Asr oshgan asarlar


kelib urush qilishiga unchalik ishonmas, masala



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161
Navoiy romani. Oybek

kelib urush qilishiga unchalik ishonmas, masala
muzokara yo‘li bilan hal qilinar, deb o ‘ylardi. Oradan
ancha vaqt o ‘tdi. Muzaffar Mirzodan darak yo‘q. Bola
asta-asta tashvishdan qutulib, suyukli kundalik o ‘yin-
lari bilan mashg‘ul bo‘la boshlaganda, birdan
Muzaffar Mirzoning Muhammad Burunduq barios va
To‘g‘onbek bilan lashkar tortib kelayotgani ma’lum
bo‘ldi. Lekin bola sarosimaga tushmadi. Aksincha,
oqibatdan cho‘chigan kattalarga dalda berdi. Sovuq-
qonlilik bilan tayyorlik ko‘rdi. Keyin yigitlami to ‘p-
lab, otasining farmonini bajarishga qaror berganini
so‘zladi va otlanishga buyurdi. 0 ‘zi ham jajman, o‘tkir
qilichini, xanjarini, kichik, lekin rostakam o ‘q-yoyini
taqib oldi. Navkarlar o ‘ynoqlagan turkman otini
keltirishdi, bola ularning sal yordami bilan otga mindi.
Ovga yoki dala sayohati uchun ketayotganday sha-
hardan chiqdi. Tajribali jangchilarning maslahati
bilan, dushmanga duch kelish uchun kerakli joyga
tushdi. Ertasiyoq qarshisiga, uch-to‘rt chaqirim nanga,
Muzaffar Mirzo qo‘r to ‘kdi ham yigitlarini darrov tar-
tibga sola boshladi. Bu narsa uning niyatidan xabar
berardi. M o‘min Mirzoning qismlari orasida sado-
qatli, urush ko‘rgan yigitlar bor edi. Ularning yordami
bilan bola ham o ‘z kuchlarini urush tartibiga sola
boshladi. Shu vaqtda Muzaffar Mirzo tarafidan elchi-
lar keldi, hech qanday muqovimat ko‘rsatmasdan,
shaharni taslim etishni taklif qilishdi.
— 
Borib aytinglarki,— elchilarga dedi M o‘min
Mirzo dadil, — men o ‘z og‘am bilan jang qilmoqni
aslo istamaymen. Bu uyat narsa. Lekin to otamdan
ruxsat kelmaguncha, shaharni topshirishga haqqim
yo ‘q.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin