liddin Husayn muqovasining hallari shamda yongan chiroyli bir kitobni olib, shirin tovush bilan sekingina g‘azal o ‘qiy boshladi. Ba’zi misralar ustida aka-uka bahslashishdi. Ikki soat qadar vaqt o ‘tgach, sekingina Nizomulmulk kirdi: «Mana, farmon, ildam yo‘lga tu- shingiz!» — sekin, lekin g‘urur bilan dedi vazir. T o‘g‘onbek farmonni chiroqqa solib ko‘rdi-da, ta- ajjublanib, boshini chayqadi. — Suyukli xotin... — dedi kulib Nizomulmulk. — Mastlikda suyukli xotin yana ham suyukliroq ko‘rinadi, — dedi Amidalmulk. To‘g‘onbek xayrlashib, eshikka chiqdi. Navkarlami 444
tepib uyg‘otdi. Ular bir zumda otni tayyor qildilar. To‘g‘onbek, orqadan qaroqchilar quvgandek, otini qattiq haydab ketdi. Birinchi rabotga yetganda, tong yorishdi. Bir nafas otga dam berib, yana jo ‘nadi. Keyingi rabotlarda otni almashtirib, katta maso- falami, m o‘g‘ulchasiga, yana ildam bosdi. Ikkinchi kun kechqurun ko‘pirgan ot Ixtiyoriddin qal’asining darvozasi yonida to ‘xtadi. To‘g‘onbek otdan sakrab tushib, lapanglab ichkari qadam qo‘ydi. Zindon boshlig‘i, giyoh yeb pinakka ketganday, sham yonida mudrab o‘tirardi. Yosh bir navkar o ‘qila-o‘qila shalaqlangan eski bir kitobni — qandaydir jangnomani o ‘qirdi. To‘g‘onbek kirgach, navkar o ‘qishni birdan kesib, dik etib turdi. Zindon boshlig‘i erinchaklik bilan o ‘midan turdi. Bu cho‘ltoq supurgiday ko‘rimsiz soqolli, harakatlari sust odamning ko‘zlari qattiq va yomon edi. To‘g‘onbek: «Ha, elat, bardammisiz?» deb ko‘rishdi va farmonni uzatdi. Zindon boshlig‘i far- monni chiroqqa tutib, ko‘z yugurtirdi-da, yer ostidan