqlar, qadahlar, ko‘zachalar oltin va kumushdan
edi. Mehmon kutish, majlis tuzishda dong chiqargan
Badiuzzamon suhbat, o ‘yin-kulgi, musiqiy kabi ko‘n-
gil ochishlarda tartibga, zavqqa, ingichkalikka bukun
alohida e ’tibor berdi. Navoiyning kelish sababi shah-
zodaga ma’lum bo‘lganidan bu to ‘g‘rida ikkovlari ham
bu kecha og‘iz ochmadilar. Charchagan qari shoir
majlisning tezroq tugashini kutardi.
Ikkinchi kun, nonushtadan keyin, xoli uyda
so‘zlashdilar. Badiuzzamon Navoiyni hurmat qilar
edi, u bilan suhbatlashishdan zavqlanardi. Ayniqsa,
yoshlik yillarida Navoiy uning murabbiysi va muallimi
kabi edi. Badiuzzamon, Temur sulolasiga mansub bir
ko‘p shohlar, shahzodalar kabi, she’rdan zavqlanar,
o ‘zi ham goho-goho biror narsa yozib qo‘yardi,
Navoiy she’rlarini esa bir qarich yoshidan sevib
o ‘qirdi.
Shoir mamlakatning vaziyatini mufassal tushun-
tirib, o ‘rtadagi har qanday xusumat, adovat, fitnalami
yo‘qotmoq uchun ataylab kelganini so‘zladi, fikrini
tarixning cheksiz hodisalaridan keltirilgan misollar
bilan quwatladi. Shahzodaning aqliga, vijdoniga ta’sir
qilishga tirishdi. Uning ko‘ngliga qattiq tegadigan
so‘zlami ham ochiq aytishdan, uni qizartirib b o‘zar-
tirishdan toymadi.
— 
Men butun umr orzu qilgan hukmdomi, u bar-
kamol insonni, — dedi Navoiy, — afsuski, hayotda
431


ko‘rolmadim, yolg‘iz xayolimda yaratdim. Siz taniy-
siz, bilasiz uni, agar unutgan bo‘lsangiz, «Iskan-
darnoma»ni yana bir karra o ‘qing! Hukmdor u, bar-
cha fazilatlaming koni u... Sizlarda uning soyasi ham

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin