qoshiga jo ‘nadi. Husayn Boyqaro bu vaqtda Murg‘ob yoqasida yotardi. T o‘g‘onbek qarorgohga kelgan kuniyoq Nizomulmulkning yordami bilan podshoh tomonidan hashamatli ipak chodirda qabul etildi. To‘g‘onbek Muzaffar Mirzoning salomini bildirib, uning ba’zi iltimoslarini, masalan, Astrobod viloyati- dan tushadigan daromadlami ko'paytirish va hokazoni gapirdi. Husayn Boyqaro suyuldi o ‘g‘ilning hamma orzularini bajarajagini so‘yladi. Keyin Muzaffar Mirzoga ko‘rsatgan xizmatlari uchun To‘g ‘onbekni tabrikladi. Unga rasmiy beklik unvoni, Hirot viloyati- dan katta yer berishni va’da qildi. To‘g‘onbek uning yonidan favqulodda gerdayib chiqdi. Oqshom podshoh ziyofat tuzdi. Taklif etilganlar orasida T o‘g ‘onbek ham bor edi. U ziyofatda eng faxr- li o ‘rinlardan birini ishg‘ol etdi. Bog‘i Jahon oroning saroylaridek katta, keng ipak chodirda sho‘x, shod bazm bo‘ldi. G ‘oz, qirg‘ovul, bedana kaboblari bilan juda ko‘p may ichüdi. Raqslar, qiziqchiliklar, har nav kutilmagan hangomalar... Husayn Boyqaro qattiq mast bo‘lgach, vaqt alla-pallada bazm tarqaldi. To‘g‘onbek Nizomulmulk va uning o ‘g‘illari bilan birga tashqari chiqdi. Bir-biriga yaqin qurilgan va atrofida yasovullar aylanib yurgan ipak chodirlardan tevarakka shamlaming nuri xira aks etardi. Odamlar tezgina o ‘z maskanlariga kirib g ‘oyib b o ‘ldilar. Nizomulmulk, ichmaganday, tetik edi. To‘g‘onbek ko‘p ichsa ham, odaticha, es-hushi joyida edi. Vazir uni qo‘ltiqlab, chetroqdagi katta chodirga olib keldi. Bu chodiming atrofida posbonlar, bichilgan qullar ko‘p edi. T o‘g‘onbek, hadiksiragandek, birdan eshikda to‘xtab qoldi. —